es
Feedback
Uzbekistan chess federation

Uzbekistan chess federation

Ir al canal en Telegram

O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Федерации Шахмат Узбекистана Qo'shimcha ma'lumotlar va savollar uchun: @uzbchessfederation_bot

Mostrar más
4 827
Suscriptores
+124 horas
+437 días
+6230 días

Carga de datos en curso...

Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
junio '26
junio '26
+195
en 36 canales
mayo '26
+263
en 20 canales
Get PRO
abril '26
+565
en 57 canales
Get PRO
marzo '26
+167
en 18 canales
Get PRO
febrero '26
+241
en 33 canales
Get PRO
enero '26
+391
en 36 canales
Get PRO
diciembre '25
+197
en 28 canales
Get PRO
noviembre '25
+302
en 37 canales
Get PRO
octubre '25
+182
en 17 canales
Get PRO
septiembre '25
+167
en 34 canales
Get PRO
agosto '25
+205
en 34 canales
Get PRO
julio '25
+237
en 20 canales
Get PRO
junio '25
+310
en 25 canales
Get PRO
mayo '25
+3 349
en 22 canales
Get PRO
abril '25
+211
en 21 canales
Get PRO
marzo '25
+324
en 32 canales
Get PRO
febrero '25
+2 466
en 30 canales
Get PRO
enero '250
en 38 canales
Get PRO
diciembre '24
+2
en 24 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
23 junio0
22 junio+7
21 junio+21
20 junio+4
19 junio+10
18 junio+12
17 junio+13
16 junio+9
15 junio+12
14 junio+10
13 junio+6
12 junio+11
11 junio+6
10 junio+7
09 junio+14
08 junio+5
07 junio+9
06 junio+11
05 junio+12
04 junio+7
03 junio+4
02 junio+2
01 junio+3
Publicaciones del Canal
⚡️O‘zbekiston jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi “FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026” xalqaro muso
+8
⚡️O‘zbekiston jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi “FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Gonkong shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada blits yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallagan hamyurtlarimizni aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, sport sohasi mutasaddilari, shaxmat jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda muxlislar kutib oldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bronza medallarini qo‘lga kiritib, 30 000 yevro miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. 💐Terma jamoamizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. #FIDEWorldRapidBlitzTeams2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt

2
Mensaje de video
1 323
3
Mensaje de video
1 399
4
Mensaje de video
1 463
5
Mensaje de video
1 440
6
🇺🇿O‘zbekiston jamoasi FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 musobaqasida bronza medalni qo‘lga kiritdi Hon
🇺🇿O‘zbekiston jamoasi FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 musobaqasida bronza medalni qo‘lga kiritdi Hongkongda (Xitoy) bo‘lib o‘tgan FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 musobaqasining blits yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi. Vakillarimiz pley-off bosqichiga yo‘l olib, chorak finalda WR Chess jamoasini mag‘lub etdi. Yarim finalda Dragon Chilling jamoasiga imkoniyatni boy bergan shaxmatchilarimiz 3-o‘rin uchun bahsda Hexamind Chess Team ustidan g‘alaba qozonib, bronza medallarga sazovor bo‘ldi. Mazkur natija evaziga jamoamiz 30 ming yevro mukofotni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston delegatsiyasi 22-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:40 da MU-6037 reysi orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi. #FIDEWorldRapidBlitzTeams2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 494
7
⚡️O‘zbekiston jamoasi FIDE Rapid va Blitz bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatida yarim finalga yo‘l oldi Blitz bahslarining “P+9
⚡️O‘zbekiston jamoasi FIDE Rapid va Blitz bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatida yarim finalga yo‘l oldi Blitz bahslarining “Pool C” guruhida 19 ochko jamg‘argan terma jamoamiz guruhda 2-o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi. 1/8 finalda “Odlar Yurdu” jamoasi 3:1 hisobida mag‘lub etildi. Chorak finalda esa musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri sanalgan WR Chess ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alaba qayd etildi. Endi yarim finalda vakillarimiz Xitoyning “Dragon Chilling” jamoasiga qarshi dona suradi. 🟥 Bahslarni Jonli efirda tomosha qiling va yurtdoshlarimizni qo’llab-quvvatlang! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 432
8
⚡️Nodirbek Abdusattorov blitz reytingida dunyoning TOP-3 shaxmatchisiga aylandi! Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2700chess.
⚡️Nodirbek Abdusattorov blitz reytingida dunyoning TOP-3 shaxmatchisiga aylandi! Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 2700chess.com’ning jonli reytingida 2802.5 ochko bilan blitz yo‘nalishida dunyoning eng kuchli uch nafar shaxmatchisi qatoridan joy oldi. U so‘nggi natijalari evaziga ikki pog‘ona yuqorilab, reytingiga +17.5 ochko qo‘shdi va Magnus Carlsen hamda Hikaru Nakamuradan keyingi o‘ringa ko‘tarildi. Yosh grossmeysterimizning navbatdagi yuksak marrasi O‘zbekiston shaxmati tarixidagi yana bir muhim sahifaga aylandi. 🇺🇿Tabriklaymiz, Nodirbek! Yangi zafarlar sari olg‘a! 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 889
9
⚡️FIDE World Youth Chess Championship 2026 musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda Jor+3
⚡️FIDE World Youth Chess Championship 2026 musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda Joriy yilning, 14–26-iyun kunlari Italiyaning Montesilvano shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasida FIDE World Youth Chess Championship 2026 jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli musobaqada dunyoning 84 mamlakatidan 778 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini esa 9 nafar yosh shaxmatchi himoya qilmoqda. ➡️15–18-iyun kunlari o‘tkazilgan 1–4-tur bahslari yakunlariga ko‘ra, terma jamoamizning bir qator vakillari yuqori natijalarni qayd etmoqda. ➡️14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Lazizabonu Komiljonova 3,5 ochko bilan 6-o‘rinda, Sarvinoz Begmuratova esa 3 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. ➡️16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Rauf Qosimov 3,5 ochko bilan yetakchilar safidan joy olgan. ➡️18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Akobirxon Saydaliev 3,5 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. 🤝Yosh shaxmatchilarimizga navbatdagi turlarda ham muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tilaymiz! #FIDEWorldYouth2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 627
10
⚡️FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026: O‘zbekiston jamoasi TOP-15 talikda Gonkongda davom etayotgan FIDE W
⚡️FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026: O‘zbekiston jamoasi TOP-15 talikda Gonkongda davom etayotgan FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 musobaqasining rapid yo‘nalishida 5–8-tur uchrashuvlari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 5-turda Chongqing Kylin Chess Club jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, Theme International Trading ustidan 4,5:1,5 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Qolgan uchrashuvlarda esa Endgame.AI jamoasiga 1,5:4,5 hamda Shenzhen Qiyu Chess Club jamoasiga 2,5:3,5 hisobida imkoniyat boy berildi. 8 turdan so‘ng O‘zbekiston jamoasi musobaqa jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. 🟥 Rapid bahslarining 9–12-turlarini hoziroq jonli tomosha qilishingiz mumkin! ✊ Jamoamizga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilaymiz! #FIDEWorldRapidBlitz2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 119
11
⚡️FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026: O‘zbekiston jamoasi TOP-15 talikda Gonkongda davom etayotgan FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 musobaqasining rapid yo‘nalishida 5–8-tur uchrashuvlari yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 5-turda Chongqing Kylin Chess Club jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, Theme International Trading ustidan 4,5:1,5 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Qolgan uchrashuvlarda esa Endgame.AI jamoasiga 1,5:4,5 hamda Shenzhen Qiyu Chess Club jamoasiga 2,5:3,5 hisobida imkoniyat boy berildi. 8 turdan so‘ng O‘zbekiston jamoasi musobaqa jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Bugun, 19-iyun kuni rapid bahslarining 9–12-turlari bo‘lib o‘tadi. Jamoamizga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilaymiz!
1
12
⚡️Rapid bahslarining 2-kuni boshlandi! Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokidagi Rapid va Blitz bo‘yicha Jamoaviy J
⚡️Rapid bahslarining 2-kuni boshlandi! Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokidagi Rapid va Blitz bo‘yicha Jamoaviy Jahon Chempionati 2026 musobaqasining ikkinchi kunini biz bilan jonli kuzating! ✔️Eslatma: Translyatsiyada yurishlarni bizning efirda boshqa efirlardan 5 daqiqa oldin ko’rishingiz mumkin bo’ladi! Jonli efir #FIDEWorldRapidBlitz2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
1 755
13
⚡️FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026: O‘zbekiston jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda Joriy yilning,+7
⚡️FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026: O‘zbekiston jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda Joriy yilning, 17–21-iyun kunlari Gonkong shahrida (Xitoy) nufuzli FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini jamlagan mazkur musobaqada 53 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ham 8 nafar yetakchi shaxmatchi bilan musobaqada ishtirok etmoqda. 17-iyun kuni o‘tkazilgan 1–4-tur bahslari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi: • “Blue Bulldogs” jamoasini 5:1 hisobida; • “Indonesia” jamoasini 3,5:2,5 hisobida; • “Chess Thulir” jamoasini 4,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Shu bilan birga, jamoamiz “KazChess” jamoasiga 2,5:3,5 hisobida imkoniyatni boy berdi. ➡️To‘rt turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. #FIDEWorldRapidBlitz2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
3 235
14
FIDE prezidenti Arkady Dvorkovichning e’tibori Jahon chempionligi da’vogari Javohir Sindarovga qaratilgan Siz esa FIDE World
FIDE prezidenti Arkady Dvorkovichning e’tibori Jahon chempionligi da’vogari Javohir Sindarovga qaratilgan Siz esa FIDE World Team Rapid and Blitz Chess Championships 2026 musobaqasida qaysi shaxmatchini kuzatyapsiz? Tezkor va blits bahslarida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari hamda yosh iste’dodlar bir maydonda jam bo‘lmoqda. #FIDEWorldRapidBlitz2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 748
15
⚡️FIDE Rapid bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bahslari boshlandi Bugun Gonkong shahrida (Xitoy) “FIDE World Rapid & Blitz
⚡️FIDE Rapid bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bahslari boshlandi Bugun Gonkong shahrida (Xitoy) “FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026” musobaqasining rapid yo‘nalishi bo‘yicha 1-tur uchrashuvlariga start berildi. 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasini jonli efirda qo‘llab-quvvatlang! #FIDEWorldRapidBlitz2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 993
16
⚡️O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari jahon chempionligi uchun bahsga kirishadi Jioriy yilning, 17–21-iyun kunlari Gonk
⚡️O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari jahon chempionligi uchun bahsga kirishadi Jioriy yilning, 17–21-iyun kunlari Gonkong shahrida (Xitoy) nufuzli “FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Dunyoning yetakchi shaxmatchilari jam bo‘ladigan mazkur musobaqada 53 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘zining kuchli tarkibi bilan turnirda ishtirok etadi. Jamoamiz safida grossmeysterlar Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov, Muxiddin Madaminov, ayollar xalqaro grossmeysterlari Afruza Xamdamova va Umida Omonova hamda Akjol Raxmatullaev mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming yevroni tashkil etadi. Shundan 310 ming yevro rapid, 190 ming yevro esa blits yo‘nalishlari uchun ajratilgan. Turnirning ilk tur bahslari 17-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
3 731
17
⚡️FIDE World Cup 2026 xalqaro musobaqasida O‘zbekiston sharafini 12 nafar yosh shaxmatchi himoya qiladi Shu yilning, 15–27-iy
⚡️FIDE World Cup 2026 xalqaro musobaqasida O‘zbekiston sharafini 12 nafar yosh shaxmatchi himoya qiladi Shu yilning, 15–27-iyun kunlari Gruziyaning Batumi shahrida 8, 10 va 12 yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida FIDE World Cup 2026 xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada dunyoning 67 ta davlatidan 663 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etadi. O‘zbekiston nomidan 12 nafar iqtidorli sportchi bahslarda qatnashib, mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. FIDE World Cup 2026 musobaqasi 6 ta guruhda tashkil etilib, unda 8, 10 va 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘zaro kuch sinashadi. Musobaqada 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar kubok, medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, sovrindorlar 2026-yil 10–17-noyabr kunlari o‘tkaziladigan FIDE World Cadets Championships musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. ✊O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi yosh vakillarimizga mazkur nufuzli musobaqada omad va yuksak natijalar tilaydi. 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
2 277
18
+8
Sin texto...
4 666
19
⚡️“UzChess Cup 2026” xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi! Joriy yilning, 7–15-iyun kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yich+8
⚡️“UzChess Cup 2026” xalqaro turniri g‘oliblari aniqlandi! Joriy yilning, 7–15-iyun kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha “UzChess Cup 2026” III xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 14 ta mamlakatdan 171 nafar sportchi ishtirok etib, “Masters”, “Challengers”, “Futures” va “Open” guruhlarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etdi. ➡️“Masters” guruhida hamyurtlarimiz Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov birinchi o‘rin uchun tay-brek bahslarida kuch sinashdi. Yakuniy uchrashuvlarda Muhiddin Madaminov 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi. Shamsiddin Vohidov ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni Hindiston vakili yakunladi. ➡️“Challengers” guruhida ham xalqaro raqobat yuqori darajada kechib, sovrinli o‘rinlar uchun keskin kurash kuzatildi. Guruhda Hindiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari yetakchilar qatoridan joy oldi. ➡️“Futures” guruhida iste’dodli yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov 7 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashda xorijlik yosh shaxmatchilar ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan grossmeysterlar hamda istiqbolli yosh shaxmatchilar ishtirok etib, muxlislarga qiziqarli va murosasiz bahslarni taqdim etdilar. #UzchessCup2026 🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
3 303
20
Mensaje de video
1 608