Strategic Focus: Middle East and North Africa
Відкрити в Telegram
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating. @stratfocusca - Markaziy Osiyo @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Показати більше4 552
Підписники
+124 години
-277 днів
-7530 днів
Архів дописів
🇮🇱Isroil harbiylari Falastin qişloqlari yaqinida harbiy maşğulotlar ötkazmoqda
Isroil harbiylari bosib olingan Xevron janubidagi Masafer Yatta hududida, Xirbat Jinba, al-Halava va al-Markaz qişloqlari yaqinida harbiy maşğulotlar olib bormoqda. Maşğulotlar aholi yaşaş hududlarida ötkazilayotgani mahalliy falastinlik fuqarolar xavfsizligiga tahdid tuğdirmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Eron oliy rahbari AQŞning yangi hujumiga kengroq javob qaytarilişini bildirdi
Mojtaba Xomanaiyning ta’kidlaşiça, AQŞdagi oraliq saylovlar natijalari Vaşingtonning Eronga nisbatan duşmanona siyosatini özgartirmaydi. U AQŞ tomonidan yangi tajovuz sodir etilsa, bunga yanada kengroq javob qaytarilişini ogohlantirdi. Uning aytişiça, AQŞdagi partiyalar almaşinuvi yoki yon berişlar Vaşingtonning Eronga munosabatini özgartiradi, deb hisoblaş jiddiy xatodir. Şuningdek, u Fors körfazi, xususan, Hormuz böğozidagi voqealar AQŞning yengilmasligi haqidagi tasavvurni yöqqa çiqargani va xorijiy kuçlarga tayanadigan hukumatlarning zaifligini körsatganini ta’kidladi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇵🇰Pokiston ilk bor özi işlab çiqqan raketani sinovdan ötkazdi
Pokiston harbiy-havo kuçlari mamlakatda mustaqil ravişda işlab çiqilgan ilk raketaning dastlabki parvoz sinovlarini ötkazgan. Raketa JF-17 Thunder qiruvçi samolyotidan uçirilgan. Raketa zamonaviy yakuniy nişonga yönaltiriş tizimi bilan jihozlangan bölib, uzoq masofadagi havo nişonlarini yöq qiliş imkoniyatiga ega.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷🇺🇸Eron Hurmuz böğozini faqat 7 ta şarti bajarilganidan keyin oçadi – Rizoiy
Eron Oliy milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy AQŞning Eron talablariga bergan javobi qoniqarli bölmaganini bildirdi. Uning aytişiça, Vaşington Eron ilgari surgan 7 ta şartni bajarişi kerak. Ular orasida mintaqada uruşni töxtatiş, sanksiyalarni bekor qiliş, muzlatilgan aktivlarni qaytariş, AQŞ blokadasini tugatiş, Eronga hujumlarni töxtatiş, AQŞ qöşinlarini mintaqadan olib çiqiş va yetkazilgan zarar uçun tovon tölaş talablari bor. Faqat şundan keyingina Hurmuz böğozi qayta oçiladi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Xalq biz bilan bölsa, minglab odamni öldirişsa ham, duşman heç narsa qila olmaydi – Pezeşkian
Eron prezidenti öziga nisbatan tahdidlardan qörqmasligini bildirib, xalq qöllab–quvvatlasa, uning örnida minglab odam halok bölsa ham, duşman maqsadiga erişa olmasligini aytdi. Şuningdek, u işlab çiqariş töxtab qolmasligi uçun madaniy muassasalarda, hatto öz kabinetida ham elektrni öçirişga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, asosiy vazifa – işlab çiqariş uzluksizligini ta’minlaş.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Erondan keyingi nişon Kuba bölişi mumkin – Lukaşenko
Belarus prezidentining aytişiça, Venesuela va Erondan keyin AQŞning navbatdagi nişonlari Kuba bölişi mumkin. U buni mamlakatlarning tabiiy resurslari, xususan, neft bilan boğliq manfaatlar bilan izohladi. Lukaşenko Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning oilasi bilan boğliq voqealarni ham tilga olib, davlat rahbarini oila a’zolari bilan birga nişonga olişni tanqid qildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇱Isroil muxolifati Gadi Ayzenkotni boş vazirlikka nomzod sifatida ilgari surişga kelişib oldi
Isroildagi muxolif partiyalar amaldagi Boş vazir Binyamin Netanyaxu hukumatining örniga milliy birlik hukumatini şakllantiriş jarayonini tezlaştirişga kelişdi. Muxolifat yetakçilari Gadi Ayzenkot nomzodini boş vazirlikka ma’qullab, koalitsiya tuziş böyiça muzokaralarni zudlik bilan boşlaşni rejalaştirmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇵🇰Pokistonda blogerning töyida yuzaga kelgan tabribsizlik oqibatida 2 kişi halok böldi, 20 kişi jarohatlandi.
Bloger Anvar Mahmud barça xohlovçilarni töyiga taklif qilib, ularga qimmatbaho sovğalar va’da qilgan. Şundan söng Sialkot şahridagi “Faraz Sport” stadioniga katta olomon yiğilgan. Politsiya vaziyatni nazorat qila olmagan va tiqilinç yuzaga kelgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇨🇭Stokgolmda Netanyaxu siyosatiga qarşi norozilik namoyişi bo'ldi
Stokgolm köçalarida namoyişçilar Isroilning Ğazodagi harbiy amaliyotlari va tinç aholi qurbonlarini qoralab, Boş vazir Binyamin Netanyaxuni tasvirlovçi qonli maketlarni olib yurdi. Namoyişçilar Netanyaxu boş suyagi uyumi ustida tasvirlangan plakat va maketlar orqali Ğazodagi harbiy harakatlarga norozilik bildirdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇱🇮🇷Isroil Eronga qarşi yangi kutilmagan maxfiy operatsiya rejalaştirmoqda
Mossadning sobiq yuqori martabali vakili Oded Eylam Isroilning Eronga qarşi 2024-yilda “Hizbulloh”ga qarşi amalga oşirilgan peyjer operatsiyasiga öxşaş maxfiy harakatni takrorlaşi mumkinligini bildirdi. Uning sözlariga köra, Isroilning Eron harbiy va xavfsizlik rahbariyatiga qarşi hali ommaga oşkor etilmagan yetarliça operatsion imkoniyatlari mavjud.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling:
RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH
🇮🇱Isroil samolyotlari yana bir bor Livan janubidagi Al-Jabal şahrini bombardimon qildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Eron rahbariyati AQŞ bilan muzokaralar uçun hukumatga vakolat berdi
Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy hukumatga diplomatik muzokaralar uçun vakolat berdi. Prezident Pezeşkianning bildirişiça, Qatar vositaçiligida AQŞ bilan bilvosita muzokaralar davom etayotgan bir paytda berilgan bu vakolatlarning kölami hozirça aniqlaştirilmagan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Eron dengiz minasi portlaşi oqibatida neft tankeri yonib ketdi
Eron harbiy-dengiz kuçlari matbuot xizmatiga köra, tanker Hurmuz böğozining şarqiy qismidagi xavfli hududda dengiz minasiga urilib, yonğin çiqqan. Ta’kidlanişiça, kema navigatsiya tizimlarini öçirib qöygan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇾🇪Yamanda sel özani çiqindilar bilan tölib ketdi
Yamanning janubi-ğarbidagi Taiz şahri markazidan ötuvçi sel özani çiqindi uyumlariga tölib qoldi. Husiylar va Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya örtasidagi mojaro davom etayotgan bir paytda hududda ekologik muammo yanada keskinlaşmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Erdöğan Janubiy Koreyani Turkiyaning atom elektr stansiyasi loyihasida muhim hamkor deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Janubiy Koreyani Sinop atom elektr stansiyasi qurilişi loyihasida katta salohiyatga ega hamkor sifatida baholadi. Şuningdek, u mudofaa, yarimötkazgiçlar, robototexnika, sun’iy intellekt va logistika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirişga çaqirdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Repost from Strategic Focus: Central Asia
Eron Taşqi işlar vazirining Turkmanistonga taşrifi ortidan qanday maqsadlar turibdi?
Strategic Focus: Central Asia
🇮🇷 Eron AQŞ bilan vositaçilar orqali muloqotni davom ettirmoqda – Baqoiy
Eron TIV matbuot kotibi Ismoil Baqoiyning aytişiça, muzokaralar uçun Tehron ilgari taklif qilgan 7 kunlik reja asos bölib qolmoqda.
Baqoiy endi javob beriş navbati AQŞga kelganini, Eron talablari aniq va asosli ekanini hamda kelişuvga erişilmagunça, Hormuz böğozi oçilmasligini ta’kidladi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Aroqçi Mujtabo Xomanaiyning faoliyati haqida gapirdi
Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining ma’lum qilişiça, Mujtabo Xomanaiy faol ravişda iş olib bormoqda, uning ruhiy holati juda yuqori va u mamlakatda sodir bölayotgan voqealardan töliq xabardor.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷🇹🇷Turkiya TIV Hormuz böğozining yopilişi global iqtisodiy zararni kuçaytirişini bildirdi
Turkiya Taşqi işlar vaziri Hakan Fidan Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş jahon iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, uzoq vaqt davomida, ayniqsa, Yevropa davlatlari uruşning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini yaşirişga uringan. Biroq hozirda bu oqibatlar Yevropa poytaxtlari va boşqa hududlardagi siyosiy hukumatlarga jiddiy ta’sir körsatmoqda.
Fidan, şuningdek, Hormuz böğozining yopilişi mazkur ta’sirni yanada kuçaytirib, vaziyatni ança jiddiy bosqiçga olib çiqqanini qayd etgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇺🇦🇹🇷Erdöğan Qora dengizdagi kemalarga qilingan hujumlarni qoraladi
“Fuqarolik kemalariga qilingan hujumlar va Qora dengizdagi vaziyatni keskinlaştiradigan qadamlar heç kimga foyda keltirmasligi aniq. Kim tomonidan amalga oşirilişidan va qanday asoslar keltirilişidan qat’i nazar, biz bu hujumlarni qanday şaklda bölmasin qabul qila olmaymiz. Şu munosabat bilan barça tomonlarni mas’uliyat bilan harakat qilişga çaqiramiz. Biz Qora dengizda kema qatnovi xavfsizligini qayta tiklaş maqsadida tomonlar bilan muzokaralarni davom ettiramiz”, deb aytgan Turkiya yetakçisi.Strategic Focus: Middle East and North Africa
