Abdulaziz Ahmad | Blog
Відкрити в Telegram
• Filolog • Jurnalist • SMMchik • Baliqchi oshpaz • Mahdi va Safinaning dadasi... :) 🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman! Hamkorlik: @Oilaviy_reklama
Показати більше1 459
Підписники
-324 години
-147 днів
-2830 день
Триває завантаження даних...
Схожі канали
Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
липень '26
липень '26
+58
в 0 каналах
червень '26
+69
в 3 каналах
Get PRO
травень '26
+38
в 2 каналах
Get PRO
квітень '26
+68
в 2 каналах
Get PRO
березень '26
+51
в 3 каналах
Get PRO
лютий '26
+81
в 2 каналах
Get PRO
січень '26
+43
в 1 каналах
Get PRO
грудень '25
+82
в 7 каналах
Get PRO
листопад '25
+83
в 6 каналах
Get PRO
жовтень '25
+114
в 6 каналах
Get PRO
вересень '25
+336
в 4 каналах
Get PRO
серпень '25
+114
в 9 каналах
Get PRO
липень '25
+216
в 8 каналах
Get PRO
червень '25
+543
в 6 каналах
Get PRO
травень '25
+41
в 2 каналах
Get PRO
квітень '25
+244
в 7 каналах
Get PRO
березень '25
+26
в 3 каналах
Get PRO
лютий '25
+35
в 4 каналах
Get PRO
січень '25
+64
в 17 каналах
Get PRO
грудень '24
+51
в 4 каналах
Get PRO
листопад '24
+134
в 12 каналах
Get PRO
жовтень '24
+228
в 15 каналах
Get PRO
вересень '24
+780
в 13 каналах
Get PRO
серпень '24
+32
в 2 каналах
Get PRO
липень '24
+18
в 4 каналах
Get PRO
червень '24
+38
в 1 каналах
Get PRO
травень '24
+23
в 6 каналах
Get PRO
квітень '24
+30
в 5 каналах
Get PRO
березень '24
+26
в 3 каналах
Get PRO
лютий '24
+59
в 2 каналах
Get PRO
січень '24
+34
в 7 каналах
Get PRO
грудень '23
+31
в 4 каналах
Get PRO
листопад '23
+55
в 5 каналах
Get PRO
жовтень '23
+36
в 0 каналах
Get PRO
вересень '23
+37
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+91
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+9
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+18
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+52
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+29
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+45
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+13
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+43
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+39
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+30
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+52
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+67
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+36
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+50
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+75
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+57
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+69
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+65
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+42
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+98
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+65
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+62
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+93
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+43
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+48
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+59
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+47
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+54
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+105
в 0 каналах
Get PRO
березень '21
+90
в 0 каналах
Get PRO
лютий '21
+74
в 0 каналах
Get PRO
січень '21
+78
в 0 каналах
Get PRO
грудень '20
+386
в 0 каналах
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 24 липня | +1 | |||
| 23 липня | +3 | |||
| 22 липня | +3 | |||
| 21 липня | +2 | |||
| 20 липня | 0 | |||
| 19 липня | +3 | |||
| 18 липня | +2 | |||
| 17 липня | +2 | |||
| 16 липня | +2 | |||
| 15 липня | +2 | |||
| 14 липня | +1 | |||
| 13 липня | +2 | |||
| 12 липня | +3 | |||
| 11 липня | +2 | |||
| 10 липня | +1 | |||
| 09 липня | +3 | |||
| 08 липня | +4 | |||
| 07 липня | +3 | |||
| 06 липня | +2 | |||
| 05 липня | +5 | |||
| 04 липня | +4 | |||
| 03 липня | +5 | |||
| 02 липня | +2 | |||
| 01 липня | +1 |
Дописи каналу
Orada miyam “iqtisodiy inqiroz”ga tushib qoldi, achinarlisi, ancha payt davom etdi bu...
Muzlatkichda hamma narsa bor, ustimiz but, qornimiz to‘q, ozmi ko‘pmi pulimiz ham bor, lekin...Tinmasdan siqilib, ijara uyimiz qimmat, arzonroq joyga ko‘chishim kerak degan o‘y bosardi ertalabdan kechgacha. Yillik iznning yarmini qo‘llandim, bir hafta uyda bo‘ldim, biror joyga ta’tilga ketish yoki tinchgina, maza qilib dam olish o‘rniga ijara uyi qidirdik, variantlarni ko‘rdik, gaplashdik lekin... topolmadik. Xayolimda hozirgi ashyoli, hamma sharoiti bor 700$ lik ijara uyimni 500$ lik ashyosiz “karobka” uyga almashtirsam, boshlanishiga falon ming liraga ashyo olsam, keyin oyma-oy 500$ dan to‘laymiz deb miyam tinmay hisob-kitob qilardi... Xuddiki Mahdi va Safina ulg‘ayyapti, hech narsa orttirib, yig‘inolmayapmiz, bolalar kelajagiku mayli, o‘zimizning ertamiz uchun moliyaviy yostiqcha qilolmayapmiz degan fikrlar g‘uvillardi... Xullas, arzon uy topolmadik. Narxlar ancha oshib ketgan, xorijlikka berishmaydi, memur kafil istashadi va hokazo. Qolaversa, biz yashayotgan uyni bugungi bozor 35 ming liraga hayotda bermas ekan... Aqlimni yig‘dim. Ertadan kechgacha ishdaman, oilam tinch, xotirjam, xavfsiz yashashyapti. Bir qadam narida park, marketlar, hamma sharoiti bor, yangi bino, toza xonadon. 4-5 ming lira foyda qilaman deb, eski ijara uyimdagidek sovuq va zax joyga tushib qolib, boshimiz kasaldan chiqmay, har ikki kunning birida topganimni dori-darmonga sarflagandan ko‘ra shu yaxshi emasmi dedim?! Qo‘shnilar bilan til topishganmiz, yaxshi insonlar bor atrofimizda, Mahdi ham turk bolachalardan do‘stlar orttirgan, quchoqlashib ko‘rishadi bir-biri bilan, hali videosini ko‘rsataman... Xullas bu yergacha kelishimiz, bu uyni ijaraga olishimiz oson bo‘lmagan. Amallab yaxshi hayotga yetganimizda, yana hammasini boshidan boshlash axmoqona fikr edi... Ko‘chmaymiz dedim, aksincha, bor imkoniyatimizni ishga solamiz, yanayam rivojlanamiz, ko‘proq harakat qilamiz dedim, toki uyning ijara puli ortiq muammo tug‘dirmasin. Kitob kanalimizni faollashtirdik, instagram sahifasini yo‘lga qo‘ydik, reelslar olyapmiz, yangi obunachilar topib kelishyapti, buyurtma berishyapti, shukr, savdo ancha jonlangan, kitobxonlar mamnun... Shu ketishda davom etsak, Xudo xohlasa, bu vaziyatdan ham chiqib ketamiz. Uddalashimizga ishonaman. Nimalarni uddalamadik axir :) Adashmasam, NASA ofisida shunaqa gap yozilganini o‘qigandim. “Aerodinamika qonunlariga ko‘ra, asalarilar aslida ucholmaydi. Yaxshiyamki, bundan o‘zining xabari yo‘q...” Xulosa o‘rnida demoqchimanki... hamayli, xulosa o‘zingizdan! @Ijoddardi
| 2 | Nofaol bo‘lgan kunlarim nafaqat meni, Sitorani ham yaxshigina stressga soldi. Post yozish u yoqda tursin, kanalni biror marta ochib ham qaramabman...
Iyunning o‘rtalaridan boshlab tushgan kitob buyurtmalarini iyul boshida yetib boradi deb va’da qilgandik. NATO yig‘ilishi butun rejalarni relsdan chiqarib yubordi.
Oxirgi paytlar har kuni “Pulimni qaytar”, “Zakaz qilganimga 20 kun bo‘ldi”, “Xudoga soldim, firibgarlar!” degan xabarlar kelayotgandi telegramdan. 30 kg kitob kargodan jo‘natilgan, yetib borishini kutdik shuncha bosim ostida...
Bojxonamiz sog‘ bo‘lsin, o‘tkazmaymiz deb bir kun olib qolishdi ichkarida. Jiyanimni chaqirtirishdi. Amallab kitoblarni olib chiqdik, shukr, muammo bo‘lmadi. Hozir esa buyurtmalar egasiga yetib borgan, o‘sha jahl qilib yozgan insonlar axiyri bizga ishonib, yana kitob buyurtma qilishyapti...
Mahdi og‘rib qoldi orada, Sitora tishlarini davolatyapti, men ishda, bolalar uyda... shukr, bari ortda qoldi. Video esa ayni kunlarimizdan esdalik...
@Ijoddardi | 379 |
| 3 | Qirday so‘rasang tog‘day beradi deganlaridek, mana, uchta shig‘ir jo‘natyapman😁
Yigit bir paytlar Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda xizmat ko‘rsatgan shoir, jurnalist, ijodkor bo‘lgan. Yangalariz orqamdan yugurib yurardi dastxat qo‘yib bering deb yalinib... :)
Hozir baliqchiligimga qaramang. “Bahçede görünca bahçevan mı zannettin?” degan gap borku turklarda :)
Mayli, ko‘p gapirvordim, hali uyga kirishim bor kechqurun. Maza qilib turingizlarchi, nostalji!
@Ijoddardi | 411 |
| 4 | Xo‘p bo‘ladi 🫡
Qo‘ymadingizlar! Talablarga binoan, she’rlarimdan jo‘nataman hozir. Bir maza qilingizlar😆
@Ijoddardi | 412 |
| 5 | Ko‘p gaplar bo‘ldi hayotimizda, voqealar, qarorlar...
Uzuuun post bo‘ladi yozsam, lekin kanalga muhrlab qo‘yishimga, ulashishimga arziydi.
Yozgunimcha 2-3 ta o‘zim o‘qigan shig‘irlardan tashlasam, eshitib, maqtab turasizlarmi yo postni kutasizlarmi?
@Ijoddardi | 420 |
| 6 | Xayrli kuuun, yaxshilar🤠
@Ijoddardi | 428 |
| 7 | 🍿 Metro Kitap Fuarı'dan reportaj!
Turkiyaga kelib, metrodan chiqaverishda shu do‘konni ko‘rganimdan beri o‘ylayman, nega o‘zimizdagi eng gavjum Alisher Navoiy bekatida ham shunaqa g‘oya qilinmagan ekan-a?
Deyarli hamma nashriyotning kitoblari bor. Do‘konga borishga vaqti yo‘qlar shartta yo‘l-yo‘lakay olib ketaveradi istalgan kitobini. Bir emas ikkita do‘kon!
Sovg‘alar deysizmi, konstovarmi, bolalar adabiyoti, turk va jahon adabiyoti durdonalari... kitobxon uchun kerak bo‘lgan deyarli hamma narsani topish mumkin!
Tez ko‘rib yuboriladigan joyi, bu videoga like bosib, yaqinlaringizga ulashib, You Tube sahifamizga obuna bo‘lsangiz, Sabahattin Ali oilasi bilan 11 yil yashagan binoda tashkil etilgan kitob do‘konidan tayyorlagan reportajimni ham bo‘lishaman...
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=eZcknXj-xEM
@turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫 | 1 102 |
| 8 | Bu esa ana shunday banklarga tegishli nashriyotlarning kitob do‘konlaridan reportaj!
Bu yerdagi ma’lumotlarni o‘qib chiqqach, desertga You Tube sahifamizga joylangan ilk videolarni ko‘rib, layk bosib, fikrlaringizni yozib keting. Rahmat!😊
▶️ Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları (İş Kültür) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/nOetD0wRZiQ?si=G9gIqzDNLcDMJMx3
▶️ Yapı Kredi Yayınları (YKY) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/NBmo4q6s_GA?si=TYZsm5HNj9j0AqiY
@turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫 | 1 092 |
| 9 | Bu esa ana shunday banklarga tegishli nashriyotlarning kitob do‘konlaridan reportaj!
Yuqoridagi ma’lumotlarni o‘qib chiqqach, desertga You Tube sahifamizga joylangan ilk videolarni ko‘rib, layk bosib, fikrlaringizni yozib keting. Rahmat!😊
▶️ Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları (İş Kültür) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/nOetD0wRZiQ?si=G9gIqzDNLcDMJMx3
▶️ Yapı Kredi Yayınları (YKY) do‘konidan reportaj - https://youtube.com/shorts/NBmo4q6s_GA?si=TYZsm5HNj9j0AqiY
@turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫 | 1 |
| 10 | Turkiyada oila masalasi ancha achinarli, balki menga shunday tuyuladimi, bilmadim...
Ajrashganlar ko‘p. Uchinchi yo to‘rtinchi marta oila qurgan tanishlarim ham yetarlicha. Uyda ayoli, bola-chaqasi bo‘lib, “maneta” deb jazmanlari bilan yuradiganlari qancha...
Aksar yoshlari oila qurishni yoqlashmaydi. Nima kerak boshog‘riq, maza qilib yuribman deb mas’uliyatni zimmasiga olishmagan. Qirqqa kirib ham uylanmagan akalarni ko‘rdim...
Yana bir toifasi, uylanaman, lekin farzand kerak emas, deyishadi. Qizlari esa, figuram buziladi deb bolani umuman yoqtirishmaydi. Ko‘chada bolamiz bilan yursak, kuchugini quchoqlavolib, burnini jiyirib qaragan qizlar bo‘lgan hatto...
Chekish o‘ta normal, ota o‘g‘lidan sigara olib chekadi, ona qizi bilan bir tortim sigara ustida gurung qiladi. Oilaviy ovqatlanganidan so‘ng tashqariga chiqib sigaret chekishadi va hokazo...
Kassir qizimiz bir haftadir yillik izinda, Botumiga sayohatga ketibdi. Yigiti bilan. Hali unashtirilmagan, faqat uydagilarining xabari bor ekan, bo‘ldi. Eshitib, miyam “portladi”...
Ko‘cha-ko‘yda mushtday yigit-qizlarning har balo qilib yurganini ko‘rib men uyalib ketaman. Ochiq gap, bu yerda farzand katta qilishdan, ertaga o‘zimning bolalarim ham ulardan biri bo‘lib qolishidan qo‘rqaman...
Tik Tok'ka mukkasidan ketgan, totalizator qimor o‘yinlari bilan pul topadigan, ishyoqmas, tanti, umrida birorta kitobni oxirigacha o‘qimagan yoshlardan nafratlanaman...
To‘g‘ri, musulmon davlat, ilm-fan rivojlangan, besh mahal to‘rt tomondan azon ovozi yangraydi, kutubxonalar ko‘p, har qadamda kitob do‘konlari... lekin bu kamlik qilarkan yot g‘oyalarga qarshi kurashish uchun!
Balki qariyotgandirman, hamma narsaga pozitiv ko‘z bilan qarashga intilaman hamisha, ammo, lekin, biroq...
Xulosa o‘rnida demoqchimanki, hamayli, xulosa o‘zingizdan. Bu mavzuda “prikol” qilolmadim!
@Ijoddardi | 1 291 |
| 11 | Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga...
Topib aytilgan! Ko‘z tegmasin, xalqimiz ancha bag‘rikeng, futbolchilarimizni to‘g‘ri tushunib, oxirigacha yonida turishyapti...
@Ijoddardi | 1 018 |
| 12 | "Zafarning egasi ko'p, mag'lubiyat esa yetim", deganlariday Turkiyalik futbolchilarni aeraportda hech kim kutib olmadi.
Urugvaylik o'yinchilar ham musobaqa bilan xayrlashganiga davlatlari xususiy samolyotlarini bekor qilib, "o'zlaring bilet topib kelinglar", deyishibdi.
@hamidovazamira | 871 |
| 13 | Qadrli kitobxonlar, sizlarga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardagi manzillarimizni bir yerga jamladik. Endi istalgan platformadan bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan birinchilardan bo’lib xabardor bo’ling!
Quyidagi linklar orqali kanallarimizga ulanib oling va do’stlaringizni ham taklif qiling:
📱 Telegram https://t.me/Turkkitap_uz
📱 Instagram https://www.instagram.com
📱 Threads https://www.threads.com
📱 Facebook https://www.facebook.com
@Turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫 | 739 |
| 14 | Turk tilini endi o‘rganayotganlar uchun hamyonbop kitoblar!
🔵 Muqovalari yumshoq
💰 Har biri 40 ming so‘mdan
📭 Yetkazib berish bepul!
✉️ Murojaat: @sitora_qarshiyeva
@Turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫 | 223 |
| 15 | Arkadaşlaar, merhabalar! Bu dargoh siz uchun foydali va sevimli blog bo'lib qolishiga ishonaman!
Bu yerda siz
- turkcha-o'zbekcha she'riy tarjimalar
- til o'rganish haqida foydali postlar
- turk tili orqali uyda o'tirib moliyaviy mustaqillikka erishgan ijodkor talaba hayotini
kuzatib borasiz!
- til jozibasini kashf qilasiz!
Tilni sevaman, sizga ham sevdiraman!
Kuzda B2, C1 sertifikat qo'limda bo'lsin desangiz
- 29-iyun kuni boshlanadigan onlayn kursga qabul ochilgan.
- farg'onalik bo'lsangiz, oflayn kurslarga vaucherlar ham mavjud.
Turk tili olamiga marhamat📍
https://t.me/+y_yoeZev6Sc5MGRi
https://t.me/+y_yoeZev6Sc5MGRi | 243 |
| 16 | Zaxiradagi o'yinchiman😂😂😂 | 1 208 |
| 17 | O‘zbekiston o‘ynayotganidan beri ashaddiy futbol muxlisiga aylanganman...
Kolumbiya va Portugaliya bilan o‘yinlarni turkcha sharh bilan ko‘rdim uyda. Keyin o‘zbekcha sharhlarini topib yuklab oldim, qayta ko‘rib yuribman hisobni bilsam ham.
Buyam mayli, Portugaliya bilan bo‘lgan kechagi uchrashuvni “Sport” telekanalida ustoz Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlagan ekan. Uniyam topib, yuklab, takror ko‘rib tugatdim.
Ishxonada o‘zimni futbolchidek his qilib yuribman. Go‘yo restoran - stadion, ofitsiantlar himoyachi va darvozabon, buyurtma - to‘p, tinmay oshxonaga oshirishmoqda. Men esa hujumdaman. Qabul qilib olib, baliqni tozalab, pishirib, xo‘randaga jo‘natishim kerak. Gol uraman xullas 😂
Siz nima ish qilasiz va kasbingizni futbolga qiyoslasak, qaysi pozitsiyada o‘ynardingiz?
@Ijoddardi | 1 374 |
| 18 | Gollar, yengilganimiz, hatto Ronaldo ham o‘z yo‘liga! Kechadan beri shu aka xayolimdan ketmaydi, ishqilib o‘z ayoli bo‘lsin-da yonidagi😂
@Ijoddardi | 1 397 |
| 19 | O‘zbekistondagilarga maza!
Soat 12 dan o‘tdi, bir uxlab tursa, hammasi joyiga tushadi. Bizda esa soat eeendi 10 bo‘ldi, kamiga Mahdi ustimda sakrab yotibdi, Safina ko‘tar deb yig‘layapti, ayasi osh bilan ovora, yutamiz deb o‘ylab palovxonto‘rani boshlavorgandi opa :)
Maylida, bundanam yomoni bo‘lishi mumkin edi, cheksiz va ta’riflab bo‘lmas hissiyotlar uchun rahmat, yigitlar!
@Ijoddardi | 1 120 |
| 20 | O‘tkir Yusupovni qaytaringlarrr, Sergeyev ertaroq tushsin... | 52 |
