Usmonip
رفتن به کانال در Telegram
🥂 Shoir, tarjimon, muharrir, kolumnist, san’atsevar va hokazo 📬 Gapingiz boʻlsa: @munshaotbot
نمایش بیشتر1 584
مشترکین
+1224 ساعت
+147 روز
+1530 روز
آرشیو پست ها
1 584
#teatr
Poytaxtimizdagi teatrlarning noyabr oyi tomoshanomasi.
O‘sha gap: boringlar, ko‘ringlar, nurlaninglar. Tanishg‘bilishlargayam uzatib qo‘yinglar. Biz xizmatda)
@usmonosphere
1 584
Bir ukatoy yaxshi bot yasabdi. Hozircha 3 xil oʻyin bor. Reklama qilsangiz, yana oʻyinlar qoʻshaman deb va’da berdi.
Sinab koʻringlar: https://t.me/galtak_game_bot
1 584
Eron va jahon kinosining shedevri — daho rejissyor Abbos Kiarostamiyning “Yirik plan” (Close Up, 1990) filmi haqida zoʻr tahliliy maqola oʻqidim:
➡️ https://oyina.uz/uz/article/5158
@usmonosphere
1 584
Bularga parvo qilma, bola. Bular — mayda odamlar. Bular dunyoni pul bilan oʻlchaydi, somsa bilan oʻlchaydi. Men, bilasanmi, dunyoni nima bilan oʻlchayman? Men dunyoni sen bilan oʻlchayman, polvon! Chunki sen kattasan, boshqalarga oʻxshamaysan.
“Dev bilan pakana” filmidan
@usmonosphere
1 584
Qiziq savol tugʻildi: takomillashgan alifbomizda “sh” va “ch” harf birikmalari oʻrniga bir grafemalik harflar (ş, ç) muomalaga kiritiladi.
Shunda “Is’hoq”, “mus’haf”, “tas’hih” kabi arabchadan oʻzlashgan soʻzlarda “s” va “h” orasida tutuq belgisi ishlatishga hojat qolmaydimi?
Endi ularni “Ishoq”, “mushaf”, “tashih” kabi yozaveramizmi? Chunki bu soʻzlarda tutuq belgisi asosan harflarni harf birikmasidan farqlash uchun ishlatilardi.
Bunga bilgichlar nima deydi?
@usmonosphere
1 584
Umrimda ilk bor sudga chaqirildim. Oxiri baxayr boʻlsin!
Boʻynimizga nima “ayblov” qoʻyishlari qiziq boʻlsa, ertaga manzildagi sud zaliga kelaverasiz.
@usmonosphere
1 584
+6
“Oydin gurunglar” forumi davomida namoyish etiladigan spektakllar.
Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning teatrlari goʻzal tomoshalarini taqdim etishadi.
@usmonosphere
1 584
“Oydin gurunglar”
Xivaga kelinglar
Forum ochildi. Birinchi teatr namoyishi — “Art House Hamsa” teatr-studiyasining “Oydan-da goʻzal” musiqiy kompozitsiyasi.
@usmonosphere
1 584
Bugun uchoqda 21-oktyabr — Oʻzbek tili kuni bilan tabriklashdi. Lekin afsuski, oʻzbek tilidagi tabrikni uchoq xonimi bazoʻr, chiranib har soʻzda uch xato qilib aytdi. Ruschada va inglizchada esa tili burro. Soʻzlari dona-dona. Faqat shu oʻzimizning tilga kelganda chaynalib qoldi. Hech qursa tabrikni oʻzbekcha biladigan odam oʻqigani yaxshiroq edi-yov.
Oʻshanda Erkin Vohidov yozgan bir toʻrtlik esimga keldi:
Tayyorada to‘qilgan she’r Parvoz chog‘i tayyoraning dilbar kelini, Ko‘k yuzini bizga taxti Sulaymon qildi. Lekin e’lon o‘qiganda o‘zbek tilini Davlat tili bo‘lganiga pushaymon qildi.Bundan ortiq baho berib boʻlmasa kerak vaziyatga. Bayraming bilan, xoʻrlangan til! @usmonosphere
1 584
+3
🌟 Bugun Toshkentda “Oydin gurunglar” xalqaro ijodiy forumining ochilish marosimini oʻtkazdik. Tadbir 21-oktyabr — Oʻzbek tili kuniga bagʻishlandi.
🏦 Bir yil davomida Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy va kitobxonlik loyihalari sarhisob qilindi. Yangi kitoblar va loyihalar taqdimoti boʻldi.
🌟 Xususan, kamina oʻzbek tiliga tarjima qilgan “Daromad Kiberovchiga qarshi” komiksi hamda bir yil davomida koordinatorlik qilgan “Moliyaviy bilimlar” turkumidagi 10 ta yangi tarjima kitob taqdim etildi.
💃 Forumning badiiy-ijodiy qismi 22-25-oktyabr kunlari Xivada, Arda Xiva majmuasida davom etadi. Barcha erkin ishtirok etishi mumkin. Yoʻlingiz tushsa, kirib oʻting!
@usmonosphere
