en
Feedback
SDTU │ Rasmiy kanal

SDTU │ Rasmiy kanal

Open in Telegram

Samarqand davlat texnika universiteti rasmiy telegram sahifasi SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz telegram kanali - @Dr_ChidemTurkyilmaz Rasmiy veb-sayt: sdtu.uz 📲 instagram.com/sstueduuz 📲 facebook.com/sstueduuz 📲 youtube.com/@sstueduuz

Show more
7 679
Subscribers
+1524 hours
+567 days
+10430 days
Posts Archive
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Moliya va iqtisodiy
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori — Qarshiyev Behzod Berkinbayevich SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va inn
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori — Gadayev Abror Niyazovich SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti O‘quv ishlari bo‘yi
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektoriShodmonqulov Mirolim Turanovich SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTubeat

#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Yoshlar masalalari
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Uzokov Sherzod Xamidovich SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Strategik rivojlant
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Strategik rivojlant
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv
🟣Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🔺Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori — Chidem Ja
#OrientationWeek #RahbariyatBilanTanishuv 🔺Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori — Chidem Janbay Turkyilmaz Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: 🔅Telegram — @Dr_ChidemTurkyilmaz 🔅Instagram — http://instagram.com/drcigdemcanbayturkyilmaz SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek 🎓 Tanishtiruv haftaligi — 2-kun 🖋 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqic
#OrientationWeek
🎓 Tanishtiruv haftaligi — 2-kun
🖋 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftaligi doirasida “O‘quv jarayoni bilan tanishuv, karyera” mavzusida yuqoridagi grafik asosida tadbirlar o‘tkaziladi. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi Dekanlar bilan uchrashuv: talabalar o'z fakulteti bilan tanishdi 🟣 Tanishtiruv haftal
+9
#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi Dekanlar bilan uchrashuv: talabalar o'z fakulteti bilan tanishdi 🟣 Tanishtiruv haftaligi dasturining birinchi kuni fakultetlar bo'yicha tanishuv uchrashuvlari bilan yakunlandi. Auditoriyalar va faollar zalida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda universitet rektori professor Chidem Turkyilmaz ham ishtirok etdi. ☑️ Dekanlar talabalarni fakultet tarkibi, kafedralar faoliyati va ta'lim yo'nalishlarining o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirar ekan, o'quv jarayonining birinchi kunlaridayoq talaba oldida turadigan amaliy masalalarga alohida to'xtaldilar: dars jadvali qanday tuziladi, o'quv rejasi nimalardan iborat, amaliyot qayerda o'tiladi, fakultetdagi ilmiy to'garaklarga qanday qo'shilish mumkin. ☑️ Talabalar uchun eng qiziq qism savol-javob bo'ldi. Yoshlar tanlagan yo'nalishi bo'yicha kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar, ish bilan ta'minlanish istiqbollari va o'qishni davom ettirish yo'llari haqidagi savollarini bevosita dekanlar hamda professor-o'qituvchilarga berdilar. ☑️ Rektor talabalarni universitet jamoasiga qabul etilgani bilan tabriklab, oliy ta'limdagi natija ko'p jihatdan talabaning o'z tashabbusi va mehnatiga bog'liq ekanini, universitet esa buning uchun zarur muhit va shart-sharoitni yaratishga tayyor ekanini ta'kidladi. Dekanlar o'z navbatida o'quv jarayonida yuzaga keladigan har qanday masala bo'yicha fakultet rahbariyati va tyutorlarga bemalol murojaat qilish mumkinligini eslatdilar. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi Talabalarga universitet tarixi, an'analari va qadriyatlari haqida taqdimot o'tkazildi
+4
#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi Talabalarga universitet tarixi, an'analari va qadriyatlari haqida taqdimot o'tkazildi 🏛 Tanishtiruv haftaligi dasturi doirasida 1-bosqich talabalari uchun yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sherzod Uzokov tomonidan universitet tarixi, an'analari va qadriyatlariga bag'ishlangan taqdimot o‘tkazildi. ☑️ Taqdimotda universitetning tashkil topish tarixi, uzoq yillar davomida shakllangan ilmiy-pedagogik maktablari hamda bugungi kunda ta'lim va ilmiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha erishilgan natijalar haqida so'z bordi. ✔️ Alohida e'tibor universitetning an'analari va qadriyatlariga qaratildi. Ta'kidlanganidek, oliy ta'lim muassasasining obro'si faqat binolar va laboratoriyalar bilan emas, avvalo, bu yerda shakllangan mehnat madaniyati, ustoz-shogird an'anasi, halollik va bilimga bo'lgan hurmat bilan belgilanadi. Bugungi talabalar ana shu an'analarning davomchisi ekani qayd etildi. ✔️ Suhbat davomida talabalar universitetning bitiruvchilari, ularning kasbiy yutuqlari va o'z sohalaridagi faoliyati bilan ham tanishdilar. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi "Mustaqillik darslari" fakultetlarda davom ettirildi 🟣 Darslar auditoriyalarda guruhl
+9
#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi "Mustaqillik darslari" fakultetlarda davom ettirildi 🟣 Darslar auditoriyalarda guruhlar shaklida tashkil etilgani har bir talabaga o'z fikrini bildirish va savol berish imkonini berdi. Tyutorlar mavzuni videokontent, tarixiy manbalar va hayotiy misollar asosida yoritib, suhbatni ochiq muloqot tarzida olib bordilar. ✔️ Mashg'ulotlarda mustaqillikning yoshlar hayotidagi amaliy ma'nosi, bilim va malakaning bugungi dunyodagi qiymati, avlodlar o'rtasidagi bog'liqlik hamda talabaning Vatan oldidagi mas'uliyati muhokama qilindi. Talabalar mustaqillik ularning shaxsiy hayotida qanday imkoniyatlar ochib berayotgani haqidagi qarashlari bilan o'rtoqlashdilar. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

"Mustaqillik darslari": yangi o'quv yili yoshlar bilan ochiq suhbatdan boshlandi 🟣 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat
+6
"Mustaqillik darslari": yangi o'quv yili yoshlar bilan ochiq suhbatdan boshlandi 🟣 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari uchun o'quv yilining ilk mashg'uloti — "Mustaqillik darslari" o'tkazildi. Dars O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlangan "Kelajak soati" dasturining "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" mavzusi doirasida tashkil etildi. 💻 Mashg'ulotlar universitet rektori professor Chidem Turkyilmaz hamda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov tomonidan boshlab berildi. ✔️ Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan darsda mustaqillikning har bir inson hayotidagi amaliy ma'nosi asosiy mavzu bo'ldi. Ta'kidlanganidek, uning qiymati davlat ramzlari bilangina o'lchanmaydi — u insonning o'z hayoti va kelajagi haqida qaror qabul qilish erkinligida namoyon bo'ladi. ✔️ Suhbatda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqillikning 35 yilligiga bag'ishlangan nutqida ilgari surilgan g'oyalar va yettita milliy dastur mazmuni izohlandi. Alohida e'tibor bilimning zamonaviy dunyodagi o'rniga qaratildi: oliy ta'limga kirishning o'zi natija emas, universitetdan qanday mutaxassis bo'lib chiqish asosiy masala ekani, yoshlar yangi texnologiyalarning iste'molchisi emas, yaratuvchisi bo'lishi lozimligi qayd etildi. Shuningdek, fuqarolik birligi hamda har bir huquq bilan birga keladigan mas'uliyat masalasi muhokama qilindi. ✔️ Maqsad — talabalarda mustaqillikni imkoniyatlar maydoni va Vatan taraqqiyoti oldidagi mas'uliyat sifatida anglash tuyg'usini shakllantirish. Ta'kidlanganidek, davlat imkoniyat yaratadi, universitet muhit beradi — uni natijaga aylantirish esa talabaning o'z qo'lida. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda   Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.   Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.   10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   ➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8   ♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi "Orientation Week — Tanishtiruv haftaligi"ga start berildi 🟣 Bugun Mirzo Ulug'bek nom
+9
#OrientationWeek #Tanishtiruvhaftaligi "Orientation Week — Tanishtiruv haftaligi"ga start berildi 🟣 Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 👥 Marosimda universitet rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Sherzod Rahmonov, BBS Holding asoschisi Begzod Bahromov, Yuksalish Group asoschisi Anvar Temirov, professor-o'qituvchilar, 1-bosqich talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi. 🏆 Tadbirda talabalarni universitet hayotiga qadam qo'ygani munosabati bilan tabriklab nutqlar so'zlandi. Qabul jarayonida eng yuqori natija ko'rsatgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari topshirildi. ✔️ Haftalikdan ko'zlangan maqsad — yangi qabul qilingan talabalarni universitetning o'quv jarayoni, ilmiy salohiyati, ichki tartib-qoidalari va ijtimoiy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning yangi muhitga tez moslashuvi hamda o'z ta'lim yo'nalishini ongli tanlashiga ko'maklashishdir. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

photo content
+9

#No_comment #OWeek_2026 🟣 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv haftaligi ochilish marosimi boshlanish arafasida. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#Kontrakt_shartnoma 📣 1-kurs talabalari to‘lov-kontrakt shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishlari mumkin 🧑‍💻 Buning
#Kontrakt_shartnoma
📣 1-kurs talabalari to‘lov-kontrakt shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishlari mumkin 🧑‍💻 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn ariza yuboring! 📷 Arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko'rib chiqiladi hamda QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. 📱Shartnoma to‘lovlarini bank yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. 🔺 Video yo‘riqnoma SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul_2026 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi 🟣 O'tgan
+6
#Qabul_2026 Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida super-kontrakt miqdorlari e'lon qilindi 🟣 O'tgan yildan boshlab tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdori rektorlar tomonidan mustaqil belgilanadigan bo'ldi. 💵 Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdorlari bazaviy to'lov-kontraktning 4,0 barobarida belgilangan. ℹ️ Eslatib o'tamiz, super-kontraktga ariza berish boshlanganda, universitetning rasmiy manbalarida e'lon beriladi. Arizalar onlayn qabul qilinadi, oliygohga kelish shart emas. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

Geolocation