Samarqand davlat pedagogika instituti
Open in Telegram
Samarqand davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! 🌐 Rasmiy sayt: samdpi.uz
Show more8 872
Subscribers
+17824 hours
+4607 days
+1 21030 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shahzoda Negmatova
#SamDPI
#Yangi_o‘quv_yili
🇺🇿Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
✅✅✅✅
✅ Samarqand davlat pedagogika institutining 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari
(To‘liq o‘quv kursining har bir yili uchun)
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
✅✅✅✅
✅ Samarqand davlat pedagogika institutida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam bo‘lmagan, biroq tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilish imkoniyati nazarda tutilgan. ❗️ RASMIY IZOH
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni istagan abituriyentlar belgilangan tartibda kontrakt.edu.uz elektron platformasi orqali ariza yuborishlari lozim. Ariza topshirish, shartnomani rasmiylashtirish hamda to‘lovlarni amalga oshirish tartibi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Abituriyentlarga ariza yuborishdan avval tanlangan ta’lim yo‘nalishi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, ariza topshirish muddati va to‘lov shartlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar bilan diqqat bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
🌟🌟🌟
➡️ SAMDPIDA “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVI BOSHLANDI! ⬅️
Agar sizda innovatsion g‘oya bo‘lsa va uni amaliyotga joriy etishni istasangiz, ushbu tanlovda ishtirok eting!
Kimlar ishtirok etishi mumkin?Tanlovda institutning barcha bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.
⚠️MUHIM! Tanlovda avval himoya qilingan yoki boshqa tanlovlarda taqdim etilgan loyihalar bilan qayta ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Faqat yangi, ilgari himoya qilinmagan loyihalar qabul qilinadi.📅 Institut bosqichi ➡️ Loyihalarni qabul qilish: 2026-yil 7-sentabrdan ➡️ So‘nggi muddat: 2026-yil 30-sentabr (shu kuni ham qabul qilinadi)
Institut bosqichi g‘oliblari uchun mukofotlar:🥇 1-o‘rin — 2 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 1 500 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 1 000 000 so‘m
Institut bosqichi g‘oliblarining loyihalari respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.💰 Respublika bosqichi g‘oliblari uchun: 🥇 1-o‘rin — 100 mln so‘m 🥈 2-o‘rin — 50 mln so‘m 🥉 3-o‘rin — 25 mln so‘m
Baholash mezonlariHar bir mezon 20 ball bilan baholanadi: 🔹G‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi; 🔹G‘oyaning dolzarbligi; 🔹Mavjud analoglardan ustunligi; 🔹Xarajatlar smetasining asoslanganligi; 🔹Amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar. 📄 Nizom bilan tanishish 📄 Ro‘yxatdan o‘tish 📞 Batafsil ma’lumot uchun: SamDPI Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi yoki @Boqiyev_0930 manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
✅ Samarqand davlat pedagogika institutining Aniq fanlar pedagogika oliy maktabida quyidagi akademik lavozimlar hamda mutaxassisliklar bo‘yicha munosib nomzodlarni ishga qabul qilish uchun suhbat o‘tkaziladi:
🔹Dekan 🔹Dekan o‘rinbosari 🔹Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari 🔹Ingliz tili fani o‘qituvchisi 🔹Informatika fani o‘qituvchisi 🔹Pedagogika fani o‘qituvchisi 🔹Falsafa fani o‘qituvchisi 🔹Matematika fani o‘qituvchisi📅 Suhbat sanasi: 2026-yil 9-sentabr ⏰ Boshlanish vaqti: 10:00
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
+3
#Jarayon
✅ Talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyev tomonidan Tillar fakultetining 1-bosqich talabalari bilan tanishuv haftaligi doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hamkorlikni kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam!
Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi?
Career Edu yechim beradi!
🤔 Career Edu platformasi:
🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi;
🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi;
🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki:
• HR suhbatlariga tayyorlanishingiz,
• rezyume yaratishingiz;
• frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin.
🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
+3
SamDPI #Magistratura
Yangi_o‘quv_yili
🎓 Xush kelibsiz, aziz talabalar!
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilida magistraturaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalarni kutib olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut rahbariyati vakillari va yangi magistrantlar ishtirok etdi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from Shahzoda Negmatova
+6
📌 Eng yuqori natija qayd etgan talabalar taqdirlandi!
Samarqand davlat pedagogika institutiga turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan talabalar hamda ularning ota-onalariga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
✨ Xush kelibsiz, aziz talabalar!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
🔊🔊🔊🔊
Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi doirasida 70110401 — “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarining 1-bosqichi suhbat shaklida o‘tkaziladi.📅 2026-yil 12-sentabr ⏰ 10:00 da 📍 Samarqand davlat pedagogika instituti, Spitamen Shoh ko‘chasi, 166-uy, Faollar zali. 🎓 Ta’lim yo‘nalishi: 70110401 — “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” ❗️ Abituriyentlardan imtihonga ID-karta yoki pasport bilan kelishlari so‘raladi. 📩 Murojaat uchun: @aybek_akhmedov 📞 Telefon: +998 95 826-82-20
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
+3
#Yozgi_maktab
🌍 SamDPI talabalari — xalqaro yozgi maktabda ishtirok etmoqda
Samarqand davlat pedagogika instituti talabalari Boku Slavyan Universitetida tashkil etilgan “International Summer School on Azerbaijan Studies” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasiga yetib bordi.➡️ Mazkur xalqaro ta’lim dasturi Ozarbayjonning tarixi, madaniyati, tili, adabiyoti va zamonaviy taraqqiyotini chuqur o‘rganish, shuningdek, xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. ➡️ Talabalarimizning ushbu dasturdagi ishtiroki O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
Repost from Shahzoda Negmatova
+6
#Mustaqillik_darslari #Kelajak_soati
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Samarqand davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.➡️ Institutning Urgut fakultetida dars mashg‘uloti institut rektori, professor Shahzoda Negmatova tomonidan o‘tkazildi.
Darsda mustaqillik yillarida ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda talabalar oldidagi muhim vazifalar haqida so‘z yuritildi.🇺🇿 “Mustaqillik darslari” institutning barcha fakultetlarida davom etmoqda. 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Repost from Shahzoda Negmatova
+6
📌 Yangi o‘quv yili — yangi orzular, yangi marralar!
Samarqand davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
Mustaqillikning 35 yilligi yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanayotgan bugungi kunlarda institut hayotidagi muhim voqea — yangi o‘quv yilining boshlanishi hamda yoshlarning talabalik sari ilk qadamlari bayramona ruhda nishonlandi.
Tantanali tadbirda institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirok etib, birinchi bosqich talabalarini yangi o‘quv yili va talabalik hayotining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ota-onalarni farzandlarining talaba bo‘lgani bilan qutlab, yoshlarga ta’lim olish va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
✨ Xush kelibsiz, aziz talabalar!
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov
Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda
Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.
10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8
♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
+3
#SamDPI #Jarayon
#Yangi_o‘quv_yili
🎓 Xush kelibsiz, aziz talabalar!
Samarqand davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar hamda tillar fakultetlarida 2026–2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
+9
#Tanishtiruv_haftaligi
✅ SamDPIda 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi boshlandi
🗺 Yangi 2026-2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlar uchun institutning ta’lim va infratuzilma obyektlari bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.
➡️ Jarayon davomida talabalar institut bo‘limlari faoliyati, zamonaviy kompyuter xonalari, Axborot-resurs markazi, sport inshootlari hamda o‘quv auditoriyalaridagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🎓 Tanishtiruv haftaligi yangi talabalarni institut hayoti, ta’lim muhiti va mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularning yangi o‘quv muhitiga moslashuvini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
