cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

IT Education Association

🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies 📝 [email protected] ☎️ +998 (77) 707 6600 ☎️ +998 (77) 707 0066

Більше
Рекламні дописи
1 024
Підписники
+724 години
+1327 днів
+28030 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

01:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📹"IT Star" tanlovining yorqin lahzalari aks etgan videoreportaj Eslatib o’tamiz, IT ta’lim uyushmasi qoshida tashkil etilgan IT Ladies hamjamiyati tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "IT Star" tanlovi qizlarni raqamli texnologiyalar sohasiga keng jalb qilish maqsadida o’tkazilib, tanlov natijalariga ko‘ra IT sohasi bilan bog‘liq har qanday yo‘nalishda faoliyat yuritadigan kasb egalari 46 ta nominatsiyada taqdirlandi.
Показати все...
👍 9🔥 4🥰 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yoshlar raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi Hududlarda yoshlarga raqamlashtirish va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi. Bu haqda kuni kecha Prezident Qarori imzolandi. 🟢Xo‘sh, “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat bo'ladi? ✅ yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularni mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish; ✅ mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish; ✅ dasturlash, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta’lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan, ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish; ✅ yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish shaharchalarning vazifasi sanaladi.
Mazkur Qaror bilan hududlarda yoshlarni zamonaviy kasb va xorijiy tillarga o‘qitish, ularda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, shu jumladan xalqaro miqyosda xizmatlar ko‘rsatish orqali yuqori daromad topish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, joylarda raqamlashtirish sohasidagi mutaxassislar tayyorlash faoliyatini kengaytirish hamda eksport qilish salohiyatini oshirish ko'zda tutilgan.
“IT shaharcha”lar dastlab quyidagi 15 ta hududda tashkil qilinadi – Chimboy, G‘ijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shahrida. Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️ 🔹Telegram | 🔹Facebook |💟 Instagram | ☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Показати все...
👍 4🔥 2
Repost from Sherzod Shermatov
05:35
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Давлатимиз Раҳбарининг Ўзбекистонни АйТи хабга айлантириш бўйича ғояларини амалга ошириш чораларини 2017 йилда муҳокама қилганимизда, хатто соҳамиз мутахассисларининг анчагинаси жуда скептик қараб ишонишмаганди. Мана кўз тегмасин, белгилаб берилган ушбу мақсадларнинг натижасини ҳозирги кунда жуда кўпчилик чет эллик компаниялар кўриб, мамлакатимизда ўз офисларини очган холда ёшларимиз учун юқори даромадли ишчи ўринлари яратмоқдалар. Ёшларимиз ўз оиласи билан ўз юртида юқори даромад топишлари учун эса интернетда вақтларини бекорга сарфламай, ундан унумли фойдаланиб, чет тилларини ва масофадан хизмат кўрсатиш мумкин бўлган касбларни кўпроқ ўрганиб, Linkedin каби иш топишга ёрдам берадиган платформаларда ўз портфолиоларини ошириб боришлари керак бўлади. Шунинг учун доим юқори мақсад қўйиб, яхши ният қилиб ҳаракатда бўлишни ўрганишимиз керак, зеро доно халқимиз айтганидек “ҳикмат излаганга ҳикматдир дунё, иллат излаганга иллатдир дунё!https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov/ https://www.facebook.com/watch/?v=419324944231394
Показати все...
👍 1
02:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
IT Starning "Eng hurmatli IT o'qituvchisi" Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "IT Star" tanlovi g’oliblari aniqlangani haqida avvalroq xabar bergandik. Tanlovning "Eng hurmatli IT o'qituvchisi" nominatsiyasida Karmana tumanidagi 19-umumta'lim maktabining Informatika fani o'qituvchisi Nilufar Maxmudova taqdirlandi. Nilufar Maxmudova Xalq ta'limi a'lochisi, Oliy toifali informatik, Bir million dasturchi loyihasi "Top-100" sohibasi, "Hokim ustamasi" sohibasi. #IT_Star #WomenInSTEM
Показати все...
👍 11🥰 2🤩 1
Repost from Digital.uz
00:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
💫O‘z maqsadlari sari intilib, 23 yoshida otasiga mashina sovg‘a qilgan qiz bilan suhbat Bugun, 15-may — Xalqaro oila kuni. Oilada har bir farzandning, xoh u qiz bo‘lsin xoh o‘g‘il — qadri birdek baland bo‘lishi muhim. Zero, kelajagimizning farovonligi yoshlarning qo‘lida. Oilada qizlarning ham roli muhimligini ushbu qizimiz misolida ko‘rsa bo‘ladi. Bolaligidan oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yib, o‘z g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun ter to‘kayotgan xotin-qizlardan yana biri — Madina Mavlonova. Madina hozirgi kunda grafik dizayn sohasida freelancing bilan shug‘ullanib, yuqori daromadga chiqqan qiz. Yosh bo‘lishiga qaramay, ishlab topgan pullariga u otasiga mashina sovg‘a qilishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramonimiz bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni to‘liq formatda ijtimoiy sahifalarimiz orqali ko‘rishingiz mumkin: 📹 https://www.youtube.com/watch?v=1eNvpnucAZY 📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Показати все...
❤‍🔥 8👍 5🔥 3
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyo reytingidagi TOP-1 universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda Hozirda maktabning 11-sinfini tamomlayotgan Ozodaxon Muminova "Swift Launch" Biznes Inkubatsion va Akselleratsion Dasturida Loyiha Rahbari bo‘lib faoiyat olib boradi. Bundan avval 2 ta chet el kompaniyasida masofadan turib "Loyiha Menejeri" bo‘lishga ham ulgurgan. Ozodaxon IT Park tomonidan o‘tkazilgan xakatonlarda faol ishtirok etib kelgan. 2022- yilda esa xalqaro "The New York Academy of Sciences" xakatonida turli davlatlardan yig‘ilgan jamoasi bilan "Idea Creation" yo‘nalishidan birinchi o‘rinni olib, ilk 5000 AQSh dollar investitsiyasini qo‘lga kiritgan. Ozodaxon jamoasi bilan birinchi olgan investitsiyasini ekologiya muhofazasi bo‘yicha yaratgan loyihasini Hindistondagi Laboratoriyada sinab, Massachusetts Institute of Technology (MIT) va boshqa dunyo bo‘yicha "TOP 10"ga kiruvchi xalqaro universtitetlarning oliy toifali olimlaridan darslar olishga va laboratoriya uchun ba’zi kerakli narsalarni xarid qilishga sarflagan. Hozirda Ozodaxon ushbu izlanishlarni yanada shaffof bo‘lishi uchun Buyuk Britaniyadagi Cambridge olimlariga ham murojaat qilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston va O‘rta Osiyodan birinchi bo‘lib Global Citizen Year Xalqaro top 100 talikka kiruvchi dasturida qatnashgan va Misrdagi Global Justice Summiti uchun 100 foiz grant 7000 AQSh dollar sohibasi bo‘lgan. Ozodaxon 2023-yilda Moskva Shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Osiyo mashtabidagi "Osiyo Olimlari Kolba" da O‘zbekiston nomidan qatnashgan va "Chegarasiz Fan" yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan. Hozirda Ozodaxon "Women in Nuclear"ning Dunyo bo‘yicha eng yosh olimasi bo’lib, dasturning "O‘zbekistondagi Elchisi" bo‘lib faoliyat olib boradi. Shuningdek Ozodaxon o‘tgan yil UNDP hamkorligidagi bo’lib o’tgan "Startupweyekend Women Edition" xakatonda 3-o‘rinni egallab, loyihasi orqali Amerikadagi "Uzbek Diaspora" jamoasi bilan ishlagan. Bundan tashqari u "Google" kompaniyasi "Google Community"sining “Google Developers Tashkent" jamoasi a’zosi bo’lib "Women TechMakers" elchisi sifatida bugun qizlarni ITtiga kirib kelishiga yordam berib kelmoqda. Ozodaxon, 20 dan ortiq xakatonlar va dasturlarda asosiy tashkilotchilardan bo‘lib, turli xil xalqaro va mahalliy kompaniyalar bilan aloqalar o‘rnatib kelmoqda. IT sohasiga qiziqish Ozodada 15 yoshdan boshlagan, dastlab IT Parkda turli xil event va dasturlarda volontyorlik qilgan. WeProject.media jurnaliga ham u shu haqida intervyu bergan. «Frontend yo‘nalishida 1 yil o‘qib, loyihalarda masofadan ishlashni boshladim. Bundan tashqari Agile va Scrum bo‘yicha ta’lim oldim. Bu bilimlarim menga chet eldagi 2 ta kompaniyada masofadan turib 2 yil mobaynida ishlab ko‘rishda yordam berdi. Bugun IT hayot tarzimga aylangan. Bugun yo‘lini topishda qiynalayotgan qizlarga hech ikkilanmay shu sohada o‘qishni maslahat beraman. Sababi AyTi aynan qizlar uchun keng imkoniyatlarga ega soha", — deydi u. Yaqinda Ozodaning Moskva shahrida bergan intervyusi "Перспектива Поколение поиска", "Московский Вестник" nashrlarida chop etilgan. Ozodaxon bu yil maktabni tamomlab Stanford universitetiga o’qishga kirishni maqsad qilgan. Orzusi haqida so’raganimizda, Ozodaxon dunyodagi eng top olimlar safidan joy olib, fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilishni, shuningdek, Vatani Bayrog’ini ko’kka ko’tarishni niyati borligini aytdi.
Показати все...
The OXGAI | Moonshot Pirates

👍 36❤‍🔥 18🤩 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyo reytingidagi TOP-1 universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda Batafsil:👇
Показати все...
🔥 22❤‍🔥 7👍 3
🌟 IT sohasida ta’lim olayotgan barcha talabalar diqqatiga! 🌍 15-may kuni Jahon banki Raqamli rivojlanish jamoasining “Raqamli transformatsiya kelajagi bo‘yicha navigatsiya” mavzusidagi taqdimotiga taklif etadi. Taqdimot Jahon bankining Raqamli rivojlanish global amaliyoti direktori Christine Zhenwei tomonidan amalga oshiriladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📍 Manzil: Inha universiteti B-bino, 304 xona ⏰ Vaqt: 15-may, soat 14:30 🔋IT yo’nalishda ta’lim olayotgan barcha talabalarni tadbirda kutib qolamiz!
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🌟 IT sohasida ta’lim olayotgan barcha talabalar diqqatiga! 🌍 15-may kuni Jahon banki Raqamli rivojlanish jamoasining “Raqamli transformatsiya kelajagi bo‘yicha navigatsiya” mavzusidagi taqdimotiga taklif etadi. Taqdimotda Jahon bankining Raqamli rivojlanish global amaliyoti direktori Christine Zhenwei ishtirok etadi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📍 Manzil: Inha universiteti B-bino, 304 xona ⏰ Vaqt: 15-may, soat 14:30 🔋IT yo’nalishda ta’lim olayotgan barcha talabalarni tadbirda kutib qolamiz!
Показати все...
👍 7🥰 1
Repost from Digital.edu
00:51
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🏆ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting va Yevropa olimpiadasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiriting! 20 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash va muammolarni hal qilishga ishtiyoqi baland qizlarni “ICT4Girls” sport dasturlash olimpiadasida ishtirok etishga chaqiramiz. 🌟1-bosqich - Hududiy bosqich: Berilgan topshiriqlar to‘plamidan kamida 2 ta savolga to‘g‘ri yechim bergan birinchi 5 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo'llanma oladi. 🌟2-bosqich - Respublika bosqichi: Yuqori ball to‘plagan birinchi 12 nafar ishtirokchi ICT4Girls olimpiadasi g'olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi.  🌟 Bonus: Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g'oliblari uchun sport dasturlash bo'yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so'ngida saralangan 4 nafar qiz 21-27-iyul kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika fani bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI)da O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi. 🔗ICT4Girls olimpiadasida qatnashish uchun 2-iyungacha ro'yxatdan o’ting 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Показати все...
👍 3🔥 1