en
Feedback
Yangiyer tafsilotlari | rasmiy

Yangiyer tafsilotlari | rasmiy

Open in Telegram
1 903
Subscribers
-624 hours
-87 days
-3230 days
Posts Archive
Murojaatga amaliy yechim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimining bir
Murojaatga amaliy yechim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimining birinchi o'rinbosari Sarvar Po'latov fuqarolar bilan shaxsiy qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan sog‘liqni saqlash, imtiyozli kredit olish, ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi. Qabul jarayonida bildirilgan har bir murojaat mazmunidan kelib chiqib, ularni qonuniy va amaliy yechim bilan ta’minlash, fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Telegram | Instagram | Youtube

Murojaatga amaliy yechim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimining bir
Murojaatga amaliy yechim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangiyer shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimining birinchi o'rinbosari Sarvar Po'latov fuqarolar bilan shaxsiy qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan sog‘liqni saqlash, imtiyozli kredit olish, ichimlik suvi ta’minoti hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi. Jumladan, fuqaro O‘rmonova Ulbo‘sinning turmush o‘rtog‘ini sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati ham o‘rganilib, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolanish uchun shifoxonaga yotqizish choralari belgilandi. Qabul jarayonida bildirilgan har bir murojaat mazmunidan kelib chiqib, ularni qonuniy va amaliy yechim bilan ta’minlash, fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Telegram | Instagram | Youtube

Infografika Telegram | Instagram | Youtube
Infografika Telegram | Instagram | Youtube

Repost from E-AUKSION SIRDARYO
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1358 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling! ➤ Oqoltin
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1358 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling! ➤ Oqoltin tumanidan 89 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 204 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 143 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 67 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 184 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 101 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 70 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 78 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 43 tа (ko'rish) ➤ Shirin shahridan 34 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 345 tа (ko'rish) 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

#press_tur Havo va suv ifloslanishining oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda Yangiyer shahar Ekologiya va atrof-muhitni mu
+2
#press_tur Havo va suv ifloslanishining oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda Yangiyer shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbari Sherali Yulchiyev ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Havo va suv ifloslanishining oldini olish choralari” mavzusida press-tur o‘tkazildi.
Press-tur davomida ishtirokchilarga shaharda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosi va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbirda havo ifloslanishining asosiy omillarini kamaytirish, chiqindilarni belgilangan tartibda boshqarish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ekologik me’yorlarga amal qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Suv resurslarini muhofaza qilish yo‘nalishida esa suv havzalari va oqova tizimlariga turli chiqindilar tushishining oldini olish, suvdan samarali va tejamkor foydalanish, sanitariya-ekologik talablarni ta’minlash muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Youtube

Repost from Sirdaryo.uz
Sirdaryo ASOCIOga rasman a’zo bo‘ldi Jakartada o‘tkazilayotgan ASOCIO Digital & AI Summit doirasida Sirdaryo viloyati ASOCIO
+6
Sirdaryo ASOCIOga rasman a’zo bo‘ldi Jakartada o‘tkazilayotgan ASOCIO Digital & AI Summit doirasida Sirdaryo viloyati ASOCIO xalqaro tashkilotiga rasman a’zo bo‘ldi. Bu xalqaro IT kompaniyalari bilan hamkorlik, qo‘shma loyihalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Forumda viloyatning IT salohiyati 24 ta davlat vakillariga taqdim etildi. Shuningdek, 2027-yilda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan sun’iy intellekt sammitiga Sirdaryo mezbonlik qilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ma’lumot uchun: ASOCIO — Osiyo va Okeaniyadagi 24 ta davlat va iqtisodiyotning IT uyushmalari hamda tashkilotlarini birlashtiruvchi, raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik va qo‘shma loyihalarni rivojlantiruvchi xalqaro tashkilot.

Aholi farovonligi uchun amaliy choralar Bugun Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov Navro‘zobod mahallasidagi ko‘p qavatli uy
Aholi farovonligi uchun amaliy choralar Bugun Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov Navro‘zobod mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning sharoitini o‘rgandi. O‘rganish davomida ularning ijtimoiy holati, bandligi va daromad manbalari tahlil qilinib, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Xususan, ehtiyojmand oilalarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, bandligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida: — 23 ta ko‘cha chirog‘ini o‘rnatish; — 2 ta bolalar maydonchasini barpo etish; — hududda zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va aholi uchun amaliy samara berishiga alohida e’tibor qaratiladi. Telegram | Instagram | Youtube

Brifing Mavzu: Huquqiy xizmatlardagi islohotlar: fuqarolarning huquqlarini ta’minlash va davlat-huquqiy xizmatlardan foydalanish qulayliklari Ishtirok etdi: Yangiyer shahar Adliya bo‘limi rahbari — Javohir Komilov Telegram | Instagram | Youtube

#Ochiq_muloqot Yangiyer shahar Suv ta'minoti bo'limi rahbari Islom Meliboyev ishtirokida Ichimlik suvi va oqova xizmatlarini yaxshilash: tarmoqlarni yangilash, yo‘qotishlarni kamaytirish va aholi uchun barqaror xizmat yaratish mavzusida ochiq muloqot o'kazildi. Telegram | Instagram | Youtube

#Hokimlik_radiosi Bir savolga-bir javob Savol: Tarmoqdagi islohotlar: xizmatlar samaradorligini oshirish va aholi uchun qanday imkoniyat hamda qulayliklar yaratilmoqda? Javob berdi: Yangiyer shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari — Azizbek Tilabov Telegram | Instagram | Youtube

Repost from Rasmiy axborot
🔥 Suyultirilgan gaz ta’minotida yangi tizim: 3,7 milliondan ortiq xonadon qamrab olingan 🔷Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida aholiga 398 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bugungi kunda 3 million 730 mingdan ortiq xonadon hamda 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. 🔷2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida iste’molchilarga jami 325,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. 🔷Shu bilan birga, murojaatlar soni ham 40,6 foizga kamaygan: avgust–sentabr oylarida 3 974 ta murojaat qayd etilib, ularning 98 foizi ijobiy hal qilingan. 2026-yil 1-noyabrdan esa suyultirilgan gazni birjaning alohida savdo maydonchasi orqali xarid qilish va yetkazib berishning yangi tizimi joriy etiladi. 〰️〰️〰️〰️〰️ ✅ Bu haqda OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda “Hududgazta’minot” AJ Suyultirilgan gaz ta’minoti departamenti boshlig‘i Akmal Jo‘rayev ma’lum qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздра
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik — Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Yangiyerda hashar: obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Yangiyer shahrida hashar ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Temur Malik mahallasining B-sektor hududida obodonlashtirish, hududlarni begona o‘tlardan tozalash, ishlab chiqarish korxonalarining tashqi fasad qismlarini bo‘yash hamda atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Telegram | Instagram | Youtube

Yangiyer shahrida “Ochiq byudjet” axborot portalida g‘olib bo‘lgan loyihalarga 2026 yilning 9 oyi davomida ajratilgan mablag‘lar hamda bajarilgan ishlar. Telegram | Instagram | Youtube

Yangiyer shahrida “Ochiq budjet” axborot portalida g‘olib bo‘lgan loyihalarga 2026 yilning 9 oyi davomida ajratilgan mablag‘lar hamda bajarilgan ishlar. Telegram | Instagram | Youtube

Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov hamda o'rinbosarlari tomonidan Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul
Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov hamda o'rinbosarlari tomonidan Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish reja jadvali. Telegram | Instagram | Youtube

#Matbuot_anjumani Oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga e’tibor kuchaytirilmoqda Bugun Xalq banki Yangiyer sha
+2
#Matbuot_anjumani Oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga e’tibor kuchaytirilmoqda Bugun Xalq banki Yangiyer shahar bo‘limi rahbari Xayrullo Axmedov ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun “Bank xizmatlaridagi yangiliklar: moliyalashtirish, raqamli xizmatlar va aholi hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bank tomonidan aholi, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar hamda kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini moliyalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va bandlikni ta’minlashda bank xizmatlarining qulay va tezkor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda oilaviy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish, mavjud biznes faoliyatini kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Matbuot anjumanida bank xizmatlarini raqamlashtirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish jarayonlarini soddalashtirish borasidagi yangiliklar ham atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, jurnalist va blogerlarning bank xizmatlari, kreditlash, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga oid savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi. Matbuot anjumani ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, bank faoliyatining aholiga yaqinligini ta’minlash, moliyaviy xizmatlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Repost from E-AUKSION SIRDARYO
Sirdaryo viloyatidan 40 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib olin
Sirdaryo viloyatidan 40 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling! ➤ Oqoltin tumanidan 3 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 8 ta (ko’rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 3 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 3 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 1 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 6 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 5 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 7 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 4 tа (ko'rish) e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning! 👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube