uk
Feedback
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Відкрити в Telegram

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Канал O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ (@uzswlu) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 19 026 підписників, посідаючи 10 376 місце в категорії Освіта та 4 181 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 19 026 підписників.

За останніми даними від 12 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на 4 948, а за останні 24 години на 22, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 28.48%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 19.28% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 5 421 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 3 670 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 26.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 13 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.

19 026
Підписники
+2224 години
+1 1617 днів
+4 94830 днів
Архів дописів
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 TALABALAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida universitet hududiga kirish imkoniyatlari kengaytirildi. Endilikda talabalar universitet hududiga ikkita kirish eshigi orqali kirib-chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Batafsil mal’umotni video orqali bilib olishingiz mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦 O‘zDJTU rektorining qarashlari London Post nashrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning zamonaviy universitetni rivojlantirish, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro nufuzini oshirish borasidagi qarashlari Buyuk Britaniyaning London Post nashrida e’lon qilindi. “Building the University of Tomorrow: Ilkhomjon Tukhtasinov’s Vision for a Global Uzbekistan” sarlavhali maqolada O‘zDJTU rektorining ta’lim kelajagi, talabalar salohiyati va global universitet modeli haqidagi fikrlari yoritilgan. 🔗 Maqolani to‘liq o‘qish: London Post 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦 Kuni kecha universitetimizda bo'lib o'tgan "EKO FEST" ekologik tadbiridan videolavha Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📱Telegram |📱Instagram

“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” Ushbu shior ostida universitet hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari davom etmoqd
+3
“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” Ushbu shior ostida universitet hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari davom etmoqda. Tadbirlar davomida hovli va ochiq maydonlar tozalanib, yashil hududlar, yo‘laklar hamda atrof-muhit tartibga keltirildi. Mazkur jamoaviy tadbirlar universitet hududini obod va ozoda saqlash, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarda umumiy hududga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini mustahkamlashga qaratilgan. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi 12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-son
+7
O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi 12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB XPB KPB boshlig‘i mayor A. Raxmonov, leytenant I. Saidov, 1-sonli IIB rahbari mayor A. Turayev, universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda fakultet dekanlari X. Xakimov va A. Xalillayev ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning turlari, sodir etilish usullari, undan himoyalanish choralari hamda kiberjinoyat qurboniga aylanganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga “APK Qo‘riqchi” dasturi haqida tushuncha berilib, uni mobil qurilmalarga o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI 1-BOSQICH TALABALARI HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filolo
+6
IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI 1-BOSQICH TALABALARI HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi 1-bosqich talabalarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi. Chilonzor tumani Katta Chilonzor MFY hududidagi xonadonlarga tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena holati o‘rganilib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Tadbirda universitet psixologi Z. Xayrullayeva, fakultet IPMBIB mutaxassisi I. Sa’diyeva hamda fakultet tyutorlari D. Izzatullayeva, N. Asomova va N. Safonova ishtirok etdi. Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan tyutorlarga talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Edu.uz
#SoglomHayot #NarkotiklargaQarshimiz Giyohvandlik organizmni yemiradi
⚠️ Bir lahzalik “zavq” — salomatlik va kelajak evaziga bo‘lmasin. Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak uchun kurash!
Batafsil... Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimot Prezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildi   Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.   Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.   Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Ta’lim jarayoni: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti “Media va kommunikatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ta’lim jarayoni: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida kafedra professori, filologiya fanlari doktori Ismailova Klimentina Fuzailovna ta’limdagi mavjud muammolar va rivojlanish tendensiyalari, ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakl va modellari haqida interaktiv tarzda ma’lumot berdi. Mahorat darsi davomida keys-stadi, refleksiv mashqlar va videonamoyishlar orqali ta’lim jarayonini optimallashtirish, shuningdek, ta’lim oluvchilar motivatsiyasini oshirishning zamonaviy usul va texnikalari namoyish etildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

📚 “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Yangi marralarni zabt etamiz” shiori ostida psixologik uchrashuv o‘tkazildi 📅 Joriy yi
+4
📚 “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Yangi marralarni zabt etamiz” shiori ostida psixologik uchrashuv o‘tkazildi 📅 Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Yangi marralarni zabt etamiz” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot va psixologik uchrashuv tashkil etildi. 🤝 Mazkur tadbir universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva, Uchinchi ingliz tili fakulteti IPMBIB bo‘limi mutaxassisi N.I. Isroilova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Ismailova hamkorligida o‘tkazildi. 🧠 Uchrashuv davomida birinchi bosqich talabalari universitetda faoliyat yuritayotgan psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlari, psixologik maslahat va psixodiagnostik xizmatlardan foydalanish tushuntirildi. 💡 Tadbirda maqsadga yo‘naltirilganlik, ijobiy tafakkur, o‘ziga bo‘lgan ishonch, ichki motivatsiya, shaxsiy mas’uliyat va psixologik tayyorgarlik muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari sifatida ta’kidlandi.

Repost from N/a
📚✨ “Birinchi kurs maktabi” doirasida psixologik uchrashuv tashkil etildi 2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon t
+4
📚✨ “Birinchi kurs maktabi” doirasida psixologik uchrashuv tashkil etildi 2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida psixologik uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet psixologi Z. Xayrullayeva, fakultetning IPMBIB bo‘limi mutaxassisi O. Artikova, fakultet tyutori hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalarga mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish, kasbiy va shaxsiy rivojlanish yo‘llari hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet psixologik xizmatining faoliyati, psixologik maslahat va psixodiagnostik xizmatlardan foydalanish tartibi, murojaatlarning maxfiyligi hamda psixologik yordam olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Uchrashuv davomida talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, o‘quv motivatsiyasi, kelajak rejalari va shaxsiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. 🌟 Tadbir yakunida talabalarga mustaqil fikrlash, ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qat’iyat bilan intilish muhimligi ta’kidlandi.

📚✨ Ma’naviyat va tartib-intizom — ta’lim sifatining muhim omili Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tilla
+5
📚✨ Ma’naviyat va tartib-intizom — ta’lim sifatining muhim omili Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Shohida Shamutalova Xalqaro jurnalistika fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, universitetning Odob-axloq kodeksi, ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talabalarning kiyinish madaniyati hamda belgilangan forma talablariga rioya etish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida yuksak madaniyat, mas’uliyat va intizomni qaror toptirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda ta’lim jarayonida odob-axloq me’yorlariga amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

🟦🟦 📺 Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Davron Sobirovich Muitov “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalining “Bugun Eksklyuziv” dasturida ishtirok etdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

MILLIY VA SHARQONA TARBIYA — MA’NAVIY BARKAMOLLIK ASOSI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-sonli Talabalar t
+8
MILLIY VA SHARQONA TARBIYA — MA’NAVIY BARKAMOLLIK ASOSI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida “Milliy va sharqona tarbiya – ma’naviy barkamollik asosi, sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 🔹 Uchrashuvda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova hamda profilaktika inspektori M. Nurmuhammedov ishtirok etdi. 🔹 Suhbat davomida milliy qadriyatlar, sharqona odob-axloq, o‘zaro hurmat va muomala madaniyati, talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda Talabalar turar joyida sog‘lom psixologik va ijtimoiy muhitni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🔹 Shuningdek, 5 muhim tashabbus xonalarida faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qizlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda ularni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida talaba-qizlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda TTJda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan fikrlar bildirildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O‘zDJTUda “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filol
+5
O‘zDJTUda “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Dekan va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, ta’lim sifati, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar. Fakultet dekani A.Xalillayev yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy dunyoqarashi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etib, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni doimiy izlanish, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsion fikrlash va kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi. Uchrashuv davomida faol va iqtidorli talabalarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun nafaqat rahbariyat bilan ochiq muloqot qilish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuslarini ilgari surish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

📢 Hurmatli talabalar! HEMIS tizimida login/parolni esdan chiqarganlar parolni mustaqil ravishda tiklashlari mumkin. Tizimning o‘zida parolni tiklash funksiyasi mavjud. 📱 HEMIS ilovasi (Android/iOS)da ayrim funksiyalar to‘liq ishlamasligi mumkin. Shu sababli Google orqali 👉 “hemis student uzswlu” deb qidirib, parolingizni brauzer orqali tiklashingiz tavsiya etiladi. ▶️ Videoni ko‘rib chiqing va yo‘riqnomani ulashing.

📢 1-KURS TALABALARI DIQQATIGA! 🎓 HEMIS TIZIMIGA KIRISH BO‘YICHA VIDEO YO‘RIQNOMA 1️⃣ Google qidiruv tizimiga kiring va “HEMIS STUDENT UZSWLU” deb qidiring. 2️⃣ Qidiruv natijalarida yuqorida chiqadigan birinchi sahifaga kiring. 3️⃣ Ochilgan oynaga: 🔹 12 xonali Talaba ID raqamingizni; 🔹 mavjud parolingizni kiriting va tizimga kiring. 4️⃣ Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgach, shaxsiy profilingiz ochiladi. 🔐 ONEID ORQALI KIRISH Agar Sizda OneID tizimida akkaunt mavjud bo‘lsa, HEMIS tizimiga OneID orqali ham kirishingiz mumkin. ⚠️ DIQQAT! OneID orqali kirishda akkauntingizga bog‘langan telefon raqami orqali tasdiqlash amalga oshiriladi. 📱 MOBIL ILOVA HEMIS tizimidan foydalanish uchun Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil ilovalardan ham foydalanishingiz mumkin. 🎥 HEMIS tizimiga kirish bo‘yicha video yo‘riqnomani diqqat bilan ko‘rib chiqing va amallarni ketma-ket bajaring.

Repost from Edu.uz
Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markaz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. #Mirziyoyev #tanishuv #Olmazor #talabalar Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

🔐 Kiberxavfsizlik — zamonaviy hayotning muhim qoidasi 🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi faku
+4
🔐 Kiberxavfsizlik — zamonaviy hayotning muhim qoidasi 🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida talabalar ishtirokida bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri — kiberxavfsizlik mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi. 👮‍♂️ Tadbirda Chilonzor tumani IIO FMB HPB KPB inspektorlari — mayor Z. S. Ziyavuddinov va leytenant X. T. Mamatkulov ishtirok etib, talabalar bilan internet makonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar haqida suhbatlashdilar. 💻 Uchrashuv davomida kiberfiribgarlikning turli ko‘rinishlari, shubhali havolalar va fayllardan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar xavfsizligini ta’minlash hamda internetdan foydalanishda e’tiborli bo‘lish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. 📱 Shuningdek, talabalar Ichki ishlar organlari tomonidan ishlab chiqilgan “APK Qo‘riqchi” ilovasi bilan tanishtirildi. Mutaxassislar ilovaning vazifasi va imkoniyatlari haqida ma’lumot berib, undan foydalanish hamda ishlash tartibini amaliy tarzda tushuntirib berdilar. 🛡 Ayniqsa, turli zararli dasturlar va kiberxavflarning oldini olish, raqamli muhitda xavfsizlikni ta’minlashda mazkur ilovadan foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. 💬 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, kiberxavfsizlik borasida zarur bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar. 🌐 Raqamli dunyoda xavfsizlik — hushyorlik, bilim va mas’uliyatdan boshlanadi! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt