fa
Feedback
SDTU │ Rasmiy kanal

SDTU │ Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Samarqand davlat texnika universiteti rasmiy telegram sahifasi SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz telegram kanali - @Dr_ChidemTurkyilmaz Rasmiy veb-sayt: sdtu.uz 📲 instagram.com/sstueduuz 📲 facebook.com/sstueduuz 📲 youtube.com/@sstueduuz

نمایش بیشتر
7 557
مشترکین
-1824 ساعت
-677 روز
-2530 روز
آرشیو پست ها
#Xizmat_safari Ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligida yangi qadam 🟣 Farg‘ona viloyati hokimligida qurilish materiallari sa
+6
#Xizmat_safari Ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligida yangi qadam 🟣 Farg‘ona viloyati hokimligida qurilish materiallari sanoatida ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etdim.
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar doirasida hududda ilk bor “Ilmiy-texnik konsorsium” tashkil etilgani soha rivojida muhim qadam bo‘ldi. ✔️ Anjumanda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tezkor joriy etish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy qurilish materiallari sifatini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. ✔️ Bugungi kunda universitetlar nafaqat ilmiy g‘oyalar yaratiladigan, balki ishlab chiqarishdagi aniq muammolarga amaliy yechimlar taklif etadigan markazlarga aylanishi zarur. Samarqand davlat texnika universiteti ham ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarda faol ishtirok etishga hamda o‘z ilmiy salohiyati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shishga tayyor.
___ Новый шаг в развитии сотрудничества науки и производства 🟣 Я приняла участие в совещании, состоявшемся в хокимияте Ферганской области и посвящённом развитию интеграции науки, инноваций и производства в промышленности строительных материалов.
✔️ Создание первого в регионе «Научно-технического консорциума» в рамках реализации задач, определённых на видеоселекторном совещании под председательством Президента Республики Узбекистан, стало важным шагом в развитии отрасли. ✔️ В ходе мероприятия обсуждались вопросы оперативного внедрения научных разработок в производство, поддержки инновационных технологий, повышения качества отечественных строительных материалов, а также укрепления сотрудничества между высшими учебными заведениями и промышленными предприятиями. ✔️ Сегодня университеты должны быть не только центрами создания научных идей, но и площадками, предлагающими практические решения конкретных производственных задач. Самаркандский государственный технический университет готов активно участвовать в подобных инициативах и благодаря своему научному потенциалу вносить достойный вклад в развитие отрасли.
___ A New Step in Advancing Cooperation Between Science and Industry 🟣 I participated in a meeting held at the Fergana Regional Administration dedicated to strengthening the integration of science, innovation, and production in the construction materials industry.
✔️ The establishment of the region’s first Scientific and Technical Consortium, as part of the implementation of the objectives set at a videoconference meeting chaired by the President of the Republic of Uzbekistan, marked an important step in the development of the industry. ✔️ The meeting focused on the prompt application of research outcomes in production, support for innovative technologies, improvement of the quality of domestically produced construction materials, and stronger cooperation between higher education institutions and industrial enterprises. ✔️ Today, universities should serve not only as centres for generating scientific ideas but also as platforms that offer practical solutions to specific challenges faced by industry. Samarkand State Technical University is ready to participate actively in such initiatives and use its scientific potential to make a meaningful contribution to the development of the industry.
Telegram | Instagram

#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agent
#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi. 🧑‍💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘qaymiz. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
#diqqat_tanlov Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.
☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8  ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM  Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari  Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali
🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Tanlov ustuvorligini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? 👥 Abituriyentlar oliy ta’lim muas
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Tanlov ustuvorligini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
👥 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. 💼 Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida: ✔️ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida; ✔️ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Abituriyentga: ⚫️ tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini; ⚫️ davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’iy nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq. ❗️ Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

Repost from Edu.uz
💧Suvni asrashni bugundan boshlaylik
Suv – hayot manbai bo‘lib, uni asrash va oqilona foydalanish har birimizning muhim burchimizdir. Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish, isrofning oldini olish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kvota #Kunduzgi #Kechki #Masofaviy #Qabul2026 📱 Tanlovning 2-bosqichi davom etmoqda! Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davl
+1
#Kvota #Kunduzgi #Kechki #Masofaviy #Qabul2026
📱 Tanlovning 2-bosqichi davom etmoqda!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti bakalavriatining kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati davom etmoqda. ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga jami 3 130 ta qabul kvotasi ajratilgan:
▪️ Kunduzgi ta’lim2 330 ta  ▫️ O‘zbek tili guruhlari — 2 115 ta  ▫️ Rus tili guruhlari — 215 ta ▪️ Kechki ta’lim360 ta  ▫️ Faqat o‘zbek tili guruhlari uchun ▪️ Masofaviy ta’lim440 ta  ▫️ Faqat o‘zbek tili guruhlari uchun
📊 Ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi batafsil kvotalar bilan (1-rasm va 2-rasm) infografika orqali tanishishingiz mumkin. ✅ SDTUni tanlashni rejalashtirayotgan barcha abituriyentlarga tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli hamda tanlov ustuvorligini belgilashdan avval kvotalar bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi. 🎥 Videoqo‘llanmabu yerda SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 #Kvota 🗓 Qabul yakunlanishiga 70 soat vaqt qoldi 2026/2027-o‘quv yili uchun Mirzo Ulug‘be
#Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 #Kvota
🗓 Qabul yakunlanishiga 70 soat vaqt qoldi
2026/2027-o‘quv yili uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti magistratura mutaxassisliklarining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalari tastiqlandi. ✅Jami 240 ta o‘rin: ▪️ Davlat granti asosida — 57 ta; ▪️ To‘lov-kontrakt asosida — 183 ta.
📱 Hujjatlaringizni my.edu.uz platformasi orqali yuborasiz
Yo‘nalishlar kesimidagi to‘liq kvota taqsimoti bilan yuqoridagi infografikada ko‘rishingiz mumkin! 📌SDTU – Siz orzu qilgan kasbga ilk qadam! SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar Tanlovni
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
Tanlovni o‘tkazish asoslari: 🔺tanlov davlat granti uchun – har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi asosida; 🔺to‘lov-kontrakt uchun – har bir oliy ta’lim tashkiloti bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va ta’lim shakllariga ko‘ra alohida; 🔺maqsadli qabul uchun – har bir ta’lim yo‘nalishi va hudud bo‘yicha (hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari tasdiqlangan taqdirda) alohida o‘tkaziladi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#SDTU #InternationalForum “Birodar shaharlar” xalqaro forumi doirasida muhim kelishuvlar imzolandi Samarqand shahrida bo‘lib
+6
#SDTU #InternationalForum “Birodar shaharlar” xalqaro forumi doirasida muhim kelishuvlar imzolandi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Birodar shaharlar” xalqaro forumi doirasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi qator muhim memorandumlar imzolandi. Xususan, Samarqand va Serbiyaning Belgrad, Turkiya Respublikasining Nig‘de hamda Rossiya Federatsiyasining Ryazan shaharlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur kelishuvlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, turizm, madaniyat, ta’lim va boshqa yo‘nalishlarda tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Forumning birinchi sessiyasida Samarqand shahar hokimi Fazliddin UmarovSamarqand – dunyo shaharlarini bog‘lovchi ko‘prik” mavzusida ma’ruza qilib, shaharning xalqaro hamkorlik, investitsiyaviy jozibadorlik va turistik salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritdi. Forum yakunlariga ko‘ra, Samarqandning birodarlashgan shaharlari soni 35 tadan 38 taga yetdi. Bu esa shaharning xalqaro maydondagi nufuzi va hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi. Mazkur nufuzli xalqaro forumda Samarqand davlat texnika universiteti vakillari ham faol ishtirok etdi. Xususan, Shaharsozlik kafedrasi katta o‘qituvchisi Shoxbozjon Xaydarov hamda Arxitektura kafedrasi katta o‘qituvchisi Rasul Pardayev universitet nomidan forum ishlarida qatnashdi. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#Tayinlov 👮‍♂️ Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Qarshiyev Behzod Berkinbayevich Mirzo Ulug‘bek nomidagi
#Tayinlov 👮‍♂️ Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Qarshiyev Behzod Berkinbayevich Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. ✔️ Behzod Qarshiyev 2003-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. 2009-yilda mazkur universitetda “Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini yakunlagan. ✔️ Mehnat faoliyatini 2003-yilda Samarqand bank kollejida o‘qituvchi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida mazkur kollejda bo‘lim boshlig‘i, Nurobod tuman tibbiyot birlashmasida iqtisodiy va umumiy masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari hamda Olmaliq shahridagi “Gold Med Clinic” MCHJda bosh menejer lavozimlarida ishlagan. SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#PsixologMinbari HAYOT — YO‘L HARAKATI QOIDALARI KABI 🚦 Hayot xuddi mashina boshqarishga o‘xshaydi. Bu o‘xshashlik tasodifiy
#PsixologMinbari HAYOT — YO‘L HARAKATI QOIDALARI KABI 🚦 Hayot xuddi mashina boshqarishga o‘xshaydi. Bu o‘xshashlik tasodifiy emas — unda chuqur hikmat bor. 1. Har narsaning o‘z vaqti va qoidasi bor Yo‘lda ba’zan tez yuramiz, ba’zan piyodalar o‘tish joyida yoki svetofor oldida to‘xtaymiz, boshqalarga yo‘l beramiz. Boshqa mashinani quvib o‘tishning ham o‘z qoidasi va vaqti bor. Buni hech kimga zarar yetkazmasdan, birovni siqib qo‘ymasdan amalga oshirish kerak. Hayotda ham xuddi shunday: har bir ishning o‘z payti bor. Shoshilish kerak bo‘lgan joyda shoshilamiz, sabr qilish kerak bo‘lgan joyda esa kutamiz. Boshqalarning haqiga tegmasdan, ularni qiyin ahvolga solmasdan o‘z yo‘limizdan borish — madaniyat, vijdon va hurmat belgisidir. 2. Ziyraklik — omon qolish kaliti Haydovchi doimo orqa va yon ko‘zgularga qarab turishi, chorrahalardan ehtiyotkorlik bilan o‘tishi, yo‘nalishini o‘zgartirishdan oldin atrofni kuzatishi kerak. Bir lahzalik beparvolik katta baxtsizlikka olib kelishi mumkin. Hayotda ham atrofimizga, ishimizga va har bir qadamimizga ziyraklik bilan qarashimiz zarur. Beparvolik ilmda ham, kasbda ham, insoniy munosabatlarda ham qimmatga tushadi. 3. Xato qilganda uni tan olish kerak Yo‘l-transport hodisalarining aksariyati kimningdir qoidani buzishi oqibatida sodir bo‘ladi. Ammo eng yomoni — insonning o‘zi aybdor bo‘la turib, buni tan olmasligi yoki aybni boshqalarga to‘nkashidir. Hayotda xato qilish tabiiy. Lekin xatoni tan olmaslik va boshqalarni ayblash insonning shaxsiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Aqlli inson o‘z xatosini vaqtida tan olishdan qo‘rqmaydi. ❓ Eng muhimi: bu jamiyatda qanday inson bo‘lishimiz kerak? Yo‘lda tartibni saqlaydigan qoidalar bo‘lgani kabi, jamiyatda ham har birimiz kichik bir islohotchi bo‘lishimiz kerak. Atrofimizdagi xato, kamchilik yoki qoidabuzarlikni ko‘rsak, jim turmasdan, vaqtida aytishimiz va ogohlantirishimiz lozim. Eng avvalo esa bu qoidalarga o‘zimiz amal qilishimiz zarur. Bu oson emas. Ko‘pincha yaqiningizga, hamkasbingizga yoki hatto rahbaringizga haqiqatni aytganingizda, bu ularga yoqmasligi mumkin. Ular sizga: — «Aqling yetmaydi»; — «Aqllilik qilma»; — «Senga nima?» — deyishlari, ustingizdan kulishlari yoki hatto sizni vaqtincha dushmandek ko‘rishlari mumkin. Bu tabiiy hol. Ammo shuni biling: haqiqatni jasorat bilan aytish va insonlarni to‘g‘ri yo‘lga chorlashga har kim ham qodir emas. Agar siz shu yo‘lda bo‘lsangiz, xotirjam bo‘ling. Qalbingiz tinch bo‘lsin. Chunki siz jamiyatni yaxshilikka, tartibga va halollikka chorlayotgan kam sonli insonlardan birisiz. 🚘 Yo‘lda tartib bo‘lsa — baxtsiz hodisalar kamayadi. 🤍 Jamiyatda vijdon bo‘lsa — kelajak yorqin bo‘ladi. Bu, avvalo, o‘zimga, keyin esa barchamizga eslatma! Sardor OTAYOROV Samarqand davlat texnika universiteti psixologi.
📸 Foto: Axborot xizmati tomonidan sun’iy idrok yordamida tayyorlandi.
SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

Repost from Edu.uz
📢 Abituriyentlar diqqatiga! Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang! 🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali: ✅ oliy taʼlim tashkiloti; ✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart. 📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin. ⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi. 📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

Repost from Edu.uz
#Qabul2026 ❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlas
#Qabul2026
❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash!
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar «Ta’lim y
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar
«Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligi «Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va belgilagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim granti yoki toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan beshta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Maʼlumot uchun: beshtadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar, o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etadi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from Edu.uz
Hurmatli Prezident! Mamlakatimiz taraqqiyotini ilm-fan, taʼlim va inson kapitali bilan bogʻlagan yuksak ishonchingiz bugun Yangi Oʻzbekistonning mustahkam kelajagini barpo etmoqda. Yoshlarning bilim olishi, ilm bilan shugʻullanishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar har birimizga yuksak masʼuliyat va ilhom bagʻishlaydi. Sizga mustahkam sogʻliq, uzoq umr, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

🌐🇺🇿🇹🇯 Students from Uzbekistan and Tajikistan, who are in the final year of a Master's degree, or are currently enrolled
🌐🇺🇿🇹🇯 Students from Uzbekistan and Tajikistan, who are in the final year of a Master's degree, or are currently enrolled in a PhD program at universities in these countries, are invited to apply for internship opportunities at the World Bank Group offices in Tashkent and Dushanbe. 🤝 Interns will receive a competitive hourly salary, along with mentorship and hands-on learning opportunities while working with our Environmental and Social Development Teams. ✅ We are seeking candidates with an academic background in environmental science, environmental engineering, social sciences, land management and land law, land cadaster, geoinformatics, public policy, or closely related fields. 📅 Application deadline: August 12, 2026 ✍️ Learn more and apply here: https://bitly.cx/ZHe90 💻Website 💬Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. 📱 Ertadan boshlab,
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi.
📱 Ertadan boshlab, 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) abituriyentlar 2-bosqich tanlovda ishtirok etadilar. Ushbu bosqichda abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon va test natijalari yoki umumiy test natijalari asosida oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakllari hamda ustuvorliklarini tanlashlari mumkin. 🏢 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti bakalavriat bosqichi uchun qabul quyidagicha:
🔅KUNDUZGI2 ming 330 ta; 🔅KECHKI360 ta; 🔅MASOFAVIY440 ta; 🔅Davlat granti ulushi taqsimoti;
Yakuniy mandat natijalari 2-bosqich tanlov yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. 🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti barcha abituriyentlarga omad va muvaffaqiyat tilaydi! SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube

#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! SDTU Axborot xizmati Telegram  I ✅InstagramFacebook  I ✅YouTube