Toshkent viloyati Kengashi
Ir al canal en Telegram
O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi 📍Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Mendeleyev ko'chasi 6 Murojaat uchun tel. +998954761010 • Facebook.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz • @ecopartyuzb_bot
Mostrar más2 762
Suscriptores
-1824 horas
-1217 días
-84730 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+1
en 2 canales
agosto '26
+103
en 2 canales
Get PRO
julio '26
+1 187
en 3 canales
Get PRO
junio '26
+1 316
en 5 canales
Get PRO
mayo '26
+247
en 4 canales
Get PRO
abril '26
+6 093
en 4 canales
Get PRO
marzo '26
+3 825
en 3 canales
Get PRO
febrero '26
+1 004
en 4 canales
Get PRO
enero '26
+722
en 3 canales
Get PRO
diciembre '25
+820
en 6 canales
Get PRO
noviembre '25
+337
en 6 canales
Get PRO
octubre '25
+3
en 2 canales
Get PRO
septiembre '25
+5
en 3 canales
Get PRO
agosto '25
+7
en 0 canales
Get PRO
julio '25
+1 110
en 1 canales
Get PRO
junio '250
en 0 canales
Get PRO
mayo '25
+1
en 0 canales
Get PRO
abril '250
en 1 canales
Get PRO
marzo '25
+18
en 0 canales
Get PRO
febrero '25
+5
en 0 canales
Get PRO
enero '25
+8
en 0 canales
Get PRO
diciembre '24
+3
en 0 canales
Get PRO
noviembre '24
+35
en 1 canales
Get PRO
octubre '24
+7
en 1 canales
Get PRO
septiembre '24
+7
en 0 canales
Get PRO
agosto '24
+1
en 0 canales
Get PRO
julio '24
+6
en 1 canales
Get PRO
junio '24
+105
en 1 canales
Get PRO
mayo '24
+5
en 1 canales
Get PRO
abril '24
+606
en 1 canales
Get PRO
marzo '24
+4
en 1 canales
Get PRO
febrero '24
+3
en 1 canales
Get PRO
enero '24
+74
en 0 canales
Get PRO
diciembre '23
+528
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 14 septiembre | 0 | |||
| 13 septiembre | 0 | |||
| 12 septiembre | 0 | |||
| 11 septiembre | 0 | |||
| 10 septiembre | 0 | |||
| 09 septiembre | 0 | |||
| 08 septiembre | 0 | |||
| 07 septiembre | +1 | |||
| 06 septiembre | 0 | |||
| 05 septiembre | 0 | |||
| 04 septiembre | 0 | |||
| 03 septiembre | 0 | |||
| 02 septiembre | 0 | |||
| 01 septiembre | 0 |
Publicaciones del Canal
+1
#Bostonliq_tumani
#Murojaat
Bo‘stonliq tumanida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi muhokama qilindi
2026-yil 10-sentabr kuni Bo‘stonliq tumani “Birlik” MFY mahalla yettiligi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi maishiy chiqindilarni “Rahnamo Servis” MCHJ tomonidan o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.
Murojaatda chiqindilarning belgilangan muddatlarda olib chiqilmasligi natijasida hududda noxush hid paydo bo‘layotgani va bu holat atrof-muhit hamda sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Mazkur masalani atroflicha o‘rganish va mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida mahalla yettiligi bilan yaqin kunlarda jamoatchilik eshituvi o‘tkazish, unda mas’ul tashkilotlar vakillarining ishtirokini ta’minlash hamda muammo yuzasidan tegishli amaliy choralarni belgilash bo‘yicha kelishib olindi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
| 2 | #Orta_Chirchiq_tumani
#Murojaat
O‘rta Chirchiq tumanida ekologik nazorat masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B. Baxovadinov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi M. Umarova tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi faoliyati hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-363-sonli “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun talablarining hududda bajarilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ekologik nazoratni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, hududlarning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan tartibda boshqarish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish, mahallalarda ekologik nazoratni kuchaytirish va hududlarda tozalik hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 22 |
| 3 | #Ohangaron_shahri
#Davra_suhbati
Ohangaronda bitiruvchi yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovna tashabbusi bilan Ohangaron shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida partiya g‘oyalarini targ‘ib etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarning kelajakdagi maqsad va intilishlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroki hamda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatining ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, ekologik madaniyat va ekologik tarbiyani yosh avlod ongiga singdirish, tabiatni asrash va uning boyliklaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat yakunida Salomat Karimovna bitiruvchi yoshlarni oldinda katta imkoniyatlar va ezgu maqsadlar kutib turganini ta’kidlab, ular hayotining qaysi jabhasida bo‘lishidan qat’i nazar, ekologik tarbiya va tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabat doimo hamroh bo‘lishini tiladi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 13 |
| 4 | #Orta_Chirchiq_tumani
#Murojaat
Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B. Baxovadinov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi M. Umarova tomonidan O‘rta Chirchiq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
2026-yil yanvar–avgust oylarida O‘rta Chirchiq tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
🔹 442 ta oila kambag‘allikdan chiqarish rejasiga kiritilib, 1 701 nafar aholi qamrab olindi;
🔹 1 917 ta xizmat ko‘rsatildi;
🔹 510 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
🔹 192 nafar fuqaro imtiyozli kredit bilan ta’minlandi;
🔹 28 nafar fuqaro subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlandi;
🔹 1 070 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb qilindi;
🔹 117 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, aholi daromadlarini oshirish, fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 14 |
| 5 | #Ohangaron_shahri
#Eko_sana
Ohangaronda Xalqaro turnalar kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimovna tashabbusi bilan Ohangaron shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ekologik sanaga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar ongida qushlarni, xususan, turnalarni asrash va muhofaza qilish, ularning tabiatdagi o‘rni hamda biologik xilma-xillikni saqlashdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga Xalqaro turnalar kuni alohida sana sifatida nishonlanishi, ushbu kunning asosiy maqsadi turnalarni va ularning tabiiy yashash muhitini asrashga jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat ekani haqida ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbir yosh avlodda tabiatga mehr, qushlarga g‘amxo‘rlik va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 22 |
| 6 | #Angren_shahri
#Murojaat
Angrenda chiqindi muammosiga tezkor yechim topildi
Angren shahrida yashovchi fuqarolardan mahalladagi to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat O‘zbekiston Ekologik partiyasi Angren shahar Kengashi raisi tomonidan tezkorlik bilan o‘rganilib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga murojaat yo‘llandi.
Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida hududdagi to‘planib qolgan chiqindilar belgilangan tartibda olib chiqilib, muammo bartaraf etildi. Natijada hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yaxshilandi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Angren shahar Kengashi aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmay, ularni o‘rganish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 26 |
| 7 | #Ohangaron_tumani
#Aksiya
“Toza hudud — sog‘lom hayot!”
Ohangaron tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, hududlarni obod va ko‘rkam holga keltirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida tozalik aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida hududdagi ko‘chalar, yo‘laklar va jamoat joylari turli chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hududlarning sanitariya holatini yaxshilash va tozalikni saqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik, ularni imkon qadar saralab yig‘ish hamda atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Bunday aksiyalar hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash bilan birga, aholining tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 21 |
| 8 | #Angren_shahri
#Jamoatchilik_eshituvi_monitoring
Angrenda chorva mollarini emlash holati yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Angren shahar Kengashi tashabbusi bilan Veterinariya-epidemiologik osoyishtalik va hayvonlar salomatligi bo‘limi hududida chorva mollarini emlash holatini yaxshilash masalasiga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Eshituv davomida aholi xonadonlaridagi qoramollarni o‘z vaqtida emlash, veterinariya xizmatlari samaradorligini oshirish, shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuni bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga chorva mollarini to‘liq emlash, veterinariya-profilaktika tadbirlarini tizimli tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududdagi veterinariya holatini yaxshilash, chorva mollarining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 26 |
| 9 | #Chirchiq_shahri
#Murojaat
21-maktab ma’muriyatining murojaati o‘rganildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi raisi Zuhriddin Mirzayusupovga 21-maktab ma’muriyatidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda ta’lim muassasasi hududida to‘planib qolayotgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda daraxtlarga shakl berish va ularni tartibga keltirish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan mavjud holatni o‘rganish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish hamda maktab hududining obodonligi va ekologik tozaligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 29 |
| 10 | #Toshkent_viloyati
#Sport_forumi
“Sog‘lom turmush tarzi bilan ekologik barqarorlik sari” sport forumiga yakun yasaldi
Ikki kun davom etgan musobaqalar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda tadbirni tashkil etishda faol ishtirok etgan tashkilotchilar kubok, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, musobaqalar davomida o‘zining mahorati va yuqori natijalari bilan ajralib turgan ishtirokchilar ham e’tibordan chetda qolmadi. Futbol yo‘nalishida “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi o‘yinchi” hamda “Eng chiroyli gol muallifi” kabi individual nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom va tashakkurnomalar topshirildi.
Forum davomida o‘zini munosib namoyon etgan, sport mahorati va jamoaviy ruhi bilan ajralib turgan ishtirokchilarning alohida ro‘yxati ham shakllantirildi. Bu esa kelgusida shu kabi sport musobaqalarini yanada kengaytirish, avvalo O‘zbekiston Ekologik partiyasi tizimida, keyinchalik esa boshqa siyosiy partiyalar o‘rtasida ham do‘stona sport musobaqalarini tashkil etish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bilan bir qatorda, partiyalar o‘rtasida do‘stona hamkorlik, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 48 |
| 11 | #Toshkent_viloyati
#Sport_forumi
“Sog‘lom turmush tarzi bilan ekologik barqarorlik sari” shiori ostida sport forumi g‘oliblari aniqlandi
Bugun Bo‘stonliq tumanida “Sog‘lom turmush tarzi bilan ekologik barqarorlik sari” sport forumining yakuniy yarim final va final bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davomida davom etgan shiddatli va murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari jamoalari sportning futbol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Futbol bahslarida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi vakillari chempionlikni qo‘lga kiritib, 1-o‘ringa sazovor bo‘ldilar. Samarqand viloyati vakillari 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Farg‘ona viloyati jamoasi Sirdaryo viloyati vakillarini mag‘lub etib, bronza ya'ni uchinchi o'ringa ega chiqdilar.
Stol tennisi yo‘nalishida esa Jizzax viloyati vakillari yuqori natija qayd etib, 1-o‘rinni egalladilar. Sirdaryo viloyati vakillari 2-o‘rin, Toshkent viloyati jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqalarning yakuniy bosqichlari yuqori sport ruhi, do‘stona raqobat va jamoaviy hamjihatlik muhitida o‘tdi. Forum ishtirokchilari o‘zlarining nafaqat sport mahorati, balki birdamlik va faol hayot tarziga bo‘lgan intilishini ham namoyon etdilar.
Mazkur sport forumi partiya xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy muhitni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlik va do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 76 |
| 12 | #Toshkent_viloyati
#Bostonliq_tumani
#Sport_forumi
Sport musobaqalarining dastlabki bosqichi yakunlandi
Tadbir doirasida futbol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz bellashuvlar ruhida o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, eng kuchli jamoa va ishtirokchilar saralab olinib, ertangi kunning hal qiluvchi yarim final va final bosqichlariga yo‘l oldilar. Endi ular g‘oliblik va munosib natija uchun o‘zaro kuch sinashadilar.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 50 |
| 13 | #Toshkent_viloyati
#Bostonliq_tumani
#Sport_forumi
Bo‘stonliqda “Sog‘lom turmush tarzi bilan ekologik barqarorlik sari” sport forumi o‘tkazildi
Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Sog‘lom turmush tarzi bilan ekologik barqarorlik sari” shiori ostida sport forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputatlari, shuningdek, Toshkent, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahar Kengashlari xodimlari ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar.
Sport forumida futbol va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlar o‘tkazilib, o‘z mahorati va jamoaviy birdamligini namoyon etgan kuchli jamoalar hamda ishtirokchilar saralab olindi hamda musobaqaning yarim final hamda final juftliklari saralab olindi.
Mazkur sport forumining asosiy maqsadi partiya xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy muhit va hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning motivatsiyasini oshirish hamda faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo'ldi.
Shuningdek, tadbir orqali O‘zbekiston Ekologik partiyasining ekologik barqarorlik, sog‘lom hayot tarzi va jamiyat farovonligiga qaratilgan g‘oya va tashabbuslarini partiya xodimlari o‘rtasida ham keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
Sport forumi ishtirokchilarga nafaqat o‘zaro bellashish, balki jamoaviy ruhni kuchaytirish, yangi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yagona maqsad yo‘lida birlashish imkonini berdi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 86 |
| 14 | Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
✅Mohira Xo'jayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube | 29 |
| 15 | #Bostonliq_tumani
#Davra_suhbati
Aholi vakillari bilan davra suhbati o'tkazildi
2026-yil 9-sentabr kuni G‘azalkent shahridagi “Bog‘i Eram” hududida aholi vakillari bilan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida rivojlanayotgan Yangi O‘zbekistonda O‘zbekiston Ekologik partiyasining bugungi kundagi o‘rni, ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi vazifalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, uchrashuvda tuman Kengashi deputati A. Qulbayev ishtirok etib, partiyaning maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan ishlar hamda ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 43 |
| 16 | #Ohangaron_shahri
#Aksiya
Ohangaronda obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi O‘lmasova Salomat Karimovna hamda Ohangaron shahar “Obodonlashtirish bo‘limi” xodimlari hamkorligida tozalik aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida hududning sanitariya va obodonlashtirish holati yaxshilanib, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash, yashil hududlarni asrash hamda fuqarolarda ekologik madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar shahar hududlarini yanada obod va ko‘rkam qilish, ekologik tozalikni ta’minlash hamda jamoatchilikni atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 35 |
| 17 | #Bostonliq_tumani
#Eko_sana
G‘azalkent shahrida yovvoyi tabiatni asrashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2026-yil 9-sentabr kuni G‘azalkent shahridagi 54-sonli maktab-internatda Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tashkil topgan kuniga bag‘ishlangan ekologik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda yovvoyi tabiatni asrash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning biologik xilma-xillikni saqlashdagi ahamiyati hamda ularni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan xalqaro loyihalar, ularning tabiatni asrashdagi o‘rni va mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 31 |
| 18 | #Ohangaron_shahri
#Yosh_ekologlar
Ohangaronda yosh ekologlar ishtirokida ekologik tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron shahar partiya tashkiloti raisi Salomat Karimova hamda Ohangaron shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh ekologlar”i hamkorligida yosh avlodda tabiatga mehr-muhabbat, uni asrab-avaylash va hayvonot dunyosiga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ekologik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilan tabiatni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish haqida suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, yoshlarning tabiatga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 24 |
| 19 | #Bostonliq_tumani
#Yosh_ekologlar
Bo‘stonliqda yosh ekologlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-yil 8-sentabr kuni Bo‘stonliq tumani “Iskandar” MFY hududida joylashgan bolalar sport maydonchasida navbatdagi “Yosh ekologlar” bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, bolalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, tabiatni asrash har bir insonning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yosh avlodda tabiatga mehr va ekologik mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 27 |
| 20 | #Chirchiq_shahri
#Murojaat
Kimyogarlar ko‘chasidagi murojaat ijobiy hal etildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chirchiq shahar Kengashi raisi Zuhriddin Mirzayusupov tomonidan “Kimyogarlar” ko‘chasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaat o‘rganilib, ijobiy hal etildi.
Murojaatda fuqarolar “Kimyogarlar” ko‘chasi hamda “Kimyogarlar” bog‘i hududida to‘planib qolgan chiqindilar yuzasidan shikoyat bildirganlar.
Fuqarolar murojaati inobatga olinib, mas’ul tashkilot vakillari jalb etilgan holda hududdagi chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.
Mazkur masalaning hal etilishi hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, shuningdek, fuqarolar uchun yanada toza va qulay muhit yaratishga xizmat qildi.
Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati
✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube | 38 |
