uz
Feedback
Uzbekistan chess federation

Uzbekistan chess federation

Kanalga Telegram’da o‘tish

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Федерации Шахмат Узбекистана Qo'shimcha ma'lumotlar va savollar uchun: @uzbchessfederation_bot

Ko'proq ko'rsatish
5 314
Obunachilar
-624 soatlar
+1087 kun
+41930 kun
Postlar arxiv
🇺🇿 Afruza Xamdamova — Xalqaro sport ustasi (IM) ⚡️Samarqandda boʻlib oʻtgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoa
🇺🇿 Afruza Xamdamova — Xalqaro sport ustasi (IM) ⚡️Samarqandda boʻlib oʻtgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz yetakchisi, Afruza Xamdamova Xalqaro sport ustasi unvoni uchun uchinchi normani bajardi va “Xalqaro sport ustasi (IM)” unvoniga sazovor boʻldi! ‼️ Afruza Olimpiadada Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi sharafini butun turnir davomida birinchi doskada himoya qildi. 10 ta partiyada 6,5 ochko toʻplab, 2470 reyting koʻrsatkichi (performance) bilan oʻynadi.
Yorqin gʻalabalar: Carissa Yip (AQSh, 2468), Eline Roebers (Niderlandiya, 2378), Laura Unuk (Sloveniya, 2301) Kuchli duranglar: jahonning eng kuchli shaxmatchilaridan GM Koneru Humpy (Hindiston, 2509) va GM Nana Dzagnidze (Gruziya, 2478)
💐Oʻzbekiston shaxmat Federatsiyasi nomidan
Afruza Xamdamova
ni ushbu tarixiy yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelgusida yanada ulkan zafarlar va
GM
unvoni sari dadil qadamlar tilaymiz!
📸: Mukhammadbobur Makhmarayimov 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

🥇 Jahonning eng kuchli shaxmatchilari orasida 3 nafar Oʻzbekistonlik! ⚡FIDEʼning oktabr 2026 reyting roʻyxati eʼlon qilindi.
🥇 Jahonning eng kuchli shaxmatchilari orasida 3 nafar Oʻzbekistonlik! ⚡FIDEʼning oktabr 2026 reyting roʻyxati eʼlon qilindi. Bugungi kunda jahonda reytingi 2700 dan yuqori boʻlgan atigi 33 nafar shaxmatchi bor. Ulardan 3 nafari — Oʻzbekistonlik grossmeysterlar. 🇺🇿 Javohir Sindarov — 4-oʻrin, 2782 (+4) 🇺🇿 Nodirbek Abdusattorov — 5-oʻrin, 2780 (+18) 🇺🇿 Nodirbek Yoqubboyev — 26-oʻrin, 2712 (+27) 🥇 Oyning eng yorqin natijasi — Nodirbek Yakubboevda: grossmeyster oy davomida 27 ochko qoʻshib, 2700+ klubiga qoʻshildi va jahon reytingida 13 pogʻona yuqoriladi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

🇺🇿 Ayollar reytingida ham oʻsish! ⚡FIDEʼning oktabr 2026 reyting roʻyxatida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bir pogʻona k
🇺🇿 Ayollar reytingida ham oʻsish! ⚡FIDEʼning oktabr 2026 reyting roʻyxatida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bir pogʻona koʻtarilib, federatsiyalar orasida 20-oʻringa chiqdi. Eng kuchli 10 nafar shaxmatchi qizlarimizning oʻrtacha reytingi 2236 ga yetdi. 🥇 Ayollar reytingi — Top-3: 🇨🇳 1. Xitoy — 2488 🇮🇳 2. Hindiston — 2431 🇺🇦 3. Ukraina — 2387 🇺🇿 20. Oʻzbekiston — 2236 🔼 Manba: ratings.fide.com 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

🇺🇿Oʻzbekiston — jahonning eng kuchli 5 ta shaxmat davlati qatorida! 🏆 Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) eʼlon qilgan ok
🇺🇿Oʻzbekiston — jahonning eng kuchli 5 ta shaxmat davlati qatorida! 🏆 Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) eʼlon qilgan oktabr 2026 reyting roʻyxatida Oʻzbekiston bir pogʻona yuqorilab, federatsiyalar reytingida 5-oʻrinni egalladi. Terma jamoamizning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisining oʻrtacha reytingi 2637 ni tashkil etmoqda — bu koʻrsatkich bilan yurtimiz dunyoning yetakchi shaxmat davlatlari bilan bir safda turibdi. 🥇Federatsiyalar reytingi — Top-5: 🇺🇸 1. AQSh — 2723 🇮🇳 2. Hindiston — 2704 🇨🇳 3. Xitoy — 2663 🇷🇺 4. Rossiya — 2641 🇺🇿 5. Oʻzbekiston — 2637 🔼 Manba: ratings.fide.com 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari, ularning ota-onalari va mu
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi. Chempion va sovrindorlarga davlat mukofotlari va Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с членами сборных команд Узбекистана по шахматам и парашахматам, их родителями и тренерами. Состоялось торжественное вручение чемпионам и призерам государственных наград и подарков Президента. #Mirziyoyev #uchrashuv #shaxmatchilar #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan shaxmat rivoji, xalqaro maydondagi yuksak natijalar va mamlakat sport nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir qator sportchilar, murabbiylar va mutaxassislar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni • Muxiddin Madaminov — milliy terma jamoa a’zosi Xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoni • Nodirbek Abdusattorov — milliy terma jamoa a’zosi • Shamsiddin Vohidov — milliy terma jamoa a’zosi • Nodirbek Yakubboev — milliy terma jamoa a’zosi Xizmat ko‘rsatgan sport ustozi faxriy unvoni • Rustam Qosimjonov — erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi • Samandar Shermuhammadov — parashaxmat terma jamoasi murabbiyi Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi faxriy unvoni • Komil Sindarov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni • Javohir Sindarov — milliy terma jamoa a’zosi “Do‘stlik” ordeni • Nafisa Muminova — ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi • Bobir Sattarov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi • Rashid Talipov — Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi “Mardlik” ordeni • Jaxongir Vakhidov — milliy terma jamoa a’zosi • Sirojiddin Zaynidinov — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Selbi Kakishova — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Axadxon Kimsanboev — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Sardorbek Mamarajabov — parashaxmat terma jamoasi a’zosi • Marsel Shayusupov — parashaxmat terma jamoasi a’zosi “Kelajak bunyodkori” medali • Abdimalik Abdisalimov — milliy terma jamoa a’zosi • Komiljon Azizov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi • Humoyun Begmuratov — milliy terma jamoa a’zosi • Javlon Mardonov — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi • Ortiq Nigmatov — milliy terma jamoa a’zosi • Muhammadzohid Suyarov — milliy terma jamoa a’zosi “Sog‘lom turmush” medali • Baxtiyor Djumaev — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi, sharhlovchi • Nilufarkhon Imomqo‘zieva — ayollar terma jamoasi a’zosi • Guldona Karimova — ayollar terma jamoasi a’zosi • Umida Omonova — ayollar terma jamoasi a’zosi • Gulrukhbegim Tokhirjonova — ayollar terma jamoasi a’zosi • Afruza Khamdamova — ayollar terma jamoasi a’zosi 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtiro
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

🇺🇿Prezidentga berilgan va’da bajarildi: Samarqanddagi tarixiy g‘alaba va $200 000 mukofot #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

photo content
+9

⚡️Joriy yilning shaxmat olamidagi muhim voqeasi: Samarqandda 46-Jahon shaxmat olimpiadasi yakunlandi Joriy yilning 16–27-sent
+9
⚡️Joriy yilning shaxmat olamidagi muhim voqeasi: Samarqandda 46-Jahon shaxmat olimpiadasi yakunlandi Joriy yilning 16–27-sentabr kunlari Samarqand shahrida 46-Jahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada ilk bor 205 davlatdan 397 ta jamoa, jami 1970 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston olimpiadada 3 ta erkaklar va 3 ta ayollar jamoasi bilan qatnashdi. O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi 11 turdan 10 tasida g‘alaba qozonib, 20 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi va ikki karra Olimpiada chempioni bo‘ldi. Jamoamiz Hindiston, Xitoy, AQSH va Ukraina kabi FIDE reytingida TOP-10 talikka kiruvchi kuchli jamoalar ustidan muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Shaxsiy natijalarga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada oltin, Javohir Sindorov 2-taxtada bronza, Nodirbek Yoqubboyev esa 3-taxtada kumush medalni qo‘lga kiritdi. Samarqandda o‘tkazilgan III Shaxmat Paraolimpiadasida O‘zbekiston para-shaxmat jamoasi tarixda ilk bor 3-o‘rinni egalladi. Musobaqa doirasida hududlarda tashkil etilgan “Fan zonalari”ga qariyb 500 ming nafar tomoshabin tashrif buyurdi. 60 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy mehmon Samarqanddagi shaxmat olimpiadasini bevosita kuzatdi. 46-Jahon shaxmat olimpiadasida ilk bor 55 nafar o‘zbekistonlik shaxmat arbitri bahslarda hakamlik qildi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan ta’sis etilgan “FIDE Excellence Awards 2026” xalqaro mukofotining “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. So‘nggi 10 yil davomida O‘zbekistonning 17 nafar shaxmatchisi xalqaro grossmeyster unvoniga ega bo‘ldi. Ularning 5 nafari ayollardir. Shuningdek, Rustam Qosimjonov FIDEning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova esa FIDEning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylandi. Mazkur natijalar O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizning xalqaro shaxmat maydonidagi nufuzini mustahkamlash borasidagi ishlarning muhim natijasidir. #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

#Tahlilnoma Prezidentdan shaxmatchilarga tarixiy tabrik: “Sen bunga albatta qodirsan, Javohir bolam!” #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

⚡️Samarqand: Bu shunchaki shaxmat musobaqasi emas — tarixga aylangan uch hafta edi Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan insonlar bir maydonda uchrashdi. Kim uchundir bu g‘alaba sari yo‘l, kim uchundir yangi tajriba, yangi bilim va yangi imkoniyat bo‘ldi. Bu yerda raqobat bilan birga do‘stliklar paydo bo‘ldi, tajribalar almashildi, turli til va madaniyatlar shaxmat orqali birlashdi. G‘alabalar, mag‘lubiyatlar, hayajon, ko‘z yoshlar va unutilmas lahzalar… Natijalar tarixda qoladi. Ammo bu Olimpiadaning eng katta merosi — insonlar, tajriba va Samarqandda yozilgan umumiy tarixdir. #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

Video xabar00:35

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasiga 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogi topshirildi! O‘zbekiston — Olimpiada chempioni! #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasiga 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogi topshirildi! O‘zbekiston — Olimpiada chempioni! #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

Video xabar00:48

Repost from Alisher Sadullaev
Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada oltin medalni qabul qilib oldi! 🔴jonli efir @alisher_sadullaev

Video xabar00:18

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik #ChessOlympiad #Samarkand2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt