Uzbekistan chess federation
Відкрити в Telegram
O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Федерации Шахмат Узбекистана Qo'shimcha ma'lumotlar va savollar uchun: @uzbchessfederation_bot
Показати більше4 888
Підписники
-524 години
+47 днів
+7030 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26
вересень '26
+31
в 7 каналах
серпень '26
+227
в 18 каналах
Get PRO
липень '26
+215
в 33 каналах
Get PRO
червень '26
+241
в 40 каналах
Get PRO
травень '26
+263
в 20 каналах
Get PRO
квітень '26
+565
в 57 каналах
Get PRO
березень '26
+167
в 18 каналах
Get PRO
лютий '26
+241
в 34 каналах
Get PRO
січень '26
+391
в 37 каналах
Get PRO
грудень '25
+197
в 29 каналах
Get PRO
листопад '25
+302
в 38 каналах
Get PRO
жовтень '25
+182
в 18 каналах
Get PRO
вересень '25
+167
в 36 каналах
Get PRO
серпень '25
+205
в 34 каналах
Get PRO
липень '25
+237
в 20 каналах
Get PRO
червень '25
+310
в 25 каналах
Get PRO
травень '25
+3 349
в 22 каналах
Get PRO
квітень '25
+211
в 21 каналах
Get PRO
березень '25
+324
в 32 каналах
Get PRO
лютий '25
+2 466
в 30 каналах
Get PRO
січень '250
в 38 каналах
Get PRO
грудень '24
+2
в 24 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 04 вересня | +2 | |||
| 03 вересня | +3 | |||
| 02 вересня | +22 | |||
| 01 вересня | +4 |
Дописи каналу
🇰🇬Imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati!
Joriy yilning, 29-oktabrdan 8-noyabrgacha Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha 4-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada ko‘rish, eshitish va tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq cheklovlari bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etadi. Arizalar rasmiy onlayn platforma orqali qabul qilinadi.
✅Nizom bilan tanishish uchun havola
| 2 | ⚡️Toshkentda terma jamoa a’zolari ishtirokida xalqaro shaxmat matchlari
Shu yilning, 2–7-sentyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokida ikki xalqaro shaxmat matchi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yakubboev Eronlik grossmeyster Amin Tabatabaeiga qarshi, Muhiddin Madaminov esa Ozarbayjonlik grossmeyster Aydin Suleymanliga qarshi bahs olib bormoqda.
Uchrashuvning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil etadi. G‘olib 12 000 AQSh dollari, mag‘lub ishtirokchi esa 8 000 AQSh dollari miqdorida mukofot oladi.
Mazkur xalqaro matchlar O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak Olimpiadaga tayyorgarligi doirasida tashkil etilmoqda.
🤝Nodirbek Yakubboev va Muhiddin Madaminovga xalqaro matchlarda muvaffaqiyat tilaymiz.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 068 |
| 3 | ⚡️O‘zbekiston yana ikki pog‘ona yuqoriladi!
FIDE tomonidan shu yilning sentabr oyi uchun e’lon qilingan (yangilangan) reytingida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6-o‘ringa ko‘tarildi.
➡️Avgust oyidagi reytingda 8-o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston sentyabr oyida ikki pog‘ona yuqorilab, dunyoning eng kuchli 6 federatsiyasi qatoridan joy oldi.
Top-10 shaxmatchilarimizning o‘rtacha reytingi 2628 ni tashkil etmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 332 |
| 4 | ⚡️Samarqand 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda.
Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 15 kun qoldi
Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 474 |
| 5 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
#Mustaqillik35
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 458 |
| 6 | 🇺🇿Prezidentimiz shaxmatchilarimizga ulkan zafarlar tiladi!
Mustaqilligimizning 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Prezidentimiz yurtimiz shaxmatchilariga samimiy tilaklarini bildirib, ularga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar va yangi g‘alabalar tiladilar.
Bu ezgu tilaklar sportchilarimiz uchun katta ishonch va yuksak mas’uliyatdir.
Yosh shaxmatchilarimiz bayrog‘imizni yanada baland ko‘tarib, xalqimizni yangi g‘alabalar bilan quvontirishiga ishonamiz!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 10 379 |
| 7 | 🇺🇿 O‘zbekiston xalqaro arbitrlar soni bo‘yicha dunyo TOP-15 taligida!
FIDE’ning 2-Kengash yig‘ilishidan so‘ng yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 100 nafar FA va IA bilan jahon reytingida 14-o‘ringa ko‘tarildi.
Malumot o'rnida 2024-yil aprel oyida O‘zbekistonda 39 nafar xalqaro toifadagi arbitr bor edi va 39-o‘rinda edi.
So‘nggi ikki yil davomida xalqaro toifadagi arbitrlar sonini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu davrda arbitrlar soni 39 nafardan 100 nafarga yetib, 156,4% ga oshdi.
Ushbu natijaga erishishda arbitrlar tayyorlash va seminarlar tashkil etishga katta hissa qo‘shgan lektorlarimizga, shuningdek, barcha O‘zbekistonlik arbitrlarga tashakkur!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 411 |
| 8 | ⚡️“Green Hills Resort” musobaqasi ishtirokchilari diqqatiga!
Musobaqa dasturiga ko‘ra, 30-avgust kuni Rapid, 31-avgust kuni esa Blits bahslari o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar uchun transport 30-avgust kuni soat 08:00 da Alisher Navoiy kinoteatri yaqinidan yo‘lga chiqadi. Kech qolgan ishtirokchilar uchun transport bilan ta’minlash kafolatlanmaydi.
➡️“New Star” guruhi ishtirokchilariga bir nafardan hamrohlik qiluvchi shaxs bilan birga borishga ruxsat beriladi. Qolgan ishtirokchilarning hamrohlik qiluvchi shaxslari uchun transportda joy ajratilishi kafolatlanmaydi.
Musobaqa lokatsiyasi:
🤝Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda yig‘ilish joyiga yetib kelishlarini so‘raymiz. | 2 589 |
| 9 | ⚡️ “Chess Board Open Championship”da kimlar yetakchilik qildi?
“O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida vazirlik, idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida “Chess Board Open Championship of Uzbekhydroenergo JSC” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada turli vazirlik, idora va yirik tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib, o‘zlarining shaxmat bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdi.
Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar:
“O‘zavtosanoat” AJ — 10 ball
“Asakabank” AJ — 9,5 ball
Ichki ishlar vazirligi — 9 ball
“Mikrokreditbank” ATB — 8,5 ball
“Xalq banki” ATB — 8,5 ball
Musobaqaning to‘liq reyting natijalari yuqoridagi posterda keltirilgan.
Ushbu chempionat shaxmatni ommalashtirish bilan birga, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 981 |
| 10 | ⚡️Abdumajid Botiraliyev — Xalqaro sport ustasi (IM) normasini bajardi!
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Abdumajid Botiraliyev Italiyada bo‘lib o‘tgan 24-Torneo Internazionale di Scacchi Spilimbergo xalqaro shaxmat turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Xalqaro sport ustasi (International Master — IM) unvoni uchun zarur bo‘lgan navbatdagi normani bajardi.
Shu yilning, 8–15-avgust kunlari o‘tkazilgan nufuzli xalqaro turnirda Abdumajidning munosib natija qayd etib, IM normasini qo‘lga kiritgani O‘zbekiston shaxmati uchun quvonchli voqeadir.
Abdumajid Botiraliyevni ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 391 |
| 11 | Немає тексту... | 2 207 |
| 12 | ⚡️O‘zbekistonlik shaxmatchilar “Bella Italia” xalqaro shaxmat festivalida munosib natijalarni qayd etdi!
Joriy yilning, 17–23 avgust kunlari Italiyaning Lignano Sabbiadoro shahrida 5° Festival Bella Italia xalqaro shaxmat festivali bo‘lib o‘tdi.
Klassik shaxmat formatida o‘tkazilgan festivalning Master guruhida O‘zbekiston sharafini GM Ortik Nigmatov, FM Abdumajid Botiraliev, CM Sheralijon Ravshanov va Hasan Akramov himoya qildi. Musobaqa yakunida GM Ortik Nigmatov 9 turda 7,5 ochko jamg‘arib, Master guruhida birinchi o‘rinni egalladi.
➡️Hasan Akramov 5,5 ochko bilan musobaqani yakunlab, 2 nafar grossmeysterni mag‘lub etdi va reytingiga 132 ochko qo‘shdi. CM Sheralijon Ravshanov ham 5,5 ochko jamg‘arib, reytingini 72 ochkoga yaxshiladi. FM Abdumajid Botiraliev esa reytingiga 16 ochko qo‘shdi.
➡️Open A guruhida O‘zbekiston nomidan Zafar Tolipov va Husan Akramov ishtirok etdi. Zafar Tolipov 7 turda 6,5 ochko jamg‘arib, guruh g‘olibiga aylandi. Husan Akramov esa 5,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Barcha shaxmatchilarimizni munosib natijalari bilan tabriklaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 770 |
| 13 | ⚡️Xalqaro shaxmat turniriga ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi
Shu yilning, 29–31-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Green Hills Resort majmuasida Rapid va Blitz yo‘nalishlarida xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 35 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati 27-avgustgacha uzaytirildi.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 1 kun qoldi. Ishtirok etish istagidagi shaxmatchilarni belgilangan muddatgacha ro‘yxatdan o‘tishga chorlaymiz.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: @Sevara1223 | 3 712 |
| 14 | ⚡️Hurmatli shaxmatchilar!
FIDE ID raqamini olish jarayoni to‘liq avtomatlashtirildi. Endilikda ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:
Havola: havola
Muhim: FIDE ID ochishda arizada FIDE ID raqami rasmiylashtirilayotgan shaxsning F.I.Sh. (familiya, ism, otasining ismi)ni to‘liq va aniq ko‘rsatish shart.
Mazkur tizim orqali FIDE ID olish jarayoni yanada tez, qulay va samarali amalga oshiriladi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 323 |
| 15 | ⚡️Jahongir Vohidov — Abu Dabi xalqaro shaxmat festivali g‘olibi
Hamyurtimiz Jahongir Vohidov 32-Abu Dhabi International Chess Festival musobaqasining Masters guruhida 7 ochko jamg‘arib, turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Grossmeysterimizni ushbu muhim xalqaro muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!
O‘zbekiston shaxmati rivoji yo‘lidagi navbatdagi muhim g‘alaba!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 301 |
| 16 | ✅46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 3-Paraolimpiada va 97-FIDE Kongressiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun, 24-avgust kuni Xalqaro shaxmat akademiyasida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli xalqaro shaxmat tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati va mas’ul xodimlari, OAV vakillari, shaxmat mutaxassislari hamda ishqibozlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida joriy yilning, 10–18-sentabr kunlari 3-Paraolimpiada, 15–28-sentabr kunlari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 19–28-sentabr kunlari 97-FIDE Kongressini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur yirik tadbirlarga tayyorgarlik doirasida ishchi shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ishtirokchilar va mehmonlar uchun mehmonxonalar band qilindi, musobaqa o‘tkaziladigan obyektlarni tayyorlash, transport-logistika hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 200 dan ortiq davlatdan 398 ta jamoa — 208 ta “Open” va 190 ta ayollar jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston mezbon davlat sifatida 3 ta jamoa bilan qatnashadi.
E’tiborlisi, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchi davlatlar va jamoalar soni bo‘yicha Olimpiada tarixidagi eng yirik musobaqaga aylanishi kutilmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 6 586 |
| 17 | ⚡️Matbuot anjumaniga taklif etamiz
24-avgust kuni (ertaga) Xalqaro shaxmat akademiyasida joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumanida Butunjahon shaxmat olimpiadasi haqida umumiy ma’lumot, musobaqada ishtirok etuvchi shaxmatchilar, trenerlar va terma jamoalar tarkibi, shuningdek, olimpiadaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
✅Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlarni taklif etamiz.
Sana: 24-avgust
Manzil: Xalqaro shaxmat akademiyasi
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 9 390 |
| 18 | Немає тексту... | 2 238 |
| 19 | ⚡ 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi hamda 3-Parashaxmat Olimpiadasi yuzasidan arbiterlar uchun 2-onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning, 13-avgust kuni Olimpiadalarda faoliyat olib boradigan arbiterlar uchun ilk tayyorgarlik uchrashuvi Zoom platformasi orqali o‘tkazildi va unda qariyb 200 kishi ishtirok etdi.
Uchrashuvni 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi Bosh hakam yordamchisi IA Munoz Solis, Carolina hamda 3-Parashaxmat Olimpiadasi Bosh hakam yordamchisi IA Bansod Swapnil olib bordi.
🌎Seminarda mahalliy hamda xorijlik tajribali arbiterlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Olimpiadalardagi asosiy ish tartibi, arbiterlarning vazifalari, mas’uliyati va musobaqa jarayonida sodir bo'lishi mukin bo'lgan hodisalar haqida ma’lumotlar berildi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 362 |
| 20 | ⚡️Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga saralash boshlandi
Joriy yilning 13–21 oktabr kunlari Ispaniyaning Roketas-de-Mar shahrida 7–17 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi sifatida joriy yilda 7–17 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining standart yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Musobaqada ishtirok etish istagidagi sportchilardan 4-sentabrga qadar ariza topshirishlari so‘raladi.
Nizom bilan tanishish
Qo‘shimcha ma’lumot va murojaatlar uchun: @Sevara1223 | 3 986 |
