uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

Kanalga Telegram’da o‘tish

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan

📈 Telegram kanali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi analitikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 10 145 obunachidan iborat bo'lib, Boshqa toifasida -o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 10 145 obunachiga ega bo‘ldi.

12 Noyabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 ga, so‘nggi 24 soatda esa -178 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 6.39% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 5.02% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 651 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 511 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 6 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 13 Noyabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Boshqa toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

10 145
Obunachilar
-17824 soatlar
-2487 kun
-230 kun
Postlar arxiv
🇺🇿Joriy yilning 20-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid X
+2
🇺🇿Joriy yilning 20-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjaev boshchiligida paxtani chuqur qayta ishlashning bugungi holati, mavjud muammolar hamda sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🟠Mazkur yigʻilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov ham ishtirok etdi. 🟠Yig‘ilishda paxtani yetishtirishdan tortib, uni chuqur qayta ishlash va tayyor to‘qimachilik mahsulotiga aylantirishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilindi. 📈 Xususan, paxta xomashyosini qayta ishlash bilan cheklanib qolmasdan, uning har bir bosqichida qo‘shimcha qiymat yaratish, chuqur qayta ishlash zanjirini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tayyor mahsulot ulushini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Shuningdek, sun’iy tola asosidagi ip-kalava ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. 📌 Yig‘ilish yakunida paxtani chuqur qayta ishlash ko‘lamini kengaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 🔗 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

“YOSHLAR BILAN BIR KUN” — YOSHLAR BILAN MANZILLI MULOQOT 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF
+1
“YOSHLAR BILAN BIR KUN” — YOSHLAR BILAN MANZILLI MULOQOT 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash doirasida Bekobod tumanida Agentlikka biriktirilgan yoshlar bilan “Yoshlar bilan bir kun” manzilli uchrashuvi tashkil etildi. 🟠Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Alohida e’tibor yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga yo‘naltirish hamda kelgusidagi aniq maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. 🟠Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan biriktirilgan yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolariga individual yondashish hamda tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YoshlarBilanBirKun #YangiOzbekistonYoshlari2030

🇺🇿 20-avgust — Tadbirkorlar kuni! 🟠Yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari y
🇺🇿 20-avgust — Tadbirkorlar kuni! 🟠Yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini ta’minlashda tadbirkorlarning o‘rni beqiyos. 🟠Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi nomidan yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha tadbirkorlarni Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! 🟠Sizlarning tashabbuskorligingiz, yangilikka intilishingiz, zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, raqobatbardosh mahsulotlar yaratish hamda yangi bozorlarni o‘zlashtirish borasidagi sa’y-harakatlaringiz mamlakatimiz iqtisodiyoti va sanoatining izchil rivojlanishiga munosib hissa qo‘shmoqda. 🟠Barcha tadbirkorlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, yangi g‘oya va tashabbuslar, faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi. — Глава нашего государства провел очередной диалог с предпринимателями. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел в го
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел в городе Хиве открытый диалог с предпринимателями. #Mirziyoyev #muloqot #tadbirkorlar #tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Хорезмского техникума передового профессионального мастерства и расположенного на его территории Городка профессий. #Mirziyoyev #safar #Xorazm #kasbiytalim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi. — Президент нашей страны ознакомился с новым терминалом для официальных делегаций международного аэропорта Ургенча. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Хорезмскую область. #Mirziyo
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. — Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Хорезмскую область. #Mirziyoyev #safar #Xorazm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tadbirkorlar kuni munosabati bilan qabul qilingan Farmonga muvofiq, mamlaka
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tadbirkorlar kuni munosabati bilan qabul qilingan Farmonga muvofiq, mamlakatimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida Yengil sanoat sohasi vakillari ham bor. 🟠Ular mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 🏅“Do‘stlik” ordeni bilan: — “Chust Textile” MChJ ta’sischisi Jamshid Ismatullayev (Namangan viloyati); — “Forteks” kompaniyasi rahbari Adaxamjan Hamidov. 🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilan: — Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi “Al-Xakim” xususiy korxonasi rahbari Uraimov Isroiljon Hakimovich. 🏅“Shuhrat” medali bilan: — Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Barakat-alfa” MChJ bosh direktori Adamboyev Tohirjon Akbaraliyevich; — Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari Norboyeva Mohichehra Nusratilloyevna.
Shuningdek, umumiy tartibda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar orasidan yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan quyidagi tadbirkorlar ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi: — Saburov Dilshod Kabuljanovich — To‘rtko‘l tumanidagi “Baraka tekstil group” MChJ rahbari; — Sayliyev Jamol Kamolovich — Qarshi tumanidagi “Radiant silk” MChJ bosh direktori; — Sadikov Ruslan Yurevich — Namangan shahridagi “Grand textile service” MChJ rahbari; — Djabborov Jaxongir Djurakulovich — Oqdaryo tumanidagi “Sam text plas” MChJ ta’sischisi; — Jalilov Shokirjon Raupovich — Samarqand shahridagi “Mega sezon poyafzal” MChJ ta’sischisi; — Nodirova Gulchexra Saidaxmatovna — Guliston tumanidagi “Aleyna textile” MChJ rahbari; — Yodgorova Malikaxon Boykuziyevna — Furqat tumanidagi “Mashxura ekspress market” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari; — Abduazizov Boriy Abduvaliyevich — Yakkasaroy tumanidagi “Diva teks” MChJ direktori.
🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi jamoasi nomidan davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan barcha Yengil sanoat sohasi vakillarini samimiy muborakbod etamiz! 🟠Mazkur yuksak e’tiroflar Sizlarning mamlakatimiz to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish hamda milliy mahsulotlarimizning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatingizga berilgan munosib bahodir. 🇺🇿Yuksak davlat mukofotlaringiz va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoningiz muborak bo‘lsin! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining ayrim hududlarida joylashgan Wildberries logistika omborlarida sodir bo‘lgan dron hujumlari oq
🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining ayrim hududlarida joylashgan Wildberries logistika omborlarida sodir bo‘lgan dron hujumlari oqibatida o‘zbekistonlik tadbirkorlarga tegishli mahsulotlarga yetkazilgan ehtimoliy zararlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan alohida nazoratga olindi. 🟠Mazkur masala yuzasidan tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, holatni tezkor o‘rganish va yetkazilgan zararlarni aniqlash maqsadida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida maxsus Shtab tashkil etildi. 🟠Shu munosabat bilan, Wildberries platformasida faoliyat yuritayotgan va mazkur voqealar oqibatida mahsulotlari zarar ko‘rgan to‘qimachilik korxonalaridan ushbu masala bo‘yicha Agentlikning maxsus Shtabiga murojaat qilish so‘raladi. 📌 Kelib tushgan murojaatlar Shtab tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holatlar umumlashtiriladi hamda tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash uchun foydalaniladi. 🟠Agentlik O‘zbekistonlik to‘qimachilik korxonalarining manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mazkur vaziyat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rishga tayyor.
📞 Murojaatlar uchun yagona raqam: 71 203-77-82 🚀 Shuningdek, murojaat va ma’lumotlarni maxsus Telegram-bot orqali yuborishingiz mumkin: @adli_murojaatlar_bot ➡️ Telegram-bot orqali murojaat yuborish tartibi: 1. "Murojaat yaratish" tugmasini bosing. 2. "Wildberries" muammoli yo‘nalishini tanlang. 3. Bot tomonidan taqdim etiladigan anketa savollariga belgilangan tartibda javob bering va so‘ralgan ma’lumotlarni kiriting. 4. Kiritilgan ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. 5. Ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng "Yuborish" tugmasini bosing. 🟠Murojaatni yuborishdan avval kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishni so‘raymiz.
❗️Mahsulotlariga zarar yetkazilgan holatlar aniqlangan korxonalardan ushbu holat haqida Shtabga zudlik bilan xabar berish so‘raladi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agent
+4
🇺🇿 Joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Isroilning Veyzmann Fan Instituti professori Ulyana Shimanovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuvda O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida ipakchilik, to‘qimachilik hamda innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, O‘zbekistonda ipakchilik yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, professor Ulyana Shimanovich laboratoriyasining ilmiy ishlanmalarini mahalliy ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda sinovdan o‘tkazish hamda ipak asosidagi yangi innovatsion mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, professor Ulyana Shimanovich boshchiligidagi ilmiy guruhning ipakning nano va molekulyar darajadagi tuzilishini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tajribasidan foydalanish, mahalliy ipak xomashyosi asosida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliy ishlab chiqarishga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning ipakchilik sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining ayrim hududlarida joylashgan Wildberries logistika omborlarida sodir bo‘lgan dron hujumlari oq
🇺🇿 Rossiya Federatsiyasining ayrim hududlarida joylashgan Wildberries logistika omborlarida sodir bo‘lgan dron hujumlari oqibatida o‘zbekistonlik tadbirkorlarga tegishli mahsulotlarga yetkazilgan ehtimoliy zararlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan alohida nazoratga olindi. 🟠Mazkur masala yuzasidan tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish, holatni tezkor o‘rganish va yetkazilgan zararlarni aniqlash maqsadida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida maxsus Shtab tashkil etildi. 🟠Shu munosabat bilan, Wildberries platformasida faoliyat yuritayotgan va mazkur voqealar oqibatida mahsulotlari zarar ko‘rgan to‘qimachilik korxonalaridan ushbu masala bo‘yicha Agentlikning maxsus Shtabiga murojaat qilish so‘raladi. 📌 Kelib tushgan murojaatlar Shtab tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holatlar umumlashtiriladi hamda tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash uchun foydalaniladi. 🟠Agentlik O‘zbekistonlik to‘qimachilik korxonalarining manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda mazkur vaziyat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rishga tayyor.
📞 Murojaatlar uchun yagona raqam: 71 203-77-82 🚀 Shuningdek, murojaat va ma’lumotlarni maxsus Telegram-bot orqali yuborishingiz mumkin: @adli_murojaatlar_bot ➡️ Telegram-bot orqali murojaat yuborish tartibi: 1. "Murojaat yaratish" tugmasini bosing. 2. "Wildberries" muammoli yo‘nalishini tanlang. 3. Bot tomonidan taqdim etiladigan anketa savollariga belgilangan tartibda javob bering va so‘ralgan ma’lumotlarni kiriting. 4. Kiritilgan ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. 5. Ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng "Yuborish" tugmasini bosing. 🟠Murojaatni yuborishdan avval kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishni so‘raymiz.
❗️Mahsulotlariga zarar yetkazilgan holatlar aniqlangan korxonalardan ushbu holat haqida Shtabga zudlik bilan xabar berish so‘raladi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 11–13-avgust kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida “MAGIC Fashion” xalqaro ko‘rgazmasi
+5
🇺🇿 Joriy yilning 11–13-avgust kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida “MAGIC Fashion” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 🟠Mazkur nufuzli ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekistonning 10 ga yaqin mahalliy korxonasi ishtiroki tashkil etilib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari xalqaro xaridorlar hamda potensial hamkorlarga namoyish etilmoqda. 🇺🇿Ko‘rgazma doirasida: — O‘zbekistonning yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarda keng targ‘ib qilish; — yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; — eksport geografiyasini kengaytirish; — mahalliy korxonalar uchun yangi xaridor va buyurtmachilarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 🟠“MAGIC Fashion” — O‘zbekiston yengil sanoati uchun yangi bozorlar, yangi hamkorlar va yangi eksport imkoniyatlari sari muhim platforma! 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #MadeInUzbekistan #Textile #Uzbekistan #Export

🇺🇿 2026-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+2
🇺🇿 2026-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Toshkent viloyatiga xizmat safari doirasida hududdagi “LIMAX GOLD TEXTILE” MCHJ XK, “SOF MEGA TEKSTIL” MCHJ hamda “VINTAGE DENIM” MCHJ korxonalari faoliyati yaqindan o‘rganildi. 🟠Tashrif davomida korxonalarda tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlar va mavjud quvvatlardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari, korxonalarning eksport salohiyati va ishlab chiqarishni yanada kengaytirish imkoniyatlari tahlil qilindi. 🟠Korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🟠Muloqotlar davomida korxonalarning xomashyo va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji, logistika bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, yangi ichki va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. 🟠Tashrif yakunida korxonalarni rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agent
+3
🇺🇿 Joriy yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Toshkent viloyatiga xizmat safari doirasida hududdagi “COMPACT TEXTILES YARN” MCHJ, “ORZU-TEKS” MCHJ hamda “HILALE TEXTILES” MCHJ korxonalari faoliyati yaqindan o‘rganildi. 🟠Tashrif davomida korxonalarning zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati, mahsulot turlari hamda mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi, mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi va mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, xomashyo ta’minoti, moliyalashtirish, logistika, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. 🟠Korxonalarning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilinib, eksportbop va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. 🟠Tashrif yakunida korxonalar faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilinib, aniqlangan masalalarni tizimli hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanish va eksport ko‘rsatkichlarini yanada kengaytirishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab berildi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
+3
🇺🇿 2026-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Toshkent viloyatiga xizmat safari doirasida hududdagi bir qator yengil sanoat korxonalari, jumladan, “MS-BARER TEXTILE” MCHJ QK hamda “UZTEX GROUP” MCHJ QK faoliyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasi, mahsulot turlari, eksport salohiyati hamda ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi. 🟠Shuningdek, korxonalarda amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari, investitsiya loyihalarining borishi, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi. 🟠Muloqotlar davomida korxonalar faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar va ishlab chiqarish jarayonidagi ayrim masalalar ham ko‘rib chiqilib, ularni tizimli hal etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish hamda eksport salohiyatini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. 🟠Tashrif yakunida korxonalarning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda yangi investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni belgilashga kelishib olindi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+5
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Xitoyning "Lihua" kompaniyasi rahbari Vang Xongtu boshchiligidagi kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Muloqot davomida O‘zbekiston yengil sanoatida mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, respublika hududlarida sotuvga qo‘yilgan to‘qimachilik korxonalarini xorijiy, jumladan, xitoylik investorlar tomonidan sotib olish, ularning faoliyatini qayta tiklash hamda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, "Lihua" kompaniyasining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan va istiqbolda rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, sanoat zonalaridagi mavjud infratuzilma hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot berildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik