cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IT Education Association

🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies 📝 [email protected] ☎️ +998 (77) 707 6600 ☎️ +998 (77) 707 0066

Show more
Uzbekistan33 264The language is not specifiedEducation76 635
Advertising posts
877
Subscribers
+224 hours
+447 days
+63830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Har bir qiz bilan suhbat bo’lishini kutmagandim…” Ayni kunlarda IT Star ko‘rik tanloviga ariza topshirgan qizlar bilan suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Xorazmlik Manual QA Engineer mutaxassisi Onaxon Rustamovaning suhbatdan keyingi taasurotlari… Siz suhbat jarayonlarida qatnashdingizmi, taasurotlaringiz qanday?
Show all...
👍 3🔥 1
IT Star tanloviga 300 dan ortiq arizalar kelib tushdi IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "IT Star" tanloviga 300 dan ortiq arizalar kelib tushdi. Ayni damda ariza qoldirgan ishtirokchilar bilan hakamlar hay’ati tomonidan suhbatlar tashkil qilinmoqda. Suhbat jarayonida qizlarning nafaqat AyTi sohasida amalga oshirgan loyihalari balki ularning ijtimoiy hayotdagi faolliklari, til bilish ko‘nikmalari, kirishuvchanlik kabi jihatlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Eslatib o'tamiz, tanlov g'oliblari 11-may kuni 40 ta nominatsiya bo'yicha aniqlanadi. Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️ ✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram | ☸️ Youtube | 🎰LinkedIn
Show all...
IT Education Association

♾❗️❗️❗️🏆🏆🏆 Biz IT sohasidagi yulduzlarni izlayapmiz! IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati homiylari bilan birgalikda IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun mo'ljallangan "IT Star" tanloviga start beradi. 🟢Tanlov g'oliblari 40 ta nominatsiya bo'yicha aniqlanadi! 🎚️Biz iqtidorli loyiha menejerlari, marketologlar, dasturchilar, grafik dizaynerlar, IT rekruterlar va IT sohasi bilan bog'liq har qanday yonalishda faoliyat yuritadigan (jurnalistlar, yurist, talaba, o'quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) yulduzlarini ularning yutuqlarini munosib mukofotlar bilan taqdirlash uchun izlayapmiz! ✍️Anketani to'ldiring va tadbir qatnashchisiga aylaning:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeQbTsXLPdqIP2wbwFGvM07f50rXodllA7fhGr0Y2frFoLkUA/viewform

⌛️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 1-may. 🎁G'oliblar 11-may kuni taqdirlanadi ⚠️ Tanlovda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqo BEPUL ishtirok etishlari mumkin. Iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling ⬇️ ✝️Telegram | ☮️Facebook |💟 Instagram | ☸️ Youtube | 🎰LinkedIn

🔥 8👍 2🤩 1
Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Eco-Xakatonda ishtirok eting! IT Community of Uzbekistan 4-5-may kunlari o'tkazilayotgan IT Eco Fest xalqaro ekofestivali doirasida Xakaton o'tkazmoqda. 🌎Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Xakatonda texnologiyalar yordamida dunyomizni ekologik toza qilishni istagan barcha mutlaqo BEPUL qatnashishi mumkin. Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz: 🌱 ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar; 🧑‍💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan; 🤝 amalga oshirish uchun hamfikr insonlarni va sheriklarni izlayayotgan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 20 million so‘m 2-o‘rin — 15 million so‘m 3-o‘rin — 10 million so‘m G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – Realsoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyihangizni taqdimot formatida 3-may soat 10:59 ga qadar shaklni to'ldirib topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuni Astrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi. Natijalar 5-may kuni kechki payt Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi.
Show all...
👍 6👨‍💻 1
Amerikaning yirik kompaniyasida frilanserlik ortidan yuqori daromad topayotgan dasturchi o’z faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan Munira Begmuratova bugun Amerikaning eng yaxshi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar, dizaynerlar va moliya ekspertlaridan iborat global Toptal kompaniyasida katta dasturiy ta’minot muhandisi sifatida masofadan faoliyat olib boradi. U o'z faoliyatini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida moliya, biznes va matematika fakultetida katta o‘qituvchi bo'lib boshlagan. Munira IT'da muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga bolalikda shaxmat va matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini sababchi deb biladi:
"Bizning sohada uzoq vaqt bir joyda fikrni jamlab o‘tira olish kerak, aynan shaxmat o‘yini menda shu hislatni tarbiyalagan"
— deydi u. Maoshi haqida so'raganimizda Munira aniq javob berishni istamadi, biroq xalqaro kompaniyalarda frilanser sifatida dasturchilar 5 ming AQSh dollardan yuqori maosh olish imkoniyati borligini aytdi. 👉 To'liq intervyu ushbu havolada
Show all...
👍 4❤‍🔥 3🔥 3🥰 3🤩 1👨‍💻 1
Repost from Sherzod Shermatov
Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida JOB & EDU FEST – mehnat va taʼlim yarmarkasi ham yoshlarimizni ham biznesni qo‘llashga qaratildi Prezidentimiz tomonidan IT sohasiga alohida e’tibor qaratilishi tufayli yurtimizga ko‘plab xorijlik IT kompaniyalar kelib malakali kadrlar qidirishayotgani uchun yoshlarimizga yuqori daromad topish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Yoshlarimizdan esa faqat chet tillarini va masofadan xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lgan kasblarni o‘rganish, Linkedinda va boshqa ish topish platformalarida o‘zlarining portfoliolarini yoritib borish talab etiladi. Eslatib o‘tamiz: - Linkedinda yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalar mavjud: https://t.me/shshermatov/552 - Mahalliy ish topish saytlarida ham yuzlab vakansiyalarni ko‘rish mumkin: https://t.me/shshermatov/557 - Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimizga IT sertifikatini olish va o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi: https://t.me/shshermatov/553 - ITni bepul o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: https://t.me/shshermatov/574 https://www.facebook.com/watch?v=335871545810937
Show all...
👍 5🔥 1🤩 1
11-sinf o‘quvchisiga bir emas ikkita xorijiy davlatdan BI yo‘nalishida masofadan ishlash taklifi kelib tushdi Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farrux Madraximovga bir yo‘la ikkita xorijiy davlat Tunis va Germaniyadan yuqori maoshli ish taklifi kelib tushdi. Bugun Farrux bilan uning muvaffaqiyatga erishish yo‘li, ish taklifi qayerdan va qay tarzda berilgani, yiqilgan suhbatlari hamda rejalari xususida suhbatlashdik. Suhbat nafaqat uning tengdoshlari balki IT sohasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha uchun foydadan holi bo‘lmaydi degan umiddamiz.
“IT sohasida ishlashni hech qachon hayolimga keltirmaganman, ota-onam ham bunga qarshi bo‘lishgan…”
Show all...
👍 12🔥 4👏 3 2 1👎 1🤩 1
Xalqaro bolalar teatr va IT festivalining ochilish marosimi qanday o’tdi?
Show all...
👍 7 1🔥 1🥰 1👏 1🤩 1👨‍💻 1
👍 9😁 9
Raqamli texnologiyalar vazirligida "XXI asr bolalari" birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali bo‘lib o‘tmoqda Yosh ijrochilar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning teatr va ITga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida teatr va IT xalqaro festivali boshlandi. Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Qalmog‘iston Respublikasi, Gruziya, Kipr kabi davlatlaridan 55 dan ziyod aktyor xamda rejissyorlar tashrif buyurgan. Festival doirasida ushbu Davlatlarning teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishlari, aktyor-rejissyorlarning innovatsion va qiziqarli chiqishlari, mahorat-darslari bo'lib o'tadi. Festival san’at va AyTi sohasida yirik va ahamiyatli voqea bo‘lib, raqamli texnologiyalar sohasida ijodiy g‘oyalarni rivojlantirish, madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va yosh iste’dodlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Teatr tadbirlari O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar Teatri, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri hamda IT Park binosida bo‘lib o‘tadi.
Show all...
5👍 2🔥 1🤯 1
Raqamli texnologiyalar vazirligida "XXI asr bolalari" birinchi xalqaro bolalar teatr va IT festivali boshlandi Yosh ijrochilar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning teatr va ITga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligida teatr va IT xalqaro festivali boshlandi. Xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi, Ozarbayjon, Qalmog‘iston Respublikasi, Gruziya, Kipr kabi davlatlaridan 55 dan ziyod aktyor xamda rejissyorlar tashrif buyurgan. Festival doirasida ushbu Davlatlarning teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek ishtirokchi davlatlar aktyor-rejissyorlarning innovatsion va qiziqarli chiqishlari, mahorat-darslari tashkil etiladi. Festival san’at va AyTi sohasida yirik va ahamiyatli voqea bo‘lib, ijodiy g‘oyalarni rivojlantirish, madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga va yosh iste’dodlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Teatr tadbirlari O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar Teatri, O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri hamda IT Park binosida bo‘lib o‘tadi.
Show all...
🔥 1