uk
Feedback
Samarqand davlat pedagogika instituti

Samarqand davlat pedagogika instituti

Відкрити в Telegram

Samarqand davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! 🌐 Rasmiy sayt: samdpi.uz

Показати більше
8 903
Підписники
-1424 години
-797 днів
+62930 днів
Архів дописів
♟ SamDPI talabasi Guldona Karimova Savitha Shri bilan durang o'ynadi! Bizni kuzating 👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook
+1
♟ SamDPI talabasi Guldona Karimova Savitha Shri bilan durang o'ynadi!
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

Repost from Shahzoda Negmatova
#Xizmat_safari #5_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Kunning ikkinchi yarmida Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Seoul National University Day Care Center faoliyati bilan tanishdi. 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

#Ilmiy_kengash #Dissertatsiya_himoyasi 📌 Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc
+5
#Ilmiy_kengash #Dissertatsiya_himoyasi 📌 Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab Maxmudova Aziza Nugmanovnaning “Zamonaviy bioetika muammolarining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi tinglandi.
Shundan so‘ng Karshiyev Islombek Egamqulovichning “XVII–XVIII asrlar Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida tasavvufiy-irfoniy g‘oyalar taraqqiyoti (So‘fi Olloyor, Huvaydo merosi asosida)” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi ko‘rib chiqildi.
➡️ Yig‘ilish yakunida dissertantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari Ilmiy kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, har ikki dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli deb topildi.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

Repost from Edu.uz
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi? Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?
Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.
Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi. Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi. ➖ halol ishlash; ➖ ochiq gapirish; ➖ qonuniy yo‘lni tanlash – jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi. 👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.
❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Shahzoda Negmatova
#Xizmat_safari #5_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi SNU Day Care Center
+4
#Xizmat_safari #5_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi SNU Day Care Center faoliyati bilan tanishdi Kunning ikkinchi yarmida Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Seoul National University Day Care Center faoliyati bilan tanishdi.
Jarayon davomida universitet professor-o‘qituvchilarining farzandlari uchun yaratilgan zamonaviy va xavfsiz ta’lim-tarbiya muhiti, shuningdek, bolalarning har tomonlama rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim va tibbiyot yo‘nalishlari talabalari uchun tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Markazda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, bolalar rivojlanishini kuzatish hamda talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi. Mazkur jarayon maktabgacha ta’limni oliy ta’lim va amaliy tayyorgarlik bilan integratsiya qilish borasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda hamkorlikning istiqbolli imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

Repost from Shahzoda Negmatova
photo content
+9

Repost from Edu.uz
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi? Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?
Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.
Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga 🚫 halollik qadrsizlanadi. Bugun 🎙 sukut saqlasak, ertaga 🚫 ishonch yo‘qoladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi. ➖ halol ishlash; ➖ ochiq gapirish; ➖ qonuniy yo‘lni tanlash – jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi. 👍Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.
❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Sayyor_qabul Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida institut rahbariyati ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazil
+5
#Sayyor_qabul Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida institut rahbariyati ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida talabalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, talabalar turar joylariga joylashish, TTJlarda internet tarmog‘i va qurilmalaridan foydalanish, o‘qishni qayta tiklash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
Sayyor qabul davomida har bir murojaat amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida ko‘rib chiqilib, murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish va huquqiy izohlar berildi.
➡️ Shuningdek, joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

#Xizmat_safari #5_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 ✅Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Seoul National University (SNU) kutubxonasida bo‘lib, talaba, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy ilmiy-ta’lim muhiti bilan tanishdi.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

📌 Samarqand davlat pedagogika institutida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga bag‘ishlangan uchr
+9
📌 Samarqand davlat pedagogika institutida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Unda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, viloyat narkologiya markazi vrachi Gulchehra Jalilova, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i O‘tkirbek Gulyamov, institut rahbariyati vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir avvalida Xusan To‘xtayev institutning iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, boshqaruv faoliyatidagi tajribasi, hayot yo‘lida duch kelgan sinovlar va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv davomida Gulchehra Jalilova giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda bunday illatlarning jamiyat hayotiga yetkazadigan zarari haqida ma’lumot berdi. O‘tkirbek Gulyamov esa narkotik moddalar bilan bog‘liq noqonuniy faoliyat, xususan, ularni tarqatish va yetkazib berishda vositachilik qilishning huquqiy oqibatlariga to‘xtaldi. Yoshlarni bunday noqonuniy xatti-harakatlardan tiyilish, huquqiy savodxonlikni oshirish va ogohlikni kuchaytirishga chaqirdi.
➡️ Muloqot davomida talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan fikr va savollariga ham javoblar berildi.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

📚 “MARTIN IDEN” KITOBXONLIK TANLOVI BOSHLANADI! 🏆Jek Londonning mashhur “Martin Iden” asarini 25-oktabr sanasigacha o‘qing
📚 “MARTIN IDEN” KITOBXONLIK TANLOVI BOSHLANADI! 🏆Jek Londonning mashhur “Martin Iden” asarini 25-oktabr sanasigacha o‘qing va yakunda o‘tkaziladigan test sinovida o‘z bilimingizni namoyish eting! 📖Tanlov sharti: 25-oktabr kunigacha “Martin Iden” kitobini o‘qish → yakuniy test → eng yuqori natijalar bo‘yicha 5 ta g‘olib aniqlanadi! 🎯 🎁G‘oliblar uchun sovrinlar: 🥇1-o‘rin — iPhone 17 Pro Max📱 🥈2-o‘rin — Batumiga sayohat chiptasi ✈️ 🥉3-o‘rin — HP noutbuk 💻 🏅4-o‘rin — planshet / smartfon 📱 🏅5-o‘rin — 43 dyuymli televizor 📹 ✨Kitob o‘qing. Bilimingizni sinang. Qimmatbaho sovrinlardan biriga ega bo‘ling! 📌Ishtirok etish va murojaat uchun: ➡️@kitobxonliktanlovibot ⚡️Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Repost from Shahzoda Negmatova
#Xizmat_safari #5_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi SNU kutubxonasi faol
+8
#Xizmat_safari #5_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi SNU kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Seoul National University (SNU) kutubxonasida bo‘lib, talaba, professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar uchun yaratilgan zamonaviy ilmiy-ta’lim muhiti bilan tanishdi.
📚 Kutubxonada zamonaviy o‘quv zallari, mustaqil va jamoaviy ishlash hududlari, elektron axborot resurslari hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari o‘rganildi. Kutubxona majmuasining barpo etilishida Lee Jong-hwanning xayriya va homiylik ko‘magi muhim o‘rin tutadi. Uning ta’lim va ilm-fan rivojiga yo‘naltirilgan moliyaviy ko‘magi asosida zamonaviy ilmiy va intellektual makon yaratilgan. Delegatsiya a’zolari an’anaviy kitob fondlari va raqamli texnologiyalar uyg‘unligi, shuningdek, talabalar uchun yaratilgan qulay mustaqil ta’lim va ilmiy izlanish imkoniyatlari bilan tanishdilar. SNU kutubxonasining ta’lim va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ilg‘or tajribasi o‘rganildi. 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

#Milliy_liboslar_kuni🇺🇿 🇺🇿 Milliy liboslar — milliyligimiz va faxrimiz! Samarqand davlat pedagogika institutida Milliy li
+6
#Milliy_liboslar_kuni🇺🇿 🇺🇿 Milliy liboslar — milliyligimiz va faxrimiz! Samarqand davlat pedagogika institutida Milliy liboslar kuni doirasida barcha fakultetlarda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar milliy liboslarda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ma’naviy merosimizning muhim qismidir.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

#Psixologik_tadbir ✅ “Talabalik nafasi — art-terapiya va san’at” mavzusida psixologik tadbir o‘tkazildi ➡️ Samarqand davlat p
+6
#Psixologik_tadbir ✅ “Talabalik nafasi — art-terapiya va san’at” mavzusida psixologik tadbir o‘tkazildi ➡️ Samarqand davlat pedagogika instituti psixologlari tomonidan talabalar ishtirokida “Talabalik nafasi — art-terapiya va san’at” mavzusida psixologik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar rasm chizish, ranglar bilan ishlash, musiqa va turli ijodiy mashg‘ulotlar orqali o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodaladilar. Ijodiy jarayon ularga ruhiy yengillik, yaxshi kayfiyat va yangi taassurotlar bag‘ishladi.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

Repost from Xushnudbek.uz
Shaxmat olimpiadasining bugungi bahslari boshlanishidan oldin asosiy qizlar jamoamizning vakilasi Guldona Karimova bilan uchrashib qoldik. Bugun qizlarimiz amaldagi chempionlar Hindiston jamoasi bilan o’ynaydi. Guldona 4-doskada dona suradi. Omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈

✅ Samarqand davlat pedagogika institutida akademik Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun Samarqand davlat peda
+9
✅ Samarqand davlat pedagogika institutida akademik Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti direktori, “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️ Muloqot davomida akademik Sharq Uyg‘onish davrining buyuk allomalari — Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani, xususan, astronomiya va astrofizika rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi. ➡️ Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning ilmli va ziyoli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, qizlarning sifatli ta’lim olishi hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirildi. 📌 Uchrashuv yakunida akademik yoshlarni doimiy izlanishga, ona tili, matematika, xorijiy tillar hamda zamonaviy dasturlash tillarini puxta egallashga chaqirdi. Bu bilim va ko‘nikmalar yoshlarning kelgusida mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil ekani qayd etildi.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

🌟🌟🌟 #Sayyor_qabul 📢 Ertaga, 25-sentabr kuni soat 14:00 da Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillarining
🌟🌟🌟 #Sayyor_qabul 📢 Ertaga, 25-sentabr kuni soat 14:00 da Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillarining fuqarolar, institut talabalari hamda ularning ota-onalari uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi. ❗️ Sayyor qabul davomida fuqarolar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslar yuzasidan institut rahbariyatiga bevosita murojaat qilishlari hamda o‘z savollariga javob olishlari mumkin.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

♟ ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ♟ ♟ SamDPI talabasi Guldona Karimova Anna-Maja Kazarianni mag'lubiyatga uchratdi! Bizni kuzating 👍 Telegram
+1
♟ ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ♟ ♟ SamDPI talabasi Guldona Karimova Anna-Maja Kazarianni mag'lubiyatga uchratdi!
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ✅ Ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi Samarqand davlat pedagogika institutid
+3
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ✅ Ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yosh olimlar uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.
➡️ Seminarni xalqaro Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili, naukaometriya bo‘yicha ekspert, PhD Diana Abdumo‘minova olib bordi.
Mashg‘ulotlarda:
🔹 Web of Science platformasidan samarali foydalanish va nufuzli ilmiy jurnallarni tanlash; 🔹 Pivot-RP orqali xalqaro grant va moliyalashtirish imkoniyatlarini izlash; 🔹 Slib.uz milliy elektron axborot platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. ✅ Seminar davomida ishtirokchilar ilmiy nashrlar, xalqaro grantlar va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzating
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube

Repost from Shahzoda Negmatova
#Xizmat_safari #4_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Seoul National University Ta’lim kolleji bilan istiqbolli hamkorlik yo‘n
+1
#Xizmat_safari #4_kun #Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷 📌 Seoul National University Ta’lim kolleji bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi Kunning ikkinchi yarmida Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Seoul National University Ta’lim kolleji direktori, professor June-hee Yoo bilan uchrashdi. ➡️ Muloqot davomida matematika, fizika va kimyo yo‘nalishlarida pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or ta’lim metodikalarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, koreys tilini o‘qitish yo‘nalishida mutaxassislarni jalb etish, metodik va akademik ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook