Usmonip
Открыть в Telegram
1 552
Подписчики
+124 часа
+87 дней
-930 день
Архив постов
1 552
Sahih manbalarga koʻra, tushimda tojik, oʻzbek va ingliz tillarida alahsirar ekanman. Shoirona alahsiraganimga guvoh boʻlganlar haligacha ustimdan kulishadi.
Endigi masala yana birorta tilni alahsirash darajasida yaxshi oʻrganish!
@usmonosphere
1 552
Darslar 1-sentyabrdan boshlanadigan boʻldi. Oxirgi joylar qolgan. Imkoniyatdan foydalanib qoling :)
@usmonosphere
1 552
“Boburnoma”ning inglizcha nashri yurtimizda sotuvda yoʻq ekan. Bugun hamma yerdan, hatto asarning tarjimalari ustida ishlagan olimlargacha soʻrab chiqdim. Lekin topishning imkoni boʻlmadi.
Aslida Boburnomaning ikkita inglizcha tarjimasi Amazonda sotuvda mavjud. “Everyman’s Library” ruknida chiqqan nashriga hatto Salmon Rushdiy soʻzboshi yozgan.
Lekin xalqaro mehmonlar, delegatsiyalarga sovgʻa qilish uchun inglizcha kitoblarimiz sotuvda yoʻq ekan. Oʻzbek tilidagi sovgʻabop nashrlar ham juda kamyob. Menimcha, premium nashrlar bilan shugʻullanish vaqti ham keldi.
Nashriyotlar sovgʻabop, qimmat muqovali, yuqori sifatli kitoblarni nashr etishni boshlashsa ayni muddao boʻlardi.
“Booktopia” nashriyoti “Bygone days”ning delyuks nashrini va’da qilgandi. Balki birinchi qadam shu boʻlar?
@usmonosphere
1 552
Yoʻldaki ne boʻlsa yiqdim, oʻzga hoil qolmadi,
Yorga boqdim gerdayib, yor garchi qoyil qolmadi.
Chop dedi, chopdim sarosar, top dedi, topdim zarar,
Yoz dedi yozdim gʻazal foil-mafoyil qolmadi.
Mavlono Shoxrux Usmoniy
@usmonosphere
1 552
“Boburnoma”ning inglizcha nashri kerak. Zudlik bilan xarid qilinadi topilsa!
Tarqatishga yordam beringlar. Kimda boʻlsa, @usmonip ga yozing yoki xabar qiling, oʻzim chiqaman.
@usmonosphere
1 552
Tarjimam qayta nashr qilinibdi!
Xarid uchun “Zabarjad Media”ga murojaat qilaverasiz.
@usmonosphere
1 552
Repost from GrantGO
🇺🇿Toshkentda tarjimonlar uchun bepul o’quv dasturi — Yosh Tarjimonlar Akademiyasi
Moliyalashtirish: Bepul
Til talabi: Ingliz va o’zbek tili
Kimlar uchun
➡️Oʻzbekistonning istalgan hududidan boʻlgan faol yoshlar;
➡️Tarjimonlik, xalqaro munosabatlar, diplomatiya yoki xalqaro tadbirlar sohasiga qiziqqan boʻlishi;
➡️Kommunikatsiya koʻnikmalari va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
Foydali tomonlari
➡️Ishtirok etish — bepul;
➡️O‘quv xarajatlari to‘liq qoplanadi;
➡️Ekspertlar bilan amaliy treninglar;
➡️Xalqaro tadbir va loyihalarda ishtirok;
➡️Tarjimonlik, protokol va xalqaro sohada networking imkoniyati.
Dastur haqida
➡️Dastur xalqaro munosabatlar, diplomatiya va xalqaro tadbirlar sohasida karyera qilishni istagan yoshlar uchun 3 kunlik bepul intensiv tayyorgarlik hisoblanadi.
⏰️Oxirgi muddat: 28-avgust, 2026
➡️Batafsil: grantgo.uz/go/4tcd82
#Oʻzbekiston #tadqiqot_va_professional_rivojlanish #bepul
💼 GrantGO | MentorGO | EventGO
1 552
Kambagʻal sabzavot yesa — puli yoʻqligidan, boy sabzavot yesa — sogʻlom ovqatlanishidan boʻladi.
Kambagʻal velik haydasa — omadsizligidan, boy velikda yursa bu — sportsevarligidan.
Kambagʻal ozgʻin boʻlsa — voy bechora qoqsuyak, boy ozgʻin boʻlsa — kelishgan.
Kambagʻalni qorni boʻlsa — xomsemiz, boyni qorni boʻlsa — koʻhlikkina hojiaka.
Hammasi bir goʻr, pul qanchaligiga qarab tushunchalar ham almashadi.
@usmonosphere
1 552
Bilimsizdir oshiqlaring, g‘ayr az yoshingni bilmaslar,
Siringni olmayin tilga — ayon, foshingni bilmaslar.
Bo‘zchining mokusidek yurib sarson-u sargardon
Izlagaylar nechun mehrob, nahot qoshingni bilmaslar?
Shoxrux Usmonov
@usmonosphere
1 552
Repost from StudyWithZabiAka®🎯
🎯 A Tashkent-based organisation is seeking a professional English–Uzbek written translator.
The ideal candidate should have an upper-advanced command of written Uzbek in both Latin and Cyrillic scripts, as well as fluency in English.
If you are interested and believe you meet the requirements, please send your detailed CV and, if applicable, a list of your publications via Telegram +998935718199.
The successful candidate will be selected based on the results of a two-page written test. Thank you in advance.
1 552
Kecha ham qandaydir mavzuda post yozmoqchi edim. Bugun esimdan chiqibdi. Xullas, o‘sha mavzu qanday bo‘lishini bilmadim-u, lekin Usmonip ajoyib fikr bildiribdi deb o‘ylayveringlar.
@usmonosphere
1 552
Toping-chi, bu qaysi mashhur she’rning inglizchasi?
It had been an axe first of all, Then 'd been molded as a cannonball. Had been a sword, a pistol, and a gun Even had burst as a bomb, no fun. But conquered the world only when As soon as he had become a pen!Toʻgʻri topganga barakalla! @usmonosphere
1 552
Korzinkada yurgandim, qulog‘imga xususiy universitet reklamasi chalindi. Avvaliga bir mashhur qo‘shiqchimiz chiqib, ta’lim dargohini rosa maqtadilar, o‘qish kerak deb bot-bot ta’kidladilar va aynan shu yerni tanlasangiz, tahsilni “London, Malayziya kabi davlatlarda” davom ettirishingiz mumkin deb qistirib ham o‘tdilar.
Undan keyin navbat olamga mashhur sportchimizga yetdi. U kishi ham oliygohni boyagidaqa og‘izlaridan bol tomizib maqtadilar. Yana har xil ijobiy jihatlarni sanab, oxirida “London va Malayziya davlatlari”ni zikr etdilar.
Qachondan London alohida davlat bo‘lib qoldi, hayronman. Birinchidan, universitet reklamasida ta’limga aloqador, ilm yo‘lini oz bo‘lsa ham bosib o‘tgan kishilar ko‘rinish berishi kerak. Kamida obro‘li jamoat arboblari bo‘lsin, mayli. Lekin ikkinchidan, nahotki butun boshli universitet ijodiy jamoasida London davlat emasligini aytadigan kishi topilmagan? Va oxirgisi, reklama matnini to‘g‘ri tuzolmaydigan universitetga umringiz va pulingizni qanday ishonib topshirasiz, hayronman.
Ochig‘i, men xususiy oliygohlarga simpatiyasi kuchli, ularning istiqbolidan umidvor odamman. Ilm-fanda raqobatlashadigan, talabalari va yutuqlari bilan maqtanadigan, obro‘li va jonkuyar ustozlari tarkibini ko‘z-ko‘z qiladigan ta’lim maskanlari ko‘payoshini xohlayman. Lekin ma’lum muddatgacha bizda ba’zi xususiy universitetlar shunchaki diplom sotishdan nariga o‘tmasa kerak.
Mayli, hali vaqt o‘tib, saragi sarakka, puchagi puchakka chiqadi. Bunaqa reklamalar bilan qulog‘imiz ham qonamaydi, nasib.
@usmonosphere
1 552
“Iltimos, suyanmangiz!”, “Jahon chempionati”, “Yong‘inda xavfli” kabi keng tarqalgan g‘aliz iboralar sizning ham g‘ashingizga tegadimi?
@usmonosphere
1 552
Magistraturamni tamomlasam, badiiy tarjima va tarjima tahriri bo‘yicha mualliflik kursimni ochaman deb reja qilgandim. Rejaning dastlabki qadami “Tarjima mahorat maktabi” bilan bosiladigan bo‘ldi.
Shu tajriba o‘zini oqlasa, yorug‘ yuz bilan o‘tsak, alohida dastur tuzib, o‘z kursimni ochaman. Ungacha mahorat mkatbida uchrahamiz. Maksimum foydali dars o‘tishga harakat qilaman.
@usmonosphere
1 552
Repost from Nodirabegim
🔰 Бўлажак таржимонлар, яқинроқ келинг. Сизларни «Таржима Маҳорат Мактаби»га таклиф этамиз!
Жаҳон адабиёти дурдоналарини она тилимизга ўгиришни истайсизу, кўникмангиз етарли эмасми? Агар бирор хорижий тилни билсангиз ҳамда таржима санъатининг нозик сирларини ўрганишни, матн билан ишлашдаги назарий ва амалий билимларингизни оширишни мақсад қилган бўлсангиз, бу дарслар сиз учун!
Bақти: Сентябрдан
Формат: Zoom орқали
Жадвал: Ҳафтада 2-3 кун
Дарслар: 12 та
Нарх: 500 минг сўм.
Маърузачиларимиз: Алишер Сабрий Алишер Файзуллаев Гўзал Рўзиева Илҳом Салимов Мирзоҳид Музаффар Мунира Норова Назарбек Назаров Нодирабегим Иброҳимова Раҳмат Бобожон Тилланисо Шерзод Комил Халил Шохрух Усмонов👉 Маърузалар мавзуси билан танишиш Янги билимлар олиш ва тажрибали таржимонлар билан мулоқотда бўлиш имконини қўлдан бой берманг. Мурожаат: @nodirabegim_18
