Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Відкрити в Telegram
Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali Murojaat uchun: https://t.me/csti_murojaat_bot
Показати більше4 095
Підписники
+124 години
-157 днів
-6830 день
Архів дописів
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
🤖 Ilmiy tadqiqotlar uchun foydali AI platformalari
Sun’iy intellekt asosidagi ushbu platformalar ilmiy maqolalarni tahlil qilish, adabiyotlar sharhini tayyorlash, matnni akademik uslubda tahrirlash va ilmiy yozuv jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi.
✅ Scholarcy
🔵https://www.scholarcy.com 📄 Ilmiy maqolalarni avtomatik tahlil qilib, asosiy g‘oya, metodologiya, natijalar va xulosalarni qisqacha ajratib beradi.✅ SciSpace
🔵https://scispace.com Ilmiy maqolalarni tushuntirish, PDF hujjatlar bilan AI chat, adabiyotlar qidiruvi, iqtibos (citation) yaratish, literature review tayyorlash hamda ilmiy maqola yozishda yordam beradi.✅ Paperpal
🔵https://paperpal.com Ilmiy maqolalarni akademik uslubda tahrirlaydi, grammatik xatolarni tekshiradi, AI yozuv yordamchisi sifatida ishlaydi, plagiatni aniqlash va maqolani jurnalga yuborishdan oldingi sifat nazoratini amalga oshiradi.✅ Paper Digest
🔵https://www.paperdigest.org Ilmiy maqolalarni qisqacha tahlil qiladi, literature review tayyorlash, mavzuga oid maqolalarni topish va ilmiy g‘oyalarni umumlashtirishga yordam beradi.✅ Researcher.Life
🔵 https://researcher.life Paperpal, Journal Finder, Mind the Graph va boshqa akademik AI vositalarini yagona platformada jamlaydi.✅ SciSummary
🔵https://scisummary.com Ilmiy maqolalarni AI yordamida qisqacha tahlil qiladi, Abstract, Methods, Results va Conclusion bo‘limlari bo‘yicha strukturali xulosa tayyorlaydi. Shuningdek, PDF bilan AI chat, bir nechta maqolalarni taqqoslash va asosiy natijalarni tez ajratib olish imkonini beradi.✅ QuillBot
🔵https://quillbot.com Matnni parafraz qilish (paraphrasing), grammatik xatolarni tuzatish, akademik uslubni yaxshilash va matnni qisqartirishda yordam beradi.Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
💻 Sun’iy intellekt sohasidagi startaplar uchun Prezident tanlovi e’lon qilindi
O‘zbekistonda “President AI Award” — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan innovatsion startaplar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda O‘zbekiston fuqarolari va doimiy rezidentlaridan iborat, 3 nafardan 8 nafargacha a’zoga ega jamoalar ishtirok etishi mumkin. Loyiha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi lozim.
G‘olib jamoalar uchun investitsiya mablag‘lari ajratiladi:
🔘 1-o‘rin — 100 ming AQSH dollari;
🔘 2-o‘rin — 60 ming AQSH dollari;
🔘 3-o‘rin — 40 ming AQSH dollari.
Shuningdek, tanlovning 15 ta eng yaxshi jamoasi uchun umumiy investitsiya fondi shakllantiriladi. Ishtirok etish bepul.
✅ Arizalar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi.
➡️ Batafsil: https://awards.gov.uz/uz/paia
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
ScienceID tizimida telefon raqamini qanday oʻzgartirish mumkin?
ScienceID tizimiga kirish uchun foydalanayotgan telefon raqamingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring:
1️⃣ Browser orqali id.ilmiy.uz saytiga kiring va «Tizimga kirish» tugmasini bosing. 2️⃣ Ochilgan sahifada «Telefon raqamini oʻzgartirish» boʻlimini tanlang. 3️⃣ «OneID orqali tiklash» tugmasini bosing va OneID akkauntingizning login hamda parolini kiriting. 4️⃣ Tizimga muvaffaqiyatli kirgach, yangi kiritilgan telefon raqamingizga yuborilgan tasdiqlash kodini tegishli maydonga kiriting va oʻzgarishni tasdiqlang.✅ Barchasi tayyor! Endi ScienceID tizimiga yangi telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
ScienceID tizimida telefon raqamini qanday oʻzgartirish mumkin?
ScienceID tizimiga kirish uchun foydalanayotgan telefon raqamingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, quyidagi oddiy bosqichlarni bajaring:
1️⃣ Browser orqali id.ilmiy.uz saytiga kiring va «Tizimga kirish» tugmasini bosing. 2️⃣ Ochilgan sahifada «Telefon raqamini oʻzgartirish» boʻlimini tanlang. 3️⃣ «OneID orqali tiklash» tugmasini bosing va OneID akkauntingizning login hamda parolini kiriting. 4️⃣ Tizimga muvaffaqiyatli kirgach, yangi kiritilgan telefon raqamingizga yuborilgan tasdiqlash kodini tegishli maydonga kiriting va oʻzgarishni tasdiqlang.✅ Barchasi tayyor! Endi ScienceID tizimiga yangi telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#Matbuot_sahifalarida
“Ilm bozorga chiqishi uchun bitta idora emas, butun zanjir ishlashi kerak”
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 29-iyuldagi 152-sonida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b Asror Norovning maqolasi eʼlon qilindi.
Bugun ilm-fan, taʼlim, ishlab chiqarish va innovatsiyani bir-biriga bog‘lash masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilmoqda. Asosiy talab aniq, ilmiy natija faqat hisobot, maqola yoki dissertatsiya doirasida qolib ketmasligi, iqtisodiyotga, tarmoqlarga va odamlar hayotiga real foyda berishi kerak. Chunki ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish bitta qaror, bitta tanlov yoki bitta tashkilot bilan hal bo‘ladigan ish emas.➡️ Maqolada ilgari surilgan asosiy g‘oyalar: -Har bir tarmoq o‘z muammosini ilm bilan yechishga masʼul bo‘lishi kerak. - G‘alvir suvdan ko‘tarilganda o‘rtaga tashlanadigan savol “Nechta maqola yozildi” emas, “Ishlanma qayerda ishladi, qancha xarajatni tejadi, kimga foyda berdi, qancha daromad keltirdi?” kabi shaklda berilishi kerak. -Tijoratlashtirish endi “olim yaratadi, keyin kimdir sotadi” degan eski yondashuv bilan emas, konsorsium, klaster, tarmoq va bozor birga ishlaydigan tizim orqali rivojlanishi kerak. - Ilm-fanni tijoratlashtirish nima uchun muhim? Chunki ilm javonda yotsa — xarajat. Amaliyotga kirsa — daromad. Korxonada ishlasa — texnologiya. Odamlarga foyda bersa — taraqqiyot. ⚡️ Maqolani o‘qish
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
#Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!00:12 – Neuralink falajlangan insonlarga fikr orqali nogironlar aravachasini boshqarish imkonini berdi; 00:53 – Ko‘rish qobiliyatini tiklashga xizmat qiluvchi implant Yevropa bozoriga chiqmoqda; 01:39 – Xalqaro olimlar guruhi o‘pka saratoniga qarshi yangi preparatni sinovdan o‘tkazmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#InnoWeek_2026
‼️‼️‼️
✅ InnoWeek–2026'da ishtirok etishni rejalashtiryapsizmi?
Siz uchun InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qisqa videoqo‘llanma tayyorlandi.
➡️ 27–29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
🖥 Rasmiy sayt: innoweek.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#InnoWeek_2026
Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, jurnal muharrirlari va akademik halollik sohasi mutaxassislari diqqatiga!
InnoWeek-2026 doirasida tashkil etilayotgan “Ilmiy noshirlik madaniyati va akademik halollik” xalqaro forumida ishtirok eting!
Muhokama qilinadigan mavzular: ⚫️Akademik halollik; ⚫️ Plagiat va sunʼiy intellekt (AI); ⚫️ Nashriyot etikasi; ⚫️ Ilmiy baholash; ⚫️ Open Access strategiyalari.➡️ Tadbirda ICAI, ENAI, COPE, DORA kabi xalqaro tashkilotlar vakillari spiker sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Sana: 2026-yil, 27-oktabr O‘tkazilish joyi: CAEx 🖥 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://innoweek.uz
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “ Robotexnika va nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:24 – KAIST va Stanford olimlari insonni avtomatik kiyintiruvchi robotlashtirilgan kiyimni ishlab chiqdi;
01:11 – Mistral AI sanoat robotlari uchun yangi avlod sun’iy intellekt modelini taqdim etdi;
02:04 – Nanotexnologiyada 20 yillik muammo o‘z yechimini topdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#xalqaro_hamkorlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Islom hamkorlik tashkilotining Statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar hamda o‘quv markazi (SESRIC) bilan Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida tomonlar o‘z faoliyati, amalga oshirilayotgan tashabbuslar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda ilm-fan, texnologiyalar, innovatsiyalar hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuvda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, tajriba va bilim almashish, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzolash istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish, hamkorlikni izchil rivojlantirish hamda kelgusida muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.Batafsil — SESRIC rasmiy saytida: https://www.sesric.org/event-detail.php?id=3900 Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#Mirziyoyev
#XalqPrezidenti
Inson qadri uchun yashash saodati...
Insoniyat tarixida islohotlar ko‘p bo‘lgan. Biroq ularning barchasini ham inson hayotini yaxshilash, uning qadr-qimmatini ulug‘lashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilgan, deb bo‘lmaydi. Asl islohot – bu avvalo inson manfaatini ta’minlaydigan, jamiyatda adolatni qaror toptiradigan va kelajakka ishonch uyg‘otadigan islohotdir.
Davlatni ko‘zlagan manzili sari odimlayotgan karvonga qiyoslasak, uning muvaffaqiyati sarbonning donoligi, xalqparvarligi va adolatiga bog‘liq. Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati ham aynan “Inson qadri uchun” degan g‘oyada mujassam.
Ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va tashabbuslarni rag‘batlantirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar taraqqiyot yo‘lining amaliy ifodasidir.
Bugun o‘zbekistonliklar yangi davrda yashamoqda. Bu davr har bir yurtdoshimizni Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan yashashga, bunyodkorlikka hissa qo‘shishga va inson qadrini ulug‘lashdek ezgu g‘oyani hayot mezoniga aylantirishga chorlaydi. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, katta maqsadlarimizga bir Vatan, bir el bo‘libgina erishamiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
#Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!00:12 – Garvard olimlari DNK “yozuvchi” kremniy chipini yaratdi; 01:03 – 1X Neo roboti g‘ayrioddiy darajada tez ishlaydigan barmoqlarga ega; 01:48 – Quyosh panellari Xitoy cho‘lini yana yashil hududga aylantirmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
+2
#so‘ragan_edingiz
✅ Ilmiy loyihalar natijasi bo‘yicha yakuniy hisobot topshirishda mazkur loyihaning kalendar rejasida belgilangan ayrim ishlar bajarilmagan bo‘lsa, qandaydir choraga sabab bo‘ladimi, hisobot qabul qilinadimi?
❗️ Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni innovation.gov.uz rasmiy veb-sayti, info@ilmiy.uz elektron pochta manzili orqali yozma shaklda, (+998 71) 203-32-31 ishonch telefoni orqali esa og‘zaki tarzda yo‘llashingiz
mumkin.
➡️ Rasmiy saytimizda tashkil etilgan savol-javob bo‘limi orqali ham ko‘plab savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
#internship
✈️ Jahon bankining “WBG Pioneers” amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda
Talabalar uchun moʻljallangan “WBG Pioneers” dasturi Jahon banki guruhida haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
✅ Dastur ishtirokchilari:
• bakalavriatning soʻnggi bosqichida tahsil olayotgan talabalar;
• magistratura yoki PhD bosqichi talabalari;
• Jahon banki guruhiga aʼzo davlatlar (jumladan, Oʻzbekiston) fuqarolari.
✅ Dastur afzalliklari:
• oylik stipendiya (ish haqi);
• Jahon bankining xalqaro loyihalarida amaliy tajriba orttirish;
• tajribali mutaxassislar va mentorlar bilan ishlash;
• Vashingtondagi bosh ofis yoki Jahon bankining turli mamlakatlardagi, jumladan Toshkentdagi vakolatxonalarida faoliyat yuritish imkoniyati.
📆 Arizalar 2026-yil 12-avgustgacha qabul qilinadi.
Mazkur dastur xalqaro moliya va taraqqiyot sohasida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun kasbiy tajriba va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi muhim imkoniyatlardan biri hisoblanadi.
➡️ Batafsil: https://www.worldbank.org/ext/en/careers/talent-programs/wbg-pioneers#tab-application
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#mustaqil_izlanuvchilik
Islom sivilizatsiyasi markazi ilk marotaba mustaqil izlanuvchilikka qabul qiladi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qildi.
E’tiborlisi, Markazda birinchi marta oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa ilm yo‘lida izlanayotganlar uchun nafaqat yangi imkoniyat, balki nufuzli va ma’rifiy muhitda faoliyat olib borish uchun tarixiy qadamdir.
✅ Qabul 24.00.01 — Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi bo‘yicha amalga oshiriladi.😎Qabul muddati: 2026-yil 15-avgust soat 23:59 ga qadar. 😎Ro‘yxatdan o‘tish: daraja.ilmiy.uz, my.gov.uz. Nufuzli dargohda, yuksak ilmiy muhitda va boy ma’naviy meros bag‘rida ilm qilishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “ Energetika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:23 – Italiyada zamonaviy energiya saqlash tizimlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmoqda;
01:08 – Shveytsariyada dunyodagi eng yirik yerosti energiya saqlash tizimi barpo etilmoqda;
01:56 – Olimlar 4 daqiqada quvvatlanadigan natriy-metall batareyasini yaratdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
🟦🟦
📣 Tajribali dasturchilarni taklif etamiz
Ilmiy-texnik axborot markazi axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish loyihalari uchun tajribali Full Stack Developerlarni ishga taklif etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
▪️ Full Stack dasturlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;
▪️ Davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish loyihalarida ishtirok etgan bo‘lish;
▪️ Ilmiy va innovatsion yo‘nalishdagi axborot tizimlarini yaratish tajribasiga ega bo‘lish;
▪️ REST API, PostgreSQL yoki MySQL ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
▪️ OneID, E-IMZO va boshqa davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilish tajribasi (ustunlik sifatida baholanadi).
📩 Qiziqqan nomzodlardan rezyume, portfolio va (mavjud bo‘lsa) GitHub havolasini yuborish hamda quyidagi so‘rovnomani to‘ldirish so‘raladi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf9ksW4YHefkgyNMwezAyikwvcn5JjMtDxmb4nI9FwK7kklhg/viewform?usp=dialog
📅 Arizalar 2026-yil 20-iyulga qadar qabul qilinadi.
📞 Bog‘lanish uchun: +998 97 199 51 51
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
💙💙💙
📣 Hurmatli ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar!
Sizni ilmiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda takliflarni o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomada ishtirok etishga chorlaymiz.
Mazkur so‘rovnoma natijalari ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mavjud muammolarni tahlil qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish orqali ilm-fan rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing.
➡️ So‘rovnoma havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSegplSlPrPmAWc_yZoJ2OQJldW-hIxvPuGgiGZSsrjAhkCaqQ/viewform?usp=publish-editor
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
+2
#seminar
“Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyiha hisobot hujjatlarini shakllantirish tartibi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassisi M.Qoraboyev tomonidan 10 dan ortiq savollarga javob berildi.
✔️ Seminar YouTube'dagi sahifamizda saqlandi.
🗣 Havola https://www.youtube.com/watch?v=TVdrhGZEAdc
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
