ch
Feedback
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

前往频道在 Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

显示更多
未指定国家未指定类别

📈 Telegram 频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 的分析概览

频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 351 名订阅者,在 其他 类别中位列第

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 351 名订阅者。

根据 02 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 39,过去 24 小时变化为 0,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 2.46%。内容发布后 24 小时内通常能获得 8.14% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 255 次浏览,首日通常累积 843 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 3

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali

凭借高频更新(最新数据采集于 03 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。

10 351
订阅者
无数据24 小时
+317
+3930
帖子存档
🇺🇿 Joriy yilning 8–11-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish ag
+6
🇺🇿 Joriy yilning 8–11-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida O‘zbekiston–Polsha yengil sanoat davra suhbati va B2B uchrashuvlari tashkil etildi. 🟠Mazkur uchrashuvda, O‘zbekiston va Polshadan jami 60 nafardan ortiq vakil, jumladan, yengil sanoat korxonalari, bayyerlar, distribyutorlar, chakana savdo tarmoqlari, logistika va e-commerce sohasi vakillari ishtirok etdi. 🟠Davra suhbati davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zbek mahsulotlarini Polsha va Yevropa bozorlariga olib chiqish, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Tadbirda O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish salohiyati, eksport imkoniyatlari, tayyor kiyim-kechak, trikotaj, uy tekstili, charm-poyabzal mahsulotlari va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari taqdim etildi. 🟠Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Polsha kompaniyalari o‘rtasida B2B muzokaralari tashkil etilib, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash yuzasidan fikr almashildi. ———— 🇬🇧 As part of the visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to European countries on 8–11 June this year, an Uzbekistan–Poland roundtable discussion and B2B meetings in the field of light industry were organized. 🟠More than 60 representatives from Uzbekistan and Poland participated in the event, including representatives of light industry enterprises, buyers, distributors, retail chains, logistics companies, and the e-commerce sector. 🟠During the roundtable discussion, the participants addressed issues related to expanding trade and economic cooperation between Uzbekistan and Poland in the light industry sector, promoting Uzbek products in the Polish and broader European markets, and strengthening direct ties between entrepreneurs of the two countries. 🟠The event also showcased Uzbekistan’s light industry production capacity and export potential, highlighting opportunities for cooperation in such areas as ready-made garments, knitwear, home textiles, leather and footwear products, as well as other promising segments of the industry. 🟠At the conclusion of the meeting, B2B negotiations were held between Uzbek and Polish companies. The parties exchanged views on establishing new business contacts, implementing mutually beneficial cooperation projects, and identifying prospects for future partnership. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+3
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida Polsha milliy savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Andjey Shumovskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Muloqot davomida O‘zbekiston yengil sanoati korxonalari hamda Polsha ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, polshalik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va biznes hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tomonlar Polsha kompaniyalari orasidan O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan potensial hamkorlarni aniqlash, buyurtmalarni joylashtirish, kontrakt ishlab chiqarish (contract manufacturing), private label asosida mahsulot ishlab chiqarish hamda tayyor mahsulotlar importi yo‘nalishlaridagi imkoniyatlarni ko‘rib chiqdilar. 🟠Shuningdek, Polshaning Lodz shahrida tashkil etilayotgan O‘zbekiston yengil va to‘qimachilik sanoati mahsulotlari xabini Polsha milliy savdo-sanoat palatasi a’zolari hamda mahalliy ishbilarmonlar orasida keng targ‘ib etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Uchrashuv yakunida Agentlik va Palata o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Polsha bozorining ehtiyojlari va talablari, shuningdek, O‘zbekiston korxonalarida buyurtmalarni joylashtirish imkoniyatlari bo‘yicha muntazam axborot almashish bo‘yicha o‘zaro tayyorlik bildirildi. ———— 🇬🇧 As part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to European countries, a meeting was held with Andrzej Szumowski, First Vice President of the Polish National Chamber of Commerce. 🟠During the meeting, the parties discussed ways to elevate practical cooperation between Uzbekistan’s light industry enterprises and Polish business circles to a new level. In particular, they exchanged views on expanding direct contacts with Polish companies, establishing mutually beneficial partnerships, and strengthening business relations. 🟠The parties also explored opportunities to identify potential Polish partners interested in cooperating with Uzbek enterprises, including in such areas as placing orders, contract manufacturing, private label production, and the import of finished products. 🟠Special attention was also given to promoting the Uzbekistan Light and Textile Industry Products Hub, currently being established in the city of Łódź, among members of the Polish National Chamber of Commerce and the broader local business community. 🟠At the conclusion of the meeting, both sides expressed their readiness to establish regular working contacts between the Agency and the Chamber, and to maintain continuous exchange of information regarding the needs and requirements of the Polish market, as well as opportunities for placing orders with Uzbek enterprises. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmu
+2
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida Polsha Respublikasida “Polsha–Turkiya” tadbirkorlar uyushmasi — POTİAD raisi Habesh Fakibaba bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🟠Muloqotda Polshada faoliyat yuritayotgan turkiyalik tadbirkorlar bilan amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini yangi savdo kanallari orqali ilgari surish hamda buyurtma asosida mahsulot yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi. 🟠Uchrashuv davomida Polshada faoliyat yuritayotgan turkiyalik importerlar, distribyutorlar, savdo vositachilari va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini shakllantirish, shuningdek, ular orasidan O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan potensial hamkorlarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, Lodz shahrida ochilayotgan O‘zbekiston yengil va to‘qimachilik sanoati mahsulotlari xabidan mahsulot namunalari bilan tanishish, muzokaralar o‘tkazish hamda potensial hamkorlar bilan dastlabki aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun samarali amaliy maydoncha sifatida foydalanish imkoniyatlari alohida qayd etildi. 🟠Shu bilan birga, Turkiya korxonalarini O‘zbekistonga relokatsiya qilish, mamlakatimizda mavjud qulay investitsion muhit va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan ham fikr almashildi. 🟠Muzokaralar yakunida POTİAD imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari, Polshada faoliyat yuritayotgan turkiyalik tadbirkorlar va mahalliy biznes vakillari o‘rtasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi. 📈 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlari uchun yangi savdo yo‘nalishlarini yaratish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda Yevropa bozorlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ———— 🇬🇧 As part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to European countries, a meeting was held in the Republic of Poland with Habesh Fakibaba, Chairman of the Poland–Türkiye Business Association (POTİAD). 🟠The meeting focused on establishing practical cooperation with Turkish entrepreneurs operating in Poland, promoting Uzbekistan’s light industry products through new trade channels, and exploring opportunities for supplying products on an order-based basis. 🟠The discussions also focused on building cooperation with Turkish importers, distributors, trade intermediaries, and local companies operating in Poland, as well as identifying potential partners interested in establishing business ties with Uzbekistan. 🟠In addition, the parties highlighted the opportunities offered by the Uzbekistan Light and Textile Industry Hub being established in the city of Łódź as an effective platform for showcasing product samples, conducting negotiations, and initiating contacts with potential partners. 🟠The sides also exchanged views on the prospects of relocating Turkish manufacturing enterprises to Uzbekistan and implementing joint projects by making effective use of the country's favorable investment climate and production potential. 🟠At the conclusion of the talks, the parties agreed to utilize POTİAD’s capabilities to foster mutually beneficial cooperation in specific areas between Uzbek manufacturers, Turkish entrepreneurs operating in Poland, and representatives of the local business community. 📈 This meeting will contribute to creating new trade opportunities for Uzbekistan’s light industry products, expanding export geography, and further strengthening the presence of domestic manufacturers in European markets. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+1
🇺🇿 Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev tomonidan Polsha investitsiyalar va savdo agentligi prezidenti Artur Osuxovskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini Polsha va Yevropa bozorlarida ilgari surish, polshalik bayyerlar, chakana savdo tarmoqlari, distribyutorlar, marketpleyslar, logistika operatorlari hamda ombor xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, Lodz shahrida ochilayotgan O‘zbekiston yengil va to‘qimachilik sanoati mahsulotlari xabini Polsha ishbilarmon doiralari orasida keng targ‘ib qilish, ushbu xabdan foydalanishga qiziqish bildirgan kompaniyalarni jalb etish hamda o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib chiqish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Muloqot davomida eksportga yo‘naltirilgan o‘zbek ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatini shakllantirish, maqsadli B2B uchrashuvlar va biznes-taqdimotlarni tashkil etish, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozori talablariga moslashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 🟠Tomonlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati va Polshaning Yevropa bozoridagi tajribasini uyg‘unlashtirish orqali yengil sanoat sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ———— 🇬🇧 On 10 June of this year, a meeting was held between Ruxullo Zikrillayev, Deputy Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, and Artur Osuchowski, President of the Polish Investment and Trade Agency. 🟠During the meeting, the parties discussed promoting Uzbekistan’s light industry products in the Polish and European markets, as well as establishing direct contacts with Polish buying companies, retail chains, distributors, marketplaces, logistics operators, and warehouse service providers. 🟠The discussions also focused on promoting the Uzbekistan Light and Textile Industry Hub, which is being established in the city of Łódź, among Polish business circles, attracting companies interested in utilizing the hub, and strengthening cooperation aimed at introducing Uzbek products to European markets. 🟠Particular attention was paid to compiling a list of export-oriented Uzbek manufacturers, organizing targeted B2B meetings and business presentations, and obtaining practical recommendations on adapting Uzbek products to the requirements of the European market. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 8–11-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish ag
+2
🇺🇿 Joriy yilning 8–11-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida Polsha Respublikasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. 🟠Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zbek mahsulotlarini Polsha hamda Yevropa bozorlariga olib chiqish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni kengaytirishdan iborat. 🟠Tashrif doirasida Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinski hamda “Lewiatan” moda sanoati uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 🟠Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish hamda amaliy hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, Polsha–Osiyo savdo-sanoat palatasi bilan doimiy ishchi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Polsha kompaniyalari uchun eksportga yo‘naltirilgan o‘zbek ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatini shakllantirish va taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, polshalik bayyer kompaniyalar, distribyutorlar, chakana savdo tarmoqlari, brendlar va marketpleyslar bilan aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini Polsha bozorida keng targ‘ib qilish hamda “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni Yevropa bozorlariga olib chiqish yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tomonlar Palata imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va Polsha kompaniyalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ———— 🇬🇧 As part of the official visit of Nozimjon Kholmurodov, Director of the Light Industry Development Agency under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, to European countries from 8 to 11 June, a number of important meetings were held in the Republic of Poland. 🟠The main purpose of the visit was to enhance trade and economic cooperation between Uzbekistan and Poland in the light industry sector, promote Uzbek products in the Polish and European markets, and expand practical ties between the business communities of the two countries. 🟠During the visit, meetings were held with Janusz Piechociński, President of the Poland–Asia Chamber of Commerce, and the leadership of the Lewiatan Fashion Industry Association. 🟠The discussions focused on further developing trade and economic cooperation in the light industry sector, expanding direct contacts between the business communities of Uzbekistan and Poland, and establishing effective mechanisms for practical cooperation. 🟠In particular, the parties considered establishing permanent working cooperation with the Poland–Asia Chamber of Commerce, as well as preparing and presenting a list of export-oriented Uzbek manufacturers to Polish companies. 🟠The sides also exchanged views on strengthening relations with Polish buying companies, distributors, retail chains, brands, and marketplaces, promoting Uzbekistan’s light industry products in the Polish market, and introducing products under the “Made in Uzbekistan” brand to European markets. 🟠The parties expressed their readiness to make effective use of the Chamber’s opportunities to expand practical cooperation between Uzbek manufacturers and Polish companies, establish new business connections, and implement mutually beneficial projects. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan axborot berildi. — Пр
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о подготовке к очередному Ташкентскому международному инвестиционному форуму. #Mirziyoyev #taqdimot #TXIF #tayyorgarlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengi
🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida to‘qimachilik sohasi vakillari uchun “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasida “LABTUR” (ochiq eshiklar kuni) tashkil etilmoqda. 🟠Mazkur tadbir tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berishga qaratilgan. 🟠Tadbir tafsilotlari: 📅 Sana: 2026-yil 10-iyun 🕘 Vaqt: soat 11:00 📍Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 208-uy 🟠Kun tartibidagi masalalar: — Korxonaning to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini sinashga ixtisoslashgan laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish. — Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 729-son qaroriga muvofiq ajratilayotgan subsidiyalar, ulardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berish hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etish. 🟠Tadbirda tikuv-trikotaj va to‘qimachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ishtiroki kutilmoqda. 🟠Barcha tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni mazkur ochiq eshiklar kunida faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 8–12-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish ag
+5
🇺🇿 Joriy yilning 8–12-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Yevropa mamlakatlariga amalga oshirayotgan tashrifi doirasida moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 🟠 Jumladan, Germaniyaning AKA Bank eksport moliyasi direktori doktor Michael Stopfkuchen hamda bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Muyassar Xolmaxmadova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Shuningdek, KfW Group tarkibiga kiruvchi KfW IPEX-Bank GmbHning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Yekaterina Galitsina bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Germaniya va Yevropa moliyaviy institutlari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠 Tashrif doirasida Germaniyadagi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili Ilyas Gyujlyu bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida Frankfurt shahrida faoliyat yuritayotgan yirik importyor kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston mahsulotlarini Germaniya bozorida kengroq targ‘ib etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun nemis tekstil importyorlari ishtirokida B2B uchrashuvlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 🟠 Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. ———— 🇬🇧 During his visit to European countries from June 8 to 12, 2026, Nozimjon Kholmuradov, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a series of meetings aimed at strengthening financial cooperation and expanding export potential. 🟠In particular, a meeting took place with Dr. Michael Stopfkuchen, Director of Export Finance at AKA Bank, and Muyassar Xolmaxmadova, Deputy Chairperson of the Bank’s Management Board. During the discussions, the parties explored opportunities for introducing direct financing mechanisms for Uzbekistan’s light industry enterprises, as well as attracting preferential credit lines for the purchase of modern technological equipment from European Union countries. 🟠In addition, a meeting was held with Yekaterina Galitsina, Director for Eastern Europe and Central Asia at KfW IPEX-Bank GmbH, a member of the KfW Group. The parties exchanged views on financing investment projects of Uzbekistan’s light industry enterprises, supporting export activities, and developing cooperation with German and European financial institutions. 🟠Within the framework of the visit, a meeting was also held with Ilyas Gyujlyu, Representative of the Chamber of Commerce and Industry of Uzbekistan in Germany. The discussions focused on establishing cooperation with major importing companies operating in Frankfurt, promoting Uzbek products more actively in the German market, and organizing B2B meetings between Uzbek manufacturers and leading German textile importers. 🟠During the meetings, the parties exchanged views on prospects for cooperation aimed at enhancing the competitiveness of Uzbekistan’s light industry enterprises in international markets, expanding export geography, and attracting foreign investment. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi dir
🇺🇿 2026-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Germaniya Federativ Respublikasiga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida Germaniyaning nufuzli to‘qimachilik kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Curt Bauer” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Muloqot davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Germaniyaning ilg‘or brendlari va zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekistonning to‘qimachilik korxonalari tomonidan o‘zlashtirish hamda ular bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Shuningdek, Germaniya hududida O‘zbekiston Tekstil markazini tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Mazkur markaz orqali mahalliy to‘qimachilik korxonalariga Yevropa bozorlariga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mahsulotlar uchun yangi xaridorlar va hamkorlarni topish, marketing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, sifat nazoratini tashkil etish hamda logistika va sertifikatlashtirish jarayonlarida maslahat va ko‘mak berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟠Tomonlar to‘qimachilik sanoati yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashib, kelgusida ushbu masalalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga qiziqish bildirdilar. ———— 🇬🇧On June 8, 2026, as part of his official visit to the Federal Republic of Germany, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Nozimjon Kholmurodov, held a meeting with the management of Curt Bauer, one of Germany’s renowned textile companies. 🟠 During the meeting, the parties discussed opportunities to further expand cooperation between Uzbekistan and Germany in the textile industry. In particular, they exchanged views on the adoption of advanced German brands and modern technologies by Uzbek textile enterprises, as well as on strengthening industrial cooperation between the two countries. 🟠 The initiative to establish an Uzbekistan Textile Center in Germany was also discussed. Special attention was given to the Center’s potential role in supporting Uzbek textile companies in accessing European markets, identifying new buyers and business partners, developing marketing services, ensuring quality control, and providing assistance in logistics and certification processes. 🟠 The parties exchanged views on the prospects for cooperation in the textile sector and expressed interest in continuing discussions on these matters in the future. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin:rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston–Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkam
+9
🇺🇿 2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston–Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev tomonidan to‘qimachilik, ipakchilik hamda charm-poyabzal sanoati sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 🟠Tadbir davomida ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularning amaliy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Xususan, ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun ruxsatnomalar olish, loyihalarni vakolatli davlat organlari bilan kelishish tartib-taomillarini takomillashtirish, ijara munosabatlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. 🟠Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi va logistika yo‘nalishidagi mavjud muammolar, yuklarni tashqi bozorlarga yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hamda logistika zanjirlarini takomillashtirish bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi. 🟠Muloqot yakunida bildirilgan barcha murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. 🟠Agentlik tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 3-6-iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) d
+4
🇺🇿 2026-yil 3-6-iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov xalqaro hamkorlar bilan muzokaralar olib bordi. 🟠Xususan, Hindistonning yirik sanoat va biznes vakillari — Dr. Asif Iqbal hamda Wali Kashvi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Hindistonning tarmoq korxonalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🟠Shuningdek, forum doirasida Hindistonning India Core Engineering kompaniyasi rahbari Ruchik Patel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarini malakali ishchi kuchlari hamda turli yo‘nalishlardagi mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. 🟠Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida muntazam muloqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar ta’minoti yo‘nalishida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shu bilan birga, India Core Engineering kompaniyasi bilan Anglashuv memorandumini imzolash yuzasidan ham kelishib olindi. 🟠Ma’lumot uchun: India Core Engineering kompaniyasi Rossiya, Serbiya, Polsha va Bolgariya davlatlarida o‘z vakolatxonalariga ega bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalarini turli sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar bilan ta’minlash yo‘nalishida katta tajribaga ega. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Investitsiyalar #Uzbekistan #PMEF2026

🇺🇿 2026-yil 4-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) doiras
+6
🇺🇿 2026-yil 4-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan XXIX Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (ПМЭФ–2026) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov qator xalqaro uchrashuvlar o‘tkazdi. 🟠Jumladan, Braziliya Federativ Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Luiz Rua bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Braziliya paxtasidan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida foydalanish imkoniyatlari hamda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat yakunida vazir janoblari O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etildi. 🟠Saudiya Arabistonining “Walmalki” kompaniyasi vitse-prezidenti Valid Ali Almalki bilan muzokaralarda O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalarida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Kompaniya vakili joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishga qiziqish bildirdi. 🟠Tanzaniyaning “ICT” kompaniyasi bosh direktori doktor Nkundwe Moses Mwasaga bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Afrika bozori uchun tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. 🟠Eronning “RUNEXT” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tatariston Respublikasi Kanop ishlab chiqaruvchilar uyushmasi prezidenti Dinar Shakirzyanov bilan uchrashuv davomida kanop xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida kanop xomashyosini yetkazib berish hamda uni O‘zbekistondagi “Navbahor Textile” korxonasi bilan kooperatsiya asosida qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi. Shuningdek, Dinar Shakirzyanov joriy yil oktyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etish niyatini bildirdi. 🟠O‘tkazilgan uchrashuvlar yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Investitsiyalar #Uzbekistan #PMEF2026

Yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar diqqatiga! 📢 Joriy yilning 5-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shah
Yengil sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar diqqatiga! 📢 Joriy yilning 5-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida yengil sanoat sohasi vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 🟠Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda. 🟠Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilmoqda. Tadbir davomida: – tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflari qabul qilinadi; – sohada mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari muhokama qilinadi; – yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqiladi. 🟠Uchrashuv soha vakillari uchun mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlarga yetkazish hamda samarali takliflar bildirish uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi. 📍Tadbir manzili: O‘zbekiston — Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki Barcha tadbirkorlarni ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin:rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentlig
+5
🇺🇿 Joriy yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Landesbank Baden-Württemberg bankining O‘zbekistondagi bosh vakili Aziz Inomxodjayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Uchrashuvda yengil sanoat sohasini rivojlantirish, korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda soha korxonalarining loyihalariga past foizli kreditlar va islomiy moliya xizmatlarini jalb etish masalalari muhokama qilindi. 🟠Muzokaralar yakunida, birinchi bosqichda qiymati 5 mln dollardan yuqori bo‘lgan istiqbolli loyihalarni kreditlash jarayonlarini boshlashga kelishib olindi. 📉 Moliyalashtirishning dastlabki shartlari: ✔️ Valyuta: EUR va USD; ✔️ Muddati: 6–10 yil (6 oy imtiyozli davr bilan); ✔️ Kredit stavkasi: taxminan 5% – 6.5% atrofida (loyiha sifati, korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va xavf darajasiga qarab); ✔️ Loyiha hajmi: odatda 5 mln yevrodan yuqori (eksport shartnomasi qiymatining 85%igacha); ✔️ Eksport sug‘urtasi: Germaniya eksport-kredit kafolatlari yoki boshqa tegishli eksport-kredit agentligi qoplamasi; ✔️ Garov ta’minoti: loyiha tuzilmasiga qarab individual belgilanadi. 🟠 Mahalliy kreditlardan asosiy afzalliklari:Uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyati; — Texnologik modernizatsiya va energiya samaradorligini oshirish; — Eksport-kredit sug‘urtasi ko‘magi. 🟠 Dastlabki bosqichda talab qilinadigan hujjatlar:Investitsion loyihaning qisqa pasporti; — Oxirgi 3 yillik moliyaviy hisobotlar (imkoni bo‘lsa IFRS auditi bilan); — Eksport shartnomasi loyihasi; — Biznes-reja va moliyaviy model; — Mavjud kreditlar va bank kredit tarixi. Investitsiya loyihalari mavjud tadbirkorlar loyihaning qisqa pasporti bilan info@adli.uz ga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida boʻladi. Davlatimiz rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина 4-5 июня посетит с рабочим визитом город Санкт-Петербург. Глава нашего государства примет участие и выступит на пленарном заседании 29-го Петербургского международного экономического форума. #Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #forum Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📢 Qashqadaryo viloyatidagi ayol tadbirkorlar taklif etiladi! 📅 Sana: 2026-yil 4–5-iyun 📍Manzil: “Oqshom” mehmonxonasi, Qar
📢 Qashqadaryo viloyatidagi ayol tadbirkorlar taklif etiladi! 📅 Sana: 2026-yil 4–5-iyun 📍Manzil: “Oqshom” mehmonxonasi, Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati 🟠Barcha faol ayol tadbirkorlarni Germaniyaning to‘qimachilik sohasidagi yetakchi uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan GUZ Partners loyihasi doirasida, Yengilsanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan maxsus o‘quv treningiga taklif etamiz. 🟠Mazkur tadbir Biznes-trening va kommunikatsiya forumi shaklida o‘tkazilib, to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda o‘z biznesini rivojlantirayotgan ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan. 🟠 Trening mavzulari: ✔️ Zamonaviy moda industriyasida innovatsion yondashuvlar va dizayn tendensiyalari ✔️ To‘qimachilik korxonalarida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ✔️ Lean Management (Tejamkor boshqaruv) 🟠Ushbu trening ishtirokchilarni ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini optimallashtirish uchun zarur bo‘lgan amaliy vositalar bilan ta’minlashga qaratilgan. 🟠 Faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlarni ushbu muhim treningda ishtirok etishga chorlaymiz! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali ravis
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды группе деятелей культуры, искусства и литературы. #Mirziyoyev #marosim #madaniyat #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X