🇺🇿 Joriy yilning 8–12-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
🟠 Jumladan, Germaniyaning
AKA Bank eksport moliyasi direktori doktor Michael Stopfkuchen hamda
bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Muyassar Xolmaxmadova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
🟠 Shuningdek,
KfW Group tarkibiga kiruvchi KfW IPEX-Bank GmbHning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Yekaterina Galitsina bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Germaniya va Yevropa moliyaviy institutlari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
🟠 Tashrif doirasida
Germaniyadagi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili Ilyas Gyujlyu bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Frankfurt shahrida faoliyat yuritayotgan yirik importyor kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston mahsulotlarini Germaniya bozorida kengroq targ‘ib etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun nemis tekstil importyorlari ishtirokida B2B uchrashuvlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🟠
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
————
🇬🇧 During his
visit to European countries from June 8 to 12, 2026,
Nozimjon Kholmuradov, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a series of meetings aimed at strengthening financial cooperation and expanding export potential.
🟠In particular, a meeting took place with
Dr. Michael Stopfkuchen, Director of Export Finance at AKA Bank, and Muyassar Xolmaxmadova, Deputy Chairperson of the Bank’s Management Board. During the discussions, the parties explored opportunities for introducing direct financing mechanisms for Uzbekistan’s light industry enterprises, as well as attracting preferential credit lines for the purchase of modern technological equipment from European Union countries.
🟠In addition, a meeting was held with
Yekaterina Galitsina, Director for Eastern Europe and Central Asia at KfW IPEX-Bank GmbH, a member of the KfW Group. The parties exchanged views on financing investment projects of Uzbekistan’s light industry enterprises, supporting export activities, and developing cooperation with German and European financial institutions.
🟠Within the framework of the visit, a meeting was also held with
Ilyas Gyujlyu, Representative of the Chamber of Commerce and Industry of Uzbekistan in Germany. The discussions focused on establishing cooperation with major importing companies operating in Frankfurt, promoting Uzbek products more actively in the German market, and organizing B2B meetings between Uzbek manufacturers and leading German textile importers.
🟠
During the meetings, the parties exchanged views on prospects for cooperation aimed at enhancing the competitiveness of Uzbekistan’s light industry enterprises in international markets, expanding export geography, and attracting foreign investment.
🌐
https://gov.uz/oz/adli
😎
https://t.me/adli_uz_official
😎
facebook.com/adli.uz
😎
https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik