Usmonip
Відкрити в Telegram
Shunchaki, yozishni yoqtiraman. 🥂 Shuningdek: @sanduvoch_uz, @soz_lab, @ohangzor, @sheriston 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot
Показати більше1 562
Підписники
-324 години
-207 днів
-1330 день
Архів дописів
1 562
Ba’zan ishdan qaytganda koʻcha boshidagi oʻrindiqqa oʻtirib yoki odatiy va hatto eng baxtli kunlarimning yakunida uxlash oldidan shiftga uzoq tikilib, oʻylab qolaman.
Mana, chorak asr yashab qoʻydim. 11 yil maktabda, 6 yil oliygohda oʻqidim. Yaxshi haq toʻlaydigan ishim bor. Oilam tinch, xudoga shukur. Balki ozdir, balki koʻp, minglab odam taniydi, kuzatadi. Kimdir shoir, kimdir tarjimon, kimdir shunchaki doʻst sifatida. Haminqadargina mashhurman. Salomatligim ham joyida hozircha.
Toʻgʻri, hali uy, mashina va hokazolarim yoʻq. Lekin ular boʻlganda ham shunday oʻylasam kerak. Xoʻp, hammasi risoladagidek! Lekin meni shunchaki baxtli qilishi mumkin boʻlgan juda oddiy narsa bor: Qoʻshiq kuylash!
Bolalikdan ushalmay qolgan yagona orzuyim shu. Oʻshanda eh-he buyuk san’atkor boʻlishni, sahnalarni toʻldirib konsert berishni, qoʻshiqlarim dunyo kezishini, xullas, xalq suygan qoʻshiqchi boʻlishga havasmand edim. Lekin hayotim burilib-surilib adabiyotga kirib keldim. Mayli, adabiyotda ham juda qoyillatganim yoʻq.
Masalan, ertaga oʻlib qolsam, eng katta afsus qiladiganim shu boʻladi. Keyin tushunib yetdim. Menga endi zallarni toʻlatib konsert qoʻyish, qoʻshiqlarim dunyo kezishi umuman qiziq emas ekan. Menga shunchaki kuylash, zavq olish yetarli. Siniq ovozda xirgoyi qilsam ham, oʻzimni baxtli his qilaveraman. Umuman, boshqa birovning qoʻshigʻini boʻlsa ham aytish eng yoqimli mashgʻulot menga.
Bir videoga koʻzim tushgandi. “Hayot juda qisqa. Bizda esa atigi bitta imkoniyat bor. Nega shunda ham odamlar bemalol yuradi? Nega eng katta orzulari ortidan telbalarcha quvishmaydi? Axir boshqa imkoniyat berilmaydi-ku” — deyilgandi unda. Shunaqa oʻychan lahzalarda oʻsha video esimga kelaveradi.
Chindan ham, doʻstim, hayot biz oʻylagandan ancha qisqa. Ish ham, uy-joy ham, ulov ham boʻladi. Xudo bersa, karrasi bilan boʻladi. Lekin orzularingiz ham esdan chiqmasin. Soʻnggi daqiqalarda erishganingiz ulkan marralar uchun emas, yetisholmagan kichik orzularingiz uchun koʻp afsus qilasiz. Ulguraylik, nasib!
@usmonosphere
1 562
Mayli, Messi bilan Yamalni bir chetga suramiz. Undan qiziq mavzu bor.
Men doim bir soʻzning oʻzbekchasini izlab yuraman. Xayolimga sakson xil misol keldi, lekin birortasi mos emas.
Mana masalan, biror oshxonaga kirasiz, “firmenniy” ovqatimiz deb maqtaydi. Yoki “firmenniy” sousimiz deb reklama qilishadi. Shu oʻlgur “firmenniy” oʻzbekchada nima boʻladi?
Ba’zi taomnomalarda “firmaviy”, “firmali” kabi yemagan tarjimalariga koʻzim tushgan. “Maxsus” deyishning oʻzi yetarli emas. “Firmenniy” bu oʻsha yergagina mansub, boshqa joyda topilmaydigan tansiq taom demak.
Atamalar komissiyasi har-har zamonda allaqachon biz ishlatayotgan soʻzlarni qayta-qayta muomalaga kiritavermasdan, kundalik hayotda peshonamiz urilaverib gʻurra boʻlgan shu kabi soʻzlarga muqobil topsa yaxshi boʻlardi.
@usmonosphere
1 562
Messi va Yamalning hikoyasi tipik oʻzbek ota-bolaning ideal munosabatiga oʻxshaydi.
19 yil oldin Messi goʻdak Yamalni togʻorachaga solib, astoydil yuvib, tagiga suv quygandi.
19 yildan keyin Yamal va uning jamoasi Jahon kubogi finalida Messini oʻyin bobida togʻorachaga solib, tagiga suv quydi.
Yana biror 19 yildan keyin bola-chaqangizga bu hikoya gollivud ssenaristlarining ijodi emas, real hayotda yuz berganini qanday tushuntirib berasizlar?
@usmonosphere
1 562
Bu yil Yevropa klublarida oʻynamayotgan futbolchilar ham “Oltin Toʻp”ga da’vogar boʻlishi mumin ekan.
2007-yildan buyon faqat Yevropa klublarida faoliyat yutitayotgan futbolchilar bu sovringa nomzod boʻla olardi.
Nimaning hidi kelayotganini sezdingizmi?
@usmonosphere
1 562
Doim chet tilidan oʻzlashayotgan soʻzlarni toʻgʻri transliteratsiya qilish zarurligini oʻylasam, ispanchadagi “jalapeño” (xalapenyo) soʻzini misol qilgim kelaveradi.
Oxirgi yillarda ba’zi fikr egalari kishi nomlari va oʻzlashma soʻzlarni oʻz holida tilga kiritish taklifini ilgari surishdi. Masalan, kitoblarda “Jonathan Haidt” kabi nomlar oʻz holicha yozilganiga guvoh boʻldik.
Lekin men hali butkul aniq va batafsil qonun-qoidasi ishlab chiqilmagan boʻlsa ham, asosan rus tili andozasida olinayotgan boʻlsa ham transliteratsiya qilish tarafdoriman. Ism yomi atamalarning oʻzbek tiliga eng mos keladigan va asliyatdagi talaffuziga eng yaqin variantlarni olaverish kerak.
Boʻlmasa asliyatdagiga suratdagi kabi kulgili holatlar yuzaga chiqaveradi. Toʻliq oʻzbekcha kontekst orasida istalgan nuktadon ham “jalapenyo”ni koʻrib kulgisi qistaydi.
Xullas, doʻstlar, tilga e’tiborli boʻlinglar. Xalapenyolaringiz hech qachon jalapenyo boʻlib qolmasin!
@usmonosphere
1 562
E qoyil, hatto tojikchasiyam bor ekan. Bu yerga qadami yetishi mumkin boʻlgan istalgan odam tushunadi endi nima yozilganini…
@usmonosphere
1 562
+9
Jahon chempionati futboldan tashqarida ham musobaqalardan iborat. Har toʻrt yilda yirik brendlar oʻzaro kreativ poygaga kirishadi.
Masalan, yaqinda LEGO, LEWI’S, NIKE, ADIDAS, DOORDASH kabi kompaniyalar bir-biridan goʻzal reklama kompaniyalari tashkil qilganiga guvoh boʻldik.
IKEA ham ulardan qolishmaydigan va koʻp byudjet sarflanmaydigan yoʻlni topibdi. Oʻz mahsulotlaridan chempionatda qatnashayotgan davlatlar bayrogʻini kospley qilgan.
Menga juda yoqdi shu uslub. Miriqib koʻrib chiqdim ishlarni. Yana qaysi brend vaziyatdan mohirona foydalana oldi?
@usmonosphere
1 562
100-200 tacha bukmarknu tez va sifatli qilib chiqarib beroladigan joyni bilasizmi?
Bir loyiha uchun betakror bukmark qildirmoqchi edik.
@usmonosphere
1 562
Professor Baxtiyor Mengliyev oʻzbek tilining fonetikasini nisbatan toʻliq aks ettirgan ilmiy alifboni taklif qilmoqda:
Özbekistɔn Respublikasi
MӘDHIYӘ
Әbdüllә Ɔrıpɔv şeri
Serquyɔş hür ölkәm, elgә baxt, nәcɔt,
Sen öziñ dostlәrgә yoldɔş , mehribɔn.
Yәşnәgәy tɔ әbәd ilm-ü fәn, icɔd,
Şührәtiñ pɔrlasın tɔki bɔr cәhɔn!
Ɔltın bu wɔdiylәr, cɔn Özbekistɔn,
Әjdɔdlәr mәrdɔnә ruhi sengә yɔr!
Uluğ xalq qudrәti coş urgәn zәmɔn,
Ɔlәmni mәhliyo әylәgәn diyɔr!
Bağrıkeñ özbekning öçmәs iymɔni,
Erkin, yɔş әwlɔdlәr sengә zor qanɔt!
Istıqlɔl mәşәli, tinçlik pɔsbɔnı,
Haqsewәr, ɔnә yurt, mәñü bol ɔbɔd!
Ɔltın bu wɔdiylәr, cɔn Özbekistɔn,
Әjdɔdlәr mәrdɔnә ruhi sengә yɔr!
Uluğ xalq qudrәti coş urgәn zәmɔn,
Ɔlәmni mәhliyo әylәgәn diyɔr!
@usmonosphere
1 562
Mozorimga na qabr toshi qoʻying, na haykal —
Bir juft poyabzal qoʻying, oyoqyalang kiyib ketsin!
Voqif Samad oʻgʻli, shoir
@usmonosphere
1 562
Xayrli oqshom, yaxshi doʻstlar!
Suratdagi yoqimtoygina mushukcha oʻziga yangi ega qidiryapti. Bir oʻzi mushukniyam, kuchukniyam oʻrnini bosadi. Laqabi — Shaptoli.
Kimga zarur boʻlsa, shundoqqina tekinga olib ketishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotni @korrektorman dan soʻrab olurasilar.
Yaxshi kunlarda yongingizda murr-murrlab yursin, iloyim.
@usmonosphere
1 562
— Siz aslida Holandni bugʻdoyrang semiz variantisiz😍
— Yoʻq, Holand meni sariq va kelishgan variantim xolos 😎
@usmonosphere
1 562
Toʻldirish: Agar yangilanayotgan, takomillashtirilgan alifbo ham amalda kirill alifbosini yenga olmasa, unda nima kerak bekorga shuncha ovoragarchilik?
Aslida 2010-yildan buyogʻiga hamma yerda mutlaq lotin yozuvidagi yangi oʻzbek alifbosiga oʻtilishi kerak edi.
Ammo hali ham kirill alifbomiz dominant. Haligacha yiliga yuzlab kitoblar, jurnal va gazetalar kirillda chiqadi.
Bahonamiz ham tayyor: “katta avlod kirillga oʻrgangan”. Lekin hozirgi alifbo islohotini qilayotganlar ham oʻsha katya avlodning oʻzginasi. Birortasi lotinda oʻqish-yozishni oʻrgangan mustaqillik farzandi emas.
Kattalar oʻzlari ilgari surayotgan islohotlariga oʻzlari amal qilishsin. Birorta yosh olim yoki tilparvar chiqib bizga yangi alifbo beringlar deb baqir-chaqir qilmadi hali.
Menga-ku farqi yoʻq, hozir butkul boshqacha, iyerogliflarga asoslangam yangi yozuv kashf qilishsa ham oʻshanda yozib ketaveraman. Lekin uni kashf qilganlarning oʻzlari oʻshanda ham kirillda yozib oʻtirishgan boʻladi. Shunisi kulgili :)
@usmonosphere
1 562
Repost from Ilhom Sharifov | Choponli aka
Yangi alifboga o‘tishimiz qay darajada yaxshi yoki yomonligidan ko‘ra. Hozirgi alifboga o‘tib olaylik, og‘aynilar.
Ahvolni qarang, qanday qilib uyalmasdan kirill alifbosidagi matnda yangi alifbo haqida yozish mumkin?! Kirill alifbosidan foydalanish uchun hech qanday bahonamiz qolmagan, baraka topgurlar. 30 yil bo‘ldi, 30 yil.
