uk
Feedback
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿

Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿

Відкрити в Telegram

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali Web-sayt: http://gov.uz/marhamat Facebook: fb.com/marhamatpress Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss Instagram: instagram.com/marhamatpress Murojaat uchun: @Marhamat_matbuot_kotibi

Показати більше
4 297
Підписники
+1224 години
+107 днів
-1230 днів

Триває завантаження даних...

Хмара тегів
Немає даних
Виникли проблеми? Будь ласка, оновіть сторінку або зверніться до нашого support-менеджера.
Вхідні та вихідні згадування
---
---
---
---
---
---
Залучення підписників
вересень '26
вересень '26
+26
в 1 каналах
серпень '26
+170
в 4 каналах
Get PRO
липень '26
+161
в 7 каналах
Get PRO
червень '26
+188
в 11 каналах
Get PRO
травень '26
+199
в 9 каналах
Get PRO
квітень '26
+261
в 8 каналах
Get PRO
березень '26
+306
в 7 каналах
Get PRO
лютий '26
+201
в 8 каналах
Get PRO
січень '26
+166
в 7 каналах
Get PRO
грудень '25
+287
в 7 каналах
Get PRO
листопад '25
+166
в 9 каналах
Get PRO
жовтень '25
+110
в 7 каналах
Get PRO
вересень '25
+169
в 8 каналах
Get PRO
серпень '25
+179
в 7 каналах
Get PRO
липень '25
+1 591
в 5 каналах
Get PRO
червень '25
+233
в 3 каналах
Get PRO
травень '25
+174
в 8 каналах
Get PRO
квітень '25
+198
в 7 каналах
Get PRO
березень '25
+228
в 10 каналах
Get PRO
лютий '25
+107
в 2 каналах
Get PRO
січень '25
+117
в 4 каналах
Get PRO
грудень '24
+102
в 4 каналах
Get PRO
листопад '24
+93
в 2 каналах
Get PRO
жовтень '24
+112
в 4 каналах
Get PRO
вересень '24
+190
в 6 каналах
Get PRO
серпень '24
+146
в 3 каналах
Get PRO
липень '24
+129
в 10 каналах
Get PRO
червень '24
+186
в 4 каналах
Get PRO
травень '24
+147
в 4 каналах
Get PRO
квітень '24
+81
в 4 каналах
Get PRO
березень '24
+83
в 5 каналах
Get PRO
лютий '24
+124
в 6 каналах
Get PRO
січень '24
+16
в 18 каналах
Get PRO
грудень '23
+20 018
в 8 каналах
Get PRO
листопад '23
+266
в 4 каналах
Get PRO
жовтень '23
+77
в 6 каналах
Get PRO
вересень '23
+78
в 0 каналах
Get PRO
серпень '23
+113
в 0 каналах
Get PRO
липень '23
+42
в 0 каналах
Get PRO
червень '23
+789
в 0 каналах
Get PRO
травень '23
+4 148
в 0 каналах
Get PRO
квітень '23
+99
в 0 каналах
Get PRO
березень '23
+1 382
в 0 каналах
Get PRO
лютий '23
+1 006
в 0 каналах
Get PRO
січень '23
+1 063
в 0 каналах
Get PRO
грудень '22
+67
в 0 каналах
Get PRO
листопад '22
+33
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '22
+6 793
в 0 каналах
Get PRO
вересень '22
+976
в 0 каналах
Get PRO
серпень '22
+279
в 0 каналах
Get PRO
липень '22
+2 507
в 0 каналах
Get PRO
червень '22
+2 222
в 0 каналах
Get PRO
травень '22
+2 700
в 0 каналах
Get PRO
квітень '22
+1 125
в 0 каналах
Get PRO
березень '22
+46
в 0 каналах
Get PRO
лютий '22
+98
в 0 каналах
Get PRO
січень '22
+95
в 0 каналах
Get PRO
грудень '21
+170
в 0 каналах
Get PRO
листопад '21
+623
в 0 каналах
Get PRO
жовтень '21
+84
в 0 каналах
Get PRO
вересень '21
+1 469
в 0 каналах
Get PRO
серпень '21
+511
в 0 каналах
Get PRO
липень '21
+1 090
в 0 каналах
Get PRO
червень '21
+286
в 0 каналах
Get PRO
травень '21
+94
в 0 каналах
Get PRO
квітень '21
+65
в 0 каналах
Get PRO
березень '21
+73
в 0 каналах
Get PRO
лютий '21
+82
в 0 каналах
Get PRO
січень '21
+54
в 0 каналах
Get PRO
грудень '20
+1 506
в 0 каналах
Дата
Залучення підписників
Згадування
Канали
03 вересня+5
02 вересня+18
01 вересня+3
Дописи каналу
2
XXI ASR AKADEMIYASI XUSUSIY MAKTABIDA BIRINCHI QO‘NG‘IROQ JARANG SOCHDI Bugun yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan+9
XXI ASR AKADEMIYASI XUSUSIY MAKTABIDA BIRINCHI QO‘NG‘IROQ JARANG SOCHDI Bugun yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan Marhamat tumanidagi “XXI ASR AKADEMIYASI” xususiy maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Tadbirda Marhamat tumani hokimi maslahatchisi M.Qurbonov, maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularga mustahkam bilim, yuksak marralar va omad tiladilar. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun bu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yiliga start berildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Darhaqiqat, maktab — inson hayotidagi eng muhim maskanlardan biri. Bu dargohda nafaqat bilim, balki ezgulik, vatanparvarlik, odob va katta orzular sari intilish tuyg‘ulari shakllanadi. Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun muvaffaqiyatli va samarali kelishiga tilakdoshmiz!
1 435
3
Немає тексту...
3 909
4
📢 FUQAROLAR DIQQATIGA! 2026-yil 4-sentyabr juma kuni soat 16:00 da Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan fuqaro
📢 FUQAROLAR DIQQATIGA! 2026-yil 4-sentyabr  juma kuni soat 16:00 da Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkaziladi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalar tinglanib, qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi. 📅 Sana: 4-sentyabr, juma ⏰ Vaqti: soat 16:00 📍 Manzil: Marhamat tumani hokimligi binosi Hurmatli fuqarolar! Sizni qiziqtirayotgan masalalar, muammo va takliflaringiz yuzasidan tuman hokimining shaxsiy qabulida ishtirok etishingiz mumkin. Murojaatingiz e’tiborda — yechimi nazoratda!
921
5
AHOLI MANFAATI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Maniyozov bugun Marhamat tumani hokim+3
AHOLI MANFAATI — ISLOHOTLARNING BOSH MEZONI Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Maniyozov bugun Marhamat tumani hokimi I.Umrzaqov bilan birgalikda Marhamat tumanidagi dolzarb masalalar, aholi murojaatlari va ularning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borildi. Jarayon davomida, xususan, “Ochiq budjet” (“Open Budget”) dasturi doirasida tumanda amalga oshirilgan loyihalar, ularning natijadorligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi. Shuningdek, so‘nggi mavsumda “Ochiq budjet” tashabbuslari doirasida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq ijtimoiy ahamiyati yuqori va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan loyihalar ham muhokama qilindi. Mazkur loyihalarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. nli o‘tkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Stadion hududini obodonlashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, aholining faol dam olishi uchun zarur sharoitlarni kengaytirish yuzasidan tegishli takliflar ilgari surildi. Uchrashuv va o‘rganishlar yakunida tumandagi dolzarb masalalarni izchil hal etish, aholining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib loyihalarni amalga oshirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
962
6
TOMCHILATIB SUG‘ORISH — SUVNI TEJASH VA HOSILDORLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI USULI Marhamat tumanida qishloq xo‘jaligi sohasid+5
TOMCHILATIB SUG‘ORISH — SUVNI TEJASH VA HOSILDORLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI USULI Marhamat tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, mavjud suv zaxiralarini tejash hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlari, jumladan, 108-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi orqali bog‘ va boshqa qishloq xo‘jaligi maydonlarida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni, xususan, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tomchilatib sug‘orish tizimining afzalligi shundaki, suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik va daraxtlarning ildiz qismiga yetkazib beriladi. Natijada suvning ortiqcha sarflanishi, bug‘lanishi va tuproq bo‘ylab samarasiz oqib ketishining oldi olinadi. Bu esa sug‘orish uchun sarflanadigan suv miqdorini kamaytirish bilan birga, mavjud suv resurslaridan yanada unumli foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur tizim joriy etilgan bog‘larda ko‘chatlarning bir maromda oziqlanishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Daraxtlarning ildiz qismiga kerakli miqdorda namlik yetkazib berilishi ularning sog‘lom o‘sishi, hosilga kirishi va kelgusida yuqori hosildorlikka erishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Suv tejovchi texnologiyalarning yana bir muhim jihati — sug‘orish jarayonini samarali tashkil etish va mehnat sarfini kamaytirish imkonini berishidir. Bu, ayniqsa, suv ta’minoti cheklangan hududlarda mavjud suvdan oqilona foydalanish, sug‘orish tarmoqlariga tushadigan yuklamani kamaytirish va suv ta’minoti barqarorligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda Marhamat tumanidagi barcha bog‘bon fermer xo‘jaliklari rahbarlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari o‘rtasida tomchilatib sug‘orish tizimining afzalliklari, uni joriy etish imkoniyatlari hamda suvni tejashdagi samarasi yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarini zamonaviy agrotexnologiyalardan keng foydalanishga undash, suv resurslarini tejash, bog‘larni samarali sug‘orish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Zero, suvni tejash — nafaqat bugungi hosil, balki kelajak avlodlar uchun ham bebaho ne’mat bo‘lgan suv resurslarini asrab-avaylash demakdir.
1 132
7
Немає тексту...
1 009
8
MARHAMAT TUMAN 2-SON TEXNIKUMIDA “BILIMLAR KUNI” KENG NISHONLANDI 📚 Bugun Marhamat tuman 2-son texnikumida yangi 2026–2027-o+6
MARHAMAT TUMAN 2-SON TEXNIKUMIDA “BILIMLAR KUNI” KENG NISHONLANDI 📚 Bugun Marhamat tuman 2-son texnikumida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va tantanali ruhda tashkil etildi. 🇺🇿 Tadbirda texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan bir-birlarini samimiy muborakbod etdilar. 🎉 Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida puxta bilim olish, tanlagan kasb-hunarlarini mukammal egallash, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida ezgu tilaklar bildirildi. ✨ Ayniqsa, texnikumga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va omad tilandi. 📖 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari dadil qadamdir! Yangi o‘quv yili barchamizga omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin! 🇺🇿📚✨ 📱Facebook   📱  Telegram 📱Instagram
1 062
9
Bugun Marhamat tumanidagi 4-son texnikumida yangi o‘quv yilining ilk kuni — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir b+9
Bugun Marhamat tumanidagi 4-son texnikumida yangi o‘quv yilining ilk kuni — Bilimlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olgan o‘quvchilar texnikum jamoasi tomonidan samimiy kutib olindi. Ayniqsa, texnikumning yangi o‘quvchilari uchun bugungi kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ular katta hayot sari ilk qadamlarini tashlab, o‘zlari tanlagan kasb-hunar sirlarini egallash yo‘lida yangi bosqichni boshladilar. Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, mustahkam bilim va kelajakdagi ezgu maqsadlariga erishishlari uchun tilaklar bildirildi. Aziz o‘quvchilar! Yangi o‘quv yili sizlarga yangi imkoniyatlar, yangi bilimlar va ulkan yutuqlar olib kelsin! 📚 Bilim — kelajak poydevori! 🎓 Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!
951
10
🔔 BILIMLAR KUNI: YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR BILAN 🎀 Bugun Marhamat tumani "Polvontosh" MFYdagi 15-sonli umumiy o‘rt+9
🔔 BILIMLAR KUNI: YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR BILAN 🎀 Bugun Marhamat tumani "Polvontosh" MFYdagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✅Unda tuman hokimining maslahatchisi O‘.Qurbonova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul vakili I.Ergashev, mahalla yettiligi, ota-onalar, maktab jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. 🇺🇿 Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 🇺🇿 Dastlab tuman hokimining maslahatchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bilimlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirilib, viloyat va tuman hokimlarining ezgu tilaklari yetkazildi. Yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga puxta bilim egallash, ustozlarga esa mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat tilandi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish borasidagi ezgu maqsadlar alohida ta’kidlandi. 📚 Tadbir davomida Marhamat tumani hokimi nomidan maktabga sara badiiy adabiyotlar to‘plami tuhfa etildi. Ushbu ezgu tashabbus o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mutolaa orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅Bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🗝Yangi o‘quv yili — yangi marralar, ezgu maqsadlar va katta imkoniyatlar boshlanishidir. Zero, bilimli va ma’rifatli avlod — yurt taraqqiyotining eng katta tayanchi.
807
11
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILINING ILK SADOLARI Marhamat tumani prokurori U.Azimov tumandagi 39-sonli umumta’lim makt+4
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILINING ILK SADOLARI Marhamat tumani prokurori U.Azimov tumandagi 39-sonli umumta’lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qituvchilar, o‘quvchilar va tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Bayram tadbirida yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan o‘quvchilar va ustozlar muborakbod etilib, yoshlarning puxta bilim olishi, Vatanga sadoqatli, ma’naviy yetuk va kelajakka intiluvchan avlod bo‘lib voyaga yetishi muhimligi ta’kidlandi. Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularga bilim olish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilandi. 🔔 Jaranglagan ilk qo‘ng‘iroq barcha o‘quvchilarni yangi bilimlar, yangi marralar va ezgu maqsadlar sari chorlab, yangi o‘quv yiliga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 📸 Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
763
12
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” — YANGI O‘QUV YILINING QUVNOQ BOSHLANISHI Marhamat tumani MMTB tasarrufidagi 43-sonli umumta’lim maktab+7
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” — YANGI O‘QUV YILINING QUVNOQ BOSHLANISHI Marhamat tumani MMTB tasarrufidagi 43-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbirda Marhamat tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, mayor A. Bashirov hamda Marhamat tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i X. Xudoyberganov ishtirok etdi. Tadbir avvalida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar hamda ota-onalar samimiy muborakbod etildi. Yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning puxta bilim olishi va har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Ularning hayajonli nigohlari, quvonchli chehralari va ilk maktab qadamlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, ulkan yutuqlar va ezgu maqsadlar sari dadil qadamlar tilandi. Ustoz va murabbiylarga esa yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berishdek sharafli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilak bildirildi. 🔔 Jaranglagan ilk qo‘ng‘iroq maktab hayotiga yana bir yangi sahifa ochib, o‘quvchilarni bilim, izlanish va katta orzular sari chorladi.
950
13
Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari A.Maxammatov tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag+8
Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari A.Maxammatov tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘qib eshittirildi. Bayramona tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, ularga mustahkam bilim, yuksak marralar va kelajakdagi ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tiladilar. Ayniqsa, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarda chuqur bilim egallashi, iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ta’kidlandi. 🔔 Jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangi o‘quv yilining boshlanishidan darak berib, o‘quvchilar qalbida yangi orzular va katta maqsadlarga yo‘l ochdi.
832
14
YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR BILAN Marhamat tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.Erkaboyev tumandagi 12-umumta’lim makt+3
YANGI O‘QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR BILAN Marhamat tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.Erkaboyev tumandagi 12-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Bayramona tadbirda o‘quvchilar, ustoz va murabbiylar hamda ota-onalar jam bo‘lib, yangi o‘quv yilining ilk kunini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. Tadbir davomida yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda puxta bilim olishning kelajakdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga ezgu tilaklar yo‘llanib, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga esa kelgusidagi muhim bosqichlarda omad va muvaffaqiyat tilandi. 🔔 Jaranglagan ilk qo‘ng‘iroq — bilim sari yangi qadamlar, katta orzular va yorqin kelajakning boshlanishi bo‘ldi.
1 476
15
YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISH — MUHIM VAZIFA Viloyat hokimi tashabbusiga ko‘ra, Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomo+9
YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISH — MUHIM VAZIFA Viloyat hokimi tashabbusiga ko‘ra, Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda maktab maslahatchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Muloqotda yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati va kelajakdagi rejalari asosida kasb tanlashiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishtirish, maktablarda kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi. Uchrashuv davomida maktab direktorlaridan ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar bilan individual ishlashni kuchaytirish hamda har bir yoshning kelajakdagi kasbiy yo‘lini to‘g‘ri belgilashiga amaliy ko‘mak berish borasida aniq vazifalarni amalga oshirish so‘raldi. Shuningdek, yangi o‘quv yilini yuqori natijalar bilan yakunlash, bitiruvchilarni oliy ta’lim va professional ta’limga yo‘naltirish, yoshlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 📌 Asosiy maqsad — har bir o‘quvchining o‘z qiziqishi va qobiliyatiga mos kasbni tanlashi, kelajakda munosib o‘rin egallashi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
2 652
16
🔔Birinchi qo‘ng‘iroq — ezgu orzular va buyuk marralar sari chorlov!🔔 🔔 Yangi o‘quv yilining boshlanishi — qalblarda hayajo+9
🔔Birinchi qo‘ng‘iroq — ezgu orzular va buyuk marralar sari chorlov!🔔 🔔 Yangi o‘quv yilining boshlanishi — qalblarda hayajon, yuzlarda tabassum, dillarda esa ezgu orzular uyg‘otadigan unutilmas ayyom. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilar uchun bu kun hayotidagi eng yorqin va hayajonli sahifalardan biridir. Shu munosabat bilan Marhamat tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tantanali tadbirda Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i F. Alijonov ishtirok etib, Prezidentimizning yangi o‘quv yilini boshlayotgan o‘quvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazdi. Samimiy tilaklar va ezgu niyatlar bilan boshlangan tadbirda o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, yuksak marralar, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilandi. Shuningdek, bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida esdalik sovg‘alari topshirildi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi yangragan ushbu unutilmas kun har bir o‘quvchining qalbida yangi orzularni uyg‘otib, bilim va bunyodkorlik sari dadil qadamlar uchun ilhom manbai bo‘lsin! 🕸Website    😎Telegram 😎Instagram😎Facebook
683
17
+9
Немає тексту...
644
18
🎉BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR SARI ILK QADAM Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig+6
🎉BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR SARI ILK QADAM Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hafiza Mamarizayeva tumandagi 20- umumta’lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, yangi o‘quv yilining boshlanishini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun ushbu kun hayajonli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga muvaffaqiyat, ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat tilandi.
811
19
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR VA ULKAN MAQSADLAR BOSHLANISHI Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat+7
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI ORZULAR VA ULKAN MAQSADLAR BOSHLANISHI Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Marhamat tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda maktab jamoasi, o‘quvchilar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov ham ishtirok etdi. Tadbir avvalida yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqan institut rektori M. Madazimov o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, a’lo baholar, katta marralar va ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi. Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilariga bilim olish yo‘lidagi ilk qadamlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini bildirdi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va raqslar, badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yoshlarning iste’dodi, sahnadagi chiqishlari va bayramona chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tantanali marosimning eng hayajonli va quvonchli lahzalaridan biri 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarining topshirilishi bo‘ldi. Institut rektori M. Madazimov hamda maktab direktori tomonidan jajji o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda ulashildi. Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarning quvonchi, yuzlaridagi tabassum va hayajonli lahzalar tadbir ishtirokchilariga ham ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, o‘quv yili davomida o‘zining faolligi, namunali xulqi, bilimga bo‘lgan intilishi va jamoat ishlaridagi ishtiroki bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan eng faol o‘quvchilar ham e’tibordan chetda qolmadi. Institut rektori tomonidan ularga Andijon davlat tibbiyot institutining esdalik sovg‘alari topshirilib, yoshlarning intilishi va yutuqlari munosib rag‘batlantirildi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri yangi o‘quv yiliga xos ezgu tilaklar, quvonch va katta maqsadlar bilan yakunlandi. ❇️Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari👇 🌎sayt | ✈️Telegram |📷Instagram | 🔵Facebook |🎬You Tube |🐤Twitter
689
20
#FOTOREPORTAJ YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tumandagi 10-sonli+9
#FOTOREPORTAJ YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tumandagi 10-sonli umumta’lim maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tadbirda maktab jamoasi, o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilari uchun ushbu kun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilariga davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etilib, unda Vatanimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, bugungi tinch va farovon hayotimizning qadr-qimmati, yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yiliga ilk qadamlarini qo‘ygan jajji o‘quvchilarga omad va zafarlar, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga esa kelgusidagi muhim sinovlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
839