ch
Feedback
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

前往频道在 Telegram

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

显示更多

📈 Telegram 频道 O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ 的分析概览

频道 O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ (@uzswlu) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 763 名订阅者,在 教育 类别中位列第 14 620,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 940

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 763 名订阅者。

根据 26 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 266,过去 24 小时变化为 3,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 12.88%。内容发布后 24 小时内通常能获得 10.39% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 1 771 次浏览,首日通常累积 1 428 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 7

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +998 71-230-13-73 O’qishni ko’chirsh Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

凭借高频更新(最新数据采集于 27 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。

13 763
订阅者
+324 小时
+717
+26630
帖子存档
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩 OʻzDJTU magistratura bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi Oʻzbekiston davl
+8
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩 OʻzDJTU magistratura bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025/2026-oʻquv yili magistratura bitiruvchilari uchun tantanali bitiruv kechasi tashkil etildi. Marosimda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov soʻzga chiqib, bitiruvchilarni magistrlik diplomini qoʻlga kiritgani bilan samimiy tabrikladi. Rektor oʻz nutqida magistratura bosqichi davomida ilm-fan, xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirish va zamonaviy kompetensiyalarni egallash yoʻlida fidokorona mehnat qilgan bitiruvchilarning saʼy-harakatlarini eʼtirof etar ekan, ularni halollik, vatanparvarlik, tashabbuskorlik, kasbiy mahorat va yuksak maʼnaviyat tamoyillariga sodiq boʻlishga chorladi. Shuningdek, universitet bitiruvchilarning kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy yutuqlari bilan doimo faxrlanishini taʼkidladi. Maʼlumot uchun, joriy yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti magistraturasini 17 ta mutaxassislik boʻyicha 343 nafar magistrant muvaffaqiyatli tamomladi. Bitiruvchilarga magistrlik diplomlari tantanali ravishda topshirilib, ularning kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARIUNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARK
+7
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARIUNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI YANGILIK 🎓 Malaka oshirish kurslari zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida davom etmoqda O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslari Xorazm viloyati, Urganch RANCH Texnologiya Universiteti bazasida davom etmoqda. Mashg‘ulotlar O‘zDJTUning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalari va ilg‘or pedagogik metodlar asosida tashkil etilmoqda. Jumladan, f.f.d (DSc), professor Teshabayeva Dilfuza Muminovna; p.f.d. (DSc), professor Raxmonov Azizxon Bositxonovich; p.f.f.d. (PhD), dotsent Radjapova Gulnoza Giyasiddinovna hamda f.f.n, dotsent Kojayeva Olga Stanislavovna tinglovchilar uchun o‘z mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar. Mashg‘ulotlar davomida xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy metodikalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, raqamli platformalar yordamida darslarni loyihalash, tilshunoslikning dolzarb muammolari, o‘quv materiallarini yaratish, baholash jarayonlarini takomillashtirish hamda ta’limni individuallashtirish usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirilmoqda. Shuningdek, tinglovchilar sun’iy intellekt texnologiyalari asosida xorijiy tillarni samarali o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini o‘zlashtirmoqdalar. Interfaol metodlar, amaliy topshiriqlar va tajriba almashishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, pedagogik mahoratini oshirish hamda zamonaviy ta’lim talablari asosida faoliyat yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram

📢 O‘QISHINI TIKLAMOQCHI BO‘LGAN TALABALAR DIQQATIGA! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi
📢 O‘QISHINI TIKLAMOQCHI BO‘LGAN TALABALAR DIQQATIGA! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq: 🗓 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni xam) qabul qilinadi. 🌐 Arizalar faqat transfer.edu.uz elektron platformasi orqali yuboriladi. ❗️ O‘qishni qayta tiklash amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va talablar asosida ko‘rib chiqiladi. ⏳ Belgilangan muddat tugagandan so‘ng yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. Hurmatli talabalar, o‘qishni qayta tiklash istagida bo‘lsangiz, arizangizni 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz platformasi orqali yuborishingizni so‘raymiz.

🇵🇱🇺🇿 POLSHA - O‘ZBEKISTON XALQARO QO‘SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI Polshaning QS World University Rankings 2026 reytingida T
🇵🇱🇺🇿 POLSHA - O‘ZBEKISTON XALQARO QO‘SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI Polshaning QS World University Rankings 2026 reytingida TOP-900 talikdan o‘rin olgan Gdansk universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi bilan hamkorligida professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro qo‘shma malaka oshirish kursiga qabul e’lon qiladi.
📅 Kurs muddati: 2026-yil 14-sentabrdan 15-oktabrgacha 🌍 Dastur ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2 hafta — Gdansk, Polsha (Gdansk universiteti ) 2 hafta —  Toshkent, O‘zbekiston (O’zDJTU Tarmoq markazida) 💰 Kurs narxi: 3000 AQSh dollari. Dastur narxiga quyidagi xizmatlar kiradi: – 144 soatlik xalqaro malaka oshirish kursi. – Shengen vizasini rasmiylashtirish. – Ikki tomonga aviachipta.
Qo‘shimcha to‘lov evaziga ishtirokchilar uchun Yevropaning bir qator davlatlariga sayohatni o‘z ichiga olgan "EURO TOUR" dasturi ham tashkil etilishi mumkin. Mazkur dastur ishtirokchilarga Yevropa ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni egallash hamda xalqaro sertifikatga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. ⏰ Arizalar 2026-yil 3-avgustga qadar qabul qilinadi. 📍 Manzil: O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 977 49 07 https://t.me/narimanbekovna ‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan. Xalqaro malaka oshirish kursiga atigi 25 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro ta’lim tajribasi sari muhim qadam tashlang.

Cambridge Kidzz jamoasiga bir kunning o’zida qo’shiling! 🔔 Jamoamiz o’z ustida ishlaydigan, tajribali va qadriyatli, Main Teacher, Support Teacherlar va Adminstratorlar uchun Job Fest tashkil qiladi 🔥 Endi siz bir kunning o’zida Toshkent shahridagi bolalar uchun eng yaxshi ingliz tili markazlaridan birida ishlashingiz va har tomonlama rivojlanishingiz mumkin. ✔️ Cambridge jamoasi sizga: — 25.000.000 so’mgacha oylik maosh; — Har oy qo’shimcha bonuslar; — Teambuilding va sayohat; — Erkin ish grafini taklif qiladi. 🗓 1-avgust ⏰ Soat 11:00 dan boshlab 📍 Cambridge Novza filiali Bir kunning o’zida Cambridge Kidzz jamoasiga qo’shilish, kuchli va professional jamoada ishlashni istasangiz, sizni Job Festda kutib qolamiz 😉 Job Festda qatnashish uchun ushbu kanalga qo'shiling oling 👇 📱 Telegram kanal

🟦🟦🟦 O‘zDJTU vakillari “Global Business Services Forum 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi Joriy yilning 24–25-iyul kunlar
+5
🟦🟦🟦 O‘zDJTU vakillari “Global Business Services Forum 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi Joriy yilning 24–25-iyul kunlari Toshkent shahridagi IT Park majmuasida “Global Business Services Forum 2026” (GBSF 2026) xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli forum axborot texnologiyalari, biznes jarayonlarini masofadan boshqarish (BPO), xizmatlar eksporti hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar, davlat tashkilotlari hamda soha ekspertlarini bir maydonga jamladi. Tadbir doirasida yalpi majlislar, panel muhokamalari, tajriba almashish uchrashuvlari va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan biznes muloqotlari tashkil etildi. Forumda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nomidan Sun’iy intellekt va strategik transformatsiya bo‘yicha rektor maslahatchisi Boltabayev Maxmudjon Rustamovich hamda Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Sobir Tuychiyev Abdusodiqovich ishtirok etdi. Forum davomida raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, global biznes xizmatlari, xizmatlar eksportini kengaytirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan ilg‘or xalqaro tajribalar muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim va IT sohasi integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni oliy ta’lim tizimiga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TIKA ko‘magida O‘zDJTUda “Turk tili va tarjima markazi” tashkil etildi Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekisto
+8
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TIKA ko‘magida O‘zDJTUda “Turk tili va tarjima markazi” tashkil etildi Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida TIKA loyiha koordinatori bilan o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar amaliy natija berdi. Mazkur uchrashuv davomida Tarjimonlik fakultetida TIKA moliyaviy ko‘magida “Turk tili va tarjima markazi” hamda sinxron tarjima laboratoriyasini tashkil etish masalalari muhokama qilingan edi. Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida Tarjimonlik fakultetida “Turk tili va tarjima markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Turkiyaning TIKA xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi homiyligida universitet uchun 4 ta zamonaviy o‘quv xonasi to‘liq jihozlandi. Loyiha doirasida o‘quv xonalari zamonaviy o‘quv stollari, yumshoq o‘rindiqli stullar, katta o‘lchamli interaktiv panel (aqlli doska), interaktiv panel uchun mobil stend, o‘qituvchi stoli, konditsioner (split tizim), videokuzatuv (CCTV) kameralari hamda zamonaviy LED yoritish tizimi bilan ta’minlandi. Mazkur loyiha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va TIKA o‘rtasidagi samarali hamkorlikning navbatdagi amaliy natijasi bo‘lib, kelgusida ham ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni izchil rivojlantirishga mustahkam zamin yaratadi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦🟦🟦 PhD dissertatsiyasi ilmiy seminarda muhokama qilindi 2026-yil 24-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari univer
+5
🟦🟦🟦🟦🟦 PhD dissertatsiyasi ilmiy seminarda muhokama qilindi 2026-yil 24-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida Turg‘unova Fazilat Rustam qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “O‘zbek va ingliz sarlavhalarida grammatik kompressiya hodisasining qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiya ishi atroflicha muhokama etildi. Muhokama jarayonida tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi hamda erishilgan natijalari yuzasidan ilmiy seminar ishtirokchilari tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, dissertatsiya ishini yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiya va takliflar ilgari surildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦🟦🟦 Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi 2026-yil 24-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari un
+6
🟦🟦🟦🟦🟦 Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi 2026-yil 24-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Unda Temirova Feruza Oybek qizining 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz va o‘zbek tillarida bolalar latifalarining sotsiolingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi. Muhokama davomida dissertatsiya yuzasidan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar bildirildi hamda tadqiqot bi ilmiy va amaliy ahamiyati e’tirof etildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from davletovuz
Озарбайжонлик машҳур шоир Акиф Бағирнинг «Ўзбек келаётир, йўл бўшат жаҳон» шеъри асосида Республика Маънавият ва маърифат маркази сунъий интеллект ёрдамида қўшиқ ва видеоклип яратибди. Клипда юртимизнинг бугунги тараққиёти, миллий қадриятлар ва Ватан тимсоллари бадиий образлар орқали акс эттирилган. Клипни сифатли форматда кўриш учун: https://youtu.be/Omsapx-IOrk

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TIKA ko‘magida O‘zDJTUda “Turk tili va tarjima markazi” tashkil etildi Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekisto
+8
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TIKA ko‘magida O‘zDJTUda “Turk tili va tarjima markazi” tashkil etildi Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida TIKA loyiha koordinatori bilan o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar amaliy natija berdi. Mazkur uchrashuv davomida Tarjimonlik fakultetida TIKA moliyaviy ko‘magida “Turk tili va tarjima markazi” hamda sinxron tarjima laboratoriyasini tashkil etish masalalari muhokama qilingan edi. Bugungi kunda ushbu loyiha doirasida Tarjimonlik fakultetida “Turk tili va tarjima markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Turkiyaning TIKA xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi homiyligida universitet uchun 4 ta zamonaviy o‘quv xonasi to‘liq jihozlandi. Loyiha doirasida o‘quv xonalari zamonaviy o‘quv stollari, yumshoq o‘rindiqli stullar, katta o‘lchamli interaktiv panel (aqlli doska), interaktiv panel uchun mobil stend, o‘qituvchi stoli, konditsioner (split tizim), videokuzatuv (CCTV) kameralari hamda zamonaviy LED yoritish tizimi bilan ta’minlandi. Mazkur loyiha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va TIKA o‘rtasidagi samarali hamkorlikning navbatdagi amaliy natijasi bo‘lib, kelgusida ham ta’lim sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni izchil rivojlantirishga mustahkam zamin yaratadi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari va grant imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot kuni o‘tkazildi O‘zbekiston davlat jahon
+7
Xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari va grant imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot kuni o‘tkazildi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi M. Yo‘ldasheva tashabbusi bilan talaba-yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xalqaro ta’lim va grant imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish maqsadida “Xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari, grant imkoniyatlari va chet el tajribasi” mavzusida axborot kuni tashkil etildi. Tadbir doirasida FRUS-2406 guruhi talabasi Sharofova Hulkar tomonidan Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan “Navbahor” fermer xo‘jaligiga tashrif uyushtirildi. Tashrif jarayonlari Zoom platformasi orqali jonli efirda namoyish etilib, guruh talabalari uchun fermer xo‘jaligi faoliyati bo‘ylab virtual ekskursiya tashkil qilindi. Virtual ekskursiya davomida talabalar fermer xo‘jaligining kundalik faoliyati, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari hamda zamonaviy fermerlikning amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, “Navbahor” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Jahongir Ahmedov tomonidan mamlakatimizda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, samarali fermerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish tajribalari hamda sohadagi istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Axborot kunida xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari, grant loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi va ularni mahalliy sharoitda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, xalqaro hamkorlik va agrar sohadagi yangi imkoniyatlar yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI DASTURLARI VA GRANT IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN AXBOROT KUNI O‘TKAZILDI Talaba-yoshlarning yozgi
+7
XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI DASTURLARI VA GRANT IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN AXBOROT KUNI O‘TKAZILDI Talaba-yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xalqaro imkoniyatlar haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida Rus filologiyasi fakulteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi M. Yuldasheva tashabbusi bilan “Xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari, grant imkoniyatlari va chet eldagi tajriba bilan tanishtiruvchi axborot kuni” tashkil etildi. Tadbir doirasida FRUS-2406-guruh talabasi Sharofova Hulkar tomonidan Parkent tumanidagi “Navbahor” fermer xo‘jaligiga tashrif amalga oshirildi. Jarayon Zoom platformasi orqali jonli efirda namoyish etilib, talabalar uchun fermer xo‘jaligi faoliyatiga bag‘ishlangan virtual sayohat tashkil qilindi. Virtual tur davomida ishtirokchilar chorvachilik, mahsulot yetishtirish jarayonlari, zamonaviy fermerlik faoliyati hamda qishloq xo‘jaligining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, “Navbahor” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Jahongir Ahmedov tomonidan fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari va samarali fermerlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha foydali ma’lumotlar taqdim etildi. Axborot kunida xalqaro qishloq xo‘jaligi dasturlari, grant loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari, xorijiy tajribalar hamda ularni mahalliy sharoitda qo‘llash masalalari muhokama qilinib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Edu.uz
Hurmatli Prezident! Mamlakatimiz taraqqiyotini ilm-fan, taʼlim va inson kapitali bilan bogʻlagan yuksak ishonchingiz bugun Yangi Oʻzbekistonning mustahkam kelajagini barpo etmoqda. Yoshlarning bilim olishi, ilm bilan shugʻullanishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har birimizga yuksak masʼuliyat va ilhom bagʻishlaydi. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Facebook|Instagram|X

🟦🟦🟦 Ozarbayjon vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi Samarqand shahrida 24–25-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Birodar sha
+4
🟦🟦🟦 Ozarbayjon vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi Samarqand shahrida 24–25-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Birodar shaharlar xalqaro forumi”da ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon shahar munitsipalitetlarining Milliy assotsiatsiyasi Ijroiya kotibi Ali Akbarli hamda Assotsiatsiyaning aloqa masalalari boʻyicha koordinatori Aydin Muradov Toshkent shahriga yetib keldi. Mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov kutib oldi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari rektor hamrohligida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markazning zamonaviy infratuzilmasi, boy ilmiy-maʼnaviy merosi, noyob qoʻlyozmalar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Markazning mahobati, unda saqlanayotgan noyob qoʻlyozmalar va madaniy meros namunalari Ozarbayjon vakillarida katta taassurot qoldirdi. Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston “Yuksalish” umummilliy harakati rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida mehmonlarga harakatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari haqida atroflicha maʼlumot berildi hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from Edu.uz
SUN’IY INTELLEKT MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI! Tashkent International University sun’iy intellekt sohasida bilim va amaliy ko‘ni
SUN’IY INTELLEKT MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI! Tashkent International University sun’iy intellekt sohasida bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabalarni 12 haftalik intensiv ta’lim dasturiga taklif etadi. 🎓 Dastur 100% grant asosida — mutlaqo bepul! 📚 Asosiy yo‘nalishlar: 🔹 Microsoft Azure AI Fundamentals 🔹 Generative AI va Prompt Engineering 🔹 MLOps 🔹 AI Convergence va zamonaviy AI yechimlari 🏆 Dastur ishtirokchilariga: ✅ 12 haftalik intensiv va amaliy ta’lim ✅ Xorijiy va mahalliy mutaxassislardan darslar ✅ Microsoft Azure AI-900 xalqaro imtihonida qatnashish imkoniyati ✅ Xalqaro va universitet sertifikatlari ✅ Eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar ✅ Eng faol bitiruvchilar uchun pullik amaliyot imkoniyati 🌏 Dastur Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti ko‘magida, Tashkent International University va Cheju Halla University hamkorligida amalga oshiriladi. 📲 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://koica-tiu-azure.halla.ai/register
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+8
Hududlardagi talabalar bilan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalariga bag‘ishlangan suhbat tashkil etildi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F. Xabiyeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti bo‘yicha bo‘lim mutaxassisi D. Matyakubova tashabbusi bilan yozgi ta’tilni hududlarda o‘tkazayotgan talaba-yoshlar ishtirokida “Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari: tomchilatib sug‘orish, dronlar yordamida ekinlarni kuzatish va smart fermerlash” mavzusida suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida zamonaviy agrotexnologiyalarning amaliy samaradorligi Namangan viloyati Chust tumani Gʻova qishlogʻida faoliyat yuritayotgan “Esonalixon fermer xo‘jaligi” misolida yoritildi. Xo‘jalik rahbari M. R. Esonaliyev tomonidan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish orqali suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, dronlar yordamida ekin maydonlarini kuzatish, hosil holatini monitoring qilish, zararkunanda va kasalliklarni erta aniqlash hamda smart fermerlash texnologiyalarini amaliyotga joriy etishning afzalliklari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur innovatsion yechimlarning qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Suhbat yakunida talabalar zamonaviy agrotexnologiyalarni hududlarda keng joriy etish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash hamda ushbu yo‘nalishda amaliy ko‘rgazmalar tashkil etishning ahamiyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt