Siddiqa Hasan
Відкрити в Telegram
📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz
Показати більше4 290
Підписники
+124 години
-167 днів
+7630 днів
Архів дописів
4 290
Ayol-qizlar uchun sahifam. Hozir u yerda chellenj qilyapmiz.
https://t.me/+VyDOfPttkrkyMzZi
Turli xil nuqta, vergul, ayolligiga shubha soluvchi va feyk akkauntlar qabul qilinmaydi.
4 290
18 yoshli qizlarga qalbdan nasihat: #youasked
1. Jamiyat standardlari emas, islomiy qadriyat bilan ulg'ay. Bilib-bilmay, feminist g'oyalarga uchma. Mo'minning karami taqvosi bilan - karyerasi, layklari, gullari, mashinasi bilan emas.
2. Qalbingni va fe'lingni go'zallashtir. Shu qalbing seni boshqalardan ajratib turadi. Qalbingga avvallo Allohning muhabbatini joyla.
3. Ibodatlaringni muhofaza qil. Namoz, Qur'on, zikr va nafllar - qo'rg'oning bo'lsin.
4. Jismingni ko'z-ko'z qilma. "Olmos"deksan. O'zingni asra. Libosing taqvo va hayo bo'lsin. (Iloji boricha) hatto rasmingni begona ko'zlardan asra.
5. Yolg'iz qolishdan, qadriyatsizlar tomonidan ajratib qo'yilishdan qo'rqma. Bu vaqtni o'z foydangga, rivojlanishingga ishlat.
6. Xarakter/fe'l-atvoringni bahona qilma. Introvert bo'lsang, qobig'ingdan chiqishni, ekstravert bo'lsang, nozik va sezgir bo'lishni o'rgan. Hech kim seni "boringcha qabul qilish"ga majbur emas. 7. Ota-onang, yaqinlaring bilan chiroyli munosabat qil. Ularga yaqin bo'l. Sinovlarga iymon bilan sabr qil. 8. Judda sodda (naive) bo'lma. Kim yaxshi, shirin gapirsa, ishonib ketaverma. Yolg'on mehr-e'tiborga aldanma. Uzoq muddatda dunyo va oxirating uchun foydalisigacha sabr qil. 9. Onasan. Bo'lajak farzandlaring uchun o'zingni tarbiya qil. Shunga mos solih ota tanla. 10. O'zingni birovga taqqoslama. Hammasi o'z yo'l-yo'rig'ida, nasib qilganida, Alloh bitgan vaqtda yetib keladi. 11. Jismoniy, aqliy va ruhiy sog'liging haqida qayg'ur. 12. Istixorani lozim tut. Har bir ishni Allohga havola qil. 13. Beruvchi bo'l, Alloh uchun qil - xotirjam bo'lasan. Ayollar tabiatiga xos illatlarga qarshi kurash. 14. Qanday yashasang, yasha. Kim bilan do'st bo'lsang, bo'l. Turmushing qancha ideal bo'lsa, bo'lsin. Lekin agar qalbda Allohni ustun qo'yolmasang, hech qaysi biri tatimaydi. "Ayollik baxti"ngdan avval "bandalik baxti"ngni top.Aslida, aytar nasihatlar ko'p. Amaliga tavfiq bersin. © ULUL ALBAB yozdi
4 290
+4
Xattotlik bilan shugʻullanuvchilar bormi oramizda. Ijod mahsulingizni yuboring, koʻzlarimiz quvonsin.
Oʻzim boshlab beraman)) 🥰
Xatolari bor menikini. Ancha yildan beri shugʻullanmaganimga qoʻlim qochgan. Har kun shugʻullanilsa yana qaytadi.
4 290
Oʻlimni eslash yaxshi. Ammo faqat oʻylab, chuqur ketib qolish kerakmas manimcha.
Alloh buyurgandek yashang, duoda boʻling. Koʻp oʻylashdan foyda yoʻq.
4 290
Turmushga chiqish umuman yoshga bogʻliq emas. Avvalo bu taqdir masalasi. Keyin esa oʻqib, anglab, mas’uliyatni his qilib, ota-ona boʻlishga tayyorligini bilgach keyin qaror qilgan yaxshi.
4 290
Qaqqa shoshas? Odamlarni gapini oʻylab yuradigan darajada bekorchi boʻmaang. Tegasiz shu bir er boʻsa. Oʻzizni shunaqa bad qilib tashlangki, umuman oʻylashga vaqtiz boʻmasin.
Qachon boʻsayam oʻzizga oʻxshagani keladi, kam ham emas, koʻp ham emas.
4 290
Lichkamda oʻqilmagan xabar turmaydi odatda. Oʻqib javob bermasam ichim qiziydi. Ba’zida oʻqib javob berish esimdan chiqishi mumkin. Adashyapsiz manimcha.
4 290
Odam oʻzi qanaqa boʻlsa, boshqalarni ham shunday koʻradi. Oʻzizni toʻgʻrilasez hammasi yaxshi boʻladi.
Yaxshilar tiqilib yotibdi bu dunyoda.
4 290
Va alaykum assalom (hammaga)
Kuzatmaskansizdaaa kanalni 🙁
Ochdim-kuuu axir. Shu yoqda e’lon ham berdim. Haliyam turibdi e’lon. Xapa boʻldim. 🥺
4 290
Nazorat qilishingiz kerak boʻlgan narsa birovning hayoti emas, oʻz qarashlaringiz, fikrlaringiz, nafsingiz.
Sizni nazorat qilishi mumkin boʻlgani esa qadriyatlaringiz, prinsiplaringiz.
Lekin negadir bizni jamiyatda birov birovning hayotini, oilasini, fikrlarini nazorat qilishga urunadi, bosim oʻtkazadi, hamma uning yoʻrigʻiga yurishini xohlaydi. Oʻzining hayoti esa oyogʻi osmonda boʻlib yotgan boʻlsayam parvoyiga kelmaydi, bu uni umuman bezovta qilmaydi.
4 290
🪞
Oynaga bir musht tushirganingizda sinmasligi mumkin, ammo qayta-qayta uraversangiz, bir kun albatta sinadi. Singan oyna esa qayernidir jarohatlashi mumkin.
Gap oyna haqida emas. 🪞
4 290
+4
Menga musobaqalar yoqmaydi. Kimdandir oldinda ketayotganim yoki kimdandir qolib ketayotganim men uchun umuman ahamiyatsiz. Kimningdir soʻnggi rusumdagi telefoni, mashinasiga ham suqlanib qaramayman.
Men uchun muhim narsalar boshqalarnikidan tamoman farq qiladi:
✅Men uchun halovat va xotirjamlik hammasidan muhimroq.
✅Niqoblardan holi samimiyat, iliq soʻzlar va hayotning mayda, ammo rostakam quvonchlari menga har qanday moddiy narsadan koʻproq huzur beradi.
Oʻtkinchi moddiy narsalarni emas, xotirjam qalbni, toza vijdonni va yillar oʻtsa ham oʻzgarmaydigan qadriyatlarni boylik deb bilaman.
Siddiqa 💕
4 290
Shunaqa uzun postlarni ham oʻqib, kamiga ulashadigan odamlar borligi xursand qiladi, yashashga undaydi, ilhom beradi. 🥺
