ru
Feedback
Toshkent viloyati Kengashi

Toshkent viloyati Kengashi

Открыть в Telegram

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi 📍Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Mendeleyev ko'chasi 6 Murojaat uchun tel. +998954761010 • Facebook.com/ecopartyuzbYouTube.com/c/ecouz@ecopartyuzb_bot

Больше
3 894
Подписчики
-1024 часа
-857 дней
+78430 день

Загрузка данных...

Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июнь '26
июнь '26
+1 316
в 5 каналах
май '26
+247
в 4 каналах
Get PRO
апрель '26
+6 093
в 4 каналах
Get PRO
март '26
+3 825
в 3 каналах
Get PRO
февраль '26
+1 004
в 4 каналах
Get PRO
январь '26
+722
в 3 каналах
Get PRO
декабрь '25
+820
в 6 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+337
в 5 каналах
Get PRO
октябрь '25
+3
в 2 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+5
в 3 каналах
Get PRO
август '25
+7
в 0 каналах
Get PRO
июль '25
+1 110
в 1 каналах
Get PRO
июнь '250
в 0 каналах
Get PRO
май '25
+1
в 0 каналах
Get PRO
апрель '250
в 1 каналах
Get PRO
март '25
+18
в 0 каналах
Get PRO
февраль '25
+5
в 0 каналах
Get PRO
январь '25
+8
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '24
+3
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+35
в 1 каналах
Get PRO
октябрь '24
+7
в 1 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+7
в 0 каналах
Get PRO
август '24
+1
в 0 каналах
Get PRO
июль '24
+6
в 1 каналах
Get PRO
июнь '24
+105
в 1 каналах
Get PRO
май '24
+5
в 1 каналах
Get PRO
апрель '24
+606
в 1 каналах
Get PRO
март '24
+4
в 1 каналах
Get PRO
февраль '24
+3
в 1 каналах
Get PRO
январь '24
+74
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '23
+528
в 0 каналах
Дата
Привлечение подписчиков
Упоминания
Каналы
27 июня0
26 июня0
25 июня0
24 июня0
23 июня+16
22 июня+11
21 июня0
20 июня0
19 июня0
18 июня+25
17 июня+9
16 июня+11
15 июня0
14 июня0
13 июня0
12 июня+10
11 июня+28
10 июня0
09 июня+18
08 июня+18
07 июня0
06 июня0
05 июня0
04 июня+1
03 июня+10
02 июня+1 138
01 июня+21
Посты канала
#Qibray_tumani #Deputat_hududda MFY raisining murojaati o‘rganildi: ko‘prik ta’miri masalasi nazoratga olindi Oliy Majlis Qon
+4
#Qibray_tumani #Deputat_hududda MFY raisining murojaati o‘rganildi: ko‘prik ta’miri masalasi nazoratga olindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish tadbirlari davomida Qibray tumanidagi “O‘tkir” MFY raisi G'oziyev Shavkat Ismoilovichning murojaati o‘rganildi. Murojaatda Qibray tumanidagi “O‘tkir”, “Tinchlik” va “Mirzo Ulug‘bek” mahallalarini Toshkent shahri bilan bog‘lab turuvchi ko‘prikning bugungi holati, uning ta’mirtalabligi hamda rekonstruksiya ishlariga ehtiyoj mavjudligi bayon etilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘prikning oxirgi rekonstruksiya ishlari 1970-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunda foydalanish jarayonida ta’mirlash va yangilash zarurati yuzaga kelgan. Uzunligi 20 metr, eni 5 metr bo‘lgan ushbu ko‘prikning Gidroelektr stansiyasi oldida joylashgani ham uning ahamiyatini yanada oshiradi. Deputat Mohira Xodjayeva tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud holat tahlil qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur masalani Respublika miqyosida ko‘rib chiqish va tegishli choralar belgilash bo‘yicha kelishib olindi. Aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma obyektlarini o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmatitelegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube

2
#Qibray_tumani #Deputat_hududda "Mustaqillik" mahallasida ijtimoiy va jamoat xavfsizligi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi Oli+3
#Qibray_tumani #Deputat_hududda "Mustaqillik" mahallasida ijtimoiy va jamoat xavfsizligi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish tadbirlarining navbatdagi manzili “Mustaqillik” MFY bo‘ldi. O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun xavfsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida mahalla mas’ullari tomonidan hududdagi mavjud holat, aholi bilan olib borilayotgan ishlar hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, “Mustaqillik” MFYda bugungi kunda 3965 nafar aholi istiqomat qilishi, hududda 1000 ta xonadon va 1328 ta oila mavjudligi ma’lum qilindi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 35 nafar fuqaro bilan manzilli ishlar olib borilayotgani qayd etildi. O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi. Mahallada bu yo‘nalishda olib borilayotgan tizimli ishlar yig‘ilganlar tomonidan ijobiy baholanib, aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Uchrashuv davomida mavjud muammolar, aholi tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar ham tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar ilgari surildi. Mazkur o‘rganishlar hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, muammolarni joyida o‘rganish va samarali yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilmoqda. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
16
3
#Qibray_tumani #Deputat_hududda “Bolajon” xususiy bog‘chasi faoliyati o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mo+4
#Qibray_tumani #Deputat_hududda “Bolajon” xususiy bog‘chasi faoliyati o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan Qibray tumanidagi “O‘tkir” MFY hududida joylashgan “Bolajon” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida bog‘chaning faoliyati, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur bog‘cha bundan ikki yil avval o‘z faoliyatini 6 nafar tarbiyalanuvchi bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda unda 40 nafardan ortiq bolajonlar tarbiyalanmoqda. Bog‘chaga 2–2,5 yoshdan boshlab bolalar qabul qilinib, ular uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilgan. Tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilgan bo‘lib, bolalarning bilim olishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, bolajonlarning sog‘lom voyaga yetishi uchun ularning ovqatlanish ratsioni ham doimiy nazorat ostida ekani qayd etildi. O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim sohasida tadbirkorlik tashabbuslari, sifatli ta’lim-tarbiya va bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
14
4
#Qibray_tumani #Deputat_hududda Eski chiqindixona o‘rnidagi yashil hudud o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati+5
#Qibray_tumani #Deputat_hududda Eski chiqindixona o‘rnidagi yashil hudud o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva Qibray tumanida ilgari chiqindixona sifatida foydalanilgan, bugungi kunda esa “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obod va ko‘kalamzor hududga aylantirilgan manzilni o‘rgandi. O‘rganish jarayonida hududni ekologik jihatdan tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum qilinishicha, avval chiqindilar to‘liq olib tashlangan, zararlangan tuproq qatlami chiqarib tashlanib, uning o‘rniga unumdor va toza tuproq yotqizilgan. Hozirda 7 gektarlik mazkur hudud 12 nafar fuqaroga biriktirilib, ular tomonidan bu yerda 5000 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilgan. Natijada ilgari atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan hudud bugungi kunda yashil va obod maskanga aylangan. Mazkur tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan yuqori baholanib, bunday ekologik loyihalarni yanada kengaytirish, hududlarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasining hududiy tashkilotlari tomonidan aholida, ayniqsa yoshlar orasida tabiatga mehr va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ishlarni yanada faollashtirish zarurligi qayd etildi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
15
5
#Qibray_tumani #Deputat_hududda Qibray tumanida mahalla faoliyati va ijtimoiy muhit o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palata+7
#Qibray_tumani #Deputat_hududda Qibray tumanida mahalla faoliyati va ijtimoiy muhit o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayevaning o‘rganish ishlari bugun Qibray tumanida davom ettirildi. Dastlabki manzil sifatida tumandagi “O‘tkir” MFY tanlab olindi. Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar atroflicha o‘rganildi. Amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda mahalla jinoyatchilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yashil” hududda bo‘lib, bu yerda jinoyatchilik deyarli uchramaydi va hudud namunali mahallalardan biri hisoblanadi. Shuningdek ushbu MFYda vaziyatlar markaziga to'g'ridan-to'g'ri ulangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda monitoringni kuchaytirish maqsadida "situatson markaz" xonasi tashkil etilgan bo'lib, bu orqali mahallda jinoyatchilikni yanada pasaytirish ko'zda tutilgan. “O‘tkir” MFY bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar: Aholi soni — 3942 nafar Xonadonlar — 700 ta Oilalar — 1010 ta Yoshlar — 688 nafar Kam ta’minlanganlar — 35 ta Shuningdek, deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi holati bilan ham yaqindan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, mahallada aynan shu qatlam bilan tizimli ishlar olib borilayotgani natijasida kam ta’minlanganlar soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Bu kabi o‘rganishlar joylarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda xavfsiz muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
18
6
#Chirchiq_shahri #Deputat_faoliyati Deputatlik so‘rovlari natija berdi Chirchiq shahri, Vohid Haydarov MFY aholisi tomonidan
#Chirchiq_shahri #Deputat_faoliyati Deputatlik so‘rovlari natija berdi Chirchiq shahri, Vohid Haydarov MFY aholisi tomonidan yo‘llangan jamoaviy murojaat asosida "Firdavs" kafesi faoliyati yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari bo‘yicha mas’ul idoralar tomonidan tegishli choralar ko‘rildi. Sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Shuningdek, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan qo‘shimcha qurilmalar va inshootlar olib tashlandi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Bu deputatlik so‘rovlari va fuqarolar murojaatlari amalda natija berayotganining yana bir isbotidir. Biz tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo har qanday biznes aholining tinchligi, sog‘lig‘i va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasligi shart. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonun talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati davom etadi. Zokir Xalmuhamedov Chirchiq shahar Kengashi deputati
24
7
Assalomu alaykum hurmatli PIRMUHAMEDOV SHERZOD BATIROVICH. Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga m
Assalomu alaykum hurmatli PIRMUHAMEDOV SHERZOD BATIROVICH. Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik-salomatlik tilaymiz. Yurtimiz, shahrimiz rivoji uchun qo'shayotgan hissangiz, qilayotgan ezgu ishlaringizda hamda kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz. Oila a'zolaringiz, yaqin insonlaringiz baxtiga doimo sog' bo'ling. Oilangizga tinchlik xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka tilaymiz! TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN! Hurmat bilan O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi va jamoasi ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
53
8
#Chirchiq_shahri #Deputat_hududda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan kuni kecha Chirchiq sh
#Chirchiq_shahri #Deputat_hududda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan kuni kecha Chirchiq shahrida o'tkazilgan o'rganish tadbirlaridan olingan lavhalar Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
34
9
#Bostonliq_tumani #Deputat_hududda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi dep+6
#Bostonliq_tumani #Deputat_hududda “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan hududlarda olib borilayotgan tadbirlarning bugungi kun uchun so'ngi manzilli — akademik Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq filiali bo‘ldi. O‘rganishdan asosiy maqsad — “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil davom ettirish hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF-90-son, 30.05.2025-y.) ijrosini ta’minlash va nazorat qilishdan iborat bo‘ldi. O‘rganish jarayonida institut filialida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, hududda 20 dan ortiq turdagi daraxt va o‘simliklar, jumladan, 15 dan ortiq mevali hamda 8 xil manzarali daraxt navlarini yetishtirish va ekish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, filialda yiliga 15 mingdan 20 mingtagacha ko‘chat yetishtirilayotgani, bu esa mamlakatimizda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi vazifalarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. O‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish hajmini oshirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
34
10
#Chirchiq_shahri #Deputat_hududda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan o'tkazilgan Chirchiq s
#Chirchiq_shahri #Deputat_hududda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan o'tkazilgan Chirchiq shahrida o'tkazilgan xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari hamda dolzarb masalalar muhokamasidan olingan lavhalar Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
28
11
#Bostonliq_tumani #Deputat_hududda Tibbiyot xizmatlari sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchil+7
#Bostonliq_tumani #Deputat_hududda Tibbiyot xizmatlari sifati va raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi manzil — Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi “Chorbog‘” oilaviy poliklinikasi bo‘ldi. O‘rganish jarayonida muassasada bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda raqamli tibbiyot tizimi — Dmed platformasi orqali amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur oilaviy poliklinika hududdagi 7 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat ko‘rsatib, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. Muassasada bemorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar zamonaviy talablarga mos ekanligi, tibbiy xizmatlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish esa jarayonlarning tezkorligi va shaffofligini ta’minlayotganligi qayd etildi. O‘rganish davomida “Chorbog‘” oilaviy poliklinikasi oliy toifali bosh hamshirasi Dadamatova Roza tomonidan tizim faoliyatiga oid taklif va mulohazalar bildirildi. Jumladan, Dmed platformasida xatolik bilan kiritilgan ma’lumotlarni joyida tahrirlash imkoniyati mavjud emasligi ayrim amaliy muammolarni keltirib chiqarayotgani, shu bois poliklinika mas’ul xodimlariga ma’lumotlarni qayta ishlash va tahrirlash imkonini beruvchi maxsus kirish huquqlarini taqdim etish zarurligi ta’kidlandi. Bildirilgan takliflar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan ushbu masala bo‘yicha tegishli mutasaddilarga murojaat qilinishi va yechim topish choralari ko‘rilishi qayd etildi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
24
12
#Deputat_hududda #Bostonliq_tumani Xo'jakent mahallasida olib borilayotgan tizimli ishlar: rivojlanish va xavfsizlik masalala+4
#Deputat_hududda #Bostonliq_tumani Xo'jakent mahallasida olib borilayotgan tizimli ishlar: rivojlanish va xavfsizlik masalalari muhokamada Bo'stonliq tumanidagi bugungi o‘rganish tadbirlari davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva boshchiligida tumandagi “Xo'jakent” MFYda hokim yordamchisi Amonov Ruslan Yusuvaliyevich bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta'minlash hamda xavsiz muhitni shakllantirishga doir vazifalar ijrosi atroflicha o‘rganildi. Amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur uchrashuv hududlarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, aholi farovonligini oshirish hamda xavfsiz muhitni ta’minlashda ayniqsa muhimdir. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
27
13
#Bostonliq_tumani #Deputat_hududda Bo‘stonliqda ta’lim sifati va o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi Oliy Majlis Q+9
#Bostonliq_tumani #Deputat_hududda Bo‘stonliqda ta’lim sifati va o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva bilan birgalikda Bo‘stonliq tumanida aholining talab va takliflarini o‘rganish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada oshirish maqsadida o‘rganish ishlari davom ettirildi. Navbatdagi manzillar tumandagi 16-maktab hamda “Turon International” xususiy maktabi bo‘ldi. Dastlabki manzil: Turon ta’lim muassasida hozirda 150 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani, Bo‘stonliq tumanidagi filial esa 2025-yil noyabr oyida faoliyat boshlagani ma’lum qilindi. Shunga qaramasdan, qisqa fursat ichida o‘quvchilarning natijalari yuqori darajaga chiqib, ular xalqaro sertifikatlar — SAT va IELTS kabi sinovlarda yuqori natijalar qayd etishni boshlagani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, deputat tomonidan maktab oshxonasi ham ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarning kundalik ovqatlanish ratsioni bilan yaqindan tanishildi. Oshxonadagi tozalik va tartib-intizom mas’ullarda ijobiy taassurot qoldirdi. Ushbu maktabdan qolishmagan holda 16-maktabda ham zamonaviy maktab jiholzlari olinayotgani hamda yangi metodikaga ega malakali o'qituvchilar jalb qilinib, o'quvchilarning yuqori darajada bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ma'lum bo'ldi.
29
14
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri Yoshlar festivali: kuchli tayyorgarlik va yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbir Kuni kecha Oli+9
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri Yoshlar festivali: kuchli tayyorgarlik va yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbir Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yoshlar festivali”ga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Tadbir “Kimyogarlar” madaniyat saroyi hovlisida o‘tkazilib, unga puxta tayyorgarlik ko‘rilgani alohida e’tirof etildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur festivalni tashkil etish uchun jami 210 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, unda 5500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishi kutilgan. Festival kuni kecha soat 19:00 da boshlanib, 22:00 ga qadar davom etdi hamda ko‘tarinki ruh, yuqori kayfiyatda o'tkazildi va ushbu festivalga kutilganidan ko'proq tomoshabinlar yig'ilishdi. Ushbu tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va salohiyatini namoyon etish, shuningdek, jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qildi. Bunday keng ko‘lamli festivallar yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
30
15
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri Reabilitatsiya markazi faoliyati o‘rganildi va tegishli xulosalar qilindi Oliy Majlis Qonun+4
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri Reabilitatsiya markazi faoliyati o‘rganildi va tegishli xulosalar qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam Chirchiq” AJga qarashli tibbiy reabilitatsiya markazi faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida markazda davolanayotgan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy davolash imkoniyatlari hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishildi. O‘rganishlar natijasida markazning namunali faoliyati mas’ullarda ijobiy taassurot uyg‘otdi. Ayniqsa, bu yerda yaratilgan qulay sharoitlar sabab nafaqat mahalliy fuqarolar, balki chet ellik mehmonlar ham davolanayotgani alohida ta’kidlandi. Bu esa o‘z navbatida nafaqat markaz faoliyatining yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini, balki yurtimiz nufuzini xalqaro miqyosda mustahkamlashga ham xizmat qilayotganini ko‘rsatadi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
32
16
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri Qurilish sohasida islohotlar ijrosi o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mo+3
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri Qurilish sohasida islohotlar ijrosi o‘rganildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Chirchiq shahrida o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish tadbiri doirasida “Prestige Group” MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra qurilish loyihasining umumiy maydoni jami 7500 kvadrat metrdan iborat bo'lib, joriy yilning oktabr oyigacha qurilish yakuniga yetkazilishi rejalashtirilgan. Qurilish obyektida sifatli materiallardan foydalanilayotgan bo'lib, qurilish chiqindilari belgilangan tartibda bartaraf etilayotgani hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatilmayotgani aniqlandi. Shuningdek, korxona faoliyatida ekologik talablarga rioya etilayotgani, qurilish jarayonlari zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilgani e’tirof etildi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
21
17
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri “Dolzarb 90 kun" loyihasi: Chirchiqdagi maktabda o‘rganish ishlari olib borildi Oliy Majlis+9
#Deputat_hududda #Chirchiq_shahri “Dolzarb 90 kun" loyihasi: Chirchiqdagi maktabda o‘rganish ishlari olib borildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi mas’ul xodimlari bilan birgalikda Chirchiq shahridagi 11-maktabda o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o'rganish tadbiri davlatimiz rahbarining maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalari asosida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etildi. O‘rganish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani aniqlandi. Xususan, maktabda mental arifmetika, raqs, badiiy gimnastika kabi to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning nafaqat bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishiga, balki ularning jismoniy va aqliy rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, sinf xonalarining zamonaviy tarzda ta’mirlangani, o‘quvchilar uchun qulay va barcha zarur sharoitlar yaratilgani ham alohida e’tirof etildi. Bu kabi amaliy ishlar yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
1 254
18
#Ohangaron_tumani #TV_Radio O'zbekiston Ekologik partiyasi Ohangaron tumani Kengashi raisi Gulshoda Abilovaning O'zbekiston radiosiga bergan intervyusidan audiolavha. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
35
19
#Chirchiq_shahri #Deputat_hududda Chirchiq shahrida muammolar o‘rganilib, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi Oliy Majlis Q+4
#Chirchiq_shahri #Deputat_hududda Chirchiq shahrida muammolar o‘rganilib, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xodjayeva tomonidan bugungi o'rganishlar davomida hududdagi qator yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, Chirchiq shahar mahalla uyushmasi, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari, shuningdek, xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. O‘rganish jarayonida aholi bilan ishlash tizimi, hududlarda yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, tashrif doirasida Chirchiq shahridagi faoliyati bilan namuna bo‘layotgan hududlarni o‘rganish, ularning ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va ijobiy natijalarni boshqa hududlarda ham qo‘llash bo‘yicha bugungi ustuvor rejalar belgilab olindi. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
35
20
#Qibray_tumani #TV_Radio O'zbekiston Ekologik partiyasi Qibray tumani Kengashi raisi Avloqul Xudoyqulovning O'zbekiston radiosiga bergan intervyusidan audiolavha. Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati ✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
47