cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Navoiy viloyat Kengashi

🔶Manzil: Navoiy shahar S.Ayniy ko`chasi 34-uy ☎️Bog`lanish +55 351 50 02 +55 351 50 01 O'zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi rasmiy kanali. Murojaat uchun: @A Jalilov Tel: +998977955000, +998953088585,

Більше
Рекламні дописи
2 355
Підписники
-124 години
-57 днів
-330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi iCRAFT loyihasi doirasida 500 ming tonnalik issiqona gazlari emissiyasi muvaffaqiyatli kamaytirilgani natijasida Jahon bankining Transformasion uglerod aktivlari jamg‘armasi (TCAF) O‘zbekistonga 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi. Bu bilan O‘zbekiston Energetika sektorida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida erishgan natijalari evaziga Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Yuqorida keltirilgan to‘lov O‘zbekiston hukumati va Jahon banki o‘rtasida iCRAFT loyihasi doirasida tuzilgan Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi bo‘yicha kutilayotgan bir nechta transhlarning birinchisidir. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2024 yil 11 iyuldagi 28-sonida o‘qing: ✅ Endi energiyani tejashning aniq qonuniy talablari bo‘ladi ✅ Maktabda tibbiy xizmat qoniqarli ahvoldami? Vazirning parlament so‘roviga yuborgan javobi ✅ Mansabdor har bir kesgan daraxti uchun 100 tup ko‘chat ekadi ✅ Mo‘ynoq BMT e’tiborida ✅ Qaysi turdagi ekologik huquqbuzarliklar ko‘proq aniqlanyapti? ✅ «Marshrutka»ga terlab-pishgan yo‘lovchidan nechtasi sig‘adi? Web ilova orqali o‘qishFacebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun 11-iyul haftaning payshanba kuni. BMT – Butunjahon aholi kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1987-yil 11-iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, Yer aholisi 5 milliard kishini tashkil etdi – bu kun Besh milliard kuni deb nomlangan. 1990-yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 45/216-rezolyutsiyasini qabul qildi va xalqaro bayram – Butunjahon aholi kunini (Jahon aholi kunini) ta’sis etdi, u har yili 11-iyulda aholi muammolari, shu jumladan ularning atrof-muhit bilan munosabatlari haqida xabardorlikni oshirish va rivojlanishga qaror qildi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya
Показати все...
03:20
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Abdushukur Xamzayev O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, professor:
Bugun butun dunyoda tuproq degradatsiyasining kuchayishi, cho‘llanish darajasining oshishi, suv taqchilligining ortishi, oziq-ovqat mahsulotlari tannarxi ko‘tarilish tendensiyasi ketayotganligi hammamizga ma’lum. Mazkur muammolarni bartaraf etishda eng avvalo yangi, ilg‘or texnologiyalar hamda ularni amaliyotga joriy etadigan kadrlarga ta’lab juda yuqori. Bugungi forum esa aynan shu masalalarga bag‘ishlangani, sohada faoliyat olib borayotgan, davlat arboblari, siyosatchilar, olimlarni bir platformaga jamlagani bilan ham barcha ishtirokchi davlatlar vakillari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
IMG_1790.MP439.71 MB
Jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda Dono xalqimizda: “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan purma’no hikmat bor. Jumladan, Zarafshon shahar Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Sh.Xamroyev homiy sifatida joriy yil “Yashil makon” umummiliy loyihasining bahorgi mavsumida Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashillikni ko‘paytirish maqsadida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari olib berilib, mahalla faolari ishtirokida daraxt ekish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu ekilgan daraxt ko‘chatlarining parvarishi bo‘yicha bo‘yicha shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan mas’ul biriktirilgan edi. Yozning issiq kunlarida daraxt ko‘chatlarini tez-tez sug‘orish uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu maqsadda, bugun yuqorida qayd etilgan daraxt ko‘chatlarinig rivojlanishi bo‘yicha shahar partiya tashkiloti raisi va deputat tomonidan monitoring ishlari olib borildi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇👇 Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Yashil_energiya 10 iyul – Butunjahon energetik mustaqillik kuni 2006 yildan buyon 10 iyulda Butunjahon energetik mustaqillik kuni nishonlanadi. Bu sana ko‘mir, neft va tabiiy gaz o‘rniga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida ta’sis etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha iste’mol qilinadigan energiyaning 80 foizi tabiiy gaz, ko‘mir va neftga to‘g‘ri keladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga esa quyosh, shamol, gidro va bioenergiya kiradi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇👇 Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya
Показати все...
Ikkita ko'p yillik tut daraxtlari partiya muhofazasiga olindi O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Qiziltepa tuman partiya tashkilotiga saylangan deputat G.Safarov boshchiligida tuman partiya tashkiloti raisi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qiziltepa tuman bo‘limi xodimi hamda mahalla raisi bilan birgalikda Xusharti MFY, Xusharti ko‘chasi 3-uyda yashovchi Aminov Shamsiddin boboning xonadonidagi 100 yoshdan oshgan 2 ta tut daraxtlari partiya muhofazasiga olinib, ularga tabiat yodgorligi maqomi berildi va xonadon egalariga ushbu daraxtlarni asrash, ularni kesmaslik bo‘yicha tushuncha berildi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇👇 Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
«Mening bog‘im» loyihasining 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi Xabaringiz bor joriy yilning 10 iyunidan “Yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihasiga start berilgan edi. Open Budget tarkibidagi mazkur loyihaning 1-mavsumida 215 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. 15 kun ichida loyihada «Ochiq byudjet» portali orqali 53 mingtadan ortiq ovoz berildi, yakunda 738 tadan 215 ta tashabbus uchun mablag‘ ajratilishi belgilandi. Gʻolib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu loyiha respublikada yashillik darajasini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показати все...
00:55
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Joriy yilning 9-12-iyul kunlari Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (Xitoy) Toshkent davlat agrar universiteti (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Ipak yo‘lining qishloq xo‘jaligi ta’limi va fani sohasidagi innovasion hamkorlik Alyansining navbatdagi “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha IX Forumi va Ipak yo‘li Alyansining yillik yig‘ilishi”larini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbirda 10 ta mamlakat, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy-ta’lim muassasalari va korxonalaridan jami 200 nafar vakil ishtirok etishi kutilmoqda. Mintaqaviy qishloq xo‘jaligi oliy ta’limining yuqori sifatli uyg‘unlashgan rivojlanishiga hamda qishloq xo‘jaligi ta’limi va fanining taraqqiyotiga xizmat qiluvchi mazkur forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi, professor Abdushukur Xamzayev ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etadi. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Показати все...
IMG_7707.MP420.06 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Avtomobillarga ekostikerlar berish 2025 yilda boshlanadi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga ishlab chiqarishlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda: ➖ binolarning tomlari va fasadlariga quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish uchun davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun loyiha hujjatlarini taqdim etish talabini bekor qilish; ➖ atrof-muhitga va unga tutash hududlarga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat korxonalarida "yashil belbog‘lar" yaratish va etishtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish; ➖ “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini o‘zgartirish. U 2025 yil 1 martda boshlanadi (2024 yil 1 iyundan boshlab edi). Xuddi shu kundan boshlab transport vositalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Показати все...
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.