SDTU │ Rasmiy kanal
Открыть в Telegram
Samarqand davlat texnika universiteti rasmiy telegram sahifasi SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz telegram kanali - @Dr_ChidemTurkyilmaz Rasmiy veb-sayt: sdtu.uz 📲 instagram.com/sstueduuz 📲 facebook.com/sstueduuz 📲 youtube.com/@sstueduuz
Больше8 073
Подписчики
+524 часа
-237 дней
+51230 дней
Архив постов
8 073
Repost from Edu.uz
#Sunʼiy_intellekt #Oʻquv_qoʻllanma
😍 Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar nashri
Sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralarini qanday anglash mumkin?
Bugun sun’iy intellekt jamiyatning turli sohalarida, xususan, ta’lim va ilm-fan jarayonlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalardan biriga aylanmoqda. Uni to‘g‘ri anglash, imkoniyatlari va cheklovlarini bilish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarning muhim qismidir.
Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan tayyorlangan “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” o‘quv qo‘llanmasida sun’iy intellektning asosiy tushunchalari, rivojlanish yo‘nalishlari va ta’limdagi imkoniyatlari izchil yoritilgan.
Qo’llanmada: 🔹 sun’iy intellektning asosiy tushunchalari va xususiyatlari; 🔹 kuchli va zaif sun’iy intellekt o‘rtasidagi farqlar; 🔹 umumiy va maxsus sun’iy intellekt tushunchalari; 🔹 inson intellekti va mashina intellektining o‘ziga xos jihatlari; 🔹 sun’iy intellektning ishlash tamoyillari; 🔹 chuqur o‘qitish texnologiyasining ichki mantig‘i; 🔹 multimodal sun’iy intellekt va uning muammolari; 🔹 zamonaviy sun’iy intellektning imkoniyatlari va chegaralari kabi muhim masalalar qamrab olingan.Mazkur qo‘llanma orqali talabalar sun’iy intellektning ilmiy asoslarini tushunish, uning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash hamda texnologiya haqidagi turli qarashlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha zarur bilimlarga ega bo‘ladilar. “Sun’iy intellekt va ta’lim amaliyoti: gumanitar fanlar” — sun’iy intellektni tushunish, uning imkoniyatlari va chegaralarini anglash hamda ta’limning zamonaviy tendensiyalarini o‘zlashtirish uchun muhim manba. Qo‘llanmani itstudy.uz portali orqali o‘qishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8 073
+9
#Xalqaro_hamkorlik
Qozog'istonlik professor-o'qituvchilar SDTUga tashrif buyurdi
🇰🇿 Samarqand davlat texnika universitetiga Qozog'iston Respublikasining Chimkent shahridagi Mintaqaviy innovatsion universitet professor-o'qituvchilari tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta'lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida tajriba almashish hamda ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
🤝 Tashrif doirasida SDTU rahbariyati, professor-o'qituvchilar va mehmonlar ishtirokida uchrashuv hamda muzokaralar o'tkazildi. Unda ta'lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat va akademik hamkorlik yo'nalishlarida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. ✔️ Shuningdek, ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilg'or xorijiy tajribani o'rganish va ommalashtirish, professor-o'qituvchilar hamda talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish, qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va tadqiqot natijalarini xalqaro nashrlarda e'lon qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.___ #Международное_сотрудничество Преподаватели из Казахстана посетили СГТУ 🇰🇿 Самаркандский государственный технический университет посетили преподаватели Регионального инновационного университета из города Шымкент Республики Казахстан. Визит был направлен на развитие международного сотрудничества, обмен опытом в сфере образования и научных исследований, а также укрепление взаимовыгодного партнёрства между двумя высшими учебными заведениями.
🤝 В рамках визита состоялись встреча и переговоры с участием руководства СГТУ, преподавателей университета и гостей. Стороны обсудили расширение сотрудничества в области образования, научных исследований, инновационной деятельности и академического партнёрства. ✔️ Особое внимание было уделено внедрению современных педагогических технологий в образовательный процесс, изучению и распространению передового зарубежного опыта, развитию академической мобильности преподавателей и студентов, реализации совместных научных проектов и публикации результатов исследований в международных изданиях.Пресс-служба СГТУ ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
8 073
Repost from SamDAQU│Talaba klublari
"Kitobxon talaba" tanlovi bo'lib o'tadi
📚 Hurmatli talabalar! Bugun soat 17:00 da universitetning kichik faollar zalida "Kitobxon talaba" tanlovi tashkil etiladi.
👥 Tanlovda 4 kishidan iborat jamoa tarkibida ishtirok etish mumkin.
🏆 G'oliblar universitetning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan quyidagicha taqdirlanadi:
🥇 1-o'rin — bazaviy stipendiyaning 1 baravari miqdorida pul mukofoti;
🥈 2-o'rin — bazaviy stipendiyaning 0,75 baravari miqdorida pul mukofoti;
🥉 3-o'rin — bazaviy stipendiyaning 0,5 baravari miqdorida pul mukofoti.
📄 Tanlov shartlari bilan Nizom orqali tanishishingiz mumkin.
📍 Manzil: Universitet kichik faollar zali
⏰️ Vaqt: 17:00
✔️ Barcha badiiy adabiyot ixlosmandlarini ushbu tanlov va "Mutolaa zavqi" loyihasida kutib qolamiz!
https://t.me/talaba_klublari
8 073
#diqqat_e‘lon
📣 Bitiruvchilar va talaba-yoshlar uchun seminar-trening!
🖋 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti hamda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.
Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta’minlash, bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.🎤 Seminarda: ➡️ O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Umarov Otabek Abdomitovich; ➡️ “Kelajakka qadam” markaziga bank tomonidan biriktirilgan menejer Tirkashev Temurjon ishtirok etadi. 📼 Seminar-trening mavzusi: “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” 🗓 Sana: 2026-yil 8-oktabr ⏲ Vaqt: 11:00 📍 Manzil: Universitet yangi binosi, Faollar zali 👥 Barcha bitiruvchilar hamda biznes va tadbirkorlikka qiziqadigan talaba-yoshlarni seminar-treningda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
8 073
+9
#5tashabbus
"5 tashabbus" doirasida stol tennisi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi
🏓 "5 tashabbus" doirasida Universitet sport zalida stol tennisi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada talabalar o'z mahorati va sportga bo'lgan qiziqishini namoyish etib, sovrinli o'rinlar uchun bellashdi.
Yigitlar o'rtasida:
🥇 1-o'rin — Almatov Xolmo'min
🥈 2-o'rin — Azimov Karim
🥉 3-o'rin — Avganov Javohir
Qizlar o'rtasida:
🥇 1-o'rin — Abdullayeva Munisaoy
🥈 2-o'rin — Ishankulova Adiba
🥉 3-o'rin — Ochilova Charos
🏆 G'oliblar va sovrindorlarga medal, diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
🎊 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
Repost from Edu.uz
Gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yor 350 kVt/soatgacha oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
✅ Taqdimotda elektr energiyasi, gaz, ko‘mir va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarda amaldagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Xususan, isitish mavsumida gazlashmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oshirish taklifi ma’qullandi. Shuningdek, dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilindi. Bundan tashqari, Ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash qamrovini kengaytirish, elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi. Natijada qo‘llab-quvvatlash yana 166 ming oilaga kengayishi, ushbu yordamdan bir yil davomida 470 ming oila foydalanishi nazarda tutilmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8 073
#SDTU60 #Yubiley #BitiruvchilarForumi
SDTU 60 yoshda
🟣 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti 60 yillik yubileyi munosabati bilan barcha bitiruvchilarni Bitiruvchilar forumiga taklif qilamiz.
📅 Sana: 2026-yil 10-oktabr
⏰ Vaqt: 08:30 dan
📍 Manzil: Universitet kampusi
✨ Forum doirasida sizni universitet tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, Interaktiv maydonchalar hamda yana bir qator qiziqarli ijodiy namoyishlar kutmoqda.
🏢 10-oktabr kuni talabalik yillaringiz o‘tgan dargohda yana uchrashamiz!
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
E'LON!
"5 tashabbus" doirasida stol tennisi bo'yicha musobaqa
🏓 Hurmatli talabalar va professor-o'qituvchilar! Bugun, 6-oktabr kuni soat 16:00 da "5 tashabbus" doirasida sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tadi.
📍 Manzil: Universitet sport zali
🕓 Vaqt: 16:00
Musobaqada ishtirok etish hamda ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim.
Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.
Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim.
—
Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета.
На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений.
Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.
8 073
UNIVERSITET ELEKTRON POCHTA MANZILLARI O‘ZGARDI
Hurmatli xodimlar va talabalar!
📥 Universitetimizning rasmiy elektron pochta domeni yangilandi. Endilikda barcha rasmiy elektron pochta manzillari @samdaqu.edu.uz emas, @sdtu.uz bilan tugaydi.
👮♂️ Xodimlar uchun:
❌ ism.familiya@samdaqu.edu.uz
✅ ism.familiya@sdtu.uz
🎓 Talabalar uchun:
❌ ID@samdaqu.edu.uz
✅ ID@sdtu.uz
📅 O‘zgarish 21-sentyabrdan kuchga kirgan.
❗️ E’tibor bering:
🟣 Yangi @sdtu.uz manzilingiz universitetdagi rasmiy elektron pochtangiz hisoblanadi.
🟣 Universitetning muhim xabarlari, bildirishnomalari va xizmat ma’lumotlari aynan shu manzilga yuboriladi.
🟣 Eski @samdaqu.edu.uz manzilidan foydalanmang.
📍 Agar yangi @sdtu.uz manzilingizni bilmasangiz yoki unga kira olmayotgan bo‘lsangiz, bosh bino, 206-xonada joylashgan Axborot tizimlari va texnologiyalari koordinatorligi bo‘limiga murojaat qiling.
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
8 073
+9
#seminar
🏬 Butunjahon arxitektura kuniga bag‘ishlangan seminar
🖋 Bugun Samarqand davlat texnika universiteti Arxitektura fakultetida Butunjahon arxitektura kuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda Arxitektura fakulteti dekani, professor Dr. Dilnoza Kamalova, shuningdek, sohaning tajribali mutaxassislari — professor Axtam Uralov hamda Shaharsozlik kafedrasi mudiri Farruh Madiyev ishtirok etdilar.
↔️ Seminar davomida zamonaviy arxitektura va shaharsozlikning dolzarb masalalari, tarixiy-me’moriy merosni asrash, zamonaviy shahar muhitini shakllantirish hamda me’morning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
🔃 Tadbir mazmunli va samimiy ruhda o‘tib, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun o‘zaro tajriba almashish va yangi g‘oyalar bilan bo‘lishish imkonini yaratdi.
❗Arxitektura — bu nafaqat binolar yaratish, balki inson uchun qulay, go‘zal va barqaror muhitni shakllantirish san’atidir.
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
8 073
+4
ZAKOVAT: KUZGI MAVSUM ICHKI LIGASI START OLDI
🏆 Samarqand davlat texnika universiteti Zakovat klubida 2026/2027-o‘quv yili kuzgi mavsum ichki ligasining 1-turi bo‘lib o‘tdi. Bu turda 15 ta jamoa bilim, mantiqiy tafakkur va tezkor fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi.
🎤 O‘yinni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Uzokov ochib berib, bilimdon yoshlarni yangi marralar sari intilishga chorladi.
📅 Mavsum haqida:
🟣 Ichki liga 12 hafta davom etadi
🟣 Jamoalar mavsum davomida o‘zaro bellashib, ochko to‘playdi
🟣 Ichki liga g‘olibi mavsum yakunida umumiy natijalar asosida aniqlanadi
📚 Zakovat — bu tafakkur, bilim, jamoaviylik va tezkor qarorlar maydoni. Navbatdagi turlarni kuzatib boring!
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar tanlovi
🟣 Samarqand davlat texnika universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.
✔️ Tanlovning maqsadi: jadidchilik harakati va qatag‘on qurbonlarining hayoti hamda faoliyatini chuqur o‘rganish, ularning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini keng targ‘ib etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash.
📝 Ijodiy ishlar qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
🟣 ilmiy maqola: 5–10 bet;
🟣 yozma mulohaza (esse): 2–4 bet.
📄 Ishlarga qo‘yiladigan talablar:
🟣 ishlar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida, Word dasturida tayyorlanadi;
🟣 ilmiy maqolalar Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda yoziladi;
🟣 foydalanilgan adabiyotlar va havolalar ilmiy talablar asosida rasmiylashtiriladi;
🟣 plagiat darajasi 20 foizdan oshmasligi lozim;
🟣 yozma mulohazalar muallifning mustaqil fikri asosida, mantiqiy, izchil va mavzuga mos tarzda yoziladi.
⚖️ Baholash mezonlari
✔️ Ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda mavzuning to‘liq yoritilgani, tarixiy va ilmiy manbalardan foydalanilgani, mustaqil va tahliliy fikrlash, ijodiy yondashuv hamda ishning savodxonligi va uslubi hisobga olinadi.
🏆 G‘oliblarni taqdirlash
Tanlov yakunida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanib, diplom, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Universitet bosqichi g‘oliblari belgilangan tartibda keyingi bosqichlarda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
📌 Tanlovning o‘tkazilish sanasi, joyi va ijodiy ishlarni topshirish muddati haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar universitetning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.
📩 Ijodiy ishlarni yuborish uchun:
👮♂️ Adolat Ziyatova - ✈️ +998 94 519 12 64
✔️ Talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
+9
«El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori bilan uchrashuv
💻 Bugun universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova va SDTU rektori, professor Chidem Turkyilmaz ishtirokida talabalar uchun seminar bo‘lib o‘tdi.
✔️ «El-yurt umidi» jamg‘armasi iqtidorli yoshlarning xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida magistratura, doktorantura va malaka oshirish dasturlarida o‘qishini qo‘llab-quvvatlab keladi. Jamg‘arma stipendiyalari o‘qish va yashash xarajatlarini qoplaydi, stipendiatlar esa ta’limni tamomlagach, egallagan bilim va tajribasini yurtimiz taraqqiyotiga yo‘naltiradi. Seminar aynan shu imkoniyatlardan qanday foydalanish mumkinligini talabalarga yaqindan tushuntirishga qaratildi.
📌 Seminarda yoritilgan mavzular:
✔️ Jamg‘arma faoliyati va dasturlari. Talabalar jamg‘arma qaysi yo‘nalishlarda va qaysi bosqichlarda ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlashi bilan tanishdi.
✔️ Ochiq stipendiya tanlovlari. Tanlovda ishtirok etish tartibi, nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar va hujjatlar to‘plami haqida batafsil so‘z yuritildi.
✔️ Saralash jarayonlari va muddatlar. Saralash bosqichlari qanday o‘tishi, nimalarga alohida e’tibor berish kerakligi va tanlovlar odatda qaysi muddatlarda e’lon qilinishi tushuntirildi.
✔️ Jamg‘armaning so‘nggi yangiliklari. Joriy yildagi yangi dasturlar va tanlov shartlaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
💬 Seminar so‘ngida savol-javob bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldi.
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
8 073
+9
🕊 TINCHLIK — ENG OLIY NE’MAT
«Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!»🟣 Samarqand davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni yot g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralarning salbiy ta’siridan asrash hamda jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qaratildi. ☑️ Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi rahbari Soxibnazar Boymurodov, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Abror Shaxlasov, universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Uzokov, rektor maslahatchisi Jamol Jo‘rayev hamda universitet talabalari ishtirok etdi. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar: 🟣 tinchlik va osoyishtalikning qadri 🟣 jamiyatda millatlararo va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash 🟣 yoshlarni turli tahdid va zararli axborotlardan himoya qilish 🟣 jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish ✔️ Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi, mavzu yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi. SDTU Axborot xizmati ✅Telegram I ✅Instagram ✅Facebook I ✅YouTube
8 073
Repost from Edu.uz
Orzular yo‘lidagi 8 talaba
Bu kontentda “Ko‘mak” fondi orqali Germaniyada tahsil olgan 8 nafar o‘zbek talabasi, ularning ilm-fan, millat va istiqlol yo‘lidagi orzulari hamda bugungi avlodga qoldirgan buyuk maqsadlari haqida hikoya qilinadi.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8 073
#IlmiySeminar #PhD
Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi
💻 Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 26/26.01.2023.T.109.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
📋 Kun tartibi:
👮♂️ Talabgor Asmanova Chimnaz Arzikulovnaning «Ko‘p qavatli rama-bog‘lamli sinchli temirbeton binolarning ko‘chkisimon buzilishga qarshiligi» mavzusida 05.09.01 – Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining muhokamasi.
📅 Sana: 7-oktyabr
⏰ Vaqt: soat 14:00
📍 Manzil: SDTU, Kichik faollar zali
☑️ Seminarda ishtirok etishga ilmiy jamoatchilik vakillarini taklif etamiz.
SDTU Axborot xizmati
✅Telegram I ✅Instagram
✅Facebook I ✅YouTube
