uk
Feedback
Uzbekistan chess federation

Uzbekistan chess federation

Відкрити в Telegram

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Федерации Шахмат Узбекистана Qo'shimcha ma'lumotlar va savollar uchun: @uzbchessfederation_bot

Показати більше
4 780
Підписники
-524 години
+77 днів
+6730 день
Архів дописів
⚡️UzChess Cup III: Challengers guruhida 7-tur bahslari yakunlandi O‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun tur murakkab kechdi. Abd
⚡️UzChess Cup III: Challengers guruhida 7-tur bahslari yakunlandi O‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun tur murakkab kechdi. Abdimalik Abdisalimov va Jahongir Vahidov kuchli raqiblarga qarshi bahslarda imkoniyatni boy berdi. M. Suyarov esa tajribali Yuriy Kuzubov bilan murosaga kelib, muhim yarim ochkoni qo‘lga kiritdi. Turda Mahammad Muradli, Eltaj Safarli, Bogdan-Daniel Deac hamda Aditya Mittal g‘alaba qozondi. 🟢7-tur yakunlariga ko‘ra, Challengers guruhida peshqadamlar o‘rtasidagi raqobat yanada kuchaydi. #UzchessCup2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️UzChess Cup III: Futures guruhida 7-tur bahslari yakunlandi O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar uchun tur turlicha natijalar
⚡️UzChess Cup III: Futures guruhida 7-tur bahslari yakunlandi O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar uchun tur turlicha natijalar bilan kechdi. Bahrom Bakhrillaev kuchli grossmeyster Li Min Pengga qarshi ishonchli o‘yin namoyish etib, muhim yarim ochkoni qo‘lga kiritdi. Afsuski, Behruz Umarov va Ortik Nigmatov bu turda mag‘lubiyatga uchradi. Qolgan uchrashuvlarda esa Rinat Jumabayev, Humoyun Begmuratov, S.P. Sethuraman hamda Sergei Tiviakov g‘alaba qozondi. 🟢7-tur yakunlariga ko‘ra, Futures guruhida peshqadamlar o‘rtasidagi kurash yanada keskinlashib, har bir natija turnir jadvalidagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Oldinda esa hal qiluvchi bahslar kutmoqda. #UzchessCup2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️UzChess Cup III turnirining Masters guruhida 7-tur bahslari yakunlandi Tur markazidagi uchrashuvlarda Nodirbek Yakubboev –
⚡️UzChess Cup III turnirining Masters guruhida 7-tur bahslari yakunlandi Tur markazidagi uchrashuvlarda Nodirbek Yakubboev – Ian Nepomniachtchi, Shahriyar Mamedyarov – Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Abdusattorov – Muhiddin Madaminov hamda Arjun Erigaisi – Hans Moke Niemann bahslari durang natija bilan yakunlandi. Turdagi yagona g‘alabani Hindiston vakili Vidit Santosh Gujarathi qo‘lga kiritib, Nikolas Theodorou ustidan zafar quchdi. 🟢7-turdan so‘ng turnir jadvalidagi kurash yanada keskinlashib, har bir ochko hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. #UzchessCup2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️UzChess Cup III xalqaro turniri: Bugun— Masters, Challengers va Futures guruhlarida 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi 👇Juftlikl
+2
⚡️UzChess Cup III xalqaro turniri: BugunMasters, Challengers va Futures guruhlarida 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi 👇Juftliklar bilan tanishing 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️“UzChess Cup 2026” turnirining Masters, Challengers va Futures guruhlarida 6-tur bahslari yakunlari bilan tanishing! Musoba
+2
⚡️“UzChess Cup 2026” turnirining Masters, Challengers va Futures guruhlarida 6-tur bahslari yakunlari bilan tanishing! Musobaqa hal qiluvchi bosqichga yaqinlashar ekan, turnir jadvalidagi kurash yanada keskin tus olmoqda. Har bir ochko uchun murosasiz bahslar davom etmoqda. 🟢7-tur bahslari bugun, 15.00 da start oladi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

#fotoreportaj 📸 UzChess Cup III turnirida 6-tur bahslari
+9
#fotoreportaj 📸 UzChess Cup III turnirida 6-tur bahslari

⚡️UzChess Cup III turnirida 6-tur bahslari oldidan navbatdagi qiziqarli to‘qnashuvlar ma’lum bo‘ldi Masters, Challengers va F
+2
⚡️UzChess Cup III turnirida 6-tur bahslari oldidan navbatdagi qiziqarli to‘qnashuvlar ma’lum bo‘ldi Masters, Challengers va Futures guruhlarida ishtirokchilar muhim ochkolar uchun dona suradilar. Turnir jadvalidagi o‘rinlar va peshqadamlar kurashiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bahslar shaxmat muxlislariga yana bir kun davomida yuqori darajadagi raqobatni taqdim etadi. Bahslar 15:00 da UzChess YouTube kanalida jonli efirda namoyish etiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️”UzChess Cup 2026” turnirining Masters, Challengers va Futures guruhlarida 5-tur bahslari yakunlandi. Turnir jadvalidagi va
+2
⚡️”UzChess Cup 2026” turnirining Masters, Challengers va Futures guruhlarida 5-tur bahslari yakunlandi. Turnir jadvalidagi vaziyat tobora keskinlashib, har bir ochko uchun kurash qizg‘in davom etmoqda. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

UzChess Cup III xalqaro turniri #Open
+9
UzChess Cup III xalqaro turniri #Open

⚡️UzChess Cup III xalqaro turnirida bugun Masters, Challengers va Futures guruhlarida 5-tur bahslari bo‘lib o‘tadi Shaxmat mu
+2
⚡️UzChess Cup III xalqaro turnirida bugun Masters, Challengers va Futures guruhlarida 5-tur bahslari bo‘lib o‘tadi Shaxmat muxlislarini qiziqarli va murosasiz uchrashuvlar kutmoqda. Turnir ishtirokchilari navbatdagi muhim ochkolar uchun dona suradilar. Bahslar soat 15:00 da UzChess YouTube kanalida jonli efirda namoyish etiladi. ✔️5-tur juftliklari bilan tanishing va o‘z prognozlaringizni izohlarda qoldiring. Natijalar qanday bo‘ladi? 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

Uzchess Cup #4day
+9
Uzchess Cup #4day

⚡️UzChess Cup III Masters guruhi 4-tur juftliklari Bugun Masters guruhida 4-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Sizningcha, qaysi sha
⚡️UzChess Cup III Masters guruhi 4-tur juftliklari Bugun Masters guruhida 4-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Sizningcha, qaysi shaxmatchilar g‘alaba qozonadi? Bahslar, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da UzChess YouTube kanalida jonli efirda namoyish etiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️FIDE Circuit 2026–2027: Abdusattorov yetakchilikni saqlab qoldi FIDE Circuit 2026–2027 reytingining navbatdagi yangilanishi
+1
⚡️FIDE Circuit 2026–2027: Abdusattorov yetakchilikni saqlab qoldi FIDE Circuit 2026–2027 reytingining navbatdagi yangilanishiga ko‘ra, O‘zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov umumiy hisobda peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Javohir Sindarov esa Super Chess Classic Romania turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng yetakchiga yanada yaqinlashdi. Fabiano Caruana uchinchi o‘rinda bormoqda, Vincent Keymer esa Ruminiyadagi g‘alabasi evaziga kuchli to‘rtlikka kirdi. Ayollar o‘rtasidagi FIDE Circuit reytingida ham muhim o‘zgarishlar kuzatildi. Norway Chess Women va Osiyo ayollar chempionati yakunlariga ko‘ra, Bibisara Assaubayeva reytingning birinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Zhu Jiner ikkinchi, avvalgi yetakchi Vaishali Rameshbabu esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Osiyo ayollar chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida o‘zbekistonlik grossmeyster Afruza Hamdamova ham kuchli o‘nlikdan joy oldi. Batafsil: fide.com 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

UzChess Cup III 3-kun bahslariga start berildi! Bugun turnir doirasida: • “Masters” guruhida — 3-tur, • “Challengers” va “Fut
UzChess Cup III 3-kun bahslariga start berildi! Bugun turnir doirasida: • “Masters” guruhida — 3-tur, • “Challengers” va “Futures” guruhlarida — 2-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Jonli efirni UzChess YouTube kanalida tomosha qiling va hamyurtlarimizni qo’llab-quvvatlang! #UzChessCupIII 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️UzChess Cup 2026 – Challengers va Futures guruhlari 1-tur natijalari UzChess Cup 2026 xalqaro turnirining Challengers va Fu
+1
⚡️UzChess Cup 2026 – Challengers va Futures guruhlari 1-tur natijalari UzChess Cup 2026 xalqaro turnirining Challengers va Futures guruhlarida 1-tur bahslari yakunlandi. Qaysi natija siz uchun eng kutilmagan bo‘ldi? 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️UzChess Cup III Challengers va Futures guruhlari 1-tur juftliklari Bahslar bugun soat 15:00 da UzChess YouTube kanalida bos
+1
⚡️UzChess Cup III Challengers va Futures guruhlari 1-tur juftliklari Bahslar bugun soat 15:00 da UzChess YouTube kanalida boshlanadi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️UzChess Cup 2026 (Masters) – 1-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
⚡️UzChess Cup 2026 (Masters) – 1-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️Osiyo chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi! Joriy yilning, 28-may – 6-iyun kunlari
+2
⚡️Osiyo chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi! Joriy yilning, 28-may – 6-iyun kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan shaxmatchilarimiz Vatanga qaytib keldi. Musobaqada O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, ayollar o‘rtasida Afruza Hamdamova 7,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 2-o‘rinni egalladi va kumush medal sohibasiga aylandi. Nilufarxon Imomquziyeva esa 6 ochko to‘plab, ayollar xalqaro grossmeysteri (WGM) normativini bajardi.
Shuningdek, Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli natijalardan so‘ng Afruza Hamdamova o‘zining “live” reytingini 2439.6 punktga (+12.6) yetkazdi hamda ayollar o‘rtasidagi jahon reytingida 26-o‘ringa ko‘tarilib, dunyoning kuchli 30 nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi.
💐Shaxmatchilarimizni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

Repost from UzChess
+4
⚡️ Bahslar boshlanish arafasida. Ishtirokchilar o‘yin zaliga yetib kelishmoqda. 🟥Jonli efir 🇺🇿 Yurtdoshimizni jonli efirda qo'llab-quvvatlang
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 102 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

⚡️UzChess Cup III Masters guruhi 1-tur juftliklari bilan tanishing! Natijalar qanday bo’ladi? 🟥Bahslar 15:00’da Uzchess YouT
⚡️UzChess Cup III Masters guruhi 1-tur juftliklari bilan tanishing! Natijalar qanday bo’ladi? 🟥Bahslar 15:00’da Uzchess YouTube kanalida boshlanadi
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 102 kun qoldi
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt