Uzbekistan chess federation
Open in Telegram
O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi Официальный телеграм канал Федерации Шахмат Узбекистана Qo'shimcha ma'lumotlar va savollar uchun: @uzbchessfederation_bot
Show more4 817
Subscribers
+824 hours
-47 days
+430 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
July '26
July '26
+170
in 30 channels
June '26
+241
in 40 channels
Get PRO
May '26
+263
in 20 channels
Get PRO
April '26
+565
in 57 channels
Get PRO
March '26
+167
in 18 channels
Get PRO
February '26
+241
in 33 channels
Get PRO
January '26
+391
in 37 channels
Get PRO
December '25
+197
in 29 channels
Get PRO
November '25
+302
in 38 channels
Get PRO
October '25
+182
in 18 channels
Get PRO
September '25
+167
in 35 channels
Get PRO
August '25
+205
in 34 channels
Get PRO
July '25
+237
in 20 channels
Get PRO
June '25
+310
in 25 channels
Get PRO
May '25
+3 349
in 22 channels
Get PRO
April '25
+211
in 21 channels
Get PRO
March '25
+324
in 32 channels
Get PRO
February '25
+2 466
in 30 channels
Get PRO
January '250
in 38 channels
Get PRO
December '24
+2
in 24 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 25 July | +9 | |||
| 24 July | +12 | |||
| 23 July | +3 | |||
| 22 July | +3 | |||
| 21 July | +4 | |||
| 20 July | +6 | |||
| 19 July | +5 | |||
| 18 July | +4 | |||
| 17 July | +8 | |||
| 16 July | +7 | |||
| 15 July | +11 | |||
| 14 July | +17 | |||
| 13 July | +3 | |||
| 12 July | +1 | |||
| 11 July | +4 | |||
| 10 July | +3 | |||
| 09 July | +2 | |||
| 08 July | +22 | |||
| 07 July | +14 | |||
| 06 July | +10 | |||
| 05 July | +6 | |||
| 04 July | +3 | |||
| 03 July | +6 | |||
| 02 July | +1 | |||
| 01 July | +6 |
Channel Posts
| 2 | ⚡️Poytaxtimizda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida “MB Shaxmat yulduzlari” bolalar turniri bo‘lib o‘tmoqda
Ayni damda poytaxtimizdagi International Talent Academy xususiy maktabida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida “MB Shaxmat yulduzlari” bolalar shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada 64 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etmoqda. Turnir bolalar shaxmatini rivojlantirish, yosh avlod o‘rtasida intellektual sportni ommalashtirish hamda iqtidorli shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Turnir rapid yo‘nalishida, har bir partiyaga 10 daqiqalik vaqt nazorati bilan o‘tkazilmoqda. Bellashuvlar O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hakamlar hay’ati tomonidan xalqaro qoidalarga muvofiq boshqarilmoqda.
Musobaqa yakunida ishtirokchilar maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 1 405 |
| 3 | ⚡️Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling — Freestyle shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga atigi 3 kun qoldi!
27–31-iyul kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Freestyle shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada rapid va blits yo‘nalishlarida FIDE qoidalari asosida, har bir turda generator orqali aniqlanadigan yangi Freestyle pozitsiyalarida bahslar o‘tkaziladi.
Mukofot jamg‘armasi — 140 million so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tish 27-iyul soat 15:00 ga qadar davom etadi. Ishtirokchilar zarur hujjatlarni taqdim etgan holda Telegram orqali @RustamAbdusaitov manzilida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🟢Nizom bilan batafsil tanishish uchun havola
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 7 385 |
| 4 | 🌎3-Para shaxmat bo‘yicha jahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 1-, 2- va 3-tarkiblari uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda
Mashg‘ulotlar davomida sportchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligini yanada mustahkamlash, musobaqaoldi holatini yuqori darajaga olib chiqish hamda jamoaviy uyg‘unlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🧾Mazkur o‘quv-yig‘inlar jamoalarimizning nufuzli xalqaro musobaqadagi munosib ishtiroki uchun muhim tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 699 |
| 5 | 👨💻 O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umummilliy tashabbus idChess platformasida boshlanadi
Joriy yilning, 15–27-sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi arafasida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va sun’iy intellekt asosidagi xalqaro idChess platformasi hamkorligida "O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlang — o‘z yurishingizni qiling!" umummilliy raqamli kampaniyasiga start beriladi.
Loyiha doirasida O‘zbekistonning yetakchi brendlari mobil ilovalari orqali foydalanuvchilar "O‘zbekiston uchun o‘ynash" imkoniyatiga ega bo‘lib, ommaviy onlayn turnirlarda ishtirok etadilar. Har bir o‘ynalgan partiya va har bir yurish O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashning bir qismiga aylanadi.
Kampaniyaning asosiy maqsadi — 1 millionta shaxmat partiyasini jamlash hamda ushbu tashabbusni Butunjahon shaxmat olimpiadasi arafasida xalq birdamligi va milliy qo‘llab-quvvatlash ramziga aylantirishdir.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi barcha hamkor tashkilotlar, biznes vakillari va yurtdoshlarimizni ushbu umummilliy tashabbusga faol qo‘shilishga chorlaydi.
🤝Birgalikda O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 451 |
| 6 | ⚡️Almaz Rahmatullayev Turkiyadagi xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi
Joriy yilning, 13–19-iyul kunlari Turkiyaning Denizli shahrida bo‘lib o‘tgan "2nd Pamukkale International Open Chess Tournament" xalqaro turniri yakunlandi.
Nufuzli musobaqada O‘zbekiston vakili, xalqaro sport ustasi Almaz Rahmatullayev muvaffaqiyatli ishtirok etib, 9 tur yakuniga ko‘ra 7 ochko jamg‘ardi va faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medal sohibiga aylandi.
Mazkur natija evaziga u 2 800 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi hamda xalqaro reytingiga 21 punkt qo‘shib oldi.
💐O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Almaz Rahmatullayevni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 518 |
| 7 | ⚡️ “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” – "Challengers open" va "Challengers women" yo‘nalishlari respublika musobaqasi nihoyasiga yetdi
Jami 9 turdan iborat bo‘lgan ushbu keskin bahslarda shaxmatchilar o‘z mahoratlarini yuqori darajada namoyish etishdi. Har bir partiyasi qizg‘in va murosasiz kechgan turnir yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
"Challengers open" guruhida:
1-o‘rin: Xadiyatullo Muxamedov (25 000 000 so‘m) Toshkent shahri
2-o‘rin: Bilolxoʻja Xasanov (15 000 000 so‘m)
3-o‘rin: Akbar Yoqubboyev (10 000 000 so‘m)
"Challengers women” guruhida:
1-o‘rin: Moxinur Xabibullayeva (25 000 000 so‘m)
2-o‘rin: Oksana Slapoguzova (15 000 000 so‘m)
3-o‘rin: Odina Olimova (10 000 000 so‘m) Toshkent shahri
Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan shaxmatchilar hamda turli nominatsiyalar g‘oliblari belgilangan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 3 159 |
| 8 | ⚡️ “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” – "Havaskor open" va "Havaskor women" yo‘nalishlari respublika musobaqasi nihoyasiga yetdi
Jami 9 turdan iborat bo'lgan ushbu keskin bahslarda shaxmatchilar o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Qizg’in va murosasiz kechgan turnirda quyidagi natijalar qayd etildi:
"Havaskor open” guruhida:
➡️1-oʻrin Azizxon Yoqutxonov Toshkent viloyati (25 mln so‘m)
➡️2-oʻrin Abdulloh Alimov Toshkent viloyati (15 so’m )
➡️3-oʻrin Dauranbek Madetov Qoraqalpogʻiston Respublikasi
(10 mln so’m )
"Havaskor women” guruhida:
➡️1-oʻrin Ruxshona Raximbediyeva Xorazm viloyati (25 mln so‘m)
➡️2-oʻrin Zarina Toʻxtayeva Buxoro viloyati (15 mln so‘m)
➡️3-oʻrin Munisa Toʻychiyeva Navoiy viloyati (10 mln so‘m)
G'oliblar ko'rsatilgan pul mukofotlati hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 1 950 |
| 9 | ⚡️O‘zbekiston hakamlari Olimpiada oldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston hakamlari uchun onlayn o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi.
Mashg‘ulotlarning ilk seminari xalqaro darajadagi tajribali lektorlar — Mixail Kryukov hamda Hulkar Toxirjonova ishtirokida o‘tkazildi.
Seminar davomida Olimpiada hakamligiga oid asosiy talablar, musobaqa reglamenti hamda amaliy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘quv-seminarlar hakamlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, Olimpiada musobaqalarini xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 679 |
| 10 | FIDE arbitri normasi uchun xalqaro seminar tashkil etiladi
Shu yilning, 5–8-avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida FIDE arbitri normasini olish bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar FIDE tomonidan tasdiqlangan tajribali mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladi.
Lektor:
Mixail Vitalyevich Kryukov – FIDE A toifali xalqaro arbitri, Rossiyaning faxriy sport hakami va FIDE lektori.
Lektor assistenti:
Aleksandr Vitalyevich Babenko – FIDE C toifali xalqaro arbitri, Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi Hakamlar va malaka komissiyasi raisi.
Seminar davomida ishtirokchilar shaxmat qoidalari, turnirlarni tashkil etish va hakamlik faoliyati, FIDE reyting hamda unvonlar tizimi, anticheating qoidalari, elektron shaxmat soatlari, Shveysar tizimi, tay-breyklar va boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar.
Seminarning yakuniy kunida FIDE talablari asosida imtihon o‘tkaziladi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan ishtirokchilarga FIDE arbitri normasi beriladi.
Ishtirok etish shartlari:
• 18 yoshga to‘lgan bo‘lish;
• Milliy arbitr (NA) unvoniga ega bo‘lish.
Ishtirok badali: 120 AQSh dollari.
Yo‘l va yashash bilan bog‘liq xarajatlar ishtirokchilar tomonidan mustaqil qoplanadi.
🧾 Qo‘shimcha ma’lumot uchun (WhatsApp):
+7 705 152 4848 — Ivan Aleksandrovich Mezentsev.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 370 |
| 11 | ⚡️Bugun butun dunyoda intellekt, tafakkur va strategiya bayrami – Xalqaro shaxmat kuni nishonlanmoqda
Ushbu sana munosabati bilan barcha shaxmatchilarni, murabbiylarni, hakamlarni, tashkilotchilarni hamda shaxmat ixlosmandlarini samimiy muborakbod etamiz.
Shaxmat insonda mantiqiy fikrlash, sabr-toqat, strategik yondashuv va mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni shakllantiradigan, xalqlarni do’stlik va hamjihatlik ruhida birlashtiradigan intellektual sport turidir.
Barchangizga mustahkam sog’liq, yangi g’alabalar, yuksak marralar va shaxmat ravnaqi yo’lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Xalqaro shaxmat kuni muborak bo’lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 4 315 |
| 12 | ⚡️“To‘dako‘l Open” – “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” Respublika turniri doirasida Havaskor OPEN va Havaskor WOMEN yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
➡️Havaskor OPEN
1-o‘rin — Azizxon Yoqutxonov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin — Abdulloh Alimov (Toshkent viloyati)
3-o‘rin — Dauranbek Madetov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
➡️Havaskor WOMEN
1-o‘rin — Ruxshona Raximberdieva (Xorazm viloyati)
2-o‘rin — Zarina Tuxtaeva (Buxoro viloyati)
3-o‘rin — Munisa To‘ychieva (Navoiy viloyati)
G‘olib va sovrindorlarni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 324 |
| 13 | No text... | 2 872 |
| 14 | ⚡️“To‘dako‘l Open” – “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” Respublika turniriga (“Mahalla ligasi”) start berildi
Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa 17–23-iyul kunlari o‘tkaziladi.
Turnir doirasida ishtirokchilar Masters Open, Masters Women, Challengers Open, Challengers Women, Havaskor Open hamda Havaskor Women yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.
🤝Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yorqin o‘yinlar tilaymiz.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 625 |
| 15 | ⚡️Shenchjenda Osiyo chempionati boshlandi: O‘zbekiston hisobida dastlabki medallar!
Joriy yilning, 16–24-iyul kunlari Xitoyning Shenchjen shahrida 8–18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida "Asian Youth Chess Championships 2026" Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli musobaqada Osiyoning 30 ta davlatidan 879 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini esa 21 nafar iqtidorli shaxmatchimiz himoya qilmoqda.
16-iyul kuni rapid yo‘nalishi bo‘yicha bahslar yakunlandi va O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi.
🥉18 yoshgacha qizlar o‘rtasida Rukiya Olimova bronza medal sohibasi bo‘ldi.
🥉10 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Nurmuhammad Nematillaxonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
✊Sportchilarimizni samimiy tabriklaymiz hamda chempionatning navbatdagi bahslarida ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
#AsianYouthChess2026
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 4 381 |
| 16 | ⚡️Nodirbek Abdusattorov "Quantbox Chennai Grand Masters 2026" turnirida ishtirok etadi
Joriy yilning, 16–22-iyul kunlari Hindistonning Chennay shahrida nufuzli "Quantbox Chennai Grand Masters 2026" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
79 500 AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega musobaqada O‘zbekiston sharafini grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. Shuningdek, Arjun Erigaisi, Gukesh Dommaraju, Alireza Firuzja, Hans Moke Niemann va boshqa kuchli shaxmatchilar ham g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Musobaqaning ilk turi 16-iyul kuni soat 14:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
🟥Jonli efir
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 2 137 |
| 17 | ⚡️“To‘dako‘l Open” – “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” Respublika turniri (“Mahalla ligasi”)
Turnir joriy yilning 17–23-iyul kunlari Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida quyidagi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹Masters Open
🔹Masters Women
🔹Challengers Open
🔹Challengers Women
🔹Havaskor Open
🔹Havaskor Women
Musobaqa mahalla, sektor, tuman (shahar), hudud va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Respublika final bosqichi FIDE qoidalari asosida 9 turdan iborat shveysarcha tizimda, har bir ishtirokchi uchun 10 daqiqa + har yurish uchun 5 soniya vaqt nazoratida tashkil etiladi.
🏆Har bir guruh g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin — 25 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 million so‘m
Shuningdek, har bir guruhda 4-, 5- va 6-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga 1 million so‘mdan pul mukofoti topshiriladi.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 5 666 |
| 18 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi
Tashrif davomida davlatimiz rahbari “Xos yoz” kanali bo‘yi hamda Do‘stlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari bu yerda sport bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
Doʻstlik mahallasi hududi hozir 28 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 33 ta koʻp qavatli uy, xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, futbol maydoni, 16 ta sport va bolalar maydonchasi hamda kutubxona mavjud.
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 4 844 |
| 19 | ✅Bugun, yurtimiz yoshlarining ishonchli tayanchi va tashabbuskor rahbari Alisher Zafarovich Sa’dullayevning tavallud ayyomi
Sizning uzoqni ko‘zlagan qarashlaringiz, qat’iy yetakchiligingiz va yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiboringiz tufayli mamlakatimizda shaxmatni rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro maydonlarda munosib natijalarga erishishi yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt-saodat va Vatanimiz ravnaqi, yoshlar kamoloti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz.
Yoshlar va shaxmat rivojiga doimiy e’tibor hamda qo‘llab-quvvatlovingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Hamisha yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar Sizga yor bo‘lsin!
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 4 550 |
| 20 | 🏆 Qozogʻiston Respublikasi Bolalar Kubogi – 5-bosqich "Irtyshye – 2026" musobaqasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi
Musobaqa shu yilning, 1–9-avgust kunlari Qozogʻiston Respublikasining Pavlodar shahrida boʻlib oʻtadi.
Musobaqa toifalari:
A turniri – 14 yoshgacha (2012-yil va undan keyin tugʻilganlar) – 2 nafar ishtirokchi.
B turniri – 10 yoshgacha (2016-yil va undan keyin tugʻilganlar) – 2 nafar ishtirokchi.
Har ikkala toifada ham o‘g‘il bolalar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar jamoaviy va yakkalik bahslarida alohida aniqlanadi.
Oʻzbekiston sharafini mazkur musobaqada himoya qilish istagidagi shaxmatchilar arizalarini @RustamAbdusaitov manziliga yuborishlari soʻraladi.
Yakuniy tarkib Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Murabbiylar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi.
Nizom bilan batafsil tanishish.
Arizalarni qabul qilishning soʻnggi muddati: 15-iyul. | 3 727 |
