GulDPI. uz | Rasmiy
Ir al canal en Telegram
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Mostrar más4 800
Suscriptores
-224 horas
-267 días
+13930 días
Archivo de publicaciones
4 800
+6
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI VA TARIXIY ADOLAT
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti talabalari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari, milliy ziyolilarning ta’qib etilishi hamda ularning ilm-fan, adabiyot va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar bilan tanishdilar. Tarixiy hujjatlar va eksponatlar orqali qatag‘onning inson taqdiri va jamiyat taraqqiyotiga yetkazgan zarari haqida ma’lumot oldilar.
Mazkur tashrif bo‘lajak pedagoglarning tarixiy jarayonlarga ongli munosabatini shakllantirish, qatag‘on qurbonlari xotirasiga hurmatini mustahkamlash hamda yosh avlodga tarixiy haqiqatni yetkazish mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 800
+2
TASVIRIY SAN’AT VA TA’LIM-IJODKOR BILAN UCHRASHUV
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari Sirdaryo viloyati Badiiy ijodkorlar uyi raisi, rassom, akademik Anorboy Boybekov bilan uchrashib, badiiy ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Tashrif davomida rassomning ijod namunalari orqali tasviriy san’atda g‘oya va mazmunni ifodalash, rang va kompozitsiyaning badiiy imkoniyatlari haqida suhbat olib borildi. Uchrashuvda san’atning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda badiiy-estetik dunyoqarashini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 800
Repost from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿
Эркинжон Турдимов:
— Билим — бизни камбағалликдан олиб чиқадиган энг катта куч. Ким фарзандининг таълимига сармоя киритса, уни ўқитса, эртага эл-юрт орасида обрў топади...
4 800
Repost from GulDPI Yoshlari Rasmiy
+4
🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHILARI — BIR MAQSAD, YANGI TASHABBUSLAR!
Ayni damda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida “Yoshlar yetakchilari — 2026” forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur forumda Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi va Yoshlar yetakchisi Shoira Abdusamatova ham faol qatnashmoqda.
Yangiliklardan ortda qolmang.
🔹 Telegram
🔹 Instagram
🔹 Facebook
🔹 Youtube
4 800
+7
ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI…
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida “Abdulla Qahhor — o‘zbek nasrining ustuni” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda filologiya fanlari doktori, professor Usmonjon Qosimov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda adibning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ijodiy merosining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritildi. Professor Usmonjon Qosimov Qahhor asarlarida inson ruhiyati, ijtimoiy muhit va hayot haqiqatining badiiy talqini, shuningdek, xarakter yaratish hamda so‘z qo‘llash mahorati haqida ma’ruza qildi. Adibning “Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas” degan fikri asosida badiiy so‘zning ijtimoiy ahamiyati va ijodkor mas’uliyati yuzasidan fikr almashildi.Tadbir talabalarning milliy adabiyotga oid bilimlarini chuqurlashtirish, badiiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda Abdulla Qahhor ijodiy merosini keng o‘rganishga xizmat qildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 800
+4
"OILAVIY HAYOT SABOQLARI” KURSIDA “OILA SIRINI SAQLASH” MAVZUSI
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilayotgan “Oilaviy hayot saboqlari” kursi doirasida “Oila sirini saqlash” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda Guliston shahar “Nuroniy” jamg‘armasi va diniy idora vakillari, “Bo‘ston” mahallasining nuroniy onaxonlari M. Yuldasheva, V. Mannonova hamda O. Mavlonqulova ishtirok etdi. Ma’ruzalarda oilaning muqaddasligi, o‘zaro ishonch, hurmat va sabr-toqat, milliy qadriyatlar hamda sharqona udumlarning oilaviy munosabatlardagi ahamiyati yoritildi. Oilaviy hayot daxlsizligini asrash va kelishmovchiliklarni o‘zaro muloqot orqali hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur mashg‘ulot talaba-qizlarning oilaviy hayotga oid bilimlarini boyitish hamda oila qurishga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishga xizmat qildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 800
+7
TALABA XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBOR VA MAS’ULIYAT
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti rahbariyati mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda ijara asosida yashayotgan talabalarning turar joylariga tashrif buyurdi.
O‘rganish davomida xonadonlardagi yashash sharoitlari, xavfsizlik holati hamda talabalarning kundalik hayoti bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Talabalar bilan bevosita suhbatlashilib, ularning murojaatlari, ehtiyojlari va mavjud muammolariga e’tibor qaratildi. Mahalla mas’ullari bilan muloqotlarda talabalarning jamoat tartibi va odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan munosabatlari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda shaxsiy xavfsizlikka mas’uliyat bilan yondashish zarurligi tushuntirildi.Talabaga e’tibor auditoriya bilan chegaralanmaydi. Uning xavfsiz yashashi, ta’lim olishi va duch kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish — institut va mahalla hamkorligining muhim vazifasidir. Mazkur tashrif talabalar bilan doimiy aloqani mustahkamlash va ularning turmush sharoitlariga daxldor masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslikka qaratildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 800
Repost from GulDPI Yoshlari Rasmiy
🎤 KARAOKE TIME — KAYFIYATGA BOY KECHA!🇺🇿💖 Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Karaoke time” ko‘ngilochar kechasi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi! Sevimli taronalar, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar va samimiy muhit birlashgan ushbu kechada talabalar maroqli hordiq chiqarib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar. Biz bilan har bir kun — yangi taassurot, har bir tadbir — unutilmas xotira! Yangiliklardan ortda qolmang. 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 Youtube
4 800
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook|Instagram|X
4 800
Repost from Edu.uz
#RASMIY_XABAR
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 800
+2
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida halollik va adolat tamoyillarini targ‘ib etishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, fuqarolar ishonchiga va teng imkoniyatlarga putur yetkazishi, unga qarshi kurashishda qonun ustuvorligi hamda shaxsiy mas’uliyatning ahamiyati tushuntirildi. Talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim jarayoni va kundalik hayotda halollik mezonlariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Zero, halollik — shaxsiy tanlov, korrupsiyaga qarshi kurashish esa umumiy mas’uliyatdir! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 800
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌“Hamdo‘stlikda raislik qilish biz uchun, avvalo, umumiy ishimizga o‘z hissamizni qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish hamda bugungi kunda chindan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda rivojlantirish imkoniyati demakdir”;
📌O‘zbekiston kelgusi yili iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson salohiyatini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;
📌Raislik konsepsiyasi va Tadbirlar rejasi ustidagi ishlar yakunlanmoqda. Ularda hozirning o‘zidayoq yuzdan ortiq aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan;
📌Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Har qanday masalani muhokama qilish, o‘zaro tinglash hamda barchaga maqbul bo‘lgan yechimlarni izlash imkoniyatini saqlab qolish o‘ta muhimligi qayd etildi;
📌Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etildi. Salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini shakllantirish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi;
📌Salohiyatni birlashtirib, qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yo‘lga qo‘yish natijasi hammaga yanada maqbul bo‘lishi ta’kidlandi;
📌Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqqa hamon xalaqit berib kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi;
📌Raqamli texnologiyalardan biznesda foydalanishni kengaytirish, elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi bildirildi;
📌Yaqin yillarda mamlakatlar iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bilan bog‘liq bo‘ladigan muhim minerallar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari sohalarida birgalikda ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi;
📌Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi qayd etildi;
📌O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘i MDH makonida va uning tashqarisidagi umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylanishidan manfaatdor;
📌O‘zbekiston raisligi davrida xavfsizlik va barqarorlik eng muhim sohalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning sohaviy organlari ishini va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan;
📌Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor hamda mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab etishi ta’kidlandi;
📌Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish zarurligi qayd etildi;
📌“Raislik davridan samaradorligini isbotlagan barcha yutuqlarni saqlab qolish va shu bilan birga, bugungi kunda yangi yechimlar topish zarur bo‘layotgan yo‘nalishlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlash uchun foydalanish niyatidamiz”.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 800
+2
#MilliyLiboslarKuni
MILLIY LIBOSLAR SHUKUHI — AN’ANA DAVOM ETMOQDA!
🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Juma — milliy liboslar kuni” ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ham milliy liboslarda ushbu an’anani faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Atlas-u adrasning rang-barang jilosi, milliy naqshlarning nafisligi talabalarning samimiy tabassumi bilan uyg‘unlashib, fakultet muhitiga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
Yoshlarning milliy liboslarni faxr bilan kiyishi ajdodlar merosiga hurmat va o‘zligimizga mehrning yorqin ifodasidir. Fakultetlarda davom etayotgan ushbu an’ana milliy qadriyatlarimizning talabalik hayotida munosib o‘rin egallayotganini ko‘rsatmoqda.
Milliy liboslarimizni qadrlab, an’analarimizni birgalikda davom ettiraylik!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 800
+4
#MilliyLiboslarKuni
MILLIY LIBOSLAR SHUKUHI — FAKULTETLARDA QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!
🤩Guliston davlat pedagogika institutida “Juma — milliy liboslar kuni” tobora keng quloch yoymoqda. Fakultetlar milliy liboslarni kiyish va targ‘ib etishda bir-biridan ilhom olib, tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda.
Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ham atlas-u adrasning betakror jilosi, do‘ppilarning nafis naqshlari bilan ushbu an’anaga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.
Talabalarning milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishi va faolligi xalqimizning boy madaniy merosiga hurmat, o‘zligimizga mehr va milliy g‘ururning yorqin ifodasidir. Ushbu tashabbus milliy an’analarimizni kundalik hayotda asrash va munosib davom ettirishga xizmat qilmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 800
Repost from Edu.uz
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi. ✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi. ✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi. ✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi. ✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi. ✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing! 🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 800
+7
#MilliyLiboslarKuni
MILLIY LIBOS — O‘ZLIGIMIZ IFODASI, QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida “Juma — milliy liboslar kuni” milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ruhida davom etmoqda.
Atlas va adrasning jilosi, do‘ppilardagi nafis naqshlar xalqimizning didi, hunarmandchilik mahorati va asrlar davomida shakllangan madaniyatidan so‘zlaydi. Har bir milliy libosda ajdodlarimizdan meros bo‘lgan go‘zallik, orastalik va o‘zlik tuyg‘usi mujassam.
Turli tillarni o‘rganib, jahon madaniyatlari bilan tanishayotgan yoshlar uchun o‘z xalqining qadriyatlarini chuqur anglash alohida ahamiyatga ega. Milliy libosga ehtirom ana shu anglashning hayotdagi yorqin ifodasi bo‘lib, yoshlarda madaniy merosimizga daxldorlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
Dunyo tillarida so‘zlaylik, milliy o‘zligimiz bilan tanilaylik!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 800
TALABAGA E’TIBOR — AUDITORIYADAN MAHALLAGACHA
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti rahbariyati va tyutorlari,mahalla yettiligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda institut psixologlari bilan hamkorlikda ijara asosida yashayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Mahalla mas’ullari bilan suhbatlarda talabalarning jamoat tartibiga rioya etishi va aholi bilan munosabatlari o‘rganildi. Xonadonlardagi yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, xavfsizlik bo‘yicha tushuntirishlar hamda psixologik tavsiyalar berildi.
Talabaning xavfsizligi va xotirjamligi — institut hamda mahallaning hamkorlikdagi mas’uliyati.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizning sahifalarimiz:
🌐http://www.gspi.uz
📝Telegram 💻Instagram
🎞Youtube 📝Facebook
4 800
+9
TALABALAR XAVFSIZLIGI VA YURISH-TURISHI — INSTITUT VA MAHALLA E’TIBORIDA
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti rahbariyati boshchiligida, mahalla yettiligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi va institut psixologlari bilan hamkorlikda ijara asosida yashayotgan talabalar istiqomat qiluvchi mahallalarga tashrif amalga oshirildi.
O‘rganish davomida mahalla mas’ullari bilan bevosita muloqot qilinib, talabalarning kundalik yurish-turishi, jamoat tartibi va odob-axloq me’yorlariga rioya etishi hamda mahalla aholisi bilan munosabatlari yuzasidan ma’lumotlar olindi. Ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari va xavfsizlik holati ham ko‘zdan kechirildi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi talabalarga yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish, gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish hamda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushuntirishlar berdi. Institut psixologlari ishtirokidagi suhbatlarda talabalarning ruhiy holati, yashash muhitiga moslashuvi va ularni tashvishga solayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.Mazkur hamkorlik talabaning ta’lim jarayonidan tashqaridagi hayotiga ham mas’uliyat bilan yondashishning amaliy ifodasidir. Mahalla bilan bevosita aloqa esa talabalar haqida aniq ma’lumot olish, ehtimoliy xavflarni barvaqt aniqlash va zarur yordamni o‘z vaqtida tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
4 800
Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqida mutaxassislar, ilmiy tadqiqotlar va kuchli texnologik kompaniyalarga boʻlgan ehtiyoj haqida soʻz yuritib, tarmoqlar uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma dasturlarni ishga tushirish, ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash hamda texnologik tadbirkorlik uchun koʻproq imkoniyatlar yaratishni taklif qildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4 800
+4
KITOB — BILIM VA TAFAKKUR MANBAI
🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti 1-kurs talabalari tyutorlar hamrohligida Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashrif davomida ular markaz faoliyati, adabiyotlar fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mutolaani kundalik odatga aylantirish, adabiyotlarni qiziqish va ta’lim yo‘nalishiga mos tanlash yuzasidan tavsiyalar berildi.Kitob — bo‘lajak pedagogning bilimini boyitadigan, tafakkurini charxlaydigan va kasbiy salohiyatini yuksaltiradigan muhim poydevordir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram 💻Instagram 🎞Youtube 📝Facebook
