cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

IT Education Association

🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies 📝 [email protected] ☎️ +998 (77) 707 6600 ☎️ +998 (77) 707 0066

إظهار المزيد
Uzbekistan35 579لم يتم تحديد اللغةالتعليم80 710
مشاركات الإعلانات
950
المشتركون
-324 ساعات
+17 أيام
-4930 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Repost from Sherzod Shermatov
Photo unavailableShow in Telegram
Join Our Team of AI Specialists! We are seeking experts to develop AI strategy and policy documents, and ensure their successful implementation. Be a part of shaping the future of AI in Uzbekistan. For more information see the links below 👇🏻 https://lnkd.in/dH5gdy6C https://lnkd.in/dRF9vh7Q https://lnkd.in/dSkqv-_2 #DigitalTransformation #AI #Opportunities #Uzbekistan #JoinUs
إظهار الكل...
01:04
Video unavailableShow in Telegram
"IT sohasida ishlagan ayollar beli og‘rimasdan pul topishadi"
— «Fond bozorining axborot-resurs markazi» 1-toifali ma'lumotlar bazasi administratori Shaxzodaxon ATAXANOVA.
“Doim o‘z ustingizda ishlamasangiz sizdan zo‘ri chiqadi”
, degan tamoyilga amal qiladigan Shaxzodaxon har oy o‘z sohasida yangi ko‘nikmalarni o'rganishga harakat qiladi. U bugunga qadar Oracle Database, Huawei'ning Seeds for the Future, Game Dev, Data Analysis kabi 10 dan ortiq Xalqaro kurslarni tamomlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Buni doimiy ravishda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish uchun juda yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi.
"Qizlar onlayn kurslarda o'qib xalqaro sertifikat olib ham uyda o'tirib, kamida 500-600 dollar ўндшл daromad topishlari mumkin"
Xalqaro sertifikat xarajatlarining Davlat tomonidan qoplab berila boshlangani Shaxzoda kabi yoshlar uchun ayni muddao. Bunday bilimlar orqali Shaxzodaga har oy kamida bir marotaba Linkedin ijtimoiy tarmog‘i orqali xalqaro kompaniyalardan ish taklifi kelib tushadi. Shaxzoda bilan uning faoliyati, qizlar uchun IT'dagi imkoniyatlar hamda xalqaro sertifikatlarning afzalligi xususida suhbatlashdik. Batafsil suhbatni quyidagi havolada ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=R6ioBQ5Ww5Q
إظهار الكل...
Shaxzodaxon Ataxanova 4K (Tizer).mp477.94 MB
👍 6❤‍🔥 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
🤝IT ta’lim uyushmasi hamkorlik uchun ochiq! 👩‍💻Asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT ekotizimni qurish, AKT sohasida ta’limni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan IT ta’lim uyushmasi bugungi kunda turli tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Faoliyatini 1 yildan oshiq vaqt bo‘lgan uyushma bugungi kunda bir qancha xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan memorandumlar imzolab, IT'ning ta’lim sohalarida hamkorlik o‘rnatib kelmoqda. Xitoyning Huawei Tech Investment Tashkent FE LLC, IT Park Uzbekistan, Buyuk Britaniyaning “Freelancer” klubi, Hindistonning Global Chamber of Commerce & Industry hamda EC-Council konsulliklari shunday hamkorlar jumlasidandir. Yaqinda Uyushma IT sohasida sertifikatlash bilan shug‘ullanadigan dunyoning minglab kompaniyalarini o‘zida jamlagan eng yirik notijorat tashkilot Computing Technology Industry Association (CompTIA)ning O‘rta Osiyodagi ilk platinum hamkori bo‘ldi. 🤩Bundan tashqari Uyushma sohada faoliyat yurituvchi ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, yagona sertifikatlashtirish tizimini joriy qilish, xalqaro reytinglardan o‘rin olish uchun nodavlat IT ta’lim tashkilotlarini reytinglash jarayonlarini ham yo‘lga qo‘ygan. Bugunga qadar Uyushma mutaxassislari tomonidan “Najot ta’limi” o‘quv markazi hamda PDP akademiyasi faoliyatlari o‘rganilib ularga reyting sertifikatlari topshirildi. 0️⃣1️⃣2️⃣5️⃣6️⃣7️⃣Hozirda uyushma O‘zbekistonning AKT sohasida eng yirik tadbirlaridan biri sanalgan ICTWeek 2024 haftaligining asosiy tashkilotchisi sifatida ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. 🟢Biz o‘z faoliyatimizni hamkorlar bilan yanada sifatli va samarali olib borishga tayyormiz! ☎️Call-center +998 55 511-07-77 ✉️E-mail: [email protected] [email protected]
إظهار الكل...
👍 4🔥 2
Repost from Sherzod Shermatov
02:42
Video unavailableShow in Telegram
El-yurt umidi jamg‘armasining 500 ta grantiga 25 iyulgacha online hujjat topshiring! Juda kam vaqt qoldi! Dunyoning TOP-300 talikdagi universitetlariga qabul qilingan bo‘lsangiz va xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha grant kerak bo‘lsa, ushbu 500 ta grant imkoniyatlaridan albatta foydalaning. (parallel ravishda xorijdagi universitet grantiga ham harakat qilaverish kerak, El yurt umidi jamg'armasiga qancha xarajatni kamaytirsak shuncha boshqa yoshlarimizni qo'llashga imkoniyat kengayadi) Ayniqsa Magistratura va Doktoranturada grant yutib olish imkoniyatingiz juda yuqori, chunki hujjat topshirganlar unchalik ko‘p emasligini online statistikadan ko‘rishingiz mumkin. Sohamiz bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan barcha Oliy ta’lim muassasalarimiz rahbarlari ushbu imkoniyatlarni o‘zlarining professor-o‘qituvchilariga yetkazishsa juda foydali bo‘lar edi. http://admission.eyuf.uz Batafsil: https://t.me/elyurtumidifoundation/10933 Yuqoriroq sifatdagi video: https://www.facebook.com/watch/?v=451666327636729 https://www.instagram.com/p/C9FK5qatOnh/
إظهار الكل...
ElYurt.mp421.95 MB
Photo unavailableShow in Telegram
“Imkoniyati cheklangan inson bo‘lsamda, IT sohasida fan doktori darajasiga erishdim”
“Bolaligim boshqalarnikidek quvnoq o‘tgan deya olmayman. Men bolalikdan nogiron bo‘lganligim uchun do‘stlarim kam edi shuning uchun ko‘p vaqtimni kitob o‘qishga sarflar edim. Samarqandning chekka qishlog‘idan bo‘lishimga qaramay ota-onam ta’lim olishim uchun yetarli sharoit yaratib berishgan. Bolalikdan kuchli bo‘lishga majbur bo‘lganim boismi, doktorlik ilmiy darajasiga erisha oldim”,
— deydi TATU Samarqand filiali professori Xolida PRIMOVA. Yoshligidan AKT sohasiga qiziqishi kuchli bo‘lgani sababli u 2005-yili Samarqand Davlat universitetini Amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha tugatib, shu yili ochilgan Toshket axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining ilk magistri bo‘ldi. "Har bir inson hayotida tub burilish bo‘lishiga sababchi insonlar bo‘ladi. Mening hayotimda o‘z onamdek yonimda turgan ustozim, ilmiy rahbarim Dilnoz Muxamediyeva. Uning yordamida 29 yoshda texnika fanlari nomzodi va 36 yoshda texnika fanlari doktori ilmiy darajasini oldim." Xolida Primova 2024-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Shuhrat» medali sohibi bo‘ldi. Mukofotlangan onlarini u shunday xotirlaydi:
“Prezident bilan uchrashgan onimdagi hayajonimni tasvirlab berish juda qiyin. Menga mukofotni topshirar ekanlar, meni OAV orqali chiqishimni e’tirof etdilar. Men Davlatimiz rahbarining bunday e’tiborlaridan hayratda edim. Ular bilan uchrashish orzuim ekanligini aytganimda, "Siz bilan hali ko‘p uchrashamiz" dedilar. Mukofot kelgusida o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlash, IT'ni boshqa sohalarga qo‘llash, ko‘plab shogirdlar chiqarish kabi mas’uliyatni yukladi. Bugun men qurilish, veterinariya va tibbiyot kabi sohalarga IT orqali yechim berishga harakat qilyapman."
Xolida Primova Hindiston va Koreya kabi davlatlarida malaka oshirgan. U bugungi yoshlarda IT sohasini o‘rganishga juda katta imkoniyatlar borligini e’tirof etadi.
"Bugungi yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni ko‘rib havasim keladi rosti, erishish mumkin bo‘lgan barcha jabhada imkoniyatlar yetarlidan ham ko‘p. Faoliyatim davomida imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ham doimiy ravishda ishlab ularga kuch, g‘ayrat, ertangi kunga ishonch berishga harakat qilaman."
"IT'da imkonsizlikda ham imkoniyat bor" “Ayol sifatida ayta olamanki, IT sohasini aynan xotin-qizlar o‘rganishi juda muhim. Uning boshqa sohlardan ajralib turadigan eng muhim jihati bu sizning jismoniy imkoniyatlaringiz, tashqi ko‘rinishingizning hech qanday ahamiyati yo‘qligi. Istalgan joydan turib IT bilan shug‘ullanish mumkinligidir. Aynan IT yordamida men ham o‘z virtual olamimni yarata oldim. Istardimki, har bir ota-ona farzandining qobiliyatini ro‘yobga chiqarayotganda uni ushbu IT bilan shug‘ullanib ko‘rishlari uchun imkoniyat bersin. Aytishnik bo‘lmagan taqdirida ham u fikrlashni, o‘ylashni, intizomni o‘rganadi.” Orzu... Xolidaning eng katta orzusi butun dunyoga IT sohasida ham o‘zbek olima ayoli borligini bildirish. U o‘zining bu orzusiga erishish uchun doim izlanishda.
إظهار الكل...
👍 9🔥 1🥰 1
00:12
Video unavailableShow in Telegram
0️⃣1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣Batafsil 🪩Mobiuz ICTWEEK 2024 haftaligida yangi texnologik yechimlarni taqdim etadi! 📲Bugungi kunda 7,7 milliondan oshiq abonentga ega Mobiuz kompaniyasi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi ishtirokchilari safidan joy oldi. Zamonaviy mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi Mobiuz kompaniyasi ICTWEEKning faol ishtirokchilaridan biri bo’lib, har yili yangi texnologik yechimlarni namoyish etishga intiladi. Joriy yilda ham kompaniya o'zining yangiliklari bilan ishtirok etishni reja qilgan. 👩‍💻Eslatib o'tamiz, joriy yilda umumiy maydoni 10 ming kv.m tashkil qilayotgan ICTWeek haftaligida 200 dan ortiq mahalliy va xalqaro ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Hozirda tashkilotchilar tomonidan mahalliy kompaniyalar bilan bir qatorda yetakchi xorijiy kompaniyalar, IT investorlar hamda start-UP loyihalarini ro'yxatdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda. Siz ham ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling, joylar soni chegaralangan! ✍️https://ictweek.uz/oz 📞Call-center +998 55 511-07-77 📬E-mail: [email protected] [email protected]
إظهار الكل...
MobiUz.mp43.08 MB
👍 3
01:26
Video unavailableShow in Telegram
IT universitet tanlayotganda nimalarga e'tibor qilish kerak?
Bu savollar bugun maktabni bitirayotgan har bir yosh va ularning ota-onalarini o’ylantirayotganligi aniq.
Hozirgi kunda IT sohasidagi kasblar eng dolzarb bo'lib bormoqda. Bu soha katta istiqbolga ega yuqori daromadli ishlarni o'z ichiga oladi. ➡️ Xo‘sh, bugun O‘zbekistonda yoshlarni IT sohasida ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qanday sharoitlar yaratilgan? ITning aynan qanday yo‘nalishlarida talab katta? 💬Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda IT ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida o'tkaziladigan ochiq muloqotda aynan shu kabi savollarga javob olishingiz mumkin. Ochiq muloqot davomida shuningdek IT-sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. ⏺ Savollarga Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amiti, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti rahbarlari javob beradi. 📹 “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” qiziqtirsa albatta ushbu suhbatni ko'rishingiz lozim: https://youtu.be/61cTZrJa1Hw?si=YO94s09BYrSiG04t
إظهار الكل...
IMG_6182.MOV27.38 MB
🔥 2
“Men dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchiman!” Bugungi kunda 1 milliard foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ida ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar ham ro‘yxatdan o‘tib, turli sohalarda professionallar bilan aloqa o‘rnatib kelmoqdalar. Ana shunday yoshlardan biri «Yangi O‘zbekiston» universitetining Economics and data science fakulteti 1-bosqich talabasi Periyzat Nizamatdinova. U ham ushbu ijtimoiy tarmoqda o‘zining professional akkauntini yuritishni boshladi.
«Salom, mening ismim Periyzat, mening asosiy maqsadim dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish»!»
deb boshlanadi uning ushbu ijtimoiy tarmoqdagi ilk posti. Periyzat turli IT xakaton va tanlovlarning faol ishtirokchisi. Uning ilk stanrtaplar tanlovidagi ishtiroki “Startup Weekend Central Asia”da boshlangan. Ushbu tanlovda u Mohirdevdagi eng zo‘r dastur yaratuvchilari bilan ishlab, loyiha menedjeri sifatida biznes-modellashtirish bilan shug‘ullandi. Tanlovda ularning jamoasi 1-o‘rinni egallab 30 million so‘m miqdorda mablag‘ni qo‘lga kiritgan. Shundan keyin Periyzat «Pizza Pitch Women»da IT'ga qiziqadigan qizlar jamoasi bilan loyihasi uchun 10 million so‘m mukofotdan tashqari uni rivojlantirish bo‘yicha tajribali mutaxassislardan qimmatli tavsiyalar olgan. Mart oyining so‘ngi kunlarida u «Raqamli avlod qizlari» oromgohida jamoasi bilan Abu-Dabiga yo‘llanma yutib olgan. Shuningdek Periyzat «Hacknovation 2024»da ham ishtirok etib, ikki kun davomida sun’iy intellekt yordamida loyiha yaratdi. Periyzat IT Community of Uzbekistan volontyori. Uning o’zi haqidagi ushbu ma’lumotlar LinkedIndagi profilidan joy olgan. Bugun aynan Linkedin tarmog’ida butun dunyoda millionlab ish beruvchilar va kompaniyalar o’zlariga xodim izlab topmoqdalar. Biroq o’zbekistonlik yoshlar orasida hali ushbu tarmoqda akkauntini yuritayotgan yoshlar soni ko‘p emas. Periyzat kabi kabi o‘zining professional akkauntini yuritayotgan yoshlarni dunyoning yetakchi kompaniyalari izlashmoqda. Siz ham Linkedin’da o‘z akkauntingizni yuritishni boshlang!
إظهار الكل...
👍 10❤‍🔥 8🔥 5🤩 1
Repost from Rustam Karimjonov
04:24
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekiston va xorijdagi o'zbek Frilanserlar diqqatiga! Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati o'zini-o'zi band qilgan frilanserlar bilan yangi tizimni yo'lga qo'yish borasida ochiq muloqot o'tkazadi.
☑️ Prezidentimiz raisligida joriy yilning 28-iyun kuni bo'lib o'tgan yigʼilishda IT sohasida oʼzini oʼzi band qilgan frilanserlarga yangi tizim yo'lga qo'yish ularga IT-Park rezidenti maqomini berish va ularni uch yilgacha barcha soliqlardan ozod etish va boshqa imkoniyatlarni o'z ichiga olgan yangi tizim ishlab chiqish belgilandi.
‼️ Sizlarni 6-iyul soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan "Freelance forumi"da ishtirok etishga hamda qaror loyihasini muhokamasida faol qatnashishga taklif qilamiz. 🔻 Forumda ishtirok etish yoki takliflarni yuborish uchun shu yerda Ro'yhatdan o'ting! 🏬 Manzil: "IT-Park" majmuasi Kongresslar zali; 📱 Tel: 71 203-03-43 (111).
إظهار الكل...
IMG_5981.MP423.03 MB
👍 6❤‍🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yoshlik bu insoniyatning eng bebaho va unutilmas onlarga boy davri. Yoshlikda olingan bilim, qadriyat va ma’naviy principlar nafaqat inson balki butun millatning kelajagini belgilab beradigan omildir. Shu boisdan yoshlar o’zlari, ota-onalari va kelgusi avlodning kelajagi uchun mas’ulliklarini anglashlari kerak. Sizlarning g’oyalaringiz mamlakatimiz ravnaqi yo’lida muhim ahamiyat kasb etadi. Aziz yoshlar!
IT ta’lim uyushmasi sizlarni 30-iyun - "Yoshlar kuni" bilan muborakbod etib, har bir qo’l urgan ishlaringiz, o’ylagan g’oyalaringiz va maqsadlaringizda sizga omad va zafarlar yor bo’lishini tilab qoladi.
إظهار الكل...
🔥 3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.