fa
Feedback
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации

رفتن به کانال در Telegram

Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali Murojaat uchun: https://t.me/csti_murojaat_bot

نمایش بیشتر
4 197
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-137 روز
-5130 روز
آرشیو پست ها
#ilmiy_stajirovka Yosh olimlar uchun Koreyada stajirovka! Sejong universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yic
#ilmiy_stajirovka Yosh olimlar uchun Koreyada stajirovka! Sejong universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yicha tanlovda qatnashing.
Stajirovka yo‘nalishlari: 1️⃣ Aqlli shaharlar va shaharsozlik tahlili uchun geoaxborot sun’iy intellekti (Geo-AI); 2️⃣ Atrof-muhit va shahar muhitini bashorat qilishda chuqur o‘qitish usullari; 3️⃣ Fazoviy ma’lumotlarni sun’iy intellekt asosida vizuallashtirish va raqamli taqdim etish texnologiyalari; 4️⃣ Simsiz aloqani aks ettiruvchi sirtlar va grafik asosidagi sun'iy intellekt yechimi yordamida aqlli modellashtirish; 5️⃣ Mashinali o‘qitish asosida ko‘rinadigan yorug‘lik orqali aloqa (VLC) texnologiyasiga tayangan IoT tarmoqlarini loyihalash va joriy etish.
➡️Dastur tili: ingliz tili. ➡️Dastur muddati: 3 oy. ➡️Ishtirokchilar soni: 12 nafar. 📢Tanlov g‘oliblari 2026-2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi. ❗️ Hujjatlar 2026-yilning 18-iyun sanasidan 2026-yilning 30-iyul (shu kuni ham 23:59gacha) sanasiga qadar internship.ilmiy.uz orqali topshiriladi. ⚙️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @ilmiystajirovkabot
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Biotexnologiya va genomika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi! 00:19 – Bakteriyalar faoliyatini DNKni o‘zgartirmasdan boshqarish usulini yaratildi; 01:06 – Inson embrioni genomini yanada aniq tahrirlashga muvaffaq bo‘lindi; 01:59 – Ilk bor hujayralarni yoshartirishga qaratilgan gen terapiyasi insonda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#internship OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to‘lanadigan amaliyot
#internship OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to‘lanadigan amaliyot dasturi! Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o‘taladi. ⚪️Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi. ⚪️Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to‘lanadi. ⚪️Arizalar yil davomida qabul qilinadi. ➡️Batafsil: https://www.oecd.org/en/about/careers/internships.html Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#Akademik_haorakatchanlik “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi g‘oliblari bilan tanishing! Joriy yilning 10–30-mart kunl
#Akademik_haorakatchanlik “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi g‘oliblari bilan tanishing! Joriy yilning 10–30-mart kunlari davom etgan 2026-yilgi “Akademik harakatchanlik” dasturining 1-tanloviga jami 621 ta ariza kelib tushdi. Loyihalar belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida dastlabki saralashdan o‘tkazildi. Natijada 355 ta loyiha suhbat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya qilindi. Suhbat jarayonlari davomida 6 nafar talabgor tanlov tartib-qoidalarini buzganligi sababli chetlatildi. Shuningdek, yana 6 nafar talabgor suhbatlarda ishtirok etmadi. Shu tariqa, ishchi guruh a’zolari tomonidan jami 343 ta loyiha ko‘rib chiqildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 36 ta loyiha moliyalashtirish uchun tavsiya etildi. 🔄 Ro‘yxat bilan tanishing
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#science_interview 😇 Quyosh panelini sovitish orqali ko‘proq elektr energiyasi olish mumkinmi? Quyosh panellari ishlash jarayonida qizib ketadi. Haroratning oshishi esa ularning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqot doirasida panel haroratini pasaytirish orqali energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari va taklif etilayotgan yechim haqida video lavhamizda. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📚Biologiya fanlari bo'yicha bepul top 5 jurnal Biologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy tadqiqotla
#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 📚Biologiya fanlari bo'yicha bepul top 5 jurnal Biologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaganlar uchun ochiq kirish (Open Access) asosida faoliyat yurituvchi nufuzli xalqaro jurnallar ro‘yxati: 📘 PLOS Biology Biologiya fanlarining turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi, yuqori sifatli ilmiy maqolalarni e’lon qiladigan xalqaro jurnal. 📘 BMC Biology Biologiya sohasidagi dolzarb tadqiqotlar va innovatsion ilmiy ishlarga ixtisoslashgan nufuzli ochiq kirish jurnali. 📘 eLife Biologiya va biotibbiyot fanlari bo‘yicha ilg‘or ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etuvchi xalqaro ilmiy nashr. 📘 Frontiers in Biology Biologiya fanlarining keng qamrovli yo‘nalishlari bo‘yicha maqolalarni chop etuvchi va ilmiy ma’lumotlarga erkin kirishni ta’minlovchi jurnal. 📘 Journal of Biological Research – Thessaloniki Biologiyaning turli yo‘nalishlariga oid ilmiy maqolalarni e’lon qiluvchi hamda ularni bepul o‘qish va yuklab olish imkonini beruvchi xalqaro jurnal. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#Inno_time #hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!
00:09 –Sun’iy intellekt yordamida ilk vaksina yaratildi; 00:56 Insult vaqtida hayotni saqlab qolishga yordam beruvchi burun spreyi yaratildi; 01:52 Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatl
#diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting! Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi; - Ilmiy g‘oya muallifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilishi; - 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.
Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar: - Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi; - Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi; - So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur; - Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas; - G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart; - Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.
❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 5-iyunidan 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar (26 kun qoldi!) startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🔎 O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolarni qayerdan topish mumkin? Bugungi kunda media, t
#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🔎 O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolarni qayerdan topish mumkin? Bugungi kunda media, ta’lim va ijodiy loyihalar uchun ishonchli vizual materiallarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu maqsadda yaratilgan Aura.uz platformasi O‘zbekistonning eng yirik media banklaridan biri hisoblanadi. ✅ Platformada tarixiy obidalar, madaniy meros obyektlari, milliy an’analar, turizm maskanlari, zamonaviy shaharlar va tabiat manzaralariga oid 12 mingdan ortiq professional foto, video hamda infografik materiallar jamlangan. ✅ Ma’lumotlar bazasi 6 terabaytdan ortiq hajmga ega bo‘lib, har kuni o‘rtacha 200 ga yaqin yangi kontent bilan boyitib boriladi. ✅ Materiallar HD, Full HD va 4K formatlarida taqdim etiladi. Eng muhimi, platformadagi kontentlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Mazkur platforma jurnalistlar, blogerlar, dizaynerlar, SMM mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda kontent yaratuvchilar uchun qulay va foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. ➡️ O‘zbekiston haqidagi sifatli vizual kontentlar jamlangan platforma — Aura.uz. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🔎 O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolarni qayerdan topish mumkin? Bugungi kunda media, t
#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🔎 O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolarni qayerdan topish mumkin? Bugungi kunda media, ta’lim va ijodiy loyihalar uchun ishonchli vizual materiallarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Shu maqsadda yaratilgan Aura.uz platformasi O‘zbekistonning eng yirik media banklaridan biri hisoblanadi. ✅ Platformada tarixiy obidalar, madaniy meros obyektlari, milliy an’analar, turizm maskanlari, zamonaviy shaharlar va tabiat manzaralariga oid 12 mingdan ortiq professional foto, video hamda infografik materiallar jamlangan. ✅ Ma’lumotlar bazasi 6 terabaytdan ortiq hajmga ega bo‘lib, har kuni o‘rtacha 200 ga yaqin yangi kontent bilan boyitib boriladi. ✅ Materiallar HD, Full HD va 4K formatlarida taqdim etiladi. Eng muhimi, platformadagi kontentlardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Mazkur platforma jurnalistlar, blogerlar, dizaynerlar, SMM mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda kontent yaratuvchilar uchun qulay va foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. ➡️ O‘zbekiston haqidagi sifatli vizual kontentlar jamlangan platforma — Aura.uz. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#InnoWeek_2026
Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?
Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz. 🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalik yetakchi olimlar, innovatorlar, startapchilar, investorlar va biznes hamjamiyatini bir maydonda jamlaydi. Bu yerda siz: 🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz; 🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz; 🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz; 🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz; 🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz. 🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning!
InnoWeek–2026 — tadbirkorlar va innovatorlar uchun ham yangi g‘oyalar, texnologiyalar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati. 
📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#bilasizmi 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔬 Zamonaviy tibbiyotning shakllanishida bir qator ilmiy kashfiyotlar muhim ahamiyat kasb etgan. B
+5
#bilasizmi 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔬 Zamonaviy tibbiyotning shakllanishida bir qator ilmiy kashfiyotlar muhim ahamiyat kasb etgan. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#internship 🇮🇹 Italiyada to‘liq moliyalashtiriladigan tadqiqot dasturi — CICOPS Scholarships 2027 Italiyaning University of
#internship 🇮🇹 Italiyada to‘liq moliyalashtiriladigan tadqiqot dasturi — CICOPS Scholarships 2027 Italiyaning University of Pavia universiteti rivojlanayotgan mamlakatlar olimlari va tadqiqotchilari uchun CICOPS Scholarships 2027 dasturiga arizalarni qabul qilmoqda. ➡️ Kimlar qatnashishi mumkin? ➖ PhD yoki unga tenglashtirilgan doktorlik darajasiga ega bo‘lgan hamda universitet yoki oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar; ➖ Yoki kamida 2 yil davomida universitet, ilmiy-tadqiqot markazi, davlat yoki notijorat tashkilotida o‘qituvchi, ilmiy xodim yoki texnik mutaxassis sifatida ishlagan nomzodlar. ➡️ Dastur imkoniyatlari ➖ Borish va qaytish aviachiptasi xarajatlari qoplanadi; ➖ Turar joy va ovqatlanish bilan ta’minlanadi; ➖ Tibbiy sug‘urta taqdim etiladi; ➖ Haftasiga 150 yevro miqdorida stipendiya beriladi. ➡️ Dastur haqida Dastur ishtirokchilari Italiyaning Pavia universitetida 4 haftadan 12 haftagacha bo‘lgan muddat davomida ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🕐 Arizalar qabuli: 2026-yil 10-iyungacha ➡️Batafsil: http://cicops.unipv.it/cicops-scholarships/ Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

🟦🟦🟦 🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Astronomiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi! 00:17 – Somon Yo‘lida 100 ming yangi sayyora aniqlanishi mumkin; 01:06 – Oy tuprog‘idan kislorod olishga muvaffaq bo‘lindi; 01:50 – SpaceX dunyodagi eng yirik raketani uchirdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🔍 Dissertatsiya va ilmiy maqolalar uchun plagiat tekshiruvchi foydali platformalar ⚪️ Quetext Ki
#foydali 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🔍 Dissertatsiya va ilmiy maqolalar uchun plagiat tekshiruvchi foydali platformalar ⚪️ Quetext Kichik hajmdagi maqolalar uchun yaxshi. Matndagi muammoli joylarni ranglar bilan ko‘rsatadi. ⚪️ Paperpal Ilmiy maqolalar bilan ishlovchilar orasida mashhur. Ayrim akademik bazalar bilan ishlaydi. ⚪️ Copyleaks Bepul limit mavjud. Parafraz qilingan matnlarni ham aniqlashga harakat qiladi. ⚪️ Scribbr Plagiarism Checker Turnitin texnologiyasiga yaqin natijalar beradi, lekin bepul imkoniyatlari cheklangan. ⚪️ DupliChecker Tezkor tekshiruv uchun qulay. Katta dissertatsiyalarni bo‘limma-bo‘lim tekshirish mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#bilasizmi 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 👾 Ilk sun’iy intellekt qanday yaratilgan? 1993-yilda olim Yann LeCun tomonidan LeNet nomli ilk neyron tarmoqlardan biri ishlab chiqildi. Ushbu model qo‘lda yozilgan raqam va belgilarni avtomatik ravishda tanib olish uchun yaratilgan. LeNet bugungi zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarining, jumladan tasvirlarni tanish va ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalarining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Bugungi kunda milliardlab parametrlar bilan ishlaydigan sun’iy intellekt modellari aynan shunday oddiy neyron tarmoqlardan boshlangan. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

2026-yil iyun oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati❗️ Joriy yilning m
2026-yil iyun oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati❗️ Joriy yilning may oyida jami 36 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o'tkazilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 27 tani,respublika miqyosdagi tadbirlar soni esa 9 tani tashkil qiladi. 🌱 https://anjumanlar.uz/ sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud. 📃Anjumanlar roʻyxati
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

#Inno_time #hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!
00:09 – Anthropic OpenAI’ni ortda qoldirib, AI sohasidagieng qimmat startapga aylandi; 00:52 – Dengiz suvini ichimlik suviga aylantiruvchiyangi texnologiya yaratildi; 01:31 – Stenfordda hujayra ichidagi jarayonlarnikuzatuvchi yangi avlod mikroskopi ishlab chiqildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube

#internship 🇯🇵 Yaponiyada tadqiqotchilar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi Yaponiyaning nufuzli Matsumae
#internship 🇯🇵 Yaponiyada tadqiqotchilar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi Yaponiyaning nufuzli Matsumae International Foundation (MIF) tashkiloti xorijiy olimlar va tadqiqotchilar uchun The MIF Fellowship 2027 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur tabiiy fanlar, muhandislik, tibbiyot va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilarga Yaponiya universitetlari va ilmiy markazlarida ilmiy izlanish olib borish imkoniyatini yaratadi. ⚪️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ⚫️Yaponiya fuqarosi bo‘lmasligi; ⚫️ 45 yoshdan kichik bo‘lishi; ⚫️ PhD (fan doktori) darajasiga ega bo‘lishi; ⚫️ Tadqiqot olib borishni rejalashtirayotgan Yaponiya universiteti yoki ilmiy muassasasidan qabul xatini olgan bo‘lishi. ⚪️ Dastur doirasida: 🟠 Har oy 220 ming yapon iyenasi (taxminan 1 400 AQSH dollari) stipendiya; 🟠 Ko‘chib joylashish xarajatlari uchun bir martalik 120 ming iyena (taxminan 750 AQSH dollari); 🟠 Aviachiptalar xarajatlari; 🟠 Tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘liq qoplanadi. Oxirgi muddat: 30-iyun, 2026 Batafsil: https://www.mif-japan.org/en/fellowship/announcement/?hl=en Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube