GulDPI. uz | Rasmiy
Открыть в Telegram
4 087
Подписчики
-724 часа
-217 дней
+7830 день
Архив постов
4 086
+2
❗️❗️❗️❗️❗️❗️
QOZOQ ADABIYOTINING ATOQLI NAMOYANDASI MAG‘JAN JUMABOYEV IJODIY MEROSI O‘RGANILMOQDA
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi “Qozoq tili va adabiyoti”yo‘nalishi talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida qozoq adabiyotining atoqli namoyandasi, iste’dodli shoir, pedagog va ma’rifatparvar Mag‘jan Jumaboyevning hayoti, ijodiy faoliyati hamda boy adabiy merosi atroflicha o‘rganilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida shoir asarlaridan namunalar mutolaa qilinib, ularda ilgari surilgan vatanparvarlik, ilm-ma’rifat, milliy o‘zlikni anglash, insonparvarlik va ezgulik g‘oyalari yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalari tinglanmoqda.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+4
❗️❗️❗️❗️❗️❗️
TILLARNI O‘QITISH FAKULTETI TALABASI YOZGI OROMGOHDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA
Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti 18–25-guruh talabasi Mahamatqulova Muxlisa yozgi ta’til davrida “Ishonch” bolalar oromgohida yetakchi sifatida samarali faoliyat yuritmoqda.
U bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan turli tadbirlar, sahna ko‘rinishlari, qiziqarli o‘yinlar va jamoaviy mashg‘ulotlarni tashkil etmoqda.
Talabaning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarning ta’lim bilan bir qatorda ijtimoiy hayotdagi faolligi, ularning tashabbuskorligi va amaliy tajribasi kelgusida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+2
GULDPI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSINI MUVAFFAQIYATLI TAMOMLADI
Guliston davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bakiyeva Durdona hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yuldasheva Mastona Turkiya Respublikasining nufuzli Boğaziçi universitetida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, dastur yakunida sertifikatlarga sazovor bo‘ldilar.
20 soatlik mazkur xalqaro dastur doirasida zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar, xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifati va ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dastur ishtirokchilarga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni chuqur o‘zlashtirish, ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish va professional salohiyatini yanada mustahkamlash imkonini berdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+2
❗️❗️❗️❗️❗️❗️
TARIX TO‘GARAGI MASHG‘ULOTLARI SAMARALI TASHKIL ETILMOQDA
Guliston davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mansurova Dilnura tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 57-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tarix fanidan to‘garak mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tarixiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+6
«XAZINA» MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilash maqsadida Sirdaryo tumanidagi 14-umumta’lim maktabi binosida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev hamda Sirdaryo viloyati bozorlar uyushmasi raisi Elyor Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ta’lim, ijtimoiy-huquqiy, tadbirkorlik, bandlik va boshqa yo‘nalishlardagi murojaat hamda takliflari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va ijro muddatini talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar hamda amaliy topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
TEXNOLOGIYA FANIDAN IJODIY MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Guliston shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida texnologiya fanidan ijodiy-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar texnologiya faniga oid turli amaliy topshiriqlarni bajarib, o‘zlarining ijodkorlik, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Xususan, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i maketi tayyorlanib, ish jarayonida mehnatsevarlik, aniqlik va jamoada ishlash madaniyati yanada mustahkamlandi.Tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarning texnologik bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularda Vatanga muhabbat va yurt ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 086
#Mustaqillikka_35_yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, ilm-fan rivojida salmoqli natijalarga erishayotgan institutimiz olimlarining ilmiy faoliyati, ilmiy izlanishlari va yutuqlarini keng jamoatchilikka yoritib boramiz.
Bugun ana shunday olimlarimizdan biri — Guliston davlat pedagogika instituti Biologiya yo‘nalishi dotsenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zafarjon Maxmudjonovning ilmiy faoliyati va yutuqlari haqida so‘z yuritamiz.
Olimning ilmiy faoliyati quruqlik mollyuskalarining taksonomiyasi, bioxilma-xilligi hamda molekulyar filogenetikasini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ilmiy izlanishlari natijasida respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy nashrlarda qariyb 40 ta ilmiy maqola va tezis e’lon qilingan.
Bugungi kunda Zafarjon Maxmudjonov Animal and Veterinary Sciences (AVS) xalqaro ilmiy jurnalida retsenzent sifatida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, u 2026-yilda “Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi bo‘lgan hamda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi sovrindori sifatida e’tirof etilgan.
Guliston davlat pedagogika instituti ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlarining ilmiy salohiyati, ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumotlar keng jamoatchilikka muntazam yoritib boriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
🔊🔊🔊🔊
HURMATLI SIRDARYO TUMANI «XAZINA» MAHALLASI FUQAROLARI!
Sizlarning murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita o‘rganish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti rektori
J.X. Karshibayev tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.
📌Manzil: Sirdaryo tumani, “Xazina” MFY, 14-umumta’lim maktabi binosi
🕒Sana: 2026-yil 30-iyul
⏰Vaqti: soat 10:00
Qabul davomida fuqarolarning ta’lim, ijtimoiy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinadi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+1
❗️❗️❗️❗️❗️❗️
TALABALAR ISHTIROKIDA HUQUQIY-MA’RIFIY ONLAYN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida
A. Chimanov boshchiligida “Xorijiy til va adabiyoti “yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning turli ko‘rinishlaridan ogoh etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida huquqiy-ma’rifiy onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” hamda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzulari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, talabalarga huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash va giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 086
❗️❗️❗️❗️❗️❗️
MATEMATIKA FANIDAN QIZIQARLI INTERAKTIV O‘YINLAR TASHKIL ETILDI
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Alpha School” nodavlat ta’lim muassasasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida matematika faniga bag‘ishlangan qiziqarli interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar turli mantiqiy masalalar, matematik boshqotirmalar hamda interaktiv o‘yinlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etdilar. O‘yinlar orqali ularning matematik tafakkuri, tezkor fikrlashi, muammolarga yechim topish qobiliyati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari yanada rivojlantirildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
Repost from Edu.uz
#diiqat_tanlov
Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: ⏺Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8 ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 086
«XAZINA» MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Sirdaryo tumanining Xazina mahallasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov hamda viloyat bozorlar uyushmasi raisi Elyor Qo‘chqorov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda ijrosi muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+9
«XAZINA»MAHALLASIDA RAHBARLAR ISHTIROKIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Sirdaryo tumanining Xazina mahallasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov hamda viloyat bozorlar uyushmasi raisi Elyor Qo‘chqorov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari bevosita tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ijrosi muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar va amaliy topshiriqlar belgilandi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
🔊🔊🔊🔊
Hurmatli Sirdaryo tumani «Xazina» mahallasi fuqarolari!
Sizlarning murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita o‘rganish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti rektori
J.X. Karshibayev tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi.
📌Manzil: Sirdaryo tumani, «Xazina» mahallasi binosi
🕒Sana: 2026-yil 29-iyul
⏰Vaqti: soat 10:00
Qabul davomida fuqarolarning ta’lim, ijtimoiy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinadi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
30-IYUL — BUTUNJAHON ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNI MUNOSABATI BILAN GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TASHKIL ETILGAN IJODIY TANLOV DOIRASIDA
Ijodiy tanlovning navbatdagi ishtirokchisi — Musiqa ta’limi yo‘nalishi, 32–24-guruh talabasi Qayumxo‘jayev Botirxo‘ja Ikromxo‘ja o‘g‘lining “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi uchun tayyorlagan “ODAM SAVDOSI VA MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH” nomli maqolasi e’tiboringizga havola etiladi.
📃 MAQOLA BILAN TANISHISH
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+2
ICHKI TURIZM — MA’NAVIY YUKSALISH VA VATANPARVARLIK MAKTABI
Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu bois mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish va yoshlarning yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shu maqsadda Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o’qitish fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti”yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekistonning tarixiy obidalari, betakror tabiati, boy madaniy merosi hamda milliy qadriyatlarini o‘rganishga qaratilgan ma’rifiy sayohatlar tashkil etildi.
Mazkur sayohatlar talabalarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, yurtimizning boy turizm salohiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
#Qabul2026
2026-2027-o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (suhbat) dasturi va baholash me’zonlari.
“O‘zbek tili va adabiyoti “
“Matematika “ (majburiy)
“Ona tili (O‘zbek tili)” (majburiy)
“O‘zbekiston tarixi “ (majburiy)
“Chet (ingliz, fransuz, nemis) tili”
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
#Qabul2026
2026–2027-o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (suhbat) jadvali
🔗 Kirish imtihonlari (suhbat) jadvali
📌Геолокация 👈
🚩Manzil: Guliston shahar, "Bo‘ston" MFY Talabalar ko'chasi 49 uy
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 086
+1
🏆GULDPI TAEKWONDO KIDS SPORTCHILARI ANDIJON OPEN CHEMPIONATIDA MUTLAQ G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI
Andijon Open taekvondo chempionatida Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi
GulDPI Taekwondo Kids to‘garagi tarbiyalanuvchilari munosib ishtirok etib, yuksak natijani qayd etdi.
Musobaqada ishtirok etgan
3 nafar sportchining barchasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jami
🥇3 ta oltin medal sohibiga aylandi.
Mazkur yutuq institutimizda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir.
G‘olib sportchilarimiz va ularning murabbiylarini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz.Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
