Samarqand davlat pedagogika instituti
前往频道在 Telegram
Samarqand davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! 🌐 Rasmiy sayt: samdpi.uz
显示更多8 913
订阅者
-1424 小时
-797 天
+62930 天
帖子存档
+9
✅ Samarqand davlat pedagogika institutida akademik Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika instituti direktori, “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.➡️ Muloqot davomida akademik Sharq Uyg‘onish davrining buyuk allomalari — Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani, xususan, astronomiya va astrofizika rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi. ➡️ Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning ilmli va ziyoli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, qizlarning sifatli ta’lim olishi hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirildi. 📌 Uchrashuv yakunida akademik yoshlarni doimiy izlanishga, ona tili, matematika, xorijiy tillar hamda zamonaviy dasturlash tillarini puxta egallashga chaqirdi. Bu bilim va ko‘nikmalar yoshlarning kelgusida mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil ekani qayd etildi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
🌟🌟🌟 #Sayyor_qabul
📢 Ertaga, 25-sentabr kuni soat 14:00 da Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillarining fuqarolar, institut talabalari hamda ularning ota-onalari uchun sayyor qabuli o‘tkaziladi.
❗️ Sayyor qabul davomida fuqarolar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, murojaatlar, taklif va tashabbuslar yuzasidan institut rahbariyatiga bevosita murojaat qilishlari hamda o‘z savollariga javob olishlari mumkin.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
+3
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅ Ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlik bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yosh olimlar uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.➡️ Seminarni xalqaro Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi mintaqaviy vakili, naukaometriya bo‘yicha ekspert, PhD Diana Abdumo‘minova olib bordi.
Mashg‘ulotlarda:🔹 Web of Science platformasidan samarali foydalanish va nufuzli ilmiy jurnallarni tanlash; 🔹 Pivot-RP orqali xalqaro grant va moliyalashtirish imkoniyatlarini izlash; 🔹 Slib.uz milliy elektron axborot platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. ✅ Seminar davomida ishtirokchilar ilmiy nashrlar, xalqaro grantlar va ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Repost from Shahzoda Negmatova
+1
#Xizmat_safari #4_kun
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷
📌 Seoul National University Ta’lim kolleji bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
Kunning ikkinchi yarmida Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Seoul National University Ta’lim kolleji direktori, professor June-hee Yoo bilan uchrashdi.
➡️ Muloqot davomida matematika, fizika va kimyo yo‘nalishlarida pedagog kadrlar tayyorlash, ilg‘or ta’lim metodikalarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, koreys tilini o‘qitish yo‘nalishida mutaxassislarni jalb etish, metodik va akademik ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
+5
🟦🟦🟦🟦🟦
✅ Toshkent shahrida “Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli asosida” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Samarqand davlat pedagogika instituti talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Yoqubov hamda boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti Nodir Qayumovlar ishtirok etmoqda.➡️ Konferensiya doirasida pedagogik amaliyotni kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida tashkil etish, ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
🟦🟦 #KURASH 🤼
✅ Hurmatli professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, sport mutaxassislari va aziz talabalar!
Sizni 2026-yil 25-sentabr kuni soat 10:00 da 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida erkaklar va ayollar o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasiga taklif etamiz.📍Manzil: Samarqand davlat pedagogika instituti kurash zalida Barcha sportsevar talabalarni musobaqada ishtirok etishga chorlaymiz!
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Repost from Shahzoda Negmatova
🇺🇿 Saida Mirziyoyeva BMTda: O‘zbekistonning tanlovi — inson qadr-qimmati
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Uning chiqishida xalqaro keskinlik, BMTning roli, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va sun’iy intellekt masalalari asosiy o‘rin egalladi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
+6
🟦🟦🟦
✅ Magistratura nizomi va antiplagiat tizimidan foydalanish tartibi
➡️ Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida magistrantlar uchun magistratura ta’limiga oid me’yoriy hujjatlar hamda akademik halollik masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 500-son qarori mazmun-mohiyati, magistratura bosqichida belgilangan vazifalar, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash talablari hamda antiplagiat tizimidan foydalanish tartibi tushuntirildi.➡️ Shuningdek, OOO “ANTIPLAGIAT” (StrikePlagiarism.uz) kompaniyasi vakili Verona Aleksandrovna Bashkareva tomonidan StrikePlagiarism.uz tizimining imkoniyatlari, ilmiy ishlarni tekshirish bosqichlari va natijalarni to‘g‘ri talqin qilish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
+3
♟ #SamDPI #Talaba_CUP ♟
♟ SamDPIda “Talaba CUP” shaxmat musobaqasi o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutida iqtidorli talabalarni aniqlash, saralash hamda ularni professional shaxmatga jalb etish maqsadida “Talaba CUP” shaxmat musobaqasi tashkil etildi.🏆 Musobaqa natijalari:
Qizlar o‘rtasida:🥇 Muhammadova Umida 🥈 Majidova Zarina 🥉 Uralova Nilufar
Yigitlar o‘rtasida:🥇 Egamberdiyev Oybek 🥈 Qudratov Shohrux 🥉 Soatov Hasan
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Repost from Edu.uz
Saida Mirziyoyeva BMTda: O‘zbekistonning tanlovi — inson qadr-qimmati
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zladi. Uning chiqishida xalqaro keskinlik, BMTning roli, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va sun’iy intellekt masalalari asosiy o‘rin egalladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shahzoda Negmatova
🎓 Magistratura ta’limida qanday yangiliklar joriy etilmoqda?
Hukumatning 2026 yil 17 sentabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/151518 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
+6
📌 TAYANCH DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR FAOLIYATI MONITORING QILINDI
Samarqand davlat pedagogika instituti rektorining 2026-yil 17-sentabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan institutdagi tayanch doktorantlar (PhD) va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini o‘rganish, dissertatsiya ishlari va individual rejalarining bajarilish holatini tahlil qilish maqsadida monitoring o‘tkazildi.➡️ Monitoring O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida tashkil etildi. Ma’lumot uchun: institutda jami 51 nafar tayanch doktorant (PhD) ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. Shundan 26 nafari 1-bosqich, 25 nafari 2-bosqich. 📌 Shuningdek, 198 nafar mustaqil izlanuvchi mavjud bo‘lib, ularning 176 nafari PhD, 22 nafari DSc yo‘nalishida izlanmoqda. Ularning 157 nafari 1-bosqich, 28 nafari 2-bosqich, 13 nafari 3-bosqichda. ✅ Monitoring natijalariga ko‘ra, 25 nafar mustaqil izlanuvchi dissertatsiyasini muddatidan avval himoya qilib, ilmiy darajaga ega bo‘lgan.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
+3
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🎓 “Yosh targ‘ibotchilar guruhlari” a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Antinarko yoshlar front ofislari” va “Yosh targ‘ibotchilar guruhlari” faoliyatiga oid o‘quv-seminar tashkil etildi.💻 Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan seminarda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari va koordinatorlari, shuningdek, faol talabalar ishtirok etdi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
+3
#SamDPI #Yoshlar_kuni
#Profilaktik_tadbir
✅ “Yoshlar kuni” doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakultetida “Yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.➡️ Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, jamoat tartibi hamda ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ➡️ Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, firibgarlik va kiberjinoyatlardan himoyalanish hamda turli salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Bizni kuzating👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube
Repost from Shahzoda Negmatova
+6
#Xizmat_safari #4_kun
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷
✅ SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA SEOUL NATIONAL UNIVERSITY O‘RTASIDAGI AKADEMIK HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO‘TARILMOQDA
Bugun Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Seoul National University (SNU)da rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.
🟢 Delegatsiyani universitetning Akademik masalalar bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti, professor June-Jeong Lee va SNU rahbariyati vakillari kutib oldilar.
🟢 Uchrashuvda ikki tomonlama akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlarini oshirish, pedagogik ta’lim sifatini takomillashtirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🟢 Muloqot davomida Samarqand davlat pedagogika institutining uch nafar xodimini Seoul National Universityda ilmiy stajirovkadan o‘tkazish uchun alohida kvota va stipendiya ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu kelishuv uchrashuvning muhim amaliy natijalaridan biri bo‘ldi.
➡️ Shuningdek, kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, tadqiqotchilar uchun maxsus dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar belgilandi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Repost from Shahzoda Negmatova
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi bayon etildi
BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”
Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
