cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Surxondaryo viloyati Kengashi

🌱 O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy kanali. Manzil : Termiz shahar Istiqlol ko'chasi, 64-uy Tel ☎️ +998 95 307 75 75 • Facebook: www.fb.com/ecopartysurxon • Instagram: www.instagram.com/ecopartysurxon

Больше
Рекламные посты
585
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-59430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Monitoring davom etmoqda...
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jarqo‘rg‘on tuman partiya tashkiloti raisi T.Qilichova va Yoshlar qanoti yetakchisi R.Norsatovalar hamkorlikda   tumandagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida ekilgan  daraxtlar parvarishini o'rganish maqsadida Jamoatchilik monitoring o'tkazildi. O‘rganish davomida bog'cha hovlisi  atrofiga ekilgan  50 tup archa, 65 tup tut, 5 tup behi ko‘chatlar ekilgan bo'lib, ushbu ko‘chatlar shlanglar orqali  sug‘orishga mo‘ljallangan. Tuprog'i sho‘r va ekish texnikasidagi xatoliklar sababli 4  tup archa va 2 tup tut ko'chatlari qurib qolganligi aniqlandi. Bog'cha  ma’muriyatiga ekilgan daraxtlarni o'z vaqtida sug‘orish va qurib ketish arafasidagi ko‘chatlarni tuprogini almashtirish, saqlab qolish zarurligi tushintirildi. Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Показать все...
👍 2
Repost from N/a
28:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Xalq_bilan_muloqot Surxondaryo televideniyasi orqali xalq deputatlari viloyat Kengashining "Xalq bilan muloqot" loyihasi doirasidagi deputatlarning o‘z saylovchilari va xalq bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Yoqubov Ibrohim Allanazarovich hamda xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari Raxamov Qulto'ra Normurodovich, Tursunov Otabek Tojiyevichlar ishtirok etdi. Telegram|  Instagram | Facebook |YouTube|0
Показать все...
156.68 MB
👍 5
#Ekopartiya #Ekologik_sana #Qiziriq_tumani O'zbekiston Ekologik partiyasi Qiziriq tuman partiya tashkiloti raisi Q.Igamberdiyeva tomonidan tumandagi Istara mahallasi hududidagi Oilaviy shifoxona binosida shifoxona xodimlari va fuqarolar ishtirokida "11- iyul Xalqaro aholishunoslik kuni" munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi. Suhbatda davomida mamlakatimizda so'ngi yillarda yoshlarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, sog'lom turmush tarzi bo'yicha tegishli ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, reproduktiv salomatlik va inson huquqlari, gender tengligi, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash kabi yo'nalishlarda olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga ko'tarilganligi ta'kidlab o'tildi. Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Показать все...
👍 5
#Ekologik_reyd
"Biz tabiat muhofazasiga jonkuyar va fidoyimiz"
O'zbekiston Ekologik partiyasi Muzrabot tuman partiya tashkiloti raisi N.Yaxshiboyevning qo'l telefoniga ona tabiatimizga befarq bo'lmagan (ismi sharifi sir saqlanishini iltimos qildi) fuqaro tomonidan tumanning Do'stlik mahallasi Porloq yo'l ko'chasida ko'p yillik chinor daraxtiga shavqatsizlarcha munosabatda bo'lib temir jismlar bilan o'zboshimcha savdo shaxobchasi qilingan degan mazmunida habar kelib tushdi. Berilgan ma'lumot bo'yicha hududga borib o'rganilganda yuqoridagi holatlar o'z isbotini topdi. O'rganishlar davomida ushbu harakatlarni sodir etgan fuqaroni aniqlashning imkoni bo'lmadi. Sababi ushbu holat bundan taxminan 1 yilcha oldin sodir etilgan bo'lib chiqdi. Lekin shu vaqtning o'zida partiya faollari tomonidan daraxt armaturalardan butunlay ozod qilindi. Surxondaryo viloyati partiya tashkiloti Matbuot xizmati 👉 Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting! | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube0
Показать все...
👍 6
03:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
Abdushukur Xamzayev O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, professor:
Bugun butun dunyoda tuproq degradatsiyasining kuchayishi, cho‘llanish darajasining oshishi, suv taqchilligining ortishi, oziq-ovqat mahsulotlari tannarxi ko‘tarilish tendensiyasi ketayotganligi hammamizga ma’lum. Mazkur muammolarni bartaraf etishda eng avvalo yangi, ilg‘or texnologiyalar hamda ularning amaliyotga joriy etadigan kadrlarga ta’lab juda yuqori. Bugungi forum esa aynan shu masalalarga bag‘ishlangani, sohada faoliyat olib borayotgan, davlat arboblari, siyosatchilar, olimlarni bir platformaga jamlagani bilan ham barcha ishtirokchi davlatlar vakillari uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показать все...
IMG_1790.MP439.71 MB
Ikkita ko‘p yillik tut daraxtlari partiya muhofazasiga olindi O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Qiziltepa tuman partiya tashkiloti tashabbusi bilan "Xusharti" mahallasida yashovchi Aminov Shamsiddin boboning xonadonidagi 100 yoshdan oshgan tut daraxtlari o‘rganildi. Tuman Kengashi deputati G.Safarov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tuman bo‘limi xodimi hamda mahalla raisi hamkorligida olib borilgan o‘rganishda 100 yoshdan oshgan 2 tup tut daraxti partiya muhofazasiga olinib, ularga tabiat yodgorligi maqomi berildi va xonadon egalariga ushbu daraxtlarni asrash, ularni kesmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Avtomobillarga ekostikerlar berish 2025 yilda boshlanadi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga ishlab chiqarishlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda: ➖ binolarning tomlari va fasadlariga quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish uchun davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun loyiha hujjatlarini taqdim etish talabini bekor qilish; ➖ atrof-muhitga va unga tutash hududlarga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat korxonalarida "yashil belbog‘lar" yaratish va etishtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish; ➖ “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini o‘zgartirish. U 2025 yil 1 martda boshlanadi (2024 yil 1 iyundan boshlab edi). Xuddi shu kundan boshlab transport vositalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Показать все...
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
Joriy yilning 9-12-iyul kunlari Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti (Xitoy) Toshkent davlat agrar universiteti (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Ipak yo‘lining qishloq xo‘jaligi ta’limi va fani sohasidagi innovasion hamkorlik Alyansining navbatdagi “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘yicha IX Forumi va Ipak yo‘li Alyansining yillik yig‘ilishi”larini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbirda 10 ta mamlakat, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy-ta’lim muassasalari va korxonalaridan jami 200 nafar vakil ishtirok etishi kutilmoqda. Mintaqaviy qishloq xo‘jaligi oliy ta’limining yuqori sifatli uyg‘unlashgan rivojlanishiga hamda qishloq xo‘jaligi ta’limi va fanining taraqqiyotiga xizmat qiluvchi mazkur forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi, professor Abdushukur Xamzayev ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etadi. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Показать все...
IMG_7707.MP420.06 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Mening bog‘im» loyihasining 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi Xabaringiz bor joriy yilning 10 iyunidan “Yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilishga qaratilgan “Mening bog‘im” loyihasiga start berilgan edi. Open Budget tarkibidagi mazkur loyihaning 1-mavsumida 215 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. 15 kun ichida loyihada «Ochiq byudjet» portali orqali 53 mingtadan ortiq ovoz berildi, yakunda 738 tadan 215 ta tashabbus uchun mablag‘ ajratilishi belgilandi. Gʻolib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 48,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu loyiha respublikada yashillik darajasini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Показать все...
RASMIY NUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda  “Surxondaryoda Ekologiya juda yomon” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. O’zbekiston Ekolagik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi Matbuot xizmati  ushbu xabarlar yuzasidan quydagilarni ma’lum qiladi: Murojaat Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi,  O’zbekiston Ekologik partiyasi Qumqo’rg’on  tuman partiya tashkiloti raisi bilan hamkorlikda o’rganildi. O’rganishlar davomida  Qumqo’rg’on tumani “Imomtepa” mahallasi hududida joylashgan  Xisor ixtisoslashtirilgan davlat o'rmon xo'jaligining “Surxon sohili” o'rmon bo'limi  yer maydonida ekoturizm maskanini  qurish maqsadida  “Turon Oltin baliq havzasi”  fermer xo'jaligi boshlig’i  Abulkosim Niyozov tomonidan  9 tup  Turong’ul daraxtini  kesib tashlaganligi va o’suvchanligini yo’qotmagan  5 tup Turong’ul daraxtlarini kesib, o’sishdan to’xtaydigan darajada shikastlantirganligi aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining   “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 37 va 51 - moddalariga  shuningdek  O’simlik dunyosini muhofaza  qilish  va undan foydalanish to’grisidagi bir qancha qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan  O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori (qarorning 14-ilovasi) izohiga asosan daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun yuridik shaxslar zararni, suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi kurashish vazifalarini bajaruvchi o’rmonlar, daraxtlarga belgilangan to’lov miqdoridan besh barobar ortik miqdorda qoplashini inobatga olgan holda jami: 3808000 so’m miqdorda jarima belgilandi.  Shuningdek “Turon Oltin baliq havzasi” fermer xo’jaligi boshlig’i Abulkosim Niyozovga  har bir kesilgan daraxt uchun 100 tupdan Xisor ixtisoslashtirilgan o’rmon xo’jaligi o’rmon fondi yer maydoniga ko’chatni kompensatsiya tarzida ekish hamda ularni kamida uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklatildi. Telegram|  Instagram | Facebook |YouTube|
Показать все...
👍 5
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.