AI | DigiTech
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала AI | DigiTech
Канал AI | DigiTech (@digitechai) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 53 020 подписчиков, занимая 2 490 место в категории Технологии и приложения и 1 408 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 53 020 подписчиков.
Согласно последним данным от 15 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 1 060, а за последние 24 часа — -296, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 25.36%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 19.54% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 13 467 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 10 373 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 120.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 16 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 16 июля | 0 | |||
| 15 июля | 0 | |||
| 14 июля | +1 | |||
| 13 июля | 0 | |||
| 12 июля | 0 | |||
| 11 июля | 0 | |||
| 10 июля | +5 110 | |||
| 09 июля | 0 | |||
| 08 июля | 0 | |||
| 07 июля | 0 | |||
| 06 июля | 0 | |||
| 05 июля | 0 | |||
| 04 июля | 0 | |||
| 03 июля | 0 | |||
| 02 июля | 0 | |||
| 01 июля | 0 |
| 2 | ⚡️DeepSeek asoschisi dunyodagi eng boy sun’iy intellekt ishlab chiquvchisiga aylandi. Uning boyligi 36 milliard dollarga baholanmoqda.
Bloomberg milliarderlar ro‘yxatida Lyan Venfen 63-o‘rinni egalladi. U OpenAI texnik direktori Greg Brokman ($25,5 mlrd) va Anthropic rahbari Dario Amodeydan ($8 mlrd) boyroqdir.
DeepSeek hozirda Xitoydagi eng qimmat sun’iy intellekt startapi hisoblanadi. Investitsiyalarga bo‘lgan yuqori talab uning qiymatini apreldagi 10 milliard dollardan taxminan 74 milliard dollargacha ko‘tardi.
📟 DigiTech | 11 814 |
| 3 | 🪞 AQSh'dagi startap quyosh nurini kechalari soatiga 5 000 dollardan sotmoqchi — Metro nashrining yozishicha, ular shu yilning o‘zidayoq koinotga ulkan ko‘zgu olib chiqishadi.
AQSh hukumati loyihani allaqachon ma’qullagan. Tunda quyosh nurini aks ettirish uchun 10 yil ichida o‘lchami 18×18 metr bo‘lgan 50 000 ta ko‘zgu uchirilmoqchi.
Birinchi navbatda, bu kosmik projektor quyosh elektr stansiyalari 24/7 rejimida energiya ishlab chiqara olishi uchun yaratilmoqda.
📟 DigiTech | 10 499 |
| 4 | ⚡️Telegram so‘nggi vaqtlardagi eng yirik yangilanishni chiqardi — messenjerda hamjamiyatlar, postlar uchun yangilangan sun’iy intellekt va boshqa foydali funksiyalar paydo bo‘ldi.
Nimalar qo’shildi:
• Hamjamiyatlar — endi kanallar, guruhlar va botlarni umumiy navigatsiyaga ega bir joyga birlashtirish mumkin.
• Yangi tahrirlagich — matn kiritish maydonida sarlavhalar, jadvallar, chek-listlar, iqtiboslar va boshqa Markdown vositalari paydo bo‘ldi.
• Sun’iy intellekt takomillashtirildi — neyrotarmoq bitta so‘rovning o‘zida tahrirlagich ichida postlarni yozib, rasmiylashtirib bera oladi.
• Botlardan maxfiy xabarlar — botlar faqat tanlangan foydalanuvchiga ko‘rinadigan vaqtinchalik xabarlarni yubora oladi. Hatto administratorlar ham ularning ichini ko’ra olmaydi.
Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatilayotgani sababli, yangi funksiyalar hozircha hammada ham mavjud emas.
📟 DigiTech | 13 739 |
| 5 | 🧯AQSh o‘t o‘chiruvchilari tovushli o‘t o‘chirgichlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ular kislorodni shunday yuqori tezlikda tebratadiki, olov uni o‘zlashtira olmay, o’chib qoladi.
NASA'ning sobiq muhandislari ishlab chiqqan bu texnologiya, ayniqsa, suv yetkazadigan zararni kamaytirish muhim bo‘lgan hollarda va qurg‘oqchil hududlarda juda qo‘l kelishi mumkin. Unga asoslangan o‘t o‘chirish tizimlari allaqachon Kaliforniyadagi ayrim uylarga o‘rnatilmoqda.
📟 DigiTech | 27 020 |
| 6 | 📱Galaxy Z Fold 8'ni buklanish chizig‘i bilinmaydigan displeyi ko’rsatildi.
Weibo'dagi insayder Samsung‘ning yangi “buklamafoni” aks etgan videorolik bilan bo‘lishdi. Unda yoyilgan holatda buklanish chizig‘i umuman sezilmaydi. Olti oy avvalgi mish-mishlarga ko‘ra, Apple ham buklanadigan iPhone Ultra uchun ayni shunday displeylarni xarid qilgan.
Lekin bu yangi smartfon ekanini unutmaslik kerak — uzoq vaqt foydalanilgach, buklanish chizig‘i hatto unda ham paydo bo‘lishi mumkin. Fold 8 va Samsung‘ning boshqa yangi mahsulotlari 22-iyul kuni namoyish etiladi.
📟 DigiTech | 22 864 |
| 7 | 🔋 Olimlar “abadiy” batareyalar yaratishga yaqinlashishdi: Xitoyda minglab yillar davomida quvvatlantirishsiz ishlay oladigan yadroviy energiya manbai ishlab chiqildi.
Qurilmaning quvvati hozircha atigi 1,13 mikrovattni tashkil etadi: bu kam quvvatli datchiklar, tibbiy implantlar va koinotdagi uskunalar uchun yetarli. Batareyaning xizmat qilish muddati taxminan 5730 yil bo‘lishi mumkin — uglerodning parchalanish davri shuncha vaqtni tashkil etadi.
📟 DigiTech | 13 831 |
| 8 | 🚘 Ford avtomobilni o‘g‘irlashdan himoyani oyiga 8 dollarlik pulli obunaga aylantirdi.
Endi avtomobil egalari dvigatelni o‘z smartfonlaridan masofadan turib bloklay oladilar. Kompaniya bu qadamni zamonaviy o‘g‘rilar kalitlarni juda tez klonlashni va standart xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tishni o‘rganib olishgani bilan izohlamoqda.
Shu sababli, ilg‘or himoya tizimi alohida pulli paket qilindi.
Bu ketishda gaz va tormozni bosishga ham obuna joriy qilishsa hayron bo’lmayman :)
📟 DigiTech | 14 208 |
| 9 | 🛸 Pentagon noma’lum uchar jismlar aks etgan yangi maxfiy materiallarni namoyish etdi.
Arxivga 40 ta fayl, jumladan, AQSh harbiylari tomonidan dunyoning turli burchaklarida olingan 19 ta video kiritilgan. Eng qiziqarlilari orasida 2020-yilda Tinch okeani uzra uchgan noma’lum shakldagi 4 metrli jism va 2025-yilda Xitoy yaqinida kuzatilgan yulduzsimon “kontrast hudud” bor.
Bu oshkor qilingan maxfiy hujjatlarning to‘rtinchi to’plamidir. Oldingilarida bo‘lgani kabi, bular ham jismlarning kelib chiqishi haqida biror xulosa bermaydi.
📟 DigiTech | 12 643 |
| 10 | ⚡️Apple OpenAI'ni tijoriy sir hisoblangan ma’lumotlarni o‘g‘irlashda aybladi.
Kompaniyaning da’vo arizasida qayd etilishicha, OpenAI nafaqat Apple’ning sobiq xodimlarini faol ravishda o‘ziga ishga olyapti, balki ularga ishga kirish suhbati paytida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishni ham tavsiya qilyapti.
Shuningdek, arizada Apple muhandislaridan biri ishdan bo‘shagach, ish noutbukini qaytarib bermagani va shu tariqa sobiq hamkasblari bilan yozishmalardan foydalanish imkoniyatini saqlab qolgani aytilgan.
OpenAI esa o‘zgalarning tijoriy sirlari bilan qiziqmasligini aytmoqda.
📟 DigiTech | 15 068 |
| 11 | ⚡️Kremniy vodiysi universiteti (USV) “Max Achievement Scholarship” nomli noyob stipendiya dasturini yo‘lga qo‘ydi.
Endi geymerlar mashaqqatli mehnati va o‘yinlarni 100% yakunlashga sarflagan yuzlab soatlarini pulga aylantirishlari mumkin — universitet ashaddiy o‘yinchilarga ta’lim to‘lovlari uchun yiliga 15 000 dollargacha stipendiya to‘laydi.
Minecraft’da 115 ta «achivka» to‘plaganlar stipendiya olishlari mumkin. Shuningdek, stipendiyani Dark Souls, Stardew Valley, Genshin Impact va yana 10 dan ortiq boshqa o‘yinlarni to‘liq o‘taganlik uchun ham qo‘lga kiritish mumkin.
📟 DigiTech | 14 701 |
| 12 | ⚡️Olimlar saraton hujayralarining 99 foizini operatsiya va kimyoterapiyasiz yo‘q qilishni o‘rganishdi — hozirda bu usulni odamlarda sinab ko‘rishga tayyorlanishmoqda.
Molekulalar saraton hujayrasiga yopishadi, infraqizil nur ta’sirida bir soniyada 40 trillion marta tebranib, hujayrani nobud qiladi. Shu tariqa, melanoma bilan kasallangan sichqonlarning yarmida o‘simta butunlay yo‘qolib ketdi.
📟 DigiTech | 14 789 |
| 13 | 📱Smartfon kameralariga neyron tarmoqlarni qo’shishni natijasi: Huawei telefotoobyektivi samolyotni suratga olish vaqtida uni qush deb o’yladi.
📟 DigiTech | 16 566 |
| 14 | 🚀 Xitoy ilk bor ko’p martalik kosmik raketani dengizga muvaffaqiyatli qo‘ndirdi — bungacha bunday ishni faqat Amerikaning SpaceX va Blue Origin kompaniyalari uddalagan edi.
Ularning yondashuvidagi asosiy farq — suzuvchi platformadagi maxsus tutib olish tizimidir. Agar AQShda raketalar o‘rnatilgan tayanchlarga qo‘nadigan bo‘lsa, Xitoy raketasi tortilgan troslarga ilgaklar yordamida ilinib oladi.
📟 DigiTech | 19 115 |
| 15 | ⚡️Xitoy avtomobil salonlariga jismoniy tugmalarni qaytarish talabini qo’ydi.
2027-yil iyulidan boshlab barcha ishlab chiqaruvchilar burilish chiroqlari, oyna tozalagichlar, oynalarni isitish tizimi, avariya chiroqlari, ovozli signal, kruiz-kontrol va yana 13 ta asosiy funksiya uchun jismoniy tumblerdan foydalanishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, uzatmalar qutisini faqat displey orqali, masalan, Tesladagi kabi o‘zgartirish ham taqiqlanadi.
📟 DigiTech | 14 891 |
| 16 | 🤖 Robotlar ilk marta jarrohlar bilan birgalikda operatsiya o‘tkazdi — 2 ta robot hayvonlarning o‘t pufagini muvaffaqiyatli olib tashladi (hali odamlarga yetib bormadi).
Jarrohlar ularni masofadan boshqarishdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o’tgani bilan, hali kamchiliklari bor: robotlar bir necha marta qayta sozlandi va operatsiya ancha vaqt oldi.
📟 DigiTech | 14 825 |
| 17 | Toshkentda robot-yetkazib beruvchilarni payqab qolishdi shekilli? 👀🤖
Ha, bular haqiqatan ham Yandex Uzbekistan robotlari. Hozir ular sinovdan o‘tkazilmoqda va ishga tushirishga tayyorlanmoqda ⚡️
Yaqin orada robotlar Yandex Lavka buyurtmalarini yetkazib berishni boshlaydi. Rasmiy ishga tushirilish sanasi va barcha tafsilotlar haqida jamoa qo‘shimcha ma’lumot beradi. | 11 547 |
| 18 | 📲 Kompaniyalar hamyonbop smartfonlar ishlab chiqarishdan ommaviy ravishda voz kechmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, narxi allaqachon ikki baravar oshgan xotira bu yil yana 50 foizga qimmatlashadi. Bu esa 100–200 dollarlik qurilmalarni ishlab chiqarishni shunchaki imkonsiz qilib qo‘yishi mumkin.
Xotira qurilmasining narxi smartfon tannarxining 60–65 foizini tashkil etayotgani sababli (bir yil avval bu ko‘rsatkich 30 foiz edi), ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni yo zarariga sotishga, yo narxlarni oshirishga majbur bo‘lmoqda. Narxlarning oshishi esa talabning pasayishiga olib keladi. Shu bois ular sotuvdan pul yo‘qotmaslik uchun butun bir modellar qatorini olib tashlashmoqda.
📟 DigiTech | 13 837 |
| 19 | 📱GTA 6 shunchalik uzoq vaqt davomida ishlab chiqilayotganidan, hatto qahramonlarning telefonlari ham eskirib ulgurdi — muxlislar o‘yinning yangi qismidagi iFruit smartfonlari iPhone X'ga o‘xshashini payqab qolishdi.
Ishqilib, shu narsani deb Rockstar relizni yana kechiktirmasa bo’ldi :)
📟 DigiTech | 13 343 |
| 20 | 🌓 NASA Oy va Marsga parvozning bir yillik simulyatsiya missiyasi uchun ko‘ngillilarni olishni boshladi.
Ishtirokchilar 12 oyni Xyustondagi Jonson nomidagi kosmik markaz hududida boshqa odamlardan ajratilgan holda o‘tkazadi. Tayyorgarlik va ma’lumotlar yig‘ish bilan birga dastur taxminan 14 oy davom etadi. Tajriba 2027-yilning avgustida boshlanadi.
Avvaliga ekipaj sayyoralararo parvozni taqlid qiluvchi ikki qavatli modulga joylashtiriladi. So‘ngra ishtirokchilar boshqa sayyora sirtidagi hayotni aks ettiruvchi boshqa modulga o‘tib, uning tashqarisiga chiqishadi. Ko‘ngillilar hatto dala operatsiyalari uchun rover modulini ham sinovdan o‘tkazishadi.
Qatnashchilarga kompensatsiya puli to‘lanadi, olingan natijalar esa NASAning uzoq muddatli ekspeditsiyalarga tayyorgarlik ko‘rishiga yordam beradi.
📟 DigiTech | 14 278 |
