Toshkent viloyati Kengashi
Відкрити в Telegram
O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi 📍Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Mendeleyev ko'chasi 6 Murojaat uchun tel. +998954761010 • Facebook.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz • @ecopartyuzb_bot
Показати більше2 612
Підписники
-124 години
-477 днів
-46430 днів
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26вер '26
вересень '26
+1
в 7 каналах
серпень '26
+103
в 2 каналах
Get PRO
липень '26
+1 187
в 3 каналах
Get PRO
червень '26
+1 316
в 5 каналах
Get PRO
травень '26
+247
в 4 каналах
Get PRO
квітень '26
+6 093
в 4 каналах
Get PRO
березень '26
+3 825
в 3 каналах
Get PRO
лютий '26
+1 004
в 4 каналах
Get PRO
січень '26
+722
в 3 каналах
Get PRO
грудень '25
+820
в 6 каналах
Get PRO
листопад '25
+337
в 6 каналах
Get PRO
жовтень '25
+3
в 2 каналах
Get PRO
вересень '25
+5
в 3 каналах
Get PRO
серпень '25
+7
в 0 каналах
Get PRO
липень '25
+1 110
в 1 каналах
Get PRO
червень '250
в 0 каналах
Get PRO
травень '25
+1
в 0 каналах
Get PRO
квітень '250
в 1 каналах
Get PRO
березень '25
+18
в 0 каналах
Get PRO
лютий '25
+5
в 0 каналах
Get PRO
січень '25
+8
в 0 каналах
Get PRO
грудень '24
+3
в 0 каналах
Get PRO
листопад '24
+35
в 1 каналах
Get PRO
жовтень '24
+7
в 1 каналах
Get PRO
вересень '24
+7
в 0 каналах
Get PRO
серпень '24
+1
в 0 каналах
Get PRO
липень '24
+6
в 1 каналах
Get PRO
червень '24
+105
в 1 каналах
Get PRO
травень '24
+5
в 1 каналах
Get PRO
квітень '24
+606
в 1 каналах
Get PRO
березень '24
+4
в 1 каналах
Get PRO
лютий '24
+3
в 1 каналах
Get PRO
січень '24
+74
в 0 каналах
Get PRO
грудень '23
+528
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 28 вересня | 0 | |||
| 27 вересня | 0 | |||
| 26 вересня | 0 | |||
| 25 вересня | 0 | |||
| 24 вересня | 0 | |||
| 23 вересня | 0 | |||
| 22 вересня | 0 | |||
| 21 вересня | 0 | |||
| 20 вересня | 0 | |||
| 19 вересня | 0 | |||
| 18 вересня | 0 | |||
| 17 вересня | 0 | |||
| 16 вересня | 0 | |||
| 15 вересня | 0 | |||
| 14 вересня | 0 | |||
| 13 вересня | 0 | |||
| 12 вересня | 0 | |||
| 11 вересня | 0 | |||
| 10 вересня | 0 | |||
| 09 вересня | 0 | |||
| 08 вересня | 0 | |||
| 07 вересня | +1 | |||
| 06 вересня | 0 | |||
| 05 вересня | 0 | |||
| 04 вересня | 0 | |||
| 03 вересня | 0 | |||
| 02 вересня | 0 | |||
| 01 вересня | 0 |
Дописи каналу
| 2 | #Chinoz_tumani
#Murojaat
Chinozda qarovsiz qolgan hudud bo‘yicha ekologik monitoring o‘tkazildi
2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chinoz tumani Kengashi raisi T.T. Mansurov tomonidan aholi murojaatlari asosida tumandagi ayrim mahallalar chegaralarining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan holatlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida sobiq “Bunyodkor” mahallasining "Hamza" MFYga qo‘shilishi natijasida hududda e’tibordan chetda qolgan ayrim masalalar, jumladan, yiqilgan daraxtlar, singan yirik shoxlar, o‘z vaqtida olib ketilmagan maishiy chiqindilar hamda antisanitariya holatlari aniqlangan.
Mazkur masalalar yuzasidan "Hamza" MFY raisi bilan uchrashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Natijada hududdagi mavjud muammolar ijobiy hal etildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 35 |
| 3 | #Nurafshon_shahri
#Yosh_ekologlar
Nurafshonda yoshlar bilan ekologik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nurafshon shahar partiya tashkilotining “Ekologiya va Yoshlar qanoti” yo‘nalishida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida hududlarda atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hamda yosh avlod o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yoshlarni tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 24 |
| 4 | #Bekobod_shahri
#Ayollar_klubi
Bekobodda ayollar bilan ekologik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bekobod shahar partiya tashkiloti Kengashining “Ekologiya va salomatlik” klubi hamda “Ayollar qanoti” vakili N. Abduqodirova hamkorligida “Ayollar qanoti” yo‘nalishida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida ayollarni qiynayotgan masalalar yuzasidan alohida suhbatlar o‘tkazilib, shuningdek, atrof-muhitni asrab-avaylash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va ekologik mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, yosh qizlar va ayollar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarga jalb etish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 17 |
| 5 | #Nurafshon_shahri
#Murojaat
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha murojaat o‘rganildi
Nurafshon shahrida joylashgan “Qibray Parranda” MChJ tomonidan hosil bo‘layotgan maishiy va boshqa turdagi chiqindilarning belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilmasligi natijasida hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yomonlashayotgani, chiqindilarning to‘planib qolishi esa atrof-muhit va hududning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Nurafshon shahar obodonlashtirish bo‘limiga murojaat qilinib, holatni o‘rganish va tegishli choralarni ko‘rish so‘raldi. Masala nazoratga olindi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 16 |
| 6 | #Bekobod_shahri
#Murojaat
Bekobodda ochiq suv havzasida ekologik monitoring o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bekobod shahar partiya tashkiloti Kengashi raisi B. Holmatov hamda Bekobod shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi bosh mutaxassisi R. Abdujalilov hamkorligida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida navbatdagi ekologik monitoring o‘tkazildi.
Monitoring davomida ochiq suv havzasida suv jonivorlarini, jumladan, baliq va boshqa suvda yashovchi hayvonot dunyosi vakillarini noqonuniy ovlash holatlarining oldini olish, brakonerlikka qarshi kurashish hamda taqiqlangan baliq ovlash usullari va vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat ishlari olib borildi.
Bunday ekologik monitoring tadbirlari suv havzalarini muhofaza qilish, hayvonot dunyosini asrash va ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida boshqa hududlardagi ochiq suv havzalarida ham davom ettirilmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 18 |
| 7 | #Nurafshon_shahri
#Eko_sana
“Avtomobilsiz kun” — sog‘lom hayot va toza muhit sari qadam!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nurafshon shahar partiya tashkiloti raisi E. Ernazarov “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etdi.
Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, havo sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat.
Avtomobildan imkon qadar kamroq foydalanib, piyoda yurish yoki velosipeddan foydalanish atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatning oddiy va amaliy ko‘rinishlaridan biridir.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 22 |
| 8 | #Ohangaron_shahri
#Ayollar_klubi
Ohangaronda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovna hamda Ohangaron shahar “Ayollar qanoti” faoli ishtirokida partiya dasturidan kelib chiqadigan vazifalar asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlarda obodonlashtirish va tozalikni ta’minlashda jamoatchilikning faol ishtiroki kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, aholining ekologik mas’uliyatini oshirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 21 |
| 9 | #Nurafshon_shahri
#Aksiya
Nurafshonda tozalik aksiyasi o‘tkazildi
Nurafshon shahrining "Toshkent yo‘li" ko‘chasida hududning sanitariya-obodonlik holatini yaxshilash, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tozalash aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida ko‘cha va unga tutash hududlar turli chiqindilardan tozalandi, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hududning tozaligi va ozodaligini saqlash, maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday tadbirlar hududlarda ekologik madaniyatni oshirish va jamoatchilikning atrof-muhitni asrashdagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 22 |
| 10 | #Ohangaron_shahri
#Murojaat
Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovnaga telefon orqali murojaat qilinib, “Qo‘rg‘on” mahallasida yashovchi Mo‘minovlar xonadoniga borish so‘raldi.
Murojaat yuzasidan belgilangan manzilga “Qo‘rg‘on” mahallasidan saylangan deputat Isaev Ulug‘bek bilan birgalikda borilib, murojaatchilar bilan suhbat o‘tkazildi.
Murojaat mazmuni joyida o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 24 |
| 11 | #Piskent_tumani
#Jamoatchilik_eshituvi_monitoring
Piskentda kesilgan 24 tup daraxt yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi
Piskent tumanida 24 tup tol daraxtining kesilishi natijasida tabiatga 218,5 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi. Monitoringda O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, ekopoliya vakillari hamda deputatlar ishtirok etdilar.
O‘rganish davomida kesilgan daraxtlarning holati, ekspertiza xulosasi hamda unga ilova qilingan fotomateriallar ko‘rib chiqildi. Mazkur materiallar yuzasidan qo‘shimcha savollar va aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlar yuzaga keldi.
Jamoatchilik va Ekologik partiya vakillari holatga to‘liq oydinlik kiritish maqsadida qayta xolis va kompleks ekspertiza o‘tkazish, qonunbuzilish holati aniqlangan taqdirda esa aybdorlarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida tegishli choralar ko‘rilishini so‘ramoqda.
Tabiatga yetkazilgan zarar holatlarini o‘rganish va ularga huquqiy baho berish masalalari jamoatchilik nazoratida qolmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 21 |
| 12 | #Ohangaron_shahri
#Murojaat
Chiqindi bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovnaga Ohangaron shahrining “Xonobod” MFY, “Shifokorlar” ko‘chasida maishiy chiqindilar yig‘ilib qolganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, mazkur hududda chiqindilar yig‘ilib qolganligi tasdiqlandi. Holat yuzasidan shu joyning o‘zida “Toza hudud” xodimlari bilan telefon orqali bog‘lanib, murojaat mazmuni tushuntirildi.
Natijada hududdagi chiqindilar olib chiqilib, murojaat ijobiy hal etildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 25 |
| 13 | #Orta_Chirchiq_tumani
#Jamoatchilik_eshituvi_monitoring
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi va deputatlar ishtirokida «Toshkent suv ta’minoti» AJ O‘rta Chirchiq tuman filialida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.
Monitoring davomida tumanda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati, mavjud suv tarmoqlarining texnik holati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, suv bosimi, avariyalarni bartaraf etish jarayonlari hamda ichimlik suvi sifatini laboratoriya nazoratidan o‘tkazish tartibi o‘rganildi.
Filial ma’lumotlariga ko‘ra, tumanda jami 227,4 km ichimlik suv tarmoqlari mavjud bo‘lib, aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 69,9 foizni tashkil etadi. 2026-yil davomida suv ta’minoti masalalari yuzasidan 140 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning asosiy qismi tarmoqlardagi nosozliklar hamda yoz mavsumida suv bosimining pasayishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, eskirgan va ta’mirtalab suv tarmoqlarini bosqichma-bosqich almashtirish, suv bosimi past hududlarda zarur qurilmalar va quvvatli nasoslarni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 2026-yilda ayrim mahallalarda jami 8,1 km ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari rejalashtirilgan va amalga oshirilmoqda.
Monitoring yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar va amalga oshirish muddatlari ko‘rib chiqildi.
Jamoatchilik monitoringi aholi uchun muhim bo‘lgan ichimlik suvi ta’minoti sohasida mavjud holatni o‘rganish, muammolarni aniqlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 25 |
| 14 | #Ohangaron_shahri
#Murojaat
Ichimlik suvi bosimi bo‘yicha murojaat o‘rganildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovnaga “Xonobod” mahallasida yashovchi fuqaro Nuritdinova Mahliyo tomonidan ichimlik suvi bosimining nihoyatda pastligi yuzasidan murojaat qilindi.
Murojaat yuzasidan holat o‘rganilib, ayni vaqtda hududdagi suv quvurlarini yangilash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim nosozliklar vaqtinchalik yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha murojaatchiga tegishli tushuntirishlar berilib, suv ta’minotidagi noqulayliklar quvurlarni yangilash ishlari yakunlangach bartaraf etilishi ma’lum qilindi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 25 |
| 15 | #Angren_shahri
#Eko_debat
Angrenda “Eko-debat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
Angren shahar ekologik partiya tashkiloti tomonidan 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘quvchi-yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini oshirish maqsadida “Eko-debat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Tadbirni Angren shahar ekologik partiya tashkiloti Kengashi raisi kirish so‘zi bilan ochib, bellashuvning maqsadi va o‘tkazilish tartibi haqida ma’lumot berdi. Bellashuv davomida o‘quvchilardan tuzilgan “Tasdiq” va “Inkor” jamoalari “Ekologik mas’uliyatni shakllantirishda rag‘batlantirish jazolashdan samaraliroqdir” mavzusida bahs-munozara olib bordilar. Ishtirokchilar o‘z fikrlarini ilmiy va hayotiy dalillar asosida asoslab, mavzu yuzasidan turli qarashlarini bildirdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Inkor” jamoasi 56 ball bilan 1-o‘rinni, “Tasdiq” jamoasi esa 54 ball bilan 2-o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining tashakkurnomalari hamda shahar partiya tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 24 |
| 16 | #Ohangaron_shahri
#Murojaat
Daraxt shoxlari bo‘yicha murojaat o‘rganildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovnaga Ohangaron shahrining “Xonobod” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan daraxt shoxlarining elektr simlariga tegib qolganligi yuzasidan murojaat qilindi.
Murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan fuqarolarga amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berildi.
Murojaat masalasi belgilangan tartibda nazoratga olinib, xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 27 |
| 17 | #Chirchiq_shahri
#Eko_debat
Chirchiqda “Eko-debat” musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi raisi Zuhriddin Mirzayusupov tashabbusi bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Tabiiy fanlar” fakultetida “Eko-debat” musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘tarinki ruhda, qizg‘in va mazmunli bahslarga boy kechgan tadbirda talaba-qizlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid mavzular yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish, dalillar asosida bahs yuritish hamda o‘z qarashlarini himoya qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga O‘zbekiston Ekologik partiyasining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar esa “Eko-debat” musobaqasining viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chirchiq shahar Kengashining ayollar bilan ishlash bo‘yicha faoli Shoira Mahmudova Rustamovna ham ishtirok etib, musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
“Eko-debat” kabi intellektual bellashuvlar yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish, mustaqil fikrlash va o‘z nuqtayi nazarini asosli himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 27 |
| 18 | #Ohangaron_shahri
#Murojaat
Maktab yonidagi chiqindilar bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
Ohangaron shahridagi 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi yonida to‘planib qolgan maishiy chiqindilar bir necha hafta davomida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar Kengashi raisi Salomat O‘lmasovaga murojaat qilindi.
Murojaat asosida holat joyiga chiqib o‘rganilganda, hududda haqiqatan ham chiqindilar to‘planib qolgani aniqlandi. Masalani tezkor hal etish maqsadida joyning o‘zida Obodonlashtirish bo‘limi mas’ullariga telefon orqali murojaat qilinib, mavjud holat haqida ma’lumot berildi.
Natijada tegishli choralar ko‘rilib, to‘planib qolgan chiqindilar olib chiqildi. Shu tariqa fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 27 |
| 19 | #Qibray_tumani
#Jamoatchilik_eshituvi_monitoring
Qibrayda chiqindilarni boshqarish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qibray tumani Kengashi raisi Avloqul Xudoyqulov tomonidan Qibray tumani “Shalola” MFY hududida joylashgan “Rahnamo servis”da jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Eshituv davomida “Shalola” MFY hududida olib borilayotgan ishlar, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, hududlarda to‘planib qolayotgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda mahallada sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, hudud tozaligiga rioya qilish va ekologik madaniyatni oshirish borasida mahalla aholisi bilan tushuntirish-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda “Rahnamo servis” mas’ul xodimlariga aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berildi. Mahalla faollari esa chiqindilarni belgilangan hududlarga tashlash va hudud tozaligini saqlash bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishga kelishib oldilar.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 34 |
| 20 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Yashil makon”ning mahallalarda yangi bosqichi
Prezidentimizning PF–206-sonli Farmoni (23.09.2026 y.) bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalarning roli va mas’uliyati kuchaytirilmoqda.
2026-yil 1-oktyabrdan respublikada “Tozalik va ozodalik” 2 oyligi o‘tkazilib, yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash hamda ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish choralari ko‘riladi.
Ko‘chat ekish mavsumi:
1-noyabr — Qoraqalpog‘iston va Xorazm;
5-noyabr — Buxoro va Navoiy;
10-noyabr — Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Toshkent shahri;
20-noyabr — Surxondaryo va Qashqadaryo.
2027-yil 1-yanvardan “Yashil mahalla” doirasida “Mahallani yashillashtirish” paketi joriy etiladi.
Har bir mahallaga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiy biriktiriladi. “Mahalla yettiligi” a’zolari har bir ekish mavsumi oldidan qisqa o‘quv kurslarida tayyorlanadi.
Yangi yondashuvning asosiy maqsadi ko‘chat ekishni bir martalik tadbir emas, balki har bir mahallada rejali va mas’uliyatli jarayonga aylantirishdir.
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube | 46 |
