Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
الذهاب إلى القناة على Telegram
Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali Murojaat uchun: https://t.me/csti_murojaat_bot
إظهار المزيد4 338
المشتركون
+324 ساعات
+697 أيام
+14330 أيام
أرشيف المشاركات
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Astronomiya sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:22 – Saturn yo‘ldoshida mikroorganizmlar yashay olishi aniqlandi;
00:58 – Starship ilk bor Yer orbitasiga chiqdi;
01:36 – Minglab yulduz va galaktikalarni bir vaqtda o‘rganadigan yangi qurilma.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Edu.uz
#XalqaroReyting #THE_2027
🌐 O‘zbekistonning 8 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE World University Rankings – 2027” reytingida o‘rin egalladi
Times Higher Education (THE) xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “World Univrsity Rankings – 2027” reytingi e’lon qilindi.
Mazkur reytingda dunyoning 118 ta mamlakatidan jami 2 297 ta oliy ta’lim tashkilotlari o‘rin egalladi.
O‘zbekistondan jami 53 ta oliy ta’lim tashkiloti ishtirok etib, ulardan 8 tasi o‘rin egalladi. Qolgan 45 tasi ishtirokchi sifatida qayd etildi.
Top-1000 talikdan 2 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti joy oldi:
▫️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 551–600-o‘rinlar;
▫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 651–700-o‘rinlar.
📊 Shuningdek, reytingdan quyidagi OTTlar ham joy oldi:
▪️ Toshkent davlat texnika universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat transport universiteti — 1001–1200-o‘rinlar;
▪️ O‘zbekiston Milliy universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Samarqand davlat universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1201–1400-o‘rinlar;
▪️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti — 2001+.
THE World University Rankings universitetlarning ta’lim, ilmiy tadqiqot, bilim transferi va xalqaro faoliyati kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholaydi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining nufuzli xalqaro reytinglarda munosib natijalarga erishishi ularning ta’lim va ilmiy faoliyatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, akademik salohiyatini mustahkamlash va jahon ilmiy-ta’lim maydonidagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
🎉 Universitetlarmizni mazkur yutuq bilan muborakbod etamiz! Jamoalarga kelgusidagi ilmiy va ta’lim faoliyatida yangi marralar tilaymiz.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#sana
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! 🎓
Ilm va ma’rifat yo‘lida yosh avlodga bilim berib, ularni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirib kelayotgan barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari va e’tirofi doimo mehnatingizga munosib rag‘bat bo‘lib xizmat qilsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!00:12 – Elektr tokisiz ishlaydigan DNK kompyuteri yaratildi; 00:45 – Olimlar teskari yo‘nalishda harakatlanadigan sayyorani aniqladi; 01:22 – AI inson organizmini 3D KT orqali tahlil qila oladi; Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#GII
O‘zbekiston Global innovatsiya indeksi reytingida 2026-yilda ham barqaror o‘sishga erishdi!GIIning 2026-yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2 pog‘ona o‘sib, 139 ta mamlakat orasida 77-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston quyi va o‘rta daromad guruhida 36 ta mamlakat o‘rtasida kuchli 8 talik hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida 11 ta mamlakat ichida kuchli 4 talik mamlakatlar qatoridan joy oldi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ochiq (open access) ilmiy jurnallar
✅ Agriculture — agronomiya, agroekologiya, o‘simlik va hayvonotshunoslik hamda agrar iqtisodiyotga oid tadqiqotlarni nashr etadi. Web of Science va Scopus, Q1.
✅ The Open Agriculture Journal — agronomiya, genetika, biotexnologiya, tuproqshunoslik va agroklimatologiya yo‘nalishlarini qamrab oladi. Scopus.
✅ Open Agriculture — qishloq xo‘jaligi va unga turdosh fanlar bo‘yicha tadqiqotlarni nashr etadi. Scopus, Q2.
✅ Agricultural & Environmental Letters — qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit fanlari kesishmasidagi tadqiqotlarga ixtisoslashgan. Scopus va Web of Science (SCIE).
✅ Advances in Agriculture — qishloq xo‘jaligida yangi metod va texnologiyalarga oid ilmiy ishlarni nashr etadi. Scopus va Web of Science.
Yanada batafsil: @ILM_NUR_2020
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalar tanlovida ishtirok eting!Tanlov fan yo‘nalishlari: 1. Qishloq xo‘jaligi; 2. Texnika fanlari; 3. Iqtisodiyot fanlari 4. Tibbiyot fanlari; 5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi fanlari; 6. Farmakologiya va farmasevtika; 7. Veterinariya va chorvachilik; 8. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; Tanlovga loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yil 26-oktabrgacha soat 23:55 ga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Robototexnika va nanotexnologoyalar sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:24 – Robot suv to‘lqinlari yordamida boshqarildi;
01:02 – Suyakni tiklashga yordam beruvchi nanomaterial yaratildi;
01:33 – AI boshqaruvidagi mikrorobot qutqaruv ishlariga yordam berishi mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#InnoWeek_2026
InnoWeek–2026 — yangi imkoniyatlar sari yo‘l!
Bugun taraqqiyotning asosiy kuchi — bilim, innovatsiya va g‘oyalar.
➡️ InnoWeek–2026 ana shunday g‘oyalar, istiqbolli startaplar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan va biznes vakillarini bir maydonda jamlaydi.
⚫️Bu yerda yangi hamkorliklar shakllanadi, tajriba almashiladi va kelajakni o‘zgartiradigan loyihalarga yo‘l ochiladi.
Agar sizda g‘oya, startap yoki yangi imkoniyat izlash istagi bo‘lsa — InnoWeek–2026 aynan siz uchun!✅ InnoWeek–2026 — innovatsiyalar uchrashadigan, startaplar yuksaladigan va kelajak yaratiladigan maydon. 🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning! 📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🧬 Ilm-fan dunyosida nechta tadqiqotchi bor?
Ilm-fan taraqqiyotini o‘lchashda yangi kashfiyotlar va texnologiyalar bilan bir qatorda, tadqiqotchilar salohiyati ham muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
UNESCO Statistika instituti tomonidan 2026-yilda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘yicha har 1 million aholiga o‘rtacha 1 486 nafar tadqiqotchi to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkich 2015-yilda 1 141 nafar edi. Ya’ni, sakkiz yil ichida dunyodagi tadqiqotchilar sonining aholi soniga nisbati oshgan.
Biroq ilmiy salohiyatning hududlar bo‘yicha taqsimlanishida katta tafovut mavjud:
🔵 Yevropa va Shimoliy Amerika — 4 358 nafar tadqiqotchi / 1 mln aholi
🔵 Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika — 88 nafar / 1 mln aholi
Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq qariyb 50 baravar.
📊 Tadqiqotchilar tarkibida ayollarning ulushi ham ortib bormoqda. 2023-yilda ayollar dunyo bo‘yicha tadqiqotchilarning 31,4 foizini tashkil etgan. 2013-yilda ushbu ko‘rsatkich 29,5 foiz bo‘lgan.
Keltirilgan ma’lumotlar global miqyosda ilmiy-tadqiqot salohiyati rivojlanayotganini, shu bilan birga, hududlar o‘rtasida tadqiqotchilar bilan ta’minlanganlik darajasida sezilarli tafovut saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.
➡️ Manba: UNESCO Institute for Statistics, 2026 R&D Data Release.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#internship
UNICEF’da 6 oylik haq to‘lanadigan stajirovka
UNICEF’ning Shvetsiyadagi Office of Innovation jamoasi Venture Fund yo‘nalishida stajirovka uchun ariza qabul qilmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar startaplarni izlash va tahlil qilish, yangi texnologiyalarni o‘rganish, tadqiqot va ma’lumotlar bilan ishlash, portfelni boshqarish hamda innovatsion loyihalarni rivojlantirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Stajirovka haqida:
⚫️ Davomiyligi — 6 oy;
⚫️ Ish shakli — part-time;
⚫️ Joylashuvi — Stokgolm, Shvetsiya yoki masofaviy;
⚫️ UNICEF tomonidan oylik stipendiya taqdim etiladi;
⚫️ Yo‘nalishlar — innovatsiyalar, texnologiyalar, tadqiqot, ma’lumotlar tahlili va rivojlanish.
Kimlar qatnashishi mumkin?
◾️ Bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar;
◾️ O‘qishni so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan bitiruvchilar;
◾️ Kamida 18 yoshga to‘lgan nomzodlar.
Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi. Shuningdek, Microsoft 365 dasturlaridan foydalanish ko‘nikmalari va innovatsiyalar bilan bog‘liq tajriba qo‘shimcha ustunlik beradi.
🗓 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 25-sentyabr 2026-yil
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://jobs.unicef.org/en-us/job/595661/internship-venture-fund-internship-multiple-interns-gpdoffice-of-innovation-sweden-6-months-parttime-in-person-or-remote
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#Inno_time
#hafta_yangiliklari
🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!00:12 – Inson miya to‘qimasi sichqonlar miyasida o‘stirildi; 00:42 – Robot ilmiy tajribalarni mustaqil amalga oshirmoqda; 01:14 – Miya implanti nutq va imo-ishoralarni bir vaqtda aniqlaydi.; Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
Retraksiya: ilmiy maqola qachon qaytarib olinadi?
Ilmiy maqola nashr etilgani uning har doim ishonchli manba bo‘lib qolishini anglatmaydi. Keyinchalik jiddiy muammo aniqlansa, jurnal maqolani retraksiya qilishi mumkin.
🔎 Retraksiya nima?
Retraksiya — nashrdan keyin maqolaning ilmiy natijalari yoki xulosalariga ishonch qolmagani sababli, jurnal tomonidan uning maqomini rasman qaytarib olish jarayoni.
🔊 Qaysi holatlarda retraksiya qo‘llanadi? 🔵 ma’lumotlar soxtalashtirilgan yoki uydirilgan bo‘lsa; 🔵 plagiat aniqlansa; 🔵 tadqiqotdagi jiddiy xatolar natijalarni ishonchsiz qilsa; 🔵 maqola takroran nashr etilgan bo‘lsa; 🔵 tadqiqot etikasi bilan bog‘liq jiddiy qoidabuzarlik aniqlansa; 🔵 maqolaning asosiy xulosalariga ishonch bildirish uchun yetarli asos qolmasa. ⚠️ Muhim: har qanday xato retraksiyaga sabab bo‘lmaydi. Agar xato maqolaning asosiy natijalariga ta’sir qilmasa, jurnal tuzatish (correction) kiritishi mumkin. Ammo muammo tadqiqotning asosiy natijalari yoki xulosalarini ishonchsiz qilsa, retraksiya qo‘llanadi. 🔎 Maqola retraksiya qilinganini qanday bilish mumkin? Maqolaning jurnal sahifasi yoki DOI ma’lumotlarini tekshiring. Retraksiya qilingan maqolalarda odatda “Retracted” belgisi yoki retraksiya haqidagi rasmiy bildirishnoma ko‘rsatiladi.Bir maqolaga havola berishdan oldin uning nafaqat mazmuni, balki nashr holatini ham tekshirish — ilmiy manbalar bilan ishlashning muhim qoidalaridan biridir. Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat
🟦🟦🟦🟦🟦
“O‘zbekiston–Xitoy” xalqaro qo‘shma loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra, 31 ta qo‘shma ilmiy loyiha moliyalashtirish uchun tasdiqlandi.
➡️ Mazkur tanlov doirasida har ikki mamlakat ilmiy jamoalaridan arizalar qabul qilinib, texnik va ilmiy ekspertiza bosqichlaridan o‘tkazildi:
⚫️Kelib tushgan jami arizalar: O‘zbekiston tomonidan — 444 ta, Xitoy tomonidan — 424 ta;
⚫️Ilmiy ekspertizaga yo‘naltirilgan loyihalar: O‘zbekiston bo‘yicha — 186 ta, Xitoy bo‘yicha — 412 ta;
⚫️Yakuniy saralash bosqichiga yetib kelgan loyihalar: O‘zbekiston bo‘yicha — 116 ta, Xitoy bo‘yicha — 67 ta;
✔️ Ikki tomonlama sinxron saralash natijalariga ko‘ra 31 ta qo‘shma loyiha aniqlandi va belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun tasdiqlandi.
G‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin ⬇️
📌 Havola: https://api-portal.gov.uz/uploads/206/2026/09/21/7954316d-61f4-20ef-dbe0-8945dc184177_media_.pdf
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi “Energetika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:23 – To‘lqinlar harakatidan elektr energiyasi olish mumkinmi?;
01:00 – Mikrochiplar uchun energiya tejamkor nanolazer yaratildi;
01:44 – Dengiz suvidan bir vaqtning o‘zida vodorod va chuchuk suv olish mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#internship
🇺🇳 UNDPda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida amaliyot
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) Digital, AI and Innovation Internship: Global Call for 2026 dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
🔵 Dastur davomiyligi: 3 oy
🔵 Format: to‘liq onlayn (Home Based)
🔵 Stajirovka: to‘liq stavkali
🔵 Til: ingliz tili
🔵 Stipendiya: UNDP tomonidan oyma-oy to‘lanadi
🔵 Ariza topshirish muddati: 30-sentabr, 2026-yil
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
➡️ Magistraturada tahsil olayotganlar;
➡️ Bakalavriatning oxirgi bosqichida o‘qiyotganlar;
➡️ Oliy ta’limni tamomlaganiga bir yil to‘lmagan bitiruvchilar.
Amaliyot doirasidagi yo‘nalishlar:
🟠 Raqamli transformatsiya va innovatsiyalar;
🟠 Sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan ishlash;
🟠 Ma’lumotlar tahlili va vizualizatsiyasi;
🟠 Raqamli siyosat va boshqaruv;
🟠 Strategik kommunikatsiya va hamkorlik;
🟠 Raqamli mahsulotlar va AI vositalari;
🟠 Tadqiqot va bilimlarni boshqarish.
💳 Ariza uchun: ingliz tilidagi CV va qisqa motivatsion xat talab etiladi. Shuningdek, UNDP vakansiya sahifasi orqali ariza topshirish bilan birga, maxsus onlayn formani ham to‘ldirish kerak.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza: https://estm.fa.em2.oraclecloud.com/hcmUI/CandidateExperience/en/sites/CX_1/job/33001
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#InnoWeek_2026
🔊 G‘oyalar harakatga, innovatsiyalar kelajakka aylanadi!
“InnoWeek-2026” — yangi texnologiyalar, istiqbolli loyihalar va xalqaro hamkorliklar maydoni.
🌐 O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or yechimlar!
📌 27–29-oktabr | CAEx
✔️ Ro‘yxatdan o‘ting: innoweek.uz
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
Repost from Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov
“O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovida ishtirok eting!
TUBITAK bilan hamkorlikdagi tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; 2. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi - Qishloq xo‘jaligi, Veterinariya va chorvachilik fanlari; 3. Tibbiyot - Tibbiyot; 4. Ilg‘or materiallar texnologiyalari - Texnika, Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya vа nanotexnologiyalar; 5. Fizika - Matematika, fizika va mexanika fanlari.✍️ Tanlovga bajarish muddatlari 2 yilgacha bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi. ✅ Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz orqali Turkiya tarafidan http://uidb-pbs.tubitak.gov.tr/ orqali 2026-yilning 14-dekabriga qadar (shu kuni ham 23:55 gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
#35yil_35natija
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning yoshlar hayotidagi amaliy natijalari haqida muhim ma’lumotlar qayd etildi.
Shu munosabat bilan #35yil_35natija rukni tashkil etildi. Rukn doirasida mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan natijalar hamda ularning yoshlar hayotidagi amaliy ifodasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishga qaror qildik.
🔵 Yoshlar hayotidagi amaliy natijalar:
✅ Ta’lim imkoniyatlari: Oliy ta’limda talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. ✅ Maktab ta’limi: Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. ✅ Kelajak kasblari: IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlari orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsadi belgilandi. ✅ Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash: Yoshlar uchun har yili 20–25 trillion so‘m ajratilmoqda. ✅ Yoshlar tadbirkorligi: Bugungi kunda O‘zbekistondagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda.Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
#35yil_35natija
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning yoshlar hayotidagi amaliy natijalari haqida muhim ma’lumotlar qayd etildi.
Shu munosabat bilan #35yil_35natija rukni tashkil etildi. Rukn doirasida mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan natijalar hamda ularning yoshlar hayotidagi amaliy ifodasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishga qaror qildik.
🔵 Yoshlar hayotidagi amaliy natijalar:
✅ Ta’lim imkoniyatlari: Oliy ta’limda talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. ✅ Maktab ta’limi: Maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi. ✅ Kelajak kasblari: IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlari orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsadi belgilandi. ✅ Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash: Yoshlar uchun har yili 20–25 trillion so‘m ajratilmoqda. ✅ Yoshlar tadbirkorligi: Bugungi kunda O‘zbekistondagi biznes vakillarining 35 foizini yosh tadbirkorlar tashkil etmoqda.Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️ 🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
