Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
Відкрити в Telegram
Yangiyer shahar hokimligining rasmiy axborot kanali. Sahifalarimiz:👇 https://gov.uz/oz/yangiyer instagram.com/yangiyer.sadosi/ https://www.youtube.com/@Yangiyer_sadosi-l5t ✍️ @Aholi_murojaatlari_bot
Показати більше2 036
Підписники
-424 години
-327 днів
-17430 день
Архів дописів
+1
Yangiyer shahrida oilaviy ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash hamda er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari, FXDYO boʼlimi masʼullari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari, ularning jamiyat va farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’siri muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan oilaviy munosabatlarda sabr-toqat, o‘zaro hurmat, mas’uliyat va murosa madaniyatining ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, nizoli oilalar bilan individual ishlash, psixologik va huquqiy maslahatlar ko‘lamini kengaytirish, mahalla darajasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida oilalarni mustahkamlash, ajrimlar sonini kamaytirish va farzandlarning manfaatlarini himoya qilish borasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimizning Minsk shahriga tashrifi: O‘zbekiston-Belarus munosabatlarida strategik sheriklik sari tarixiy qadam tashlandi.
—
Визит Президента нашей страны в Минск: сделан исторический шаг к стратегическому партнерству между Узбекистаном и Беларусью.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📢 Yangiyer shahri fuqarolari diqqatiga!
Joriy yilning 11-iyul kuni, Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov boshchiligida sayyor xizmatlar o'tkaziladi. Unda shahardagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Sayyor xizmat davomida:
✅ so'g'liqni saqlash;
✅ kommunal tizimi;
✅ aholi bandligi;
✅ ijtimoiy xizmatlar;
✅ xotin-qizlar muammolari;
✅ va boshqa masalalar ko'rib chiqiladi
🕑 Soat 9:30 da
📍Manzil: Yangiyer shahri, Davlatobod mahallasi, Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti hovlisi.
Hurmatli fuqarolar! Sizdagi mavjud muammo, shikoyat yoki takliflaringiz bo‘lsa, sayyor xizmatlar jarayonida ishtirok eting!
Telegram | Instagram | Youtube
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1407 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!
➤ Oqoltin tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 204 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 146 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 74 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 192 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 104 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 69 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 82 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 46 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 33 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 367 tа (ko'rish)
+5
Dual ta’lim: amaliy hamkorlik kengaymoqda
Yangiyer shahrida viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Shohista Namozova hamda shahar hokimi Otabek Nosirov rahbarligida viloyatdagi tuman va shahar hokimliklari, texnikumlar, shuningdek korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni yanada kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv o'tkazildi.
Unda texnikumlarda qabul kvotalari asosida shakllantirilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarning dual ta’lim shaklidagi qamrovini 29 foizdan 50 foizgacha oshirish, shuningdek mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Ma’lumot o'rnida, Yangiyer shahar texnikumiga «Eco wood» mebel fabrikasi bilan hamkorlikda kvota asosida 30 nafar yosh qabul qilingan. Joriy yilning sentabr oyidan ular haftaning 4 kuni korxonada amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lsa, 2 kuni texnikumda nazariy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Shuningdek, o‘quvchilarga stipendiya hamda oylik ish haqi to‘lanishi belgilangan.
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi, “Orano” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdim.
Biz energetika, ta’lim, suv ta’minoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilganmiz.
Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotimizning uzviy va mantiqiy davomidir.
—
Сегодня встретилась с представителями ведущих французских компаний во главе с Клодом Имовеном — председателем Узбекско-французского делового совета при международном движении французских предприятий MEDEF International, главой совета директоров компании Orano.
Мы нацелены расширять сотрудничество в ключевых сферах: энергетике, образовании, системе водоснабжения, транспортной и городской инфраструктуре.
Данная встреча — отличное продолжение диалога, который недавно состоялся у меня с Президентом Эммануэлем Макроном.
Repost from Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
+8
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Qurbonboyeva Shoira Raxmatullayevna 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi👍 4-«Bahor» saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Qurbonboyeva Shoira Raxmatullayevna tomonidan Shukrona mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi. 🤝Uchrashuvda Yangiyer shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U.Abdullayev, Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi kotibiyat mudiri D.Tursunkulov, mahalla faollari, "mahalla yettiligi" vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi. ✅ Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, sport maydonchalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan monitoring olib borilgani hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi. 👍 Bundan tashqari, mahalliy budjet va investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib borilayotgani, navbatdagi sessiyalarda ko‘rib chiqiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilib, fuqarolar manfaatidan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlandi. 👍 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, og‘ir yuk avtomobillari harakatini tartibga solish, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda boshqa kommunal xizmatlarga oid qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 👍Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook
+1
“Mahalla yettiligi” a’zolari uchun seminar-trening o‘tkazildi
Yangiyer shahrida Prezidentimizning 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida "Mahalla yettiligi" a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar hamda my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur seminar mahalla xodimlarining kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Digital.uz
✅ Yangi qulaylik!
❗️Bog‘chaga imtiyozli navbat endi onlayn!
👩💻 Farzandingizni davlat bog‘chasiga joylashtirishda imtiyoz huquqingiz bormi? Unda bir talay hujjat to‘plab, idorama-idora yurishni unuting.
📱 Endilikda my.gov.uz orqali bu jarayon to‘liq avtomatlashtirildi.
🟡 Arizani onlayn topshirish uchun ro‘yxatdan o‘zingizga tegishli toifani tanlasangiz kifoya — tizim barcha ma’lumotlarni vazirlik va idoralarning axborot bazalari orqali soniyalar ichida o‘zi tekshiradi.
❓Kimlar my.gov.uz orqali imtiyozli navbatga qo‘yiladi? 1⃣ Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining farzandlari; 2⃣ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari; 3⃣ Yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar; 4⃣ “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning bolalari; 5⃣ Akalari yoki opalari ushbu bog‘chaga qatnayotgan bolalar; 6⃣ Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi muassasalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar; 7⃣ Kam ta’minlangan oilalarning farzandlari; 8⃣ Oila a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar bolalari; 9⃣ Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari; 🔟 To‘rt va undan ko‘p farzandi bor oilalar bolalari; 1⃣1⃣ Talabalarning farzandlari; 1⃣2⃣ Maktab, OTM, texnikum, kollej va akademik litseylar pedagoglarining bolalari.👉 Uydan chiqmay ariza yuborish uchun: ✅ my.gov.uz portali yoki mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘ting; ✅ “Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish” xizmatini tanlang; ✅ So‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldiring, bog‘chani hamda mavjud imtiyozingizni belgilab, ariza yuboring. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Repost from Sirdaryo.uz
🎞 Эркинжон Турдимов Янгиердаги "Фазилат" маҳалласи ободончилигини танқид қилди
Вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов Янгиер шаҳрининг «Фазилат» маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги аҳволни кўздан кечирди.
Асосан икки қаватли уйлардан иборат бу маҳаллада ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўз ҳолига ташлаб қўйилгани, одамлар учун муносиб шароит яратилмагани бўйича шаҳар маъмурияти ва масъул раҳбарларнинг фаолияти қаттиқ эътирозга сабаб бўлди.
Вилоят ҳокими маҳалла аҳолиси билан учрашиб, уларни қийнаётган асл муаммоларни эшитди. Юзага келган вазиятни тезкорлик билан тузатиш мақсадида мутасаддиларга аниқ топшириқлар берилди.
Эндиликда қисқа фурсатда қуйидаги ишлар амалга оширилади:
▪️маҳалла ҳудуди тўлиқ тартибга келтирилиб, ободонлаштирилади;
▪️янги пиёдалар йўлакчалари (тротуарлар) қурилади;
▪️дарахт ва кўчатларни парваришлаш учун тизимли суғориш тармоғи ташкил этилади;
▪️ички йўллар таъмирланади.
Ишларнинг бориши ва сифати қатъий назоратга олинди.
📢 Yangiyer shahri fuqarolari diqqatiga!
Joriy yilning 9-iyul kuni, soat 11:00 da Temur Malik mahalla binosida Majburiy ijro byurosi Yangiyer shahar bo‘limi boshlig'i Shokir Nazarov ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul davomida:👇
✅ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi;
✅ aliment undirish bilan bog‘liq masalalar;
✅ qarzdorlik va ijro ishlariga oid murojaatlar;
✅ ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar;
✅ boshqa ijro jarayonlariga oid masalalar
Hurmatli fuqarolar!
Agar sizda Majburiy ijro byurosi faoliyatiga oid murojaat, muammo, taklif yoki savollar mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingizni taklif etamiz.
Telegram | Instagram | Youtube
📢 Yangiyer shahri fuqarolari diqqatiga!
Joriy yilning 9-iyul kuni, soat 11:00 da Temur Malik mahalla binosida Majburiy ijro byurosi Yangiyer shahar bo‘limi boshlig'i Shokir Nazarov ishtirokida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul davomida:👇
✅ sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi;
✅ aliment undirish bilan bog‘liq masalalar;
✅ qarzdorlik va ijro ishlariga oid murojaatlar;
✅ ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar;
✅ boshqa ijro jarayonlariga oid masalalar
Hurmatli fuqarolar!
Agar sizda Majburiy ijro byurosi faoliyatiga oid murojaat, muammo, taklif yoki savollar mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingizni taklif etamiz.
Telegram | Instagram | Youtube
+3
Yangiyer shahar IIB Migratsiya va Pesonallashtirish guruhi xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Yangiyer shahar hududida qurilish amalga oshirilayotgan obyektlarda pasport-viza qoidalariga rioya etilishi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida 2025-yil 10-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1074-son Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, korxona mas’ullariga xorijiy fuqarolarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, migratsiya qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi.
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Sirdaryo.uz
🎞 Қоғоздаги гўзал режалар нега рад этилди? Сирдарёда Шаҳарсозлик кенгаши хулосалари
Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi? e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 222 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!
➤ Oqoltin tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 26 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 34 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 16 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 20 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 17 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 36 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 64 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 5 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 20 tа (ko'rish)
+3
Muammolar xonadonbay o‘rganildi
Bugun Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati A.Abduqodirov hamda shahar Kengashi bosh mutaxasisi Sh.Begbutayevalar tomonidan Fazilat mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni xonadonma-xonadon o‘rgandi.
Aholida mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Jumladan, hududdagi ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash, qo‘shimcha tungi yoritish chiroqlari hamda kuzatuv kameralarini o‘rnatish, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, o'z yechimini topmayotgan masalalar deputat tomonidan Saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish kitobiga tegishli tartibda qayd etildi hamda ularning yechimini ta’minlash, ijrosini nazoratga olish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
+6
Yoshlardan ibratli tashabbus: "Plogging" aksiyasi davom etmoqda
Bugun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida, Yangiyer shahrida yosh eko-volontyorlar ishtirokida hudud ozodaligi va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Plogging” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida ishtirokchilar "Yangi O'zbekiston" massivi hududidan markaziy chorraha (krug) gacha bo'lgan masofani chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirib, atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shdilar.
Ta’kidlash joizki, mazkur aksiya tabiatni asrash, ozodalikni ta’minlash va ekologik muhitni yuksaltirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biridir.
Telegram | Instagram | Youtube
