Strategic Focus: Middle East and North Africa
Open in Telegram
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating. @stratfocusca - Markaziy Osiyo @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Show more4 039
Subscribers
-624 hours
-37 days
-11430 days
Posts Archive
Pokiston so‘nggi haftalarda Yaqin Sharq diplomatiyasining eng muhim ishtirokchilaridan biri sifatida maydonga chiqdi. AQSH va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga xizmat qilgan va "Islomobod memorandumi" bilan yakunlangan muzokaralar Islomobodning xalqaro maydondagi nufuzini sezilarli darajada oshirdi. Agar avval Pokiston ko‘proq Janubiy Osiyo xavfsizligi kontekstida ko‘rilgan bo‘lsa, bugun u Yaqin Sharqdagi murakkab geosiyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata oladigan davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Pokistonning muvaffaqiyati bir qator omillar bilan izohlanadi. Bir tomondan, Islomobod AQSH bilan uzoq yillik harbiy va siyosiy aloqalarga ega. Ikkinchi tomondan esa, Eron bilan umumiy chegaraga ega bo‘lib, Tehron bilan ham muloqot kanallarini saqlab qolgan. Aynan shu omil Pokistonga ikki qarama-qarshi tomon uchun ham maqbul vositachi maqomini berdi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Qatar va Misr bilan olib borilgan faol diplomatik hamkorlik Islomobodga mintaqaviy konsensus shakllantirish imkonini yaratdi.
Biroq bugungi diplomatik muvaffaqiyat Pokistonning uzoq muddatli geosiyosiy yutug‘iga aylanishi hali kafolatlanmagan. Asosiy sinov endi boshlanmoqda. AQSH va Eron o‘rtasida e’lon qilingan 60 kunlik muddat davomida tomonlar yadroviy dastur, uranni boyitish, raketa texnologiyalari va mintaqaviy xavfsizlik kabi eng murakkab masalalar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishi kerak. Aynan shu masalalar avvalgi muzokaralarning ham muvaffaqiyatsiz tugashiga sabab bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, Pokistonning vositachilik imkoniyatlari ham cheklangan. Islomobod tomonlarni muzokara stoliga olib kelishi mumkin, biroq kelishuv shartlariga rioya etishni majburlash mexanizmlariga ega emas.
Yana bir muhim omil - mintaqaviy balans masalasi. Pokiston bir vaqtning o‘zida Saudiya Arabistoni, AQSH, Xitoy va Eron bilan strategik aloqalarni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Har qanday tomonning manfaatlariga haddan tashqari yaqinlashish Islomobodning betaraf vositachi sifatidagi obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shu sababli Pokiston uchun eng muhim vazifa diplomatik faollikdan ko‘ra, muvozanatni saqlab qolish bo‘lib qolmoqda.
Shunga qaramay, agar AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuv barqaror tus olsa va sanksiyalar bosqichma-bosqich yumshatilsa, bundan eng katta foyda ko‘ruvchi davlatlardan biri aynan Pokiston bo‘lishi mumkin. Eron bilan iqtisodiy aloqalarning kengayishi, energetik xavfsizlikning mustahkamlanishi va yangi transport yo‘laklarining ochilishi Islomobodning mintaqadagi geoiqtisodiy mavqeini sezilarli darajada kuchaytiradi.
Bugungi voqealar shuni ko‘rsatmoqdaki, Pokiston ilk bor nafaqat mintaqaviy o‘yinchi, balki murakkab xalqaro nizolarni boshqarishda ishtirok etuvchi diplomatik markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ammo Islomobodning haqiqiy muvaffaqiyati urushni to‘xtatishda emas, balki ushbu kelishuvni uzoq muddatli barqarorlikka aylantira olishida namoyon bo‘ladi. Kelgusi ikki oy Pokiston diplomatiyasining haqiqiy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadigan davr bo‘ladi.
K.Ametov, Strategic Focus eksperti
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Repost from Strategic Focus: Central Asia
Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat: urush tugadimi yoki vaqtinchalik tanaffusmi?
AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar fonida Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat yana xalqaro hamjamiyat e’tibor markaziga aylandi. Dastlab tomonlar harbiy harakatlarni 60 kunga to‘xtatish va bo‘g‘oz orqali kemalar harakatini tiklash bo‘yicha kelishuvga erishgandek ko‘ringandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Tehron Vashingtonni ayrim majburiyatlarini bajarmaganlikda ayblab, bo‘g‘oz faoliyatiga cheklovlar qayta joriy etilganini ma’lum qildi. Pentagon esa bu bayonotni rad etib, Hormuz orqali xalqaro kemalar harakati davom etayotganini ta’kidladi.
Vaziyatning eng qiziq jihati shundaki, rasmiy bayonotlar bir-biriga zid bo‘lsa-da, bozor ishtirokchilari xavfni real deb qabul qildi. Eronning bayonotidan so‘ng kamida o‘nlab neft tankerlarining AIS transponderlarini o‘chirib harakatlangani qayd etildi. Bu esa mintaqada xavfsizlikka oid xavotirlar saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, neft oqimi to‘xtamadi. Xalqaro monitoring xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, yirik tankerlar Hormuz orqali neft tashishni davom ettirmoqda va hozircha hech qanday hujum yoki jiddiy to‘qnashuv qayd etilgani yo‘q. Bu esa tomonlar keskin ritorikaga qaramay, global energiya bozoriga zarba berishdan manfaatdor emasligini anglatadi.
Muzokaralarning iqtisodiy tomoni yanada muhimroq ko‘rinmoqda. AQSh Eronga nisbatan ayrim sanksiya cheklovlarini yumshatishga tayyorligini bildirdi. Evaziga Tehron bo‘g‘oz xavfsizligini ta’minlash va xalqaro atom nazorati mexanizmlari bilan hamkorlik qilish majburiyatini olmoqda. Bu esa taraflar o‘rtasidagi bahs harbiy emas, ko‘proq iqtisodiy va siyosiy savdolashuv shakliga o‘tayotganidan darak beradi.
Aslida bugungi vaziyatni “qurolli tinchlik” deb ta’riflash mumkin. Harbiy ritorika saqlanib qolmoqda, biroq neft oqimi ham, muzokaralar ham davom etmoqda. Chunki Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday uzoq muddatli inqiroz nafaqat Eron yoki AQSh, balki butun jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Shu sababli yaqin kunlarda davom etayotgan muzokaralar natijasi nafaqat Eron-AQSh munosabatlari, balki global energiya bozorlari va neft narxlarining keyingi dinamikasi uchun ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
M.Imomov, Strategic Focus eksperti
Strategic Focus: Central Asia
Repost from Tashqi ishlar vazirligi
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolangani munosabati bilan bayonot
Oʻzbekiston Respublikasi Amerika Qoʻshma Shtatlari va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolanganini hozirgi murakkab xalqaro sharoitda keskinlikni yumshatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yoʻlidagi muhim diplomatik yutuq sifatida olqishlaydi. AQSh va Eron rahbariyatining hal qiluvchi pallada koʻrsatgan siyosiy irodasi va uzoqni koʻra bilishini alohida eʼtirof etamiz. Erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat uzoq vaqtdan buyon kutgan tinchlik yoʻlidagi barqaror yechim uchun mustahkam zamin yaratadi. Ushbu muhim oʻzaro anglashuvga erishish uchun zarur sharoitlarni shakllantirishga hissa qoʻshgan Pokiston va Qatarning katta hissasini, shuningdek Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va boshqa mintaqaviy hamkorlarning saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz. Oʻzbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid qiladi. Nizo va qarama-qarshiliklarni xalqaro huquq tamoyillari, oʻzaro hurmat va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda diplomatik vositalar orqali hal etish tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti boʻlib qolishiga ishonamiz.*** Statement on the Signing of the Memorandum of Understanding between the United States of America and the Islamic Republic of Iran
The Republic of Uzbekistan welcomes the signing of the Memorandum of Understanding between the United States of America and the Islamic Republic of Iran as a significant diplomatic breakthrough towards de-escalation and the restoration of regional security and stability amid the current complex international environment. We particularly commend the political will and strategic foresight demonstrated by the leadership of the United States and Iran at a critical juncture. The agreement reached lays the foundation for a long-awaited peaceful settlement that the entire international community has been eagerly anticipating. We highly appreciate the substantial contribution of Pakistan and Qatar, as well as the efforts of Türkiye, Saudi Arabia, Egypt, and other regional partners that helped create the conditions necessary for achieving this important understanding. Uzbekistan looks forward to the constructive continuation of the negotiation process and the effective implementation of the agreements reached. We are convinced that the resolution of conflicts through diplomatic means, based on the principles of international law, mutual respect, and consideration of the interests of all parties, remains essential to ensuring peace and security.*** Заявление в связи с подписанием Меморандума о взаимопонимании между Соединёнными Штатами Америки и Исламской Республикой Иран
Республика Узбекистан приветствует подписание Меморандума о взаимопонимании между Соединёнными Штатами Америки и Исламской Республикой Иран как значимый дипломатический прорыв на пути деэскалации и восстановления региональной безопасности и стабильности в условиях современной сложной международной обстановки. Особо отмечаем политическую волю и дальновидность руководства США и Ирана, проявленные в решающий момент. Достигнутая договорённость закладывает основу долгожданному мирному урегулированию, которого с нетерпением ожидает всё международное сообщество. Высоко оцениваем большой вклад Пакистана и Катара, а также усилия Турции, Саудовской Аравии, Египта и других региональных партнёров, способствовавших созданию условий для достижения критически важного взаимопонимания. Узбекистан рассчитывает на конструктивный характер дальнейших переговоров и их результативную реализацию. Убеждены, что урегулирование конфликтов дипломатическими средствами на основе принципов международного права, взаимного уважения и учёта интересов всех сторон, остаётся ключевым условием обеспечения мира и безопасности.Facebook | YouTube | Instagram | X
Repost from ISLOMXON GAFAROV
Марказий Осиё ва Афғонистон муносабатларининг энг сўнгги таҳлилига бағишланган мақоламиз The Diplomat нашриётида !
Агар ушбу йўналишда билимларингизни update қилиб олишни истасангиз, мақоламизни қуйидаги ҳавола орқали ўқинг:
https://thediplomat.com/2026/06/central-asias-relations-with-taliban-ruled-afghanistan-continue-to-deepen/
P.s. One more time Bobur is a True Warrior!
Isroil muxolifati yetakchilari Netanyahuni AQSh va Tehron oʻrtasidagi “muzokaralarning barbod boʻlishi”da hamda Isroilning harbiy muvaffaqiyatlarini rivojlantira olmaganlikda ayblamoqda.
“Davlat lageri” partiyasi rahbari Beni Gans va sobiq bosh vazir Exud Barak amaldagi hukumat rahbarini “diplomatik va strategik muvaffaqiyatsizlik”da aybladi. Isroil radiosiga bergan intervyusida Gans shunday dedi: “Eron va Livan hamon oʻzaro bogʻliqligicha qolayotgani - bu muvaffaqiyatsizlikdir. Amerikaliklar bilan munosabatlarda “boshqa ligaga” chiqqanini daʼvo qilgan Netanyahu bu ustida ishlashi kerak edi, biroq muvaffaqiyatga erisha olmadi”.
Hal qiluvchi pallada Netanyahu Amerikaning bosimiga taslim boʻldimi, degan savolga Gans: “Ha. Bu Netanyahuning xatosi”, deb javob berdi. U qoʻshimcha qildiki: “Boy berilgan strategik imkoniyat hissi saqlanib qolmoqda. Biz na Livanda, na Eronda va na ular oʻrtasidagi aloqalar kontekstida erishilgan harbiy muvaffaqiyatlarni strategik darajada amalga oshira oldik. Shakllanayotgan kelishuv oʻta muhim boʻlgan koʻplab prinsiplarni chetga surib qoʻymoqda va juda kam narsani kafolatlamoqda. Isroil kelgusi yillarda ushbu haqiqat bilan toʻqnash kelishga tayyorlanishi kerak boʻladi”.
Barak “Kan Reshet Bet” radiostansiyasi efirida Isroil uchun vaziyatni “oʻta ogʻir” deb taʼrifladi: “Bu juda yomon. Isroil Netanyahuning kibri va koʻrligi, shuningdek, uning Trampni manipulyatsiya qilishga urinishlari evaziga badal toʻlamoqda”.
Uning soʻzlariga koʻra, “Eron ushbu vaziyatdan kuchli chiqdi, Isroil esa zaiflashdi va bu Netanyahuning shaxsiy strategik masʼuliyatidir. U magʻlubiyatga uchradi”.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
Repost from Strategic Focus: Central Asia
Prognozlar tasdiqlandi: Pokiston Afg‘oniston ichkarisiga kirib bormoqda
Bir necha kun avval Pekindagi muzokaralar ortida muhim bir signal yashiringanini yozgan edik. O‘shanda Pokiston endi terrorchilik tahdidlariga faqat chegarada javob bermasligi, balki zarurat tug‘ilganda Afg‘onistonning istalgan hududidagi nishonlarga ham zarba berishga tayyorlanayotgani haqida xulosa qilgan edik.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi. Pokiston aviatsiyasi 9-10 iyun kunlari Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi nishonlarga zarba berdi. Rasmiy bayonotlarda gap TTP va IShID-Xuroson jangarilari haqida ketmoqda. Ammo bu voqealarning haqiqiy ahamiyati terrorchilarning yo‘q qilingan sonida emas.
Muhim jihat boshqa yerda. Islomobod amalda yangi qoidani joriy qilmoqda: agar tahdid Afg‘oniston hududidan chiqayotgan bo‘lsa, chegara endi to‘siq emas. Bu esa Pokiston xavfsizlik doktrinasida tub burilish hisoblanadi. Endi asosiy maqsad chegarani himoya qilish emas, balki tahdid manbaini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar yo‘q qilishdir.
Voqealarning yana bir qiziq tomoni bor. Zarbalar Afg‘oniston mudofaa vaziri Mulla Yoqubning Moskvadan qaytganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirildi. Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan keyin Kobulda ayrim doiralar Pokiston yanada ehtiyotkor harakat qiladi degan tasavvur paydo bo‘lgan edi.
Ammo Islomobod boshqacha javob berdi. Diplomatik bayonotlar bilan emas. Harbiy samolyotlar bilan. Natijada 9 - 10 iyun voqealari nafaqat TTPga qarshi operatsiya, balki butun mintaqaga yuborilgan siyosiy signalga aylandi. Bu signalning mazmuni oddiy: Pokiston o‘z xavfsizligi masalasida hech kimning kafolatiga tayanmaydi va tahdidni qayerda ko‘rsa, o‘sha yerda bartaraf etishga tayyor.
Eng e’tiborlisi esa, bu voqealar aynan Shahboz Sharifning Pekinga tashrifidan keyin sodir bo‘lmoqda. Pokiston aviatsiyasining ushbu amaliyoti Pekindagi uchrashuvlar faqat iqtisodiyot haqida bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Afg‘oniston hududidan kelayotgan xavfsizlik tahdidlari va ularga qarshi qat’iy choralar masalasi ham ikki tomon kun tartibining markaziy mavzularidan biri bo‘lgan.
Shunday qilib, bir necha kun oldin ehtimol sifatida ko‘rilgan ssenariy bugun amaliyotga aylanmoqda. Savol endi Pokiston yana zarba beradimi yoki yo‘qmi, degan masalada emas. Savol shundaki, Afg‘oniston hududida bunday operatsiyalar qanchalik tez-tez va qanchalik chuqur davom etadi?
Strategic Focus: Central Asia
Reuters manbalariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari Eronning muzlatib qo‘yilgan 10-20 milliard dollarlik aktivlarini bosqichma-bosqich yechishga rozilik bergan bo‘lib, ushbu mablag‘larning qariyb 3 milliard dollari allaqachon Tehron tasarrufiga o‘tkazilgani aytilmoqda.
Rasmiy Abu-Dabi bu ma’lumotlarni inkor etayotgan bo‘lsa-da, vaziyatning geosiyosiy mantiqi mazkur ma’lumotlar jiddiy tahlil qilishni talab qiladi. Gap shundaki, Amirliklar Eron bilan yuzaga kelgan keskinlik davrida bir vaqtning o‘zida ham G‘arbning strategik hamkori, ham mintaqaviy vositachi sifatida harakat qilgan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi.
So‘nggi yillarda BAAning Yaqin Sharqdagi siyosati tobora pragmatik tus olmoqda. Bir tomondan, Abu-Dabi AQSh va uning ittifoqchilari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni saqlab qolmoqda, ikkinchi tomondan esa Eron bilan iqtisodiy va diplomatik aloqalarni uzmaslikka intilmoqda. Shu sababli Eron aktivlari masalasi nafaqat moliyaviy, balki mintaqadagi yangi kuchlar muvozanatining elementi sifatida ham ko‘rilishi mumkin.
Agar mazkur xabarlar tasdiqlansa, bu BAAning Tehron bilan munosabatlarni barqarorlashtirish va mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan strategik hisob-kitobining bir qismi bo‘lishi mumkin. Biroq rasmiy rad etishlar ushbu jarayonning yuqori darajadagi siyosiy sezgirlikka ega ekanini va muzokaralarning katta qismi yopiq formatda olib borilayotganini ko‘rsatmoqda.
Yaqin Sharqda harbiy qarama-qarshiliklar fonida aynan moliyaviy instrumentlar va muzlatilgan aktivlar masalasi tobora muhim geosiyosiy vositaga aylanib bormoqda. Bu esa mintaqadagi kelishuvlar endilikda faqat jang maydonida emas, balki bank hisoblari va yopiq diplomatik kanallar orqali ham shakllanayotganini anglatadi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷🇺🇸Eron Yaqin Sharqdagi AQSH bazalariga qarata bugun erta tongda uyushtirilgan raketa zarbalari videosini e’lon qildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇯🇴🇺🇸🇮🇷Iordaniyadagi Muvaffaq Salti aviabazasida joylashgan AQSH havo mudofaa tizimlari Eron tomonidan uchirilgan raketalarga qarshi ularni tutib qolishga uringani tasvirlangan kadrlar tarqaldi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇺🇸🇮🇷 Eron ballistik raketalari Quvayt va Bahrayndagi Amerika bazalariga hujum qilmoqda.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇺🇸🇮🇱🇮🇷Isroil va AQSH tajovuzkor harakatlarining oqibatlari avvalgiga nisbatan ancha og‘ir bo‘ladi – xalqaro masalalar bo‘yicha ekspert – Qodiriy.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷🇺🇸🇯🇴Eron raketalari Iordaniyadagi AQSH aviabazasiga zarba berdi
Video tasvirlarda Iordaniyadagi Muvaffaq Salti aviabazasi tomon yo‘naltirilgan Eron ballistik raketalariga javoban o‘nlab raketa-tutqichlar uchirilgani ko‘rinadi. Hodisa tafsilotlari va zararning aniq miqyosi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇱🇧🇮🇱Janubiy Livandagi An-Nabatiya shahrida joylashgan kasalxona atrofi Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Eron harbiy qiruvchi samolyoti Tehron osmoni ustida uchib o‘tdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇱“Hizbulloh”ning FPV droni dronlarga qarshi to‘rlar bilan jihozlangan Isroilning Merkava tankiga zarba berdi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇱🇵🇸Isroil qamoqxonalarida jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan ko‘plab falastinlik ayollar javobgarlikning yo‘qligi sababli jim qolishni afzal ko‘rmoqda
Hatto xabarlar yuzasidan surishtiruv o‘tkazilgan taqdirda ham, ishlar ko‘pincha rad etiladi yoki askarlar oqlanadi, ba’zi hollarda esa ular ommaviy ravishda olqishlanadi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇱🇱🇧Netanyaxu Livan xalqini Isroilga qo‘shilishga va “birgalikda kelajak qurish”ga chaqirdi
“Kelajagingizni o‘z qo‘lingizga oling. Isroilga qo‘shiling. Barcha farzandlarimiz uchun xavfsizlik va farovonlikni barpo eting. “Hizbulloh” tugatilgandan so‘ng esa imkoniyatlar cheksiz bo‘ladi. Ular juda ham yuqori bo‘ladi”, degan Isroil Bosh vaziri.Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇩🇿Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Argentina bilan o‘yinga tayyorgarlik OAV uchun yopiq bo‘lishini e’lon qildi
Jazoir bosh murabbiyi Vladimir Petkovich Argentinaga qarshi JCHdagi birinchi o‘yin oldidan josuslikdan qo‘rqib, ommaviy axborot vositalarining mashg‘ulotlarga kirishini taqiqlab qo‘ygan.
Biroq Amerika telekanali mashg‘ulotlar bazasi ustidan shunchaki dron uchirgan va jazoirliklarning mashg‘ulotlarini jonli efirda namoyish etgan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇹🇷Erdo‘g‘an jurnalist qizga tezroq turmushga chiqishni maslahat berdi
Matbuot bilan muloqot chog‘ida jurnalist qiz Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni nevara ko‘rgani bilan tabriklagan. Biroq suhbat kutilmaganda uning shaxsiy hayotiga ko‘chgan.
Qizning turmushga chiqmaganini bilgach, Erdo‘g‘an uning yoshini so‘ragan va oila qurishni ortga surmaslikni tavsiya qilib: “Eshikni yopib olma”, deya maslahat bergan.
Strategic Focus: Middle East and North Africa
🇮🇷Xomanaiyning qaynonasi kuyovining til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini maqtadi
“Kuyovim qizimizning qo‘lini so‘rab kelishidan oldinroq TOEFLni olib bo‘lgan edi. Nevaralarimni ko‘rganida esa doim ularga: Husayn, Zaynub, tillarni o‘rganishni unutmang, ingliz tilini unutmang, der edi. U xorijiy tillarni o‘rganishga katta ahamiyat berardi”, deydi Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiyning qaynonasi.Strategic Focus: Middle East and North Africa
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
