ch
Feedback
Strategic Focus: Middle East and North Africa

Strategic Focus: Middle East and North Africa

前往频道在 Telegram

Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating. @stratfocusca - Markaziy Osiyo @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @xorijiyoav - yetakchi nashrlar

显示更多
3 729
订阅者
-324 小时
-127 天
-5730 天
帖子存档
🇮🇷🇺🇸Eronning Shahed-136 droni AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Bahrayn poytaxti Manamadagi 5-floti qarorgohiga zarba berdi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇮🇱🇵🇸Isroil Kats G‘azo sektori bo‘yicha aholini ko‘chirish masalasini e’lon qildi Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats G‘azo sektori kelajagi bo‘yicha rasmiy bayonot berib, mintaqa aholisini boshqa hududlarga ko‘chirish masalasini ilgari surgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hududdagi muammolarni hal qilishning yagona yo‘li aholining ommaviy migratsiyasidir. Vazirning ta’kidlashicha, doimiy o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari G‘azo aholisining 80 foizi boshqa davlatlarga ko‘chib ketish istagida ekanini ko‘rsatmoqda, biroq HAMAS harakati bunga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, hozircha ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan davlatlar mavjud emasligi va Misr bu jarayonga o‘z hududi orqali ruxsat bermasligi ta’kidlangan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇮🇱🇵🇸Isroil G‘azada HAMAS ichki xavfsizlik xizmati rahbarini qo‘lga oldi Isroil maxsus kuchlari Shin-Bet yetakchiligida G‘aza shahrining g‘arbiy qismida o‘tkazilgan reyd chog‘ida HAMASning G‘azadagi ichki xavfsizlik xizmati rahbari Muin al-Arabidni qo‘lga olgan. Otishma kelib chiqqan, Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) guruhni olib chiqib ketishni niqoblash uchun havo zarbalaridan foydalangan. Al-Arabid yaralangan va Isroilga olib ketilgan. HAMAS uning yuqori lavozimda ekanini rad etmoqda va buni muvaffaqiyatsiz “odam o‘g‘irlash” deb atamoqda. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇨🇳🇪🇬Xitoy Raisi Si Szinpin so‘nggi 10 yilda ilk bor Misrga tashrif buyurdi Xitoy Raisi Si Szinpin ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va harbiy aloqalar chuqurlashib borayotgan bir sharoitda so‘nggi 10 yildagi ilk davlat tashrifi bilan bugun Qohiraga yetib borgan. Misr AQSHdan strategik mustaqillikni oshirishga intilib, Xitoy bilan mudofaa, portlar, ishlab chiqarish hamda toza energiya sohalarida hamkorlikni kengaytirgan. Si Szinpinni Prezident Abdulfattoh as–Sisi kutib olgan. U Xitoy va Misrni “Global Janub”ni mustahkamlashdagi muhim hamkorlar deb atagan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇮🇱Netanyaxu Isroil o‘z fuqarolari uchun kuchliroq bo‘lishi kerakligini aytdi
“Qanchalik kuchli bo‘lsak, ular bilan tinchlik sari shunchalik dadil qadam tashlay olamiz. Qanchalik kuchli bo‘lsak, bu yerda barcha Isroil fuqarolari uchun hayotni shunchalik yaxshi rivojlantira olamiz. Quvvat ittifoqlarni jalb qiladi va tinchlikni ilgari suradi. Ojizlik esa tashlab qo‘yilishga olib keladi. Oqibatda, ojizlik mag‘lubiyatga ham yetaklaydi”, degan Isroil Bosh vaziri.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

Keyingi bosqichlarda Eron raqibidan son va sifat jihatidan ustun bo‘ladi – G‘olibov
“So‘nggi 15 oy ichida harbiy sohadagi erishgan ilgarilashimiz butun bir o‘n yillik yutuqlarga teng bo‘ldi. Mojaroning har bir davrida biz avvalgilariga qaraganda yaxshiroq harakat qildik va jang qildik. Qurolli kuchlarimiz ham hujumkor, ham mudofaa salohiyati bo‘yicha maksimal darajada yuqori samaradorlik bilan qayta tiklanmoqda hamda mustahkamlanmoqda. Ushbu natijalar texnologiyalarimiz mahalliy ishlanma ekani va barcha ishlarni yoshlarimiz olib borayotgani sababli amalga oshdi, shu bois dushmanga murojaat qilishimizga hojat yo‘q. Bugun Eron o‘z harbiy qudratini raqiblariga qaraganda ko‘proq darajada qayta tikladi. Dushman bilib qo‘ysin: mojarolarning keyingi bosqichlarida bizning ustunligimiz – ham sifat, ham son jihatidan – yanada sezilarli bo‘ladi”, deya bayon qilgan Eron parlamenti spikeri.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

Islomobodda masofadan boshqariladigan avtomobil namoyishi halokat bilan yakunlandi Islomobod shahridagi D-Chowk maydonida masofadan boshqariladigan avtomobil taqdimoti chog‘ida mashina to‘xtab turgan militsiya furgoniga borib urilgan. Jurnalist yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirib, “Pokistonda iqtidorlar yetarli” deya maqtov aytayotgan videoni tasvirga olayotgan edi – bir necha soniya o‘tib internet uzilgan, rul boshqaruvi ishdan chiqqan va avtomobil furgonga borib urilgan. Ixtirochi internet uzilgan taqdirda avtomobil avtomatik ravishda to‘xtashini ta’kidlagan edi. Biroq u to‘xtamagan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

“Erkinlik uchun kurashyapman”. Netanyaxu dardini dasturxon qildi
“Oyatullohlar mening saylovda yutqazishimni xohlamoqda; “Hizbulloh” va HAMAS ham yutqazishimni istaydi; darvoqe, Turkiya ham. Ular buni ochiqchasiga aytmoqda. O‘zingizga xolisona savol berib ko‘ring: Isroil dushmanlari ushbu saylovlarda kimning g‘alaba qozonishini xohlaydi? Sizga ayta olamanki, ular mening g‘olib bo‘lishimni xohlamaydi. Biz butun erkin dunyo uchun kurashmoqdamiz. Ular buni biladi va shuning uchun ham bizning mag‘lub bo‘lishimizni istaydi. Biz ularning g‘alaba qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi Isroil Bosh vaziri.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇵🇸G‘azoda navbatdagi qonli zarbadan so‘ng bolalar o‘yinchoqlari qonga belandi Bu manzara Isroilning falastinlik bolalarga nisbatan davom etayotgan qirg‘ini va beg‘ubor bolalikning eng asosiy huquqlaridan mahrum etilayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇵🇰🇵🇸Shahboz Sharif Falastin xalqining hamma qatori yashashga haqqi borligini aytdi
“G‘azo va G‘arbiy Sohildagi beayb insonlarning fojiali ahvoli to‘xtovsiz davom etmoqda va bu tasavvur qilib bo‘lmaydigan azob-uqubatlarga sabab bo‘lmoqda. Falastinlik onalar o‘z farzandlari motamini tutib, chuqur qayg‘uga botmoqda, oilalar barbod bo‘lmoqda va butun avlodlar doimiy qo‘rqinch, mahrumlik hamda tubsiz adolatsizlik soyasida yashamoqda. Xalqaro hamjamiyat Falastin xalqiga, boshqa barcha ezilgan millatlar qatori, ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilash borasidagi fundamental huquqini ta’minlashda yordam berish majburiyatini bajarishi shart”, degan Pokiston Bosh vaziri.
Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇮🇱Isroil veteranlari G‘arbiy Sohildagi yahudiy ko‘chmanchilarining zo‘ravonligini qoraladi Isroilning sobiq generallari, ra
🇮🇱Isroil veteranlari G‘arbiy Sohildagi yahudiy ko‘chmanchilarining zo‘ravonligini qoraladi Isroilning sobiq generallari, razvedka xodimlari va sobiq bosh vazirlari G‘arbiy sohildagi ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilayotgan zo‘ravonliklarni “yahudiy terrorizmi” hamda etnik tozalash sifatida tobora keskin ayblamoqda va hukumatni ushbu harakatlarga zamin yaratib berayotganlikda aybdor deb bilmoqda. Ular falastinliklarga qilingan hujumlar – shu jumladan qotilliklar, uylarga o‘t qo‘yish va majburiy ko‘chirish holatlari – Isroilning xavfsizligi hamda demokratiyasiga putur yetkazayotganidan ogohlantirmoqda. Isroilning 200 dan ortiq taniqli namoyandalari, jumladan o‘nlab iste’fodagi generallar va sobiq xavfsizlik xizmati rahbarlari hukumatni ushbu zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirgan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

“Xomanaiyga salom deng”. Putin Rossiya Eron bilan birdamligini aytdi Bishkekda o‘tgan uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya xalqi o‘z manfaatlarini himoya qilayotgan Eron bilan hamjihat ekanini ta’kidlab, murakkab vaziyatda mamlakatga zarur mahsulotlar yetkazib berilayotganini bildirgan. U, shuningdek, Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiyga o‘z salomini yo‘llagan. O‘z navbatida, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ikki davlat o‘rtasidagi strategik aloqalar AQSH bosimiga qarshi turishda muhim o‘rin tutishini hamda Eron bir qutbli dunyo konsepsiyasidan voz kechishda Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

Eron parlamenti spikeri AQSHni “buyuk shayton” deb atadi “Minabdagi maktab: bolalarni qirg‘in qilish. Lamerddagi sport zali:
+6
Eron parlamenti spikeri AQSHni “buyuk shayton” deb atadi
“Minabdagi maktab: bolalarni qirg‘in qilish. Lamerddagi sport zali: bolalar shafqatsizlarcha o‘ldirildi. Ko‘hestakdagi to‘y: bolalar o‘z oilalari bilan birga o‘ldirildi. Agar qudratli davlat o‘zini shayton kabi tutsa, nishonlarni shayton kabi tanlasa va shayton kabi o‘ldirsa – bu shaytondir. Xuddi shunday ishni qilayotgan kichik shaytonni panohiga olyaptimi? Demak, bu buyuk shaytondir”, deb yozdi Mohammad Bag‘ir G‘olibov X platformasida.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | TV | ENGLISH

🇮🇱🇸🇾Isroil Suriya janubida tozalash operatsiyasini o‘tkazdi 10 ta bronetransportyordan iborat Isroil armiyasi patruli Sur
🇮🇱🇸🇾Isroil Suriya janubida tozalash operatsiyasini o‘tkazdi 10 ta bronetransportyordan iborat Isroil armiyasi patruli Suriya janubidagi Jamla aholi punktiga kirib, u yerda hududni tozalash operatsiyasini o‘tkazgan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇮🇱🇵🇸Isroil G‘azoda HAMASning yuqori martabali xavfsizlik mulozimi qo‘lga olinganini ma’lum qildi Isroil vakillarining ta’kidlashicha, G‘azo shahrida HAMAS xavfsizlik xizmatining yuqori martabali mulozimi mahalliy qurolli guruh tomonidan ushlanib, yarador holatda Isroilga topshirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya davomida Isroil aviatsiyasi xavf-xatarlarga zarba bergan bo‘lsa-da, quruqlikdagi qo‘shinlar unda qatnashmagan. Falastin rasmiylari ushbu hududdagi shiddatli havo zarbalari oqibatida to‘rt kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lganini xabar qilgan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇮🇱🇵🇸Isroil hujumlari G‘azoda o‘nlab qurbonlar va shiddatli to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi Isroil kuchlarining G‘azo shahrining g‘arbiy qismiga bergan ommaviy zarbalari oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan. Al-Aqaba hududidagi ikkita avtomobil hamda uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi oqibatida 10 ta portlash yuz bergani bildirilmoqda. Shuningdek, Isroil maxsus kuchlarining G‘azo g‘arbidagi “Amerika kasalxonasi” hududiga kirib borishi ortidan shiddatli qurolli to‘qnashuvlar boshlangan. Isroil harbiy-havo kuchlari hududga 15 dan ortiq havo zarbalari bergan, to‘qnashuvlar davom etmoqda. Strategic Focus: Middle East and North Africa

+1
Eron Quvaytdagi AQSH bazasiga zarba berilganini ma’lum qildi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Quvaytdagi “Ali as-Salem” AQSH harbiy bazasiga majmuaviy raketa va droun zarbalari berilganini ma’lum qilgan. IIQK bayonotiga ko‘ra, hujumdan maqsad qo‘mondonlik punkti va AQSH qo‘mondonligi joylashgan hudud, shuningdek, Eronga berilayotgan zarbalarda ishtirok etayotgan dronsiz apparatlarning angarlari hamda maydonchalari bo‘lgan. Strategic Focus: Middle East and North Africa

+2
🇸🇾“Suriya demokratik kuchlari” tarqatib yuborilgach, Suriya qo‘shinlari Hasaka shahriga kirdi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇵🇸G‘azo shahrining g‘arbiy qismida bosqinchilarning havo hujumlaridan so‘ng ketma-ket portlashlar yuz berdi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

🇵🇸Bir necha soat avval G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi “Al-Katiba” hududida uchta portlash yuz berdi. Strategic Focus: Middle East and North Africa