es
Feedback
Usmonip

Usmonip

Ir al canal en Telegram

Shunchaki, yozishni yoqtiraman. 🥂 Shuningdek: @sanduvoch_uz, @soz_lab, @ohangzor, @sheriston 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot

Mostrar más
1 579
Suscriptores
-124 horas
+47 días
-2630 días
Archivo de publicaciones
Usmonip
1 579
Shunchaki qiziqishga: Oʻzi kim oyiga qanchadan toʻlab ijarada turibdi? Bozorni yuzaki boʻlsayam tahlil qilib koʻraylik-chi) @usmonosphere

Usmonip
1 579
Jahon Chempionati qisman tugadi

Usmonip
1 579
Ikkinchi taymgacha ozgina 👉 t.me/anonaskbot?start=sanduvoch

Usmonip
1 579
#teatr Hududlardagi teatrlarning iyul oyi tomoshanomasi @usmonosphere

Usmonip
1 579
#teatr Toshkent shahridagi teatrlarning iyul oyi tomoshanomasi @usmonosphere

Usmonip
1 579
Mahmud Darvishdan koʻproq tarjimalarga nima deysiz?
Anonymous voting

Usmonip
1 579
Poyezdda ikkimiz joy almashdik. Sen derazaga qarab ketishni istading, men esa — senga! Mahmud Darvish, shoir @usmonosphere

Usmonip
1 579
Sen haqingda Xudoga juda koʻp soʻzlab berdim, keyin yigʻladim. Mahmud Darvish, shoir @usmonosphere

Usmonip
1 579
Bunaqada sekiingina oʻzimam makler boʻp ketaman… @usmonosphere

Usmonip
1 579
Eldor Shomurodov Instagram sahifasida rus tilida post qoʻydi. Bir obunachi unga “Oʻzbekcha yozing!” deb izoh qoldirdi. Qaysid
Eldor Shomurodov Instagram sahifasida rus tilida post qoʻydi. Bir obunachi unga “Oʻzbekcha yozing!” deb izoh qoldirdi. Qaysidir bir “Devushka” oʻsha obunachini: “ruscha oʻrganing, keyin esa inglizchani” deb sazoyi qildi. Devushka bilmasdiki, sazoyi qilgan odami Harvard universitetida sobiq doktoranti, hozirda Texas universiteti assistent professori, iqtisodchi olim Botir Qobilov ekanini bilmasdi. Dunyo shunaqa qiziq. Ijtimoiy tarmoqlar undanam qiziq… @usmonosphere

Usmonip
1 579
Biror yangilik yoʻqmi? Qani bu hamma oyoqqa turib xalqning sevimli Usmonipiga kv izlamaydimi-ye? @usmonosphere

Usmonip
1 579
Tilmochda yana bir qator tillar paydo bo'libdi. Ular orasida eski eski o'zbek yozuvidagi o'zbek tili ham bor. @usmonosphere
Tilmochda yana bir qator tillar paydo bo'libdi. Ular orasida eski eski o'zbek yozuvidagi o'zbek tili ham bor. @usmonosphere

Usmonip
1 579
O, rad etilish azobi - 2 😅 @usmonosphere
O, rad etilish azobi - 2 😅 @usmonosphere

Usmonip
1 579
Salom, aqlli kishilar! Bilaman, sahifamda ikkita-uchta uyni bosib qoʻygan toparmon-tutarmonlar va eng kamida 3-4 ta ijara uyn
Salom, aqlli kishilar! Bilaman, sahifamda ikkita-uchta uyni bosib qoʻygan toparmon-tutarmonlar va eng kamida 3-4 ta ijara uyni alishtirgan tajribali insonlar bor. Iyul oxiri-avgust boshidan kirib yashashga uy izlayapman. Byudjet 300-400$ atrofida, joylashuvi qulay boʻlishi muhim. Shu mavzuda maslahat va yordam beroladiganlar boʻlsa, boshim osmonga yetardi. Oldindan rahmat. @usmonosphere

Usmonip
1 579
Oh, rad etilish azobi… @usmonosphere
Oh, rad etilish azobi… @usmonosphere

Usmonip
1 579
Oʻzi bu yilgi Jahon chempionati eng gʻalati turnir boʻlyapti. Amerikada futbol birinchi raqamli sport emasligi ustiga, koʻpgina mamlakatlarga yetarlicha sharoit ham yaratilmagan. Shunda ham behisob adolatsizlikka uchragan jamoa Eron boʻldi. Ularga faqat oʻyin kunigina Amerikaga kirishga ruxsat bor. Oʻyin tugadimi, yukingni ol-da, chiqib ket. Izzating ham, hurmating ham yoʻq. Lekin forlsar kurashchan va juda vatanparvar xalq ekanini koʻrsatdi. Ogʻir sharoitda ham birorta oʻyinda yutqazmadi. Uchta durang qayd etdi. Hatto yutqazmay turib ham yigʻlashyapti. Forslar doim simpatiyaga va hurmatga loyiq! Yashasin! P.S. Oʻzbekiston esa, afsuski, kutilganiday natijaga erisha olmadi. Menimcha, bunga koʻproq tizimdagi notoʻgʻri qarorlar sabab. Ammo keyingi JChda yaxshi qatnashishdan umidvormiz. @usmonosphere

Usmonip
1 579
Qani, nima dardingla yigʻilib qolgan? 👉🏿 t.me/anonaskbot?start=sanduvoch

Usmonip
1 579
#tugadi Bugun vanihoyat magistrlik dissertatsiyam himoyasi oʻtdi. Bir yil kechikib, ish va shaxsiy hayot bilan oʻralashib, ba
#tugadi Bugun vanihoyat magistrlik dissertatsiyam himoyasi oʻtdi. Bir yil kechikib, ish va shaxsiy hayot bilan oʻralashib, bazoʻr yozib tugatib, himoyaga chiqishdan 5-10 daqiqa avval taqdimotimni tayyorlab, xullasi kalom, bir amallab epladim. “Jubron Xalilning “Al-Mustafo” asari tarjimasi tahlili” mavzusida baholi qudrat tadqiqot olib borgandim. Unda arab-amerika adabiyoti, Jubron Xalil ijodi, muallifning shohasari, asarda metaforalarning tarjimasi va dinamizmlarning tarjimada aks etishi kabi jihatlarni oʻrganib chiqdim. Lekin, tan olish kerak, ilmiy rahbarim PhD, dotsent Mahmadiyor Asadovning takror-takror turtkilashi boʻlmaganida bu yil ham ishim chala qolib ketardi. Oʻzimdan koʻp oʻylagan boʻlsalar kerak. Cheksiz tashakkur va minnatdorchilik izhor qilaman. Ochigʻi, layoqatimga yarasha mundayroq baho qoʻyilishini kutgandim. Ammo himoya oʻtib, natijalar e’lon qilinganda hayron qoldim. Ilmiy ishimga 95 ball qoʻyishibdi. Ichimga sigʻmay, ogʻzim qulogʻimda ishga qaytyapman endi. Endi nasib qilsa, ilmiy ishimni yana davom ettirish va Jubron Xalil ijodini chuqurroq tahlil qilishni niyat qildim. Xullas, Oʻzbekistondagi birinchi Jubronshunos yetishib chiqyapti, tayyor turinglar! Yana bir marta ilmiy rahbarimga chek-chegarasiz rahmatimni yetkizaman! @usmonosphere

Usmonip
1 579
Menga hayoting davomida qilgan eng noma’qul ishing haqida ayt va baribir seni sevishimga izn ber. Edgar Allan Po @usmonospher
Menga hayoting davomida qilgan eng noma’qul ishing haqida ayt va baribir seni sevishimga izn ber. Edgar Allan Po @usmonosphere

Usmonip
1 579
Kichkinagina, bolalar uchun mo‘ljallangan komiks bor. Ingliz tilidan qoraqalpoq tiliga professional tarjimon kerak. Nomzodlar @usmonip ga bog‘lanishi mumkin. @usmonosphere