Yangiyer tafsilotlari | rasmiy
رفتن به کانال در Telegram
Yangiyer shahar hokimligining rasmiy axborot kanali. Sahifalarimiz:👇 https://gov.uz/oz/yangiyer instagram.com/yangiyer.sadosi/ https://www.youtube.com/@Yangiyer_sadosi-l5t ✍️ @Aholi_murojaatlari_bot
نمایش بیشتر1 911
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+27 روز
-2530 روز
آرشیو پست ها
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yangiyerda hashar: obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Yangiyer shahrida hashar ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Temur Malik mahallasining B-sektor hududida obodonlashtirish, hududlarni begona o‘tlardan tozalash, ishlab chiqarish korxonalarining tashqi fasad qismlarini bo‘yash hamda atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
Telegram | Instagram | Youtube
+2
#Matbuot_anjumani
Oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga e’tibor kuchaytirilmoqda
Bugun Xalq banki Yangiyer shahar bo‘limi rahbari Xayrullo Axmedov ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Bank xizmatlaridagi yangiliklar: moliyalashtirish, raqamli xizmatlar va aholi hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda bank tomonidan aholi, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar hamda kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va bandlikni ta’minlashda bank xizmatlarining qulay va tezkor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, mavjud biznes faoliyatini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Matbuot anjumanida bank xizmatlarini raqamlashtirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish borasidagi yangiliklar ham atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, jurnalist va blogerlarning bank xizmatlari, kreditlash, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga oid savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.
Matbuot anjumani ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, bank faoliyatining aholiga yaqinligini ta’minlash, moliyaviy xizmatlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Repost from E-AUKSION SIRDARYO
Sirdaryo viloyatidan 40 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!
➤ Oqoltin tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 8 ta (ko’rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 1 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 6 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 7 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 4 tа (ko'rish)
e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!
👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
+4
Murojaat ortidan — amaliy yechim
Joriy yilning 3-oktabr kuni Yangiyer shahar hokimi o‘rinbosari U. Abdullayev hamda shahar IIB boshlig‘i Sh. Xolbo‘tayev rahbarligida, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Shodiyona” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 30 dan ortiq murojaat qabul qilinib, ular asosan bandlik, kredit, moddiy yordam, uy-joy ta’miri, kontrakt to‘lovlari, kommunal xizmatlar hamda sog‘liqni saqlash masalalariga oid bo‘ldi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan vaqt talab etadigan murojaatlar mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Instagram | Youtube
+3
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, portal orqali yaratilgan qulayliklar va xizmatlardan foydalanish tartibi bo‘yicha tushunchalar berish maqsadida Yangiyer shahrida tegishli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Yangiyer shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari ishtirokida targ‘ibot seminari tashkil etildi. Seminar davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, zarur xizmatlarni izlash va olish tartibi, shuningdek, portalning fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Telegram | Instagram | Youtube
+8
Yangiyerda aholidan jismoniy tayyorgarlik sport sinovlari qabul qilindi
Yangiyer shahrida 30–70 yosh va undan katta fuqarolar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazildi.
Unda shahar nuroniylari, tibbiyot xodimlari va mahalla aholisi faol ishtirok etib, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini namoyon etdi.
Tadbir aholi salomatligini mustahkamlash va ommaviy sportni keng targ‘ib etishga qaratildi.
Repost from Rasmiy axborot
🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi
Bugun Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqilmoqda.
Senator Malika Qodirxonova qonun bilan kiritilayotgan eng muhim o‘zgarishlarga to‘xtalib, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlar uchun jazo 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha kuchaytirilayotganini ma’lum qildi.
Shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan insonparvarlik aktlari, shartli ozod qilish, jazoni muddatidan oldin tugatish va boshqa yengillashtiruvchi choralarni qo‘llash imkoniyatlarini cheklash nazarda tutilmoqda.
"Bu, avvalo, bolalarning huquqlarini kafolatlash va ularning kelajagi uchun davlat tomonidan qo‘yilayotgan eng muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman", - dedi senator Malika Qodirxonova.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from E-AUKSION SIRDARYO
Sirdaryo viloyatidan 30 ta "O`zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!
➤ Oqoltin tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 6 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 2 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 8 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 2 ta (ko'rish)
e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!
👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#UstozgaEhtirom
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Yangiyer shahar Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan qalbimizda chuqur iz qoldirgan, ilmu ma’rifat va tarbiya bergan aziz ustoz va murabbiylarga samimiy tilaklar yo‘llaymiz.
Ustozga hurmat — ilmga, tarbiyaga va kelajakka hurmatdir.
Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
