uz
Feedback
Siddiqa Hasan

Siddiqa Hasan

Kanalga Telegram’da o‘tish

📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭 Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim. Murojaat: @tahrirchiqizz

Ko'proq ko'rsatish
4 294
Obunachilar
+324 soatlar
-137 kun
+8130 kun
Postlar arxiv
Odamlarning Allohdan eng uzogʻi qalbi qattigʻidir. ©️Hadis
Odamlarning Allohdan eng uzogʻi qalbi qattigʻidir. ©️Hadis

Ayol-qizlar uchun sahifam. Hozir u yerda chellenj qilyapmiz. https://t.me/+VyDOfPttkrkyMzZi Turli xil nuqta, vergul, ayolligiga shubha soluvchi va feyk akkauntlar qabul qilinmaydi.

☎️ Reklama va hamkorlik uchun murojaat: @tahrirchiqizz

18 yoshli qizlarga qalbdan nasihat: #youasked 1. Jamiyat standardlari emas, islomiy qadriyat bilan ulg'ay. Bilib-bilmay, feminist g'oyalarga uchma. Mo'minning karami taqvosi bilan - karyerasi, layklari, gullari, mashinasi bilan emas. 2. Qalbingni va fe'lingni go'zallashtir. Shu qalbing seni boshqalardan ajratib turadi. Qalbingga avvallo Allohning muhabbatini joyla. 3. Ibodatlaringni muhofaza qil. Namoz, Qur'on, zikr va nafllar - qo'rg'oning bo'lsin. 4. Jismingni ko'z-ko'z qilma. "Olmos"deksan. O'zingni asra. Libosing taqvo va hayo bo'lsin. (Iloji boricha) hatto rasmingni begona ko'zlardan asra. 5. Yolg'iz qolishdan, qadriyatsizlar tomonidan ajratib qo'yilishdan qo'rqma. Bu vaqtni o'z foydangga, rivojlanishingga ishlat.
6. Xarakter/fe'l-atvoringni bahona qilma. Introvert bo'lsang, qobig'ingdan chiqishni, ekstravert bo'lsang, nozik va sezgir bo'lishni o'rgan. Hech kim seni "boringcha qabul qilish"ga majbur emas. 7. Ota-onang, yaqinlaring bilan chiroyli munosabat qil. Ularga yaqin bo'l. Sinovlarga iymon bilan sabr qil. 8. Judda sodda (naive) bo'lma. Kim yaxshi, shirin gapirsa, ishonib ketaverma. Yolg'on mehr-e'tiborga aldanma. Uzoq muddatda dunyo va oxirating uchun foydalisigacha sabr qil. 9. Onasan. Bo'lajak farzandlaring uchun o'zingni tarbiya qil. Shunga mos solih ota tanla. 10. O'zingni birovga taqqoslama. Hammasi o'z yo'l-yo'rig'ida, nasib qilganida, Alloh bitgan vaqtda yetib keladi. 11. Jismoniy, aqliy va ruhiy sog'liging haqida qayg'ur. 12. Istixorani lozim tut. Har bir ishni Allohga havola qil. 13. Beruvchi bo'l, Alloh uchun qil - xotirjam bo'lasan. Ayollar tabiatiga xos illatlarga qarshi kurash. 14. Qanday yashasang, yasha. Kim bilan do'st bo'lsang, bo'l. Turmushing qancha ideal bo'lsa, bo'lsin. Lekin agar qalbda Allohni ustun qo'yolmasang, hech qaysi biri tatimaydi. "Ayollik baxti"ngdan avval "bandalik baxti"ngni top.
Aslida, aytar nasihatlar ko'p. Amaliga tavfiq bersin. © ULUL ALBAB yozdi

Allohim, paygʻambarimizga u zotga munosib salavotlar yoʻllayman. ✨

Xattotlik bilan shugʻullanuvchilar bormi oramizda. Ijod mahsulingizni yuboring, koʻzlarimiz quvonsin. Oʻzim boshlab beraman))
+4
Xattotlik bilan shugʻullanuvchilar bormi oramizda. Ijod mahsulingizni yuboring, koʻzlarimiz quvonsin. Oʻzim boshlab beraman)) 🥰 Xatolari bor menikini. Ancha yildan beri shugʻullanmaganimga qoʻlim qochgan. Har kun shugʻullanilsa yana qaytadi.

Oʻlimni eslash yaxshi. Ammo faqat oʻylab, chuqur ketib qolish kerakmas manimcha. Alloh buyurgandek yashang, duoda boʻling. Ko
Oʻlimni eslash yaxshi. Ammo faqat oʻylab, chuqur ketib qolish kerakmas manimcha. Alloh buyurgandek yashang, duoda boʻling. Koʻp oʻylashdan foyda yoʻq.

Turmushga chiqish umuman yoshga bogʻliq emas. Avvalo bu taqdir masalasi. Keyin esa oʻqib, anglab, mas’uliyatni his qilib, ota
Turmushga chiqish umuman yoshga bogʻliq emas. Avvalo bu taqdir masalasi. Keyin esa oʻqib, anglab, mas’uliyatni his qilib, ota-ona boʻlishga tayyorligini bilgach keyin qaror qilgan yaxshi.

Misrda
Misrda

Qaqqa shoshas? Odamlarni gapini oʻylab yuradigan darajada bekorchi boʻmaang. Tegasiz shu bir er boʻsa. Oʻzizni shunaqa bad qi
Qaqqa shoshas? Odamlarni gapini oʻylab yuradigan darajada bekorchi boʻmaang. Tegasiz shu bir er boʻsa. Oʻzizni shunaqa bad qilib tashlangki, umuman oʻylashga vaqtiz boʻmasin. Qachon boʻsayam oʻzizga oʻxshagani keladi, kam ham emas, koʻp ham emas.

Lichkamda oʻqilmagan xabar turmaydi odatda. Oʻqib javob bermasam ichim qiziydi. Ba’zida oʻqib javob berish esimdan chiqishi m
Lichkamda oʻqilmagan xabar turmaydi odatda. Oʻqib javob bermasam ichim qiziydi. Ba’zida oʻqib javob berish esimdan chiqishi mumkin. Adashyapsiz manimcha.

Odam oʻzi qanaqa boʻlsa, boshqalarni ham shunday koʻradi. Oʻzizni toʻgʻrilasez hammasi yaxshi boʻladi. Yaxshilar tiqilib yoti
Odam oʻzi qanaqa boʻlsa, boshqalarni ham shunday koʻradi. Oʻzizni toʻgʻrilasez hammasi yaxshi boʻladi. Yaxshilar tiqilib yotibdi bu dunyoda.

Dadamning adashlari boʻladilar. 😁 Qarindoshlik aloqalarimiz yoʻq.
Dadamning adashlari boʻladilar. 😁 Qarindoshlik aloqalarimiz yoʻq.

Va alaykum assalom (hammaga) Kuzatmaskansizdaaa kanalni 🙁 Ochdim-kuuu axir. Shu yoqda e’lon ham berdim. Haliyam turibdi e’lo
Va alaykum assalom (hammaga) Kuzatmaskansizdaaa kanalni 🙁 Ochdim-kuuu axir. Shu yoqda e’lon ham berdim. Haliyam turibdi e’lon. Xapa boʻldim. 🥺

Desam hamma uxlaboʻptikan🙂

Nazorat qilishingiz kerak boʻlgan narsa birovning hayoti emas, oʻz qarashlaringiz, fikrlaringiz, nafsingiz. Sizni nazorat qilishi mumkin boʻlgani esa qadriyatlaringiz, prinsiplaringiz. Lekin negadir bizni jamiyatda birov birovning hayotini, oilasini, fikrlarini nazorat qilishga urunadi, bosim oʻtkazadi, hamma uning yoʻrigʻiga yurishini xohlaydi. Oʻzining hayoti esa oyogʻi osmonda boʻlib yotgan boʻlsayam parvoyiga kelmaydi, bu uni umuman bezovta qilmaydi.

🪞 Oynaga bir musht tushirganingizda sinmasligi mumkin, ammo qayta-qayta uraversangiz, bir kun albatta sinadi. Singan oyna esa qayernidir jarohatlashi mumkin. Gap oyna haqida emas. 🪞

Menga musobaqalar yoqmaydi. Kimdandir oldinda ketayotganim yoki kimdandir qolib ketayotganim men uchun umuman ahamiyatsiz. Ki
+4
Menga musobaqalar yoqmaydi. Kimdandir oldinda ketayotganim yoki kimdandir qolib ketayotganim men uchun umuman ahamiyatsiz. Kimningdir soʻnggi rusumdagi telefoni, mashinasiga ham suqlanib qaramayman. Men uchun muhim narsalar boshqalarnikidan tamoman farq qiladi: ✅Men uchun halovat va xotirjamlik hammasidan muhimroq. ✅Niqoblardan holi samimiyat, iliq soʻzlar va hayotning mayda, ammo rostakam quvonchlari menga har qanday moddiy narsadan koʻproq huzur beradi. Oʻtkinchi moddiy narsalarni emas, xotirjam qalbni, toza vijdonni va yillar oʻtsa ham oʻzgarmaydigan qadriyatlarni boylik deb bilaman. Siddiqa 💕

Shunaqa uzun postlarni ham oʻqib, kamiga ulashadigan odamlar borligi xursand qiladi, yashashga undaydi, ilhom beradi. 🥺
Shunaqa uzun postlarni ham oʻqib, kamiga ulashadigan odamlar borligi xursand qiladi, yashashga undaydi, ilhom beradi. 🥺