Chet tillari fakulteti (Ma'naviyat)
Открыть в Telegram
📌Chet tillari fakulteti talabalari hayotiga oid so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni sahifamiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. 🔷Murojaat uchun: @Chet_tillari_rasmiybot
Больше1 126
Подписчики
+124 часа
+17 дней
-1730 день
Архив постов
📢 Ҳурматли талабалар!
Сизларга маълум қиламизки, "Ижтимоий фаоллик индекси" бўйича китобхонлик тести 2026 йил 9 июль куни соат 10:00 дан 18:00 гача HEMIS платформаси орқали ўтказилади.
🔹 Уриниш сони: 1 та
🔹 Тестни бажариш вақти: 30 дақиқа
Барча талабалардан белгиланган вақтда тестда иштирок этишларини сўраймиз.
Ҳурматли талабалар!
"Ижтимоий фаоллик индекси" бўйича китобхонлик тести эртага 9 июль куни соат 10:00дан - 18:00 ХЕМИС орқали ўтказилишини маълум қилинади.
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ТЕЗКОР
⚡️‼️Тошкентда трансмиллий кибержиноят занжири узилди! Юзлаб шахслар қўлга олинди!
Ушбу икки нуқтада чет тилларини яхши биладиган 140 нафарга яқин йигит-қизлар фаолият юритган. Улар орасида талабалар ҳам бор.
Колл-марказ ходимлари турли онлайн йўллар билан Шимолий Америка ва Европа мамлакатлари аҳолисининг маблағларини ўмаришган.
👉@QORAXABAR - Телевизорда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар канали!
Repost from AI | DigiTech
⚡️Tillarni o‘rganish miyani «yoshartiradi»: qancha ko‘p til o‘rganilsa, insonning kognitiv qobiliyatlari tengdoshlarinikiga qaraganda shuncha yuqori bo‘ladi.
Tadqiqotchilar 700 dan ortiq kishining MRT natijalarini o‘rganishdi. Ikki tilni biladigan odamlarning miyasi suratlarda o‘z yoshidan 6 yoshga, to‘rtta tilni egallaganlarniki esa naq 13 yoshga yoshroq ko‘ringan. Agar tillarni yoshlikdan o‘rganish boshlansa, samara yanada yuqoriroq bo‘ladi.
📟 DigiTech
Repost from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: ▪️she’r; ▪️hikoya; ▪️esse; ▪️maqola. Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
📣Farg'ona davlat universiteti akademik litseyi 2026/2027-o‘quv yili uchun quyidagi bo'sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi!
1. Matematika (o'zbek guruhlarda) 1 ish o'rni
2. Matematika (rus guruhlarda) 1 ish o'rin
3. Fizika (o'zbek va rus guruhlarda) 0.5 ish o'rni
4. Ingliz tili (o'zbek guruhlarda) 2 ish o'rni
5. Ingliz tili (rus guruhlarda) 1 ish o'rni
6. Kimyo (o'zbek va rus guruhlarda) 1 ish o'rni
🔖Arizalar 2026-yilning 19-iyul sanasiga qadar qabul qilinadi.
♦️Manzil: Farg'ona shahar, Quvasoy ko‘chasi 17-uy.
🔲 Mo‘ljal “Tekstil” o‘yingohi yonida.
📞Telefon: (73) 243-58-06, (99) 107-97-36
Repost from Science_Caravan
🎓🤝 Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam!
Farg‘ona davlat universiteti Ingliz filologiyasi kafedrasi bilan Malayziyaning University of Malaya universiteti Tillar va lingvistika fakulteti (Faculty of Languages and Linguistics) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
University of Malaya (UM) — Malayziyaning eng qadimgi (1905-yilda asos solingan, 1962-yilda mustaqil universitet maqomini olgan) va eng nufuzli oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Kuala-Lumpur shahrida joylashgan tadqiqotga yo‘naltirilgan keng qamrovli universitetdir. QS World University Rankings 2026 reytingida UM 58-o‘rinni egalladi va dunyodagi eng yaxshi 100 ta universitet qatoriga kirgan yagona Malayziya universiteti hisoblanadi (QS Asia 2026 – 15-o‘rin, Xalqaro tadqiqot tarmog‘I – 4-o‘rin, Ish beruvchilar e’tirofi – 10-o‘rin). 2023-yilda 70-o‘rin, 2024-yilda 65-o‘rin, 2025-yilda 60-o‘rin — barqaror o‘sish kuzatilmoqda). QS 2027 reytingida esa 56-o‘ringa ko‘tarildi.Uchrashuv samarali kechdi: University of Malaya hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlariga ijobiy munosabat bildirib, rozilik berdi. 📌 Kelishilgan asosiy yo‘nalishlar: • o‘zaro mehmon-ma’ruzalar va qo‘shma vebinarlar; • birgalikda ilmiy tadqiqotlar va hammualliflikdagi maqolalar; • xalqaro akkreditatsiya va sifat kafolati bo‘yicha tajriba almashinuvi; • professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi; • hamkorlik memorandumi (MoU) va kelgusida qo‘shma dasturlar istiqbollari. 👥 Uchrashuvda ishtirok etdilar: FarDU tomondan — kafedra mudiri v.b. Shahloza Karimova, professor-o‘qituvchilar Hilola Yunusova va Saidmuxammad To‘ychiboyzoda. University of Malaya tomondan — Assistant Professor, PhD Rabiatul Adawiyah Salleh (Korporativ aloqalar menedjeri), Assoc. Prof. Dr. Patricia Nora Riget (Osiyo va Yevropa tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi), Assistant Registrarlar Norhafizah Binti ab Halim va Tamera Anak Peter. Bu uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasidagi uzoq muddatli akademik hamkorlikning boshlanishi bo‘ldi. 🌍 #FarDU #UniversityOfMalaya #XalqaroHamkorlik #InglizFilologiyasi
Repost from O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
#DavlatGerbi
🖋 Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun!
🗓 Bundan 34 yil muqaddam — 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilingandi. Ushbu tarixiy Qonunga muvofiq, mustaqil davlatimizning oliy ramzlaridan biri – Davlat gerbi tasdiqlangan. O‘zbekiston gerbi ko‘p asrlik milliy tajriba va an’analarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Uning yaratuvchilari unda o‘zbek xalqining boy tarixi, abadiy qadriyatlari, yuksak ma’naviyati, turmush tarzi, orzu-umidlari, mamlakatning ajoyib tabiatini aks ettirishga harakat qilishgan.
🇺🇿 Gerbimiz davlatimizning mustaqilligi, buguni va ertasini ifoda etuvchi muqaddas belgidir. Tariximiz xotirasi va yorugʼ kelajagimizga boʼlgan ishonchimiz ifodasi abadiy boʼlsin!🎉 Yurtdoshlarimizni ushbu sana munosabati bilan muborakbod etamiz! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
+2
#siyosiy_ma‘rifiy_soat
#Chet_tillari_fakulteti
🇺🇿Chet tillari fakultetida fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari ishtirokida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Siyosiy ma’rifat soati” ning navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
🌐Muhokamalarda:
1. Davlat attestatsiya-aggretatsiyasiga tayyorgarlik ko’rish.
2. Bitiruvchilar bandligini taminlash.
3. Dolzarb 90 kunlik loyiha doirasida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar haqida suhbat olib borildi.
4. Shuningdek, kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari hamda fakultet tyutorlari, guruh murabbiylarining yillik faoliyati haqidagi hisobotlar tinglandi.
⚡️Yakunda amalga oshirilishi kerak bo’lgan navbatdagi vazifalar belgilab olindi.
Repost from Edu.uz
❗️Magistraturaga qabul boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
▪️Bakalavr diplomi;
▪️Chet tilini bilish sertifikati.
📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.
❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:
1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);
3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Edu.uz
⚡️Eldor Shomurodovning goli FIFA tomonidan eng chiroyli gol deb topildi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR terma jamoasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib goli FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra “Turnirning eng chiroyli goli” (Goal of the Tournament) deb topildi.
Quvonarlisi, hamyurtimizning “parashyut” uslubida kiritgan ushbu goli dunyo futboli yulduzlari — Lionel Messi, Kilian Mbappe va Vinisius Junior kabi nomdor futbolchilarning gollarini ortda qoldirib, eng ko‘p ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu xalqaro e’tirofda o‘z ovozi va faolligi bilan ishtirok etgan barcha hamyurtlarimizga, xususan, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz. O‘zbek futboli faxri bo‘lgan Eldor Shomurodovni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklayimiz!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz bugun futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!”– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi.
Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi.
Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi.
Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlarimiz bor. Prezidentimiz ularni uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga chaqirdi.
Shu maqsadda “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi.
Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Facebook|Instagram|X
🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni!Yurtimizda har yili an'anaviy tarzda 30-iyun — Yoshlar kuni keng nishonlanadi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati davlat taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangan bo'lib, yoshlarning ta'lim olishi, o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "22 million yoshlarimiz bor. Qaysi davlatda bunday resurs bor? Bu — bizning g'ururimiz, iftixorimiz va boyligimiz, desak to'g'ri bo'ladi." Aziz talaba-yoshlar! Sizlarni Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizning bilimga chanqoqligingiz, shijoatingiz, tashabbuskorligingiz va yurt ravnaqi yo'lidagi intilishlaringiz mamlakatimizning porloq kelajagi uchun mustahkam poydevordir. Barchangizga mustahkam sog'liq, ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va ezgu orzu-maqsadlaringiz ro'yobini tilaymiz. 🎉 Yoshlar kuni muborak bo'lsin! Hurmat bilan, Chet tillari fakulteti jamoasi!
