cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Chet tillari fakulteti (Ma'naviyat)

📌Chet tillari fakulteti talabalari hayotiga oid so'nggi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni sahifamiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. 🔸Biz bilan aloqa: @sheispearl 🔹Anonim murojaat va takliflar uchun @FarDU_Chet_tillari_bot ga murojaat qiling

Больше
Рекламные посты
826
Подписчики
-224 часа
-137 дней
-6230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

0️⃣0️⃣0️⃣ 😁Chet tillari fakultetida talabalarga qulaylik yaratish va ular o'rtasida turli kasallik holatlarida yordam berish maqsadida fakultet birinchi qavatida hamshira o'z faoliyatini boshlaganligini xabar qilamiz.
Показать все...
🔥 13👍 10🎉 4🥰 1🤩 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Янги_фармон Контрактда ўқиб, юқори академик рейтинг кўрсаткичларига эришган талабалар ўқишни грантда давом эттириши мумкин Батафсил: https://uza.uz/posts/602164 📱Мобил илова 👉 iOS | Android Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Показать все...
🔥 3👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📣 DIQQAT, EʼLON! 👨🏻‍🎓 Hurmatli fakultetimiz talaba-yoshlari! 📌Sizlarni 27-may kuni soat 14:00 da Fargʻona viloyati musiqali drama teatrida Chet tillari fakultetining “DREAMERS” jamoasi"Talaba bahori" festivalida oʻz chiqishlarini namoyish etishadi. Barchangizni kutib qolamiz 😉
Показать все...
👍 8 4
😁Chet tillari fakulteti fransuz tili yo'nalishi talabalari Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Frankofon teatr festivalida" Marsel Panolning "Topaz" spektakli bilan, 3-maktab o'quvchilari esa "Dadamdan qolgan qasr" pyessalari bilan qatnashib "Eng yaxshi spektakl" nominasiyasi g'olibi bo'ldilar. 🎉G'oliblar Farg'ona davlat universitetida ham o'z spektakllarini namoyish qildilar. Tadbir so'ngida talaba va o'quvchilar fakultet tomonidan taqdirlandilar.
Показать все...
🔥 8🎉 4 3👍 2🤩 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
HAPPY BIRTHDAY🥳 #Tabrik 🇺🇿Chet tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashida samarali faoliyat yuritib kelayotgan, tashabbuskor va ilg'or talaba-yoshlarimizdan biri Abdullayev Asrorjon Akmaljon o'g'li ning tavallud kunlari! 💫Ushbu kun munosabati bilan fakultetimiz talaba-yoshlari hamda Yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan uzoq-umr, sihat-salomatlik va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz✨ TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN💐
Показать все...
🎉 15👍 9🥰 6🔥 1👏 1🤩 1
⚡️⚡️2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...
⚡️Imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...
❗️Endi imtiyoz bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentga ushbu imtiyozdan takroran foydalanishga ruxsat etilmaydi. ▫️ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi. Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...
⚡️ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni yangi tartibda amalga oshiriladi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: — birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; ▫️o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; — ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...
❗️Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: — xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; — gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; — boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida. Kanalga ulanish: @uzauz
Показать все...