Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
Открыть в Telegram
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmatining Rasmiy kanali Web-sayt: http://gov.uz/marhamat Facebook: fb.com/marhamatpress Youtube: https://youtube.com/@marhamatpresss Instagram: instagram.com/marhamatpress Murojaat uchun: @Marhamat_matbuot_kotibi
Больше4 324
Подписчики
-924 часа
-407 дней
-2130 день
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
июль '26
июль '26
+119
в 4 каналах
июнь '26
+188
в 11 каналах
Get PRO
май '26
+199
в 9 каналах
Get PRO
апрель '26
+261
в 8 каналах
Get PRO
март '26
+306
в 7 каналах
Get PRO
февраль '26
+201
в 8 каналах
Get PRO
январь '26
+166
в 7 каналах
Get PRO
декабрь '25
+287
в 7 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+166
в 9 каналах
Get PRO
октябрь '25
+110
в 7 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+169
в 8 каналах
Get PRO
август '25
+179
в 7 каналах
Get PRO
июль '25
+1 591
в 5 каналах
Get PRO
июнь '25
+233
в 3 каналах
Get PRO
май '25
+174
в 8 каналах
Get PRO
апрель '25
+198
в 7 каналах
Get PRO
март '25
+228
в 10 каналах
Get PRO
февраль '25
+107
в 2 каналах
Get PRO
январь '25
+117
в 4 каналах
Get PRO
декабрь '24
+102
в 4 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+93
в 2 каналах
Get PRO
октябрь '24
+112
в 4 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+190
в 6 каналах
Get PRO
август '24
+146
в 3 каналах
Get PRO
июль '24
+129
в 10 каналах
Get PRO
июнь '24
+186
в 4 каналах
Get PRO
май '24
+147
в 4 каналах
Get PRO
апрель '24
+81
в 4 каналах
Get PRO
март '24
+83
в 5 каналах
Get PRO
февраль '24
+124
в 6 каналах
Get PRO
январь '24
+16
в 18 каналах
Get PRO
декабрь '23
+20 018
в 8 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+266
в 4 каналах
Get PRO
октябрь '23
+77
в 6 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+78
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+113
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+42
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+789
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+4 148
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+99
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+1 382
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+1 006
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+1 063
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+67
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+33
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+6 793
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+976
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+279
в 0 каналах
Get PRO
июль '22
+2 507
в 0 каналах
Get PRO
июнь '22
+2 222
в 0 каналах
Get PRO
май '22
+2 700
в 0 каналах
Get PRO
апрель '22
+1 125
в 0 каналах
Get PRO
март '22
+46
в 0 каналах
Get PRO
февраль '22
+98
в 0 каналах
Get PRO
январь '22
+95
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '21
+170
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '21
+623
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '21
+84
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '21
+1 469
в 0 каналах
Get PRO
август '21
+511
в 0 каналах
Get PRO
июль '21
+1 090
в 0 каналах
Get PRO
июнь '21
+286
в 0 каналах
Get PRO
май '21
+94
в 0 каналах
Get PRO
апрель '21
+65
в 0 каналах
Get PRO
март '21
+73
в 0 каналах
Get PRO
февраль '21
+82
в 0 каналах
Get PRO
январь '21
+54
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '20
+1 506
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 21 июля | +6 | |||
| 20 июля | +3 | |||
| 19 июля | +3 | |||
| 18 июля | +2 | |||
| 17 июля | +3 | |||
| 16 июля | +7 | |||
| 15 июля | +4 | |||
| 14 июля | +3 | |||
| 13 июля | +10 | |||
| 12 июля | +4 | |||
| 11 июля | +31 | |||
| 10 июля | +9 | |||
| 09 июля | +6 | |||
| 08 июля | 0 | |||
| 07 июля | +2 | |||
| 06 июля | +1 | |||
| 05 июля | +2 | |||
| 04 июля | +3 | |||
| 03 июля | +5 | |||
| 02 июля | +11 | |||
| 01 июля | +4 |
Посты канала
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz global iqtisodiyotdagi hozirgi noaniqliklar qancha davom etishini hech kim oldindan ayta olmasligini qayd etdi. Asosiy hamkor davlatlarda iqtisodiy faollik sekinlashayotgani mahalliy korxonalarimizga, ayniqsa, eksportchilarga ta’sir qilishi mumkin.
Shu sababli barcha rahbarlar har qanday xatarlarni hisobga olgan holda o‘z zaxiralarini safarbar qilishga tayyor bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.
Barcha tarmoq va hududlarga “aql markazlari” biriktirilgan. Endi Iqtisodiy kengash va 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Ishchi guruhlar “aql markazlari” bilan birga 15-avgustgacha tarmoq va hududlar kesimida ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi. Bu takliflar “resurs – infratuzilma – loyiha – ishlab chiqarish – budjetga tushum – eksport” zanjirini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari 2027-yil uchun makroiqtisodiy parametrlar, budjet, investitsiya va eksport dasturlari mutlaqo yangicha yondashuv – “safarbarlik ssenariysi” asosida tayyorlanishi kerakligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar hisobot berdi, bugungi topshiriqlar ijrosini joylarda qanday tashkil qilishi bo‘yicha rejalarini aytdi.
Facebook|Instagram|X
| 2 | Joylarda yil davomida intervensiya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani sababli pishiqchilik paytida dalada kartoshka narxi tushib ketgani qayd etildi. Fermerlarda manfaatdorlik bo‘lmagani uchun 325 ming tonna kartoshka sotilmay turibdi.
Davlatimiz rahbari kartoshkani fermerlar foyda ko‘radigan narxda zaxiraga olib, taqchillik paytida bozorga chiqarish orqali narxni barqaror ushlash zarurligini ta’kidladi.
Yilning yarmi o‘tgan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatida meva-sabzavotni saqlaydigan birorta ham sovitkichli ombor ishga tushirilmagani tanqid qilindi.
Yil yakunigacha 87 ming tonna quvvatga ega 340 ta sovitkichli omborni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Hokimlar bu yil oziq-ovqat jamg‘armalarini 2,5 barobar ko‘paytirib, 500 milliard so‘mga yetkazishi kerak edi. Lekin ayrim hududlardan tashqari birorta hokim jamg‘armaga mablag‘ o‘tkazmagani aytildi.
Bosh vazir o‘rinbosariga uch kunda grafik tasdiqlab, hokimlarga oziq-ovqat jamg‘armalariga oyma-oy qancha mablag‘ tushirishini belgilab berish topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 190 |
| 3 | Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari chorvachilikdagi haqiqiy holatni ko‘rsatib berdi. Ilgari ma’lum qilingan raqamlarga nisbatan qoramollar soni 2,1 million boshga, qo‘y va echkilar soni 1,5 million boshga kam chiqdi.
Birgina Qashqadaryo viloyatida qoramollar soni 171 ming boshga, qo‘y va echkilar 288 ming boshga kamligi aniqlangan. Bu ushbu viloyat hisobidan bozorga 50 ming tonna go‘sht va 120 million litr sut chiqmasligini anglatadi.
Chorvachilik loyihalari uchun may oyida Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 1 trillion so‘m ajratilgan. Bunga qo‘shimcha ravishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan yana 50 million dollar yo‘naltiriladi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan chorva kompleksi tashkil etishga 5 milliard so‘mgacha, naslli qoramolchilik uchun 20 milliard so‘mgacha 10 foizli kredit ajratiladi. Kreditlar 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Yil yakunigacha chetdan 100 ming bosh qoramol va 150 ming bosh qo‘y-echki olib kelish vazifasi qo‘yildi.
Go‘shtni samolyotda olib kelish bo‘yicha imtiyoz yil yakunigacha uzaytiriladi.
Facebook|Instagram|X | 167 |
| 4 | Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash vazifasi qo‘yilganini eslatdi.
Viloyat hokimlari yanvar-iyun oylarida inflyatsiyani 3 foizdan oshirmaslikni maqsad qilgan edi. Lekin Samarqand viloyatidan tashqari birorta hudud buni uddalay olmagan.
Aprel-iyun oylarida go‘sht narxi 6-8 foizga ko‘tarilgani qayd etildi. Shu bois, import go‘shtni samolyotda tashish xarajatlarini qoplash uchun 300 milliard so‘m ajratilgan. Poytaxt va Toshkent viloyatidan tadbirkorlar samolyotda 1 ming 300 tonna go‘sht olib kelgani aytildi. Lekin boshqa hududlar bu borada yetarli tashabbus ko‘rsatmagan.
Davlatimiz rahbari hokimlar va mas’ullar go‘sht balansini viloyatlar kesimida qayta ko‘rib chiqib, qachon va qaysi davlatdan qancha go‘sht olib kelish bo‘yicha aniq reja tuzishi shartligini ta’kidladi.
Facebook|Instagram|X | 199 |
| 5 | So‘nggi yillarda oliy darajadagi 52 ta tashrif doirasida 213 milliard dollarlik 1 ming 617 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Lekin bu loyihalar ijrosini nazorat qilishda sustkashliklar kuzatilayotgani qayd etildi.
Endilikda “yo‘l xaritalari” Hisob palatasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritilishi belgilandi.
Bosh vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elchilar bilan birga “yo‘l xaritalari”ni davlatlar kesimida, “loyihabay” muhokama qilish topshirildi.
Davlatimiz rahbari xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati bo‘yicha ham ko‘p e’tirozlar borligini bildirdi. Belarusdagi elchi investitsiya va tashqi savdo masalalariga befarqligi uchun lavozimidan ozod etilgan, Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, O‘mon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elchilarning faoliyati ham yetarli darajada ko‘rinmayotgani qayd etildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga komissiya tuzib, iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport bo‘yicha diplomatik vakolatxonalarning ishini tahlil qilish, o‘z vazifasini bajara olmayotganlarni yosh, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan almashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 176 |
| 6 | Tashqi savdo yuklarining 70 foizi, ya’ni 46 million tonnasi temir yo‘l orqali tashiladi. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlardan e’tirozlar ko‘pligi qayd etildi.
Yil boshidan sement ishlab chiqaruvchilar yuk tashish uchun so‘ragan 2 ming 800 ta vagon yetkazib berilmagan. Ikkinchi yarim yillikda qo‘shimcha 1 ming 300 ta yuk vagoni ishlab chiqarish rejasi ham yetarli emasligi aytildi.
Mutasaddilarga o‘n kunda hamkor davlatlarda bo‘sh turgan 10 mingta vagonni xususiy sektor bilan birgalikda olib kelish bo‘yicha hisob-kitob tayyorlash topshirildi.
Shu bilan birga, “Angren – Pop”, “Toshg‘uzor – Qumqo‘rg‘on” va “Toshkent – Samarqand” temir yo‘l liniyalari ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani qayd etildi.
Yil yakunigacha temir yo‘l infratuzilmasi uchun Jahon bankidan 200 million dollar jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishish vazifasi qo‘yildi.
Bosh prokuraturaga yuk vagonlarini ko‘paytirishga ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi va tadbirkorlarga vagon ajratilishi tizimini o‘rganib, uni shaffof qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 138 |
| 7 | Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ham muhokama qilindi. Bu borada joriy etilgan tizim natijasida mahalliy brendlar soni ortib bormoqda.
So‘nggi ikki yilda milliy brendlar uchun 15,5 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatilgan. Lekin o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazgan 309 ta mahalliy korxonaning uchdan biri haligacha eksportga chiqmagan.
Davlatimiz rahbari brend yaratgan tadbirkorlar sifat, narx va kafolat bo‘yicha ichki bozorda ishonch qozonganini ta’kidladi. Ularga ozgina ko‘mak berilsa, tashqi bozorlarda ham o‘z yo‘lini topishi mumkin.
Shu bilan birga, ayrim import mahsulotlari demping narxda yoki kontrafakt sifatida kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytildi.
Mutasaddilarga ikki haftada mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 139 |
| 8 | “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi
Marhamat tumanida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlariga keng jalb etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi o‘rganish olib borildi.
Unda Marhamat tumani hokimligi hamda Andijon davlat pedagogika instituti hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2026-yil 14-iyuldan 31-avgustga qadar faoliyat yuritayotgan shtab ishining samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida tasdiqlangan reja-grafik asosida mahallalarda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, yoshlarni ommaviy tadbirlarga keng jalb etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yoshlarning intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida izchil davom ettirilmoqda.
🟦 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube | 217 |
| 9 | KAMBAG‘AL OILA REESTRIGA KIRITILGAN OILALAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Marhamat tumani prokurori Ulug‘bek Azimov o‘ziga biriktirilgan "Dukchi Eshon" mahallasida bo‘lib, kambag‘al oila reestriga kiritilgan oilalar xonadonlarida boʻlib, ular bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida oilalarning ijtimoiy ahvoli, turmush sharoiti, bandlik masalalari, daromad manbalari hamda ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilish maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish bilan ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. | 212 |
| 10 | MAHALLALARDA YOSHLAR O‘RTASIDA "ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH" MAVZUSIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
Marhamat tumani mahallalarida yoshlar o‘rtasida odam savdosining oldini olish, ularning huquqiy bilim va ogohligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Tadbirlar davomida mutasaddilar tomonidan odam savdosining mohiyati, uning jamiyat va inson hayotiga salbiy ta'siri, ushbu jinoyatning turli ko‘rinishlari hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarga chet elda ish yoki o‘qish takliflari bo‘yicha faqat rasmiy va ishonchli manbalarga murojaat qilish, shaxsiy hujjatlarni begonalarga topshirmaslik, internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan shubhali e'lon hamda va'dalarga ishonmaslik, noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari haqida muhim tavsiyalar berildi.
Targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilib, huquqiy maslahatlar taqdim etildi. Shuningdek, mavzuga oid buklet va targ‘ibot materiallari tarqatildi. | 274 |
| 11 | Yil boshidan 57 ta tarmoq va 76 ta hududiy korxona ishlab chiqarishni 11 trillion so‘mga kamaytirgani qayd etildi.
Bosh vazir o‘rinbosariga viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan o‘n kunda “korxonabay” tahlil o‘tkazish topshirildi. Har bir korxonada qanday muammo bo‘lsa, shu joyning o‘zida hal etiladi.
Sanoat kengashiga 133 ta korxonada yo‘qotilgan 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarishni qoplash bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, hozir 22 trillion so‘mlik 3 mingta davlat obyekti auksionda turgani aytildi. Hokimlarda davlat mulklarini sotish bo‘yicha tizim yo‘qligi tanqid qilindi.
Yaqinda yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Unga ko‘ra, 100 trillion so‘mlik 1,3 mingta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
Davlat aktivini olgan tadbirkor uchun avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan summani foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Facebook|Instagram|X | 218 |
| 12 | Hozir 16 ta to‘qimachilik korxonasi kreditni qaytarish bo‘yicha sud jarayonlari cho‘zilayotgani sababli deyarli ishlamay turibdi. Ularning aksariyati yangi quvvatlar hisoblanadi.
Buning oqibatida 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 400 million dollarlik eksport boy berilyapti.
Ayrim banklar tomonidan bunday korxonalar faoliyatini tiklash bo‘yicha ijobiy tajribalar borligi qayd etildi.
Masalan, “Toshkent kotton” korxonasiga tashqi boshqaruv guruhi kiritilib, faoliyati tiklangan va bu yil 10 million dollarlik eksport qilingan.
Mutasaddilarga qolgan korxonalarga mas’ullarni biriktirib, ishlab chiqarishni to‘liq tiklash topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 225 |
| 13 | Soliq tushumlari bo‘yicha ham mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yil boshidan soliq tushumi 27 foizga ko‘payib, 130 trillion so‘mdan oshdi.
Lekin qo‘shimcha tushum bo‘yicha yillik reja atigi 40 foizga bajarilgan. Bu 12 trillion so‘mni tashkil etadi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari soliq tushumi bo‘yicha korxonalar bilan yetarli ishlamayotgani tanqid qilindi.
Buxoro viloyati misolida aylanmasi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan 162 ta korxona ketma-ket uch yil faoliyatini zarar bilan yakunlagani uchun 1 so‘m ham foyda solig‘i to‘lamagani aytildi.
Shuningdek, 1,5 mingta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamasdan, faqat QQSni chegirib yurgani qayd etildi. Shu bois, Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
1-iyuldan 498 ta yirik soliq to‘lovchi korxonadan soliq undirish vakolati viloyatlarga tushirib berilgani qayd etilib, endi birorta bahonaga o‘rin qolmagani ta’kidlandi. Viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, viloyat soliq rahbarlariga mazkur korxonalar bilan yaqindan ishlab, soliqlar to‘liq hajmda yig‘ilishini ta’minlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 221 |
| 14 | Kelgusi o‘n yilda energetika infratuzilmasi uchun 8 milliard dollar talab etiladi.
Shu bilan birga, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish orqali daromadni oshirish bo‘yicha yetarli ish olib borilmayapti. Olti oyda elektr energiyasi yo‘qotishi 17,2 foizni yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil qilgan.
Gaz tarmog‘idagi yo‘qotishlar 7,6 foizga, ya’ni 797 million kub metrga yetgani aytildi. Hududiy gaz tarmoqlari korxonalarida mehnat unumdorligi qo‘shni davlatlarga nisbatan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi.
“Franklin Templeton” tahlillariga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” bozor qiymatini 2 barobarga oshirish mumkin.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” bozor qiymatini 40 foizga, “O‘zbektelekom”nikini 50 foizga oshirish imkoniyati bor.
Facebook|Instagram|X | 204 |
| 15 | Strategik korxonalar xarajatlari ham alohida tahlil qilindi.
Oldin tarmoqlar umumiy xarajatlarni foizda qisqartirib, tannarx kamaygani haqida hisobot berar edi. Bir birlik mahsulot tannarxi bo‘yicha tahlil esa haqiqiy holatni ko‘rsatib berdi.
Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1 unsiya oltin tannarxi 8,2 foizga oshgan. Jami xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 6,2 trillion so‘mga yoki 22 foizga ko‘paygan.
O‘zbekiston metallurgiya kombinatida po‘lat sharlar ishlab chiqarish tannarxi 5,4 foizga, “O‘zkimyosanoat”da karbamid bo‘yicha 11,1 foizga, ammiakli selitra bo‘yicha 8,3 foizga oshgan.
“Franklin Templeton” IPOga chiqishi kerak bo‘lgan 13 ta yirik kompaniyani tahlil qilib bergani qayd etildi.
“Uzbekistan Airways” misolida marshrutlar optimal tanlanmagani, reyslar orasi uzoqligi va kechikishlar ko‘pligi, keytering hamda texnik xizmatda raqobat yo‘qligi sababli 120 million dollar daromad boy berilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X | 302 |
| 16 | Olti oy yakuni bo‘yicha sanoat va eksport ko‘rsatkichlari ham tanqidiy tahlil qilindi.
Birinchi chorak yakunida sanoat rejasiga chiqmagan 13 ta tuman hokimi va eksportni kamaytirgan 15 ta tuman hokimi jazolangan edi. Ko‘pchilik hokimlar bundan xulosa chiqarib, olti oylik prognozlarni bajardi. Lekin ayrim tuman va shaharlarda sanoat o‘sishi sur’ati pasaygani qayd etildi.
Yangiobod tumanida sanoat o‘sishi prognoz qilingan 5,7 foiz o‘rniga atigi 1,8 foizni tashkil etdi. G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham o‘sish sur’ati tushib ketgan.
Eksport yo‘nalishida ham qator tuman va shaharlarda o‘zgarish bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi.
Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning o‘zida ko‘rib chiqish topshirildi.
To‘qqiz oy yakunida o‘zgarish bo‘lmasa, viloyat hokimi o‘rinbosarlariga nisbatan ham qat’iy chora ko‘rilishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X | 310 |
| 17 | 💡ENERGIYA RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH YUZASIDAN O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ–133-sonli qarori ijrosi doirasida Marhamat tumanida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimi Ilyosbek Umrzaqov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan “Bozorboshi" MFY hududida elektr tarmoqlari va transformator punktlarining texnik holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yuklamalarni muvozanatlashtirish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, aholini energiya resurslaridan tejamkor foydalanishga targ‘ib etish va iste’molchilarga sifatli hamda barqaror elektr ta’minotini yetkazish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati. | 351 |
| 18 | Davlatimiz rahbari odamlar biznes boshlab, eksportga chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.
Hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolati bor. 2024-2026-yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan.
Prezidentimiz jazo qo‘llaydigan tashkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqarashi o‘zgarishi zarurligini ta’kidladi. Ular tadbirkorni jazolashdan oldin unga imkoniyat berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘rganishi kerak.
Tashqi bozorda raqobat kuchayayotgan sharoitda ishlab chiqaruvchi va eksportchilar uchun to‘lov hamda yig‘imlarni kamaytirish masalasi ham ko‘tarildi.
Misol sifatida bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmati uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat qilinayotgani aytildi.
Barcha vazir va tarmoq rahbarlariga bir haftada tizimidagi byurokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirildi.
Facebook|Instagram|X | 310 |
| 19 | Davlatimiz rahbari banklarning mahalladagi ishidan mutlaqo norozi ekanini bildirdi. Shu bois, Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlarining faoliyatiga qat’iy e’tiroz bildirildi.
Viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun bu yil sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘ladi. Keyingi uch oyda natija qilgan rahbar ishida qoladi, o‘zgarish qilmagani esa lavozimini tark etadi.
Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahallada qanday ish ketayotgani, qanday o‘zgarish bo‘layotganini nazorat qilish vazifasi qo‘yildi.
Shu bilan birga, mahallalarda ozodalik, yashash madaniyati va hovlilar bilan ishlash masalalari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhimligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X | 322 |
| 20 | Yig‘ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik rejalari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
Ayrim hududlarda yalpi hududiy mahsulot, qurilish va investitsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari hozirgi global tebranishlar sharoitida viloyat, tuman va shaharlarga tadbirkorlik hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun mablag‘lar ko‘paytirib berilayotganini qayd etdi.
Shu bilan birga, har bir vazir va hokimning ishi odamlarning yashash madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning og‘irini yengil qilmasa, bunday natija faqat “qog‘ozdagi raqam” bo‘lib qolishi ta’kidlandi.
Oylik, choraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday sharoitda xotirjam ishlashga haqli emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X | 380 |
