en
Feedback
GulDPI. uz | Rasmiy

GulDPI. uz | Rasmiy

Open in Telegram

Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Show more
4 463
Subscribers
+1224 hours
+1277 days
+37130 days
Posts Archive
🟦🟦🟦 🟦🟦 🔈 Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi. ➡️Mavzu: Yangi o`quv yilid
🟦🟦🟦 🟦🟦 🔈 Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi. ➡️Mavzu: Yangi o`quv yilida ta`lim sifati va davomatni ta`minlash ➡️Sana: 2026-yil 9-sentabr soat 10.00 ➡️Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti. ✅ Tadbir davomida institut faoliyati, sohadagi yangilanishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or tajribalar va kelajak rejalar haqida infografik taqdimot namoyish etiladi. Barchani ushbu brifingda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 💬Bizning sahifalarimiz:TelegramInstagramYoutubeFacebook

YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI Guliston davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantan
+9
YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI Guliston davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori J.X. Karshibayev ochib berib, birinchi bosqich talabalarini talabalik maqomi bilan muborakbod etdi. Rektor o‘z nutqida yoshlarning puxta bilim egallashi, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda kelgusida yuksak salohiyatli va yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Faxriylar kengashi vakillari hamda faxriy mehmonlar qatnashdi. So‘zga chiqqan mehmonlar talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, ularga o‘qish va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Mazkur tantanali tadbir birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilining munosib boshlanishi bo‘ldi. Talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

Repost from Edu.uz
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, mol
Markaziy bank maxsus stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.
Talabgorlar uchun asosiy talablari - Bakalavriat va magistraturaning soʻnggi bosqichi kunduzgi boʻlimi talabalari; - Soʻnggi oʻquv yili boʻyicha yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlganlar; - Davlat tilini mukammal, rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida biladiganlar talabalar ishtirok etishlari mumkin.
🔗 Batafsil maʼlumot va tanlovning toʻliq shartlari 📝 Ariza topshirishhttps://t.me/cbu_official_bot 🗓Hujjatlarni topshirish 11-sentabrga qadar davom etadi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul_2026 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QO‘SHIMCHA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI Respublika oliy ta’lim muassasalarining baka
#Qabul_2026 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QO‘SHIMCHA QABUL NATIJALARI E’LON QILINDI Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlar bo‘yicha qo‘shimcha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌Shuningdek, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar bo‘yicha natijalar ham e’lon qilingan. 🔗Vakant o‘rinlar bo‘yicha tanlov natijalari 👉havola Shuningdek, harbiy xizmatchilar farzandlari uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul natijalari ham e’lon qilindi. 🔗Davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul natijalari: 👉havola Natijalaringizni tegishli havolalar orqali tekshirishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI Gulis
+6
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar uchun kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini belgilangan talablar asosida puxta tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning kredit-modul tizimi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ta’lim sifati va natijadorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar davomida o‘quv jarayonini rejalashtirish, baholash mezonlarini to‘g‘ri qo‘llash, o‘quv-uslubiy hujjatlarni belgilangan talablar asosida yuritish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini tizimli, sifatli va yuqori tashkiliy saviyada yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi T
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi. 📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.

CHET ELLIK TALABALAR DIQQATIGA! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-avgustdagi 321-son buyrug‘iga muv
CHET ELLIK TALABALAR DIQQATIGA! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-avgustdagi 321-son buyrug‘iga muvofiq, chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan Respublika olimpiadasining oliygoh bosqichi o‘tkaziladi. Olimpiadada bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha chet ellik talabalar, kursi va ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar o‘z bilimlarini: 🔵tinglab va o‘qib tushunish; 🔵 leksik-grammatik test; 🔵 yozma nutq; 🔵 O‘zbekiston tarixi, madaniyati va adabiyotiga oid bilimlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi. 🏆Oliy ta’lim tashkiloti bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 📆Sana: 15-sentyabr 9:00 📌Manzil: B bino 106-xona ❤Murojaat uchun: @dauryusupov O‘zbek tilini qanchalik yaxshi bilishingizni namoyon eting va Respublika bosqichiga yo‘l oling! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim ta
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨‍💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi b
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам выведения работы по сокращению бедности и повышению доходов населения на новый уровень. #Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #yangitizim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🎙“YANGI DAVR” ESHITTIRISHIDA YOSHLAR VA TA’LIM MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “Yangi davr” eshittirishining navbatdagi sonida G
+1
🎙“YANGI DAVR” ESHITTIRISHIDA YOSHLAR VA TA’LIM MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “Yangi davr” eshittirishining navbatdagi sonida Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Gulbahor Mirzakarimova ishtirokida yoshlar va ta’lim mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ularning kelajakdagi maqsad va rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim orqali ularning salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

📚YANGI O‘QUV YILIGA ENG MUNOSIB TUHFA — KITOB Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili munosabati bilan Maktabgach
+2
📚YANGI O‘QUV YILIGA ENG MUNOSIB TUHFA — KITOB Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilgari surilgan “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” tashabbusi doirasida institutimiz magistranti Mirzaqobilova Sarvinoz o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasi fondini sara kitoblar bilan boyitdi.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi magistrantining mazkur xayrli tashabbusi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda bilimli va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

MUSTAQILLIK BAYRAMIDA TALABAMIZNING YORQIN IJROSI O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan viloyatimiz markazida bo‘lib o‘tgan bayram tantanasida institutimizning Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ro‘ziyeva Munisa “O‘zbekiston mushtarak” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etdi. Talabamizning viloyat miqyosidagi tantanali tadbirda o‘z iste’dodi va sahna mahoratini namoyon etgani institutimiz uchun faxrli va quvonarli voqea bo‘ldi. 🎵Talabamiz ijrosidagi “O‘zbekiston mushtarak” qo‘shig‘ini siz ham tinglab, bahramand bo‘ling! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️🏐🏐🏐🏐 XO‘JANDDAN XUSHXABAR — INSTITUTIMIZ TALABASIDAN IKKI SOVRIN! 2026-yil 26-avgustdan 3-sentabrga qadar T
+4
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️🏐🏐🏐🏐 XO‘JANDDAN XUSHXABAR — INSTITUTIMIZ TALABASIDAN IKKI SOVRIN! 2026-yil 26-avgustdan 3-sentabrga qadar Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Abdukarimova Sug‘diyona G‘ulomjon qizi U23 yosh toifasida munosib ishtirok etib, ikki yo‘nalishda sovrinli o‘rinlarni egalladi: 🥉Jamoaviy bahslarda — 3-o‘rin 🥉Juftlik bahslarida — 3-o‘rin Talabamizni erishgan natijasi bilan muborakbod etamiz va kelgusida yanada yuksak zafarlar tilaymiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

Repost from Edu.uz
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim
#mandat #magistratura #qabul2026 ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

+1
Diqqat, Tanlov! 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: • oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; • oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; • oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; • davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; • oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik; • oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; • oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish. ⚠️Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim. Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi: • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi (Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A); @Jonajontilim_bot telegram boti; Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube

🔔 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MARRALAR SARI! Bugun, 2-sentabr kuni Boyovut tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2
+9
🔔 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MARRALAR SARI! Bugun, 2-sentabr kuni Boyovut tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi. Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X.Karshibayev ishtirok etib, maktab jamoasi, o‘quvchilar hamda ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. Tantanali tadbir davomida 1-sinfga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘alari topshirildi.Shuningdek, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida maktab kutubxonasiga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi. Tadbir davomida yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, ularni Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Yangi o‘quv yili barcha ustoz-murabbiylar va o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va yuqori natijalar yili bo‘lsin!

Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🇺🇿MUSTAQILLIK BAYRAMI SHUKUHI SPORT MAYDONLARIDA DAVOM ETADI O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabat
🇺🇿MUSTAQILLIK BAYRAMI SHUKUHI SPORT MAYDONLARIDA DAVOM ETADI O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaziladi. 📆Musobaqalar 4–12-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 🏆Musobaqa yo‘nalishlari: ⚽️Mini-futbol ♟Shashka 🏓Stol tennisi 📌O‘tkazilish joylari: ⚽️ Mini-futbol — institutning sun’iy qoplamali mini-futbol maydoni ♟ Shashka — institut kutubxonasi 🏓Stol tennisi — institut sport zali 🏅Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🤝Institutning barcha kafedra va bo‘limlari jamoalarini mazkur sport musobaqalarida faol va munosib ishtirok etishga chorlaymiz! 🇺🇿BIR VATAN — BIR JAMOA — BIR MAQSAD! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

Repost from Edu.uz
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa: “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” 📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'na
🇺🇿 Bayramga munosib tuhfa: “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” 📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir guruh olimlar bilan hamkorlikda ulug‘ ayyom arafasida muhim ma’naviy-ma’rifiy nashr tayyorlandi. “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitobda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmunan keng va chuqur sharhlangan.
Kitobning bosh g‘oyasi bir jumlada mujassam: “Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!” Bu shunchaki da’vat emas. Bu — birlikka chaqiriq. Bu — tarixiy mas’uliyat. Bu — kelajakka ishonch. Bu — har bir yurtdoshimizni Vatan taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga undaydigan ezgu maqsad!
Kitobda Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan tarixiy haqiqatlar, strategik maqsadlar, ustuvor vazifalar, muhim raqamlar va istiqbolli rejalar izchillik bilan tahlil qilingan. Yana bir muhim jihat: nashr infografikalar bilan boyitilgan. Ular orqali tarixiy taraqqiyot bosqichlari, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, ustuvor strategik yo‘nalishlar hamda milliy maqsadlar ko‘rgazmali va ixcham shaklda ifodalangan.
Mazkur qo‘llanma ayniqsa yosh avlodning mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni anglashi, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri idrok etishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Zero, bugungi yoshlar — tarixni faqat o‘rganuvchi emas, balki
Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratadigan bunyodkor
lardir.
Shu nuqtai nazardan, “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” kitobi Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan ishlash jarayonlarida foydalanish uchun samarali qo‘llanma bo‘la oladi. Kirobning elektron shakli Facebook | Instagram | YouTube | Telegram