es
Feedback
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ir al canal en Telegram

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

El canal O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ (@uzswlu) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 19 020 suscriptores, ocupando la posición 10 375 en la categoría Educación y el puesto 4 172 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 19 020 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 4 944, y en las últimas 24 horas de -6, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 28.58%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 19.10% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 5 437 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 634 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 27.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Qabul 2026/2027 @uzswlu_supportbot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

19 020
Suscriptores
-624 horas
+9407 días
+4 94430 días
Archivo de publicaciones
Universitet inspektori bilan profilaktik uchrashuv O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-kurs talabalari ishtirok
+2
Universitet inspektori bilan profilaktik uchrashuv O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-kurs talabalari ishtirokida universitet inspektori bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv tyutorlar Sh. A. Abduvaliyeva va N. J. Tog‘ayeva tashabbusi va ishtirokida o‘tkazilib, unda talabalarga universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq me’yorlari, huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda turli xavf-xatarlardan ogoh bo‘lish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar. Uchrashuv yakunida yoshlarga qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, o‘z xatti-harakatlariga mas’uliyat bilan yondashish va ta’lim olish jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. ➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 🔹Telegram 🔹 Instagram

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🚀 “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA START BERILDI! Kreativ fikrlaysizmi? Yangilik yaratishga qiziqasizmi? G‘
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🚀 “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA START BERILDI! Kreativ fikrlaysizmi? Yangilik yaratishga qiziqasizmi? G‘oyangizni real loyihaga aylantirmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan tashabbuskor, kreativ g‘oyalarga ega talabalarini “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
💡 “Eng yaxshi kreativ g‘oya” nima? Bu — talabalar tomonidan ishlab chiqilgan, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, mavjud muammolarga noodatiy va samarali yechim taklif etish, startap loyihani shakllantirish yoki takomillashtirishga qaratilgan, innovatsionligi, amaliyotda qo‘llash imkoniyati hamda ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turadigan g‘oyadir.
🏆 G‘oliblarni qanday imkoniyatlar kutmoqda? Tanlov Nizomiga muvofiq, g‘olib loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy jamg‘armasi 300 million so‘mgacha bo‘lgan grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan. 🥇 1-o‘rin — 100 million so‘m 🥈 2-o‘rin — 50 million so‘m 🥉 3-o‘rin — 25 million so‘m
📌 Tanlovda qanday ishtirok etiladi? Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor ariza taqdim etadi
hamda unga tanlov shartlari va Nizomda belgilangan tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
Universitet bosqichida eng yaxshi kreativ va istiqbolli g‘oyalar saralab olinib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. 🚀 G‘oya sizdan — imkoniyat bizdan! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 🎓 “Birinchi kurs maktabi” doirasida mazmunli yakshanba 📅 Rus filologiyasi fakulteti Zamonaviy rus til
+2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 🎓 “Birinchi kurs maktabi” doirasida mazmunli yakshanba 📅 Rus filologiyasi fakulteti Zamonaviy rus tili kafedrasi o‘qituvchilari R.Shakirova va E. Velishayeva tomonidan 1-bosqich talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🎨 Tadbirning dastlabki manzili “Art-bazar” ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘ldi. Talabalar O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan hunarmandlarning ijod namunalari bilan yaqindan tanishib, milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’ati va qadimiy an’analarimizning o‘ziga xos jihatlarini kashf etdilar. 🕯 Shundan so‘ng talabalar “Shahidlar xotirasi” majmuasiga tashrif buyurib, xalqimiz ozodligi va farovonligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Tashrif davomida tarixiy xotira va ajdodlar merosini asrab-avaylashning ahamiyati haqida fikr almashildi. ✨ Mazmunan boy va rang-barang tarzda tashkil etilgan tadbir davomida talabalar ma’naviy, madaniy va jismoniy tarbiya yo‘nalishlarini birlashtirgan holda, yakshanba kunini mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar. 🤝 “Birinchi kurs maktabi” doirasidagi bunday tadbirlar talabalarni universitet hayotiga moslashtirish, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish va talabalik davrini unutilmas taassurotlar bilan boyitishga xizmat qiladi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Edu.uz
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkor
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi eʼlon qilindi Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — “The Chosun Daily”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi. Maqolada Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investitsiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilgan. ❗Maqolada qayd etilganidek– 🔵soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan; 🔵Koreyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan; 🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qoʻshma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda; 🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq; 🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan. Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining oʻzaro toʻldiruvchanligi yangi oʻsish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini taʼkidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".
Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".
Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.
🔥 Maʼlumot oʻrnida: The Chosun Daily — 1920-yilda tashkil etilgan “Chosun Ilbo” mediaguruhi tarkibidagi nashr boʻlib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda Oʻzbekiston Prezidentining maqolasi eʼlon qilinishi ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikka boʻlgan yuksak eʼtiborning yana bir ifodasidir. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📚 3-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUV 🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida yangi o
+2
📚 3-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUV 🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish, talabalar oldida turgan muhim vazifalarni belgilab olish hamda o‘quv jarayoniga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 💬 Muloqot davomida fakultetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, ta’lim jarayonidagi intizom, darslarga muntazam qatnashish, talabalik mas’uliyati va universitet odob-axloq me’yorlariga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🎓 3-bosqich — talabaning kasbiy va shaxsiy rivojlanishida muhim davr. Shu bois uchrashuvda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘z ustida muntazam ishlash, bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash hamda kelgusidagi maqsadlar sari dadil qadam tashlash zarurligi ta’kidlandi. ✨ Yangi o‘quv yili oldinda yangi bilimlar, loyihalar, sinovlar va, albatta, yangi yutuqlar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi. 💙 Aziz 3-bosqich talabalariga yangi o‘quv yilida mustahkam ishonch, yuqori natijalar, kuch-g‘ayrat va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀 Yangi marralar, yangi imkoniyatlar va yangi g‘alabalar sari! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿 TALABALAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK! O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida universitet hududiga kirish imkoniyatlari kengaytirildi. Endilikda talabalar universitet hududiga ikkita kirish eshigi orqali kirib-chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Batafsil mal’umotni video orqali bilib olishingiz mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦 O‘zDJTU rektorining qarashlari London Post nashrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning zamonaviy universitetni rivojlantirish, yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va O‘zbekiston oliy ta’limining xalqaro nufuzini oshirish borasidagi qarashlari Buyuk Britaniyaning London Post nashrida e’lon qilindi. “Building the University of Tomorrow: Ilkhomjon Tukhtasinov’s Vision for a Global Uzbekistan” sarlavhali maqolada O‘zDJTU rektorining ta’lim kelajagi, talabalar salohiyati va global universitet modeli haqidagi fikrlari yoritilgan. 🔗 Maqolani to‘liq o‘qish: London Post 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦 Kuni kecha universitetimizda bo'lib o'tgan "EKO FEST" ekologik tadbiridan videolavha Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📱Telegram |📱Instagram

“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” Ushbu shior ostida universitet hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari davom etmoqd
+3
“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” Ushbu shior ostida universitet hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari davom etmoqda. Tadbirlar davomida hovli va ochiq maydonlar tozalanib, yashil hududlar, yo‘laklar hamda atrof-muhit tartibga keltirildi. Mazkur jamoaviy tadbirlar universitet hududini obod va ozoda saqlash, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarda umumiy hududga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini mustahkamlashga qaratilgan. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi 12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-son
+7
O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi 12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB XPB KPB boshlig‘i mayor A. Raxmonov, leytenant I. Saidov, 1-sonli IIB rahbari mayor A. Turayev, universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda fakultet dekanlari X. Xakimov va A. Xalillayev ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning turlari, sodir etilish usullari, undan himoyalanish choralari hamda kiberjinoyat qurboniga aylanganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarga “APK Qo‘riqchi” dasturi haqida tushuncha berilib, uni mobil qurilmalarga o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI 1-BOSQICH TALABALARI HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filolo
+6
IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI 1-BOSQICH TALABALARI HOLATI O‘RGANILDI O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi 1-bosqich talabalarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi. Chilonzor tumani Katta Chilonzor MFY hududidagi xonadonlarga tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik va sanitariya-gigiyena holati o‘rganilib, ular bilan suhbatlar o‘tkazildi hamda zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Tadbirda universitet psixologi Z. Xayrullayeva, fakultet IPMBIB mutaxassisi I. Sa’diyeva hamda fakultet tyutorlari D. Izzatullayeva, N. Asomova va N. Safonova ishtirok etdi. Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan tyutorlarga talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va zarur ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Edu.uz
#SoglomHayot #NarkotiklargaQarshimiz Giyohvandlik organizmni yemiradi
⚠️ Bir lahzalik “zavq” — salomatlik va kelajak evaziga bo‘lmasin. Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom kelajak uchun kurash!
Batafsil... Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimot Prezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildi   Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.   Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.   Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/218393 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Ta’lim jarayoni: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti “Media va kommunikatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ta’lim jarayoni: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida kafedra professori, filologiya fanlari doktori Ismailova Klimentina Fuzailovna ta’limdagi mavjud muammolar va rivojlanish tendensiyalari, ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakl va modellari haqida interaktiv tarzda ma’lumot berdi. Mahorat darsi davomida keys-stadi, refleksiv mashqlar va videonamoyishlar orqali ta’lim jarayonini optimallashtirish, shuningdek, ta’lim oluvchilar motivatsiyasini oshirishning zamonaviy usul va texnikalari namoyish etildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

📚 “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Yangi marralarni zabt etamiz” shiori ostida psixologik uchrashuv o‘tkazildi 📅 Joriy yi
+4
📚 “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Yangi marralarni zabt etamiz” shiori ostida psixologik uchrashuv o‘tkazildi 📅 Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Yangi marralarni zabt etamiz” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot va psixologik uchrashuv tashkil etildi. 🤝 Mazkur tadbir universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva, Uchinchi ingliz tili fakulteti IPMBIB bo‘limi mutaxassisi N.I. Isroilova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Ismailova hamkorligida o‘tkazildi. 🧠 Uchrashuv davomida birinchi bosqich talabalari universitetda faoliyat yuritayotgan psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlari, psixologik maslahat va psixodiagnostik xizmatlardan foydalanish tushuntirildi. 💡 Tadbirda maqsadga yo‘naltirilganlik, ijobiy tafakkur, o‘ziga bo‘lgan ishonch, ichki motivatsiya, shaxsiy mas’uliyat va psixologik tayyorgarlik muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari sifatida ta’kidlandi.

Repost from N/a
📚✨ “Birinchi kurs maktabi” doirasida psixologik uchrashuv tashkil etildi 2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon t
+4
📚✨ “Birinchi kurs maktabi” doirasida psixologik uchrashuv tashkil etildi 2026-yil 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalari uchun “Birinchi kurs maktabi” doirasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida psixologik uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet psixologi Z. Xayrullayeva, fakultetning IPMBIB bo‘limi mutaxassisi O. Artikova, fakultet tyutori hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalarga mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish, kasbiy va shaxsiy rivojlanish yo‘llari hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, universitet psixologik xizmatining faoliyati, psixologik maslahat va psixodiagnostik xizmatlardan foydalanish tartibi, murojaatlarning maxfiyligi hamda psixologik yordam olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Uchrashuv davomida talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi, o‘quv motivatsiyasi, kelajak rejalari va shaxsiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. 🌟 Tadbir yakunida talabalarga mustaqil fikrlash, ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qat’iyat bilan intilish muhimligi ta’kidlandi.

📚✨ Ma’naviyat va tartib-intizom — ta’lim sifatining muhim omili Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tilla
+5
📚✨ Ma’naviyat va tartib-intizom — ta’lim sifatining muhim omili Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Shohida Shamutalova Xalqaro jurnalistika fakultetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida fakultet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etilib, universitetning Odob-axloq kodeksi, ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talabalarning kiyinish madaniyati hamda belgilangan forma talablariga rioya etish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida yuksak madaniyat, mas’uliyat va intizomni qaror toptirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda ta’lim jarayonida odob-axloq me’yorlariga amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

🟦🟦 📺 Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Davron Sobirovich Muitov “Ma’naviyat va ma’rifat” telekanalining “Bugun Eksklyuziv” dasturida ishtirok etdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

MILLIY VA SHARQONA TARBIYA — MA’NAVIY BARKAMOLLIK ASOSI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-sonli Talabalar t
+8
MILLIY VA SHARQONA TARBIYA — MA’NAVIY BARKAMOLLIK ASOSI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar ishtirokida “Milliy va sharqona tarbiya – ma’naviy barkamollik asosi, sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirish omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 🔹 Uchrashuvda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova hamda profilaktika inspektori M. Nurmuhammedov ishtirok etdi. 🔹 Suhbat davomida milliy qadriyatlar, sharqona odob-axloq, o‘zaro hurmat va muomala madaniyati, talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda Talabalar turar joyida sog‘lom psixologik va ijtimoiy muhitni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🔹 Shuningdek, 5 muhim tashabbus xonalarida faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qizlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda ularni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida talaba-qizlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda TTJda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan fikrlar bildirildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O‘zDJTUda “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filol
+5
O‘zDJTUda “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Dekan va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, ta’lim sifati, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar. Fakultet dekani A.Xalillayev yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy dunyoqarashi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etib, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni doimiy izlanish, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsion fikrlash va kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi. Uchrashuv davomida faol va iqtidorli talabalarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi. Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun nafaqat rahbariyat bilan ochiq muloqot qilish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuslarini ilgari surish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi.