Siddiqa Hasan
Ir al canal en Telegram
📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz
Mostrar más4 137
Suscriptores
-424 horas
-97 días
+3930 días
Archivo de publicaciones
4 139
Agar siz umrimgiz davomida hech kimga solishtirilmagan boʻlsangiz, siz judayam noyob insonsiz.
Hayotimizning har bir pallasida biz doim kim bilandir solishtirilamiz:
— qoʻshnining har kun ertalab koʻcha supuradigan, mazali ovqatlar pishirishni biladigan qiziga
— qaysidir oʻqishga birinchi urunishdayoq kirgan sinfdosh qizga
— boy oilaga tushgan qaysidir bir qarindoshning qiziga
— zoʻr joyda ishlab, otning kallasidek maosh oladigan yana bir qaysidir qizga
— yilida 2 marta farzand koʻra oladigan kelinga vahokazo.
Huddi shu holatning erkaklarga mos varianti bilan erkaklarimiz “siylanadi”
Bizning jamiyatda siz hech qachon boringizcha qabul qilinmaysiz. Doim yoningizdagi odamdan bir qadam yuqorida yoki yonma-yon yurishingiz kerak. Ana oʻshanda muvaffaqiyat qozongan hisoblanasiz.
Avlodlar yangilanyapti, koʻp eskilik sarqitlari jamiyatdan chiqib ketyapti. Shunga endi oʻzimiz bolalarimizga “yetarlilik hissi”ni berib katta qilishimiz kerak.
4 139
Ona tili va adabiyot deganda koʻpchilikning miyasiga juda sodda, zerikarli fan keladi. Ammo bu fanning ham oʻziga yarasha zavqi va qiyinchiliklari bor.
Oʻzim 2017-yilda ona tilidan tumanimizning eng zoʻr ustoziga darsga borganman. Qimmaaatga. Ota-onam qiynalib boʻsayam pul topib berishgan. Ammo negadir miyam chaqmagan shu fanni. Shunchalik ham qiyin boʻladimi bu ona tili deganlari deganman. Koʻr-koʻrona yodlab yurganman. Ammo imtihonda u yodlab yurganlarim umuman foyda bermagan. Ona tilidan 30 balldan 10 yoki 8 ball olganman DTM 🥲
Keyin 2019-yil boshqa joyda shaharning oddiygina, yosh ustoziga, arzonginaga borganman (adashmasam 80 ming soʻm). Ammo oʻsha ustoz meni miyalarimni ochvorgan va ona tilini sevib qolganman. DTM imtihonda 30/30 olganman va Grand asosida oʻqishga qabul qilinganman. 🥹
Agar bu yerda ona tilidan yaxshi ustoz qidirib yurganlar boʻlsa, sizga ajoyib tavsiya bilan keldim. Bu qiz bizning universitet magistranti ekanlar. Universitetimizga uncha bunchasi magistr yoqlolmaydi)
💡 Kanallari judayam foydali ekan. Bir kirib koʻring, sizga albatta foydali boʻladi.
Aytgancha, kurslariga mening nomimdan borsangiz 10% lik chegirmani yutvolasiz.💸
4 139
+3
Ongli asilzodalar…🌸
❔
–Maktabdagi eng zerikarli faningiz ona tili boʻlganmi?
—Endi unday emas!!!
🪶Men Sevinch Xurramova:
•Mavzularni marjon donasidek tizib qo'yadigan😍
•Hatto o'quvchilaridan ko‘p dars tayyorlaydigan deya tanilgan Ustoz sizni kanalimga taklif etaman.
Hali kurslarimga sotuv ochmasdan, shunchaa odam kurs soʻrab yozishgan😻
Hozir esa kursim uchun qabul davom etmoqda.Siddiqa kanalidan borganlarga 10% chegirma. Ulgurib qoling)
🔔O‘qituvchilar, bu blog sizlar uchun ham foydali. Oʻrganishni istaysizmi??
📌O‘quvchilaringiz "miyasini ochib, darsni joylab qo'yadigan " uslublarni kreativ taqdimotlar tayyorlab erinmasdan kanalimga joylab boryapman.
Kanalda “ichimdagini topasiz-a?” deb yuboradigan darajangizda foydali postlar ham yozib boraman har kuni) Gazeta oʻqigandek boʻlasiz)
Qoʻshilib oling:
Khurramova_uzbektili
https://t.me/+jj1SKg4x8CQxMDEy
4 139
+1
Seni baxtli qilayotgan narsa, boshqalarning mantigʻiga toʻgʻri kelishi shart emas.
degan ekan
4 139
Iymon bir yon, butun olam bir yon
Aksar aholisi musulmon bo'lgan millat vakillarimiz. Tug'ilishimiz bilanoq "Bismillah" bilan qo'lga olinib, qulog'imizga azon aytilgan. Azon bilan birga qalbimizga ham Islom ruhiyati sizib kirgan. Bugun Islomdagi inson hech qayerda ushbu din ichida tug'ilganidan afsuslanmaydi, "Nega ham shu din vakiliman" demaydi. Har qayoqda "Alhamdulillah, musulmonman!" deya e'tirof etadi.
Ammo, sezasizmi, musulmonlik ne'mati bora-bora biz uchun oddiy holdek bo'lib qoladi ba'zan. O'z-o'zidan musulmon bo'lgandek, albatta biz musulmon bo'lishga haqlidek, Alloh taolo bizga ushbu maqomni berishga majburdek tutamiz o'zimizni. Ushbu ulug' maqomning, mavqening ahamiyatini his qilmaymiz. Chunki biz unutuvchimiz — insonmiz.
Shu bilan birga men ham. Musulmon oilada tavallud topdim. Hayotimdan, qalbimdan Alloh uchun alohida o'rin ajratdim. Yo'q, men ajratmadim, Allohning O'zi qalbimga O'zini joyladi. Dinimiz ahkomlarini qodir qilgancha kitoblardan, ustozlarimdan o'rgana boshladim. To'la-to'kis bo'lmasa ham muborak dinimga muvofiq yashashga harakat qildim. Islom, iymon kabi atamalarning qoidasini, ma'nosini o'qidim, kerak bo'lsa yodladim. Ammo bugun Allohning fazli bilan aqlim ila tanigan Islom va Iymonning hayotda qanchalik ahamiyatli narsalar ekanini qalbim orqali his qilib ko'rdim.
Universitetdan chiqib, shoshib avtobusga chiqarkanman sobiq hamkasbimdan qo'ng'iroq bo'ldi. Sababi esa, o'ris nasroniy qizining Islomni qabul qilmoqchiligiga yordam berish masalasi. Avval boshda dovdiradim, quloqlarimga ishonmadim. Qandaydir kitob o'qiyotgandek edim. (Sababi bunaqa voqealarni doim kitoblarda o'qigan edim) Xayollarimni jamlab, voqeaga diqqatimni jamladim va bir necha daqiqalik suhbatdan keyin hamkasbimga bu xabarni ustozga yetkazib, xabarini berishimni aytdim. Ustozdan kelgan ijobiy javobdan osmonda edim. Qaniydi, hozirning o'zida kelsa-yu, hozirning o'zida shu jarayonni o'tkazsak.
Uchrashuv vaqti bugunga kelishildi.
Bugun keldi. Ustoz qabulidamiz. Islomni qabul qilayotgan qizdan kam emas hayajonim. Qahramonimiz nasroniy dini vakili ekani va bir necha yillardan buyon mazkur dinga o'zini begona his qilib kelishi, so'ng Islomiy kitoblar mutolaa qilib, Islomda o'zini ko'rgani, ammo onasining qattiq qarshiligi sabab haligacha ushbu dinni qabul qilolmayotgani haqida gapira ketdi. Ustozga Islomga oid savollar berib, masalahat oldi.
Navbat Islomni qabul qilishga keldi. Nasroniy qiz Islomga shu darajada talpinardiki, tezroq shahodat keltirsa-yu tezroq musulmon bo'lsa. Ustoz basmalani qaytarishlari bilan qizning ham tillaridan shahodat kalimasi yig'i aralash to'kildi. Shahodatni keltirarkan, har bir kalima orasida hiqillab to'xtar, chuqur nafas olib yana hiqillagancha keyingi kalimaga o'tardi. Men iymon halovatini, sakiynatini, kuchini ana shu onda angladim. Men uchun dunyo bir tomon, "Shahodat" bir tomonga ajralib qoldi.
Muborak dinim vakilasi ekanim, shikastalik bilan bo'lsa ham dinim ahkomlari ichida yashayotganimdan Alloh hamd aytdim. Islomdan, Iymondan bo'lak barchasi bekor ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim!
Allohim, oxirimizni ham dining ustida qilgin. Huzuringga pok Iymon bilan borishimizni nasib ayla...
2023-yilning 20-sentyabri
4 139
Aytgancha, agar kurslarga qoʻshilishga imkoniyatingiz yetmasa, bu yerda bir talay bepul darslari ham bor ekan😍
Shuni oʻzidan ham koʻp manfaatlar ola olasiz. Arab tili oʻrganishni istaydiganlar, otni qamchilang. Bunaqa imkoniyat boshqa kelmasligi mumkin))
4 139
Azizlar, birozdan keyin bu tavsiyani oʻchiraman.
Hozir bularda A1/A2 uchun ya'ni o'qishni biladiganlarga, arab tilini noldan boshlamoqchi boʻlganlarga kurslariga qabul borakan. Ulgurib qolingiz. ⏰
4 139
Anonim qilganimda koʻpchiligingiz arab tili ustoz soʻradingiz va men sizlarga shunaqa ustoz topib keldim.
Hozir bu ustoz Xalqaro Islom akademiyasi magistri, arab tilidan C1 sertifikatli ustoza bilan A1 guruhga ham qabul ochishgan ekan. Arab tilini oʻrganishni 0 dan boshlamoqchi boʻlganlar yugurib oʻtvolilaaa.
Oʻzlari Kazan Islom institutida bakalavrni oʻqirkanlar.
Kanallaridayam tilni osonroq va samaraliroq oʻrganish, ilm olish va yana bir qancha manfaatli mavzularda postlar ham bor ekan.
Til oʻrganuvchilar va oʻrganmoqchi boʻlganlar boʻlishi kerak boʻlgan makon. Tez oʻtvolamiz, yaxshilar✨
https://t.me/+PdMN_47wGvlkNmIy
https://t.me/+PdMN_47wGvlkNmIy
4 139
+2
Arab tilini o'rganishda yaxshi ustoz tavsiya qiling deganlar shu yerdamisiz?
✔️xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistri
✔️poliglot
✔️milliy va xalqaro til sertifikatli
✔️faoliyati davlat ro'yxatidan o'tgan ustoza bilan boshlashga nima deysiz? (Natijalar bu yerda)
Arab tili haqiqiy sakinati va barokatini his qilish uchun⬇
https://t.me/+PdMN_47wGvlkNmIy
https://t.me/+PdMN_47wGvlkNmIy
4 139
Bir savol
Bu fikr kelganiga yaqinda 2 yil boʻladi, ammo hech jur’at qilib boshlolmayman yoki kerakmikan deb ikkilanaman. Sizlardan bir fikr olgim keldi.
Agar men premium (pullik) kanal ochsam, unda nimalar boʻlishini xohlardingiz?
https://t.me/QuestionUz_Robot?start=7defa3ab770f44
4 139
Va alaykum assalom. Xush kelibsiz. ❣️
Yoʻq, mening kurslarim yoʻq. Ammo kanalni kuzatib borsangiz, shunday kurslari bor ustozlarni tavsiya qilib boraman.
4 139
No 🤭 Chunki shoshmasdan, sekin oʻylab, tanlab, fikrlab, chamalab, duo qilib keyin turmush qurganman)
4 139
Va alaykum assalom.
Nega men arab tili ustozlar tavsiya qilganimda yozilib olmaysizlar? Bir hafta avval ham eng zoʻr ustozlardan birini tavsiya qilgandim.
Kanalni diqqat bilan kuzatinglarda🔫
4 139
Va alaykum assalom. ✨
Xushu hammaga ham beriladigan narsa emas. Aslida xushuning berilmasligi banda uchun ba’zan yaxshilikka xizmat qiladi. Bu ibodatni tashlab qoʻyishga yaraydigan vaj emas.
Shu maqolani oʻqib chiqing:
https://fiqh.uz/maqola/671
4 139
Va alaykum assalom.
Bu Rumiyning qalamiga mansub hikmat. Siz bu hikmatni sal boshqacharoq tushungansiz chamamda. Bu hikmatdagi “asli kabi koʻrinmoq” degan jumla asosan oʻzini odamlarga dindor, taqvoli yoki umuman o’zini mukammal koʻrsata turib, ichki holati, haqiqat buning tamoman teskarisi boʻlmaslikka chaqiradi.
Hech qaysi inson mukammal emas va chiroyli axloqlar ham inson bilan birga tugʻilmaydi. Unga erishish uchun kurashiladi, mashaqqat chekiladi. Shuning uchun tasavvuf, tazkiya degan fanlar yuzaga kelgan. Bunda nafs tarbiyasi bilan shugʻullaniladi.
Agar siz aytganday hamma oʻzini boricha koʻrsatganda, bu dunyo harob boʻlib ketgan boʻlardi.
Sizga maslahatim, (agar bu muammo sizni qiynayotgan boʻlsa) odamlarga yaxshi koʻrinishni emas, ich-ichingizdan yaxshi boʻlishni, yaxshilikka, yaxshi axloqqa ega boʻlishni tanlang. Ana oʻshanda ikkiyuzlamachilik ham boʻlmaydi. Balki bu shaxsiy rivojlanish, oʻsish boʻladi.
4 139
Qiziqroq savollar boʻlsa:
https://t.me/QuestionUz_Robot?start=7defa3ab770f44
Lekin yigitila, erila va boshqa oilaviy nizolar-u, mojarolar haqidagi savollarga javob bermayman. 🙂
4 139
Alhamdulillaah, bu yerda ancha saviyali insonlar yigʻilgan. Shuning uchun reklama borasida ham 7 oʻlchab bir kesib qaror chiqaraman. Sizlarning rioyangizni qilishga harakat qilaman.
Avvalo hammasi uchun, shu yerda ekanligingiz, kanalda juda faol boʻlmasam ham men bilan boʻlganingiz uchun sizlarga rahmat aytaman. Bu yerdagilarning barchasi men uchun qadrli.
Kanalga deyarli reklama joylamayman, joylaganlarimni ham esa tanlab-tanlab, haqiqatda natija beradiganlarni saralab, bir-bir qoʻyaman. Endi shu saralashni yana ham kuchaytirmoqchiman, reklama narxini oshirish orqali.
Yangilik!
1-avgustdan Siddiqa Hasan kanaliga reklama joylash narxlari oshadi. Shu muddatgacha eski, arzonroq holatida reklama berish imkoniyatingiz bor. Faqatgina kanal yoʻnalishiga mos, ta’limiy uslubdagi reklamalar qabul qilinadi. Bizning yoʻnalishga mos kelmagan reklamalar qabul qilinmaydi.
Reklama masalasida murojaat: @tahrirchiqizz
Reklama natijalari: https://t.me/+TDB6Ki8Rzrc2MWUy
